MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
128
3-7 YOSHLI BOLALARDA CHET TILI KO‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabasi
Mamatazizova Azizaxon
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226780
Annotatsiya:
Bugungi kunda chet tilini o‘rganish zamon talablaridan bir hisoblanadi.
Bolalarga yoshlikdan chet tilini o‘rgatib borish esa kelajakda uni yetuk kadr bo‘lib yetishishiga
xizmat qiladi. Biz ko‘pgina jurnal, maqola va boshqa manbalarda poliglod bolalar haqida ko‘p
eshitganmiz. Shunday bolalarni yetishtirib chiqarishga esa albatta maktabgacha ta’lim muassalari
va ota onalar hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarda chet tili ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari yoritilgan bo‘lib , bu bolalar uchun qay
darajada muhim ekanligi takidlab o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: chet tili, o‘yin faoliyati, zamonaviy tehnika, videorolik, qaror.
“Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir” deb bejizga aytishmaydi.
Darhaqiqat, yoshlikdan olingan bilimlar uzoq vaqt saqlanib qoladi. Misol uchun: bog’chada,
maktab yod olgan she’rlarimiz hali hanuz yodimizda qolgan. Bolalarga chet tilini o‘rgatishni
yoshlikdan boshlash ham katta natijalarga olib keladi. Chet tilini yoshlikdan o‘rgatishning bir
necha afzalliklari bor:
1.
Oson qabul qilish: Yoshlikda til o‘rganish jarayoni ko‘proq o‘yinlar va
faoliyatlar orqali amalga oshiriladi, bu esa bolalar uchun qiziqarli va qulay.
2.
Muomala ko‘nikmalari: Erta yoshda chet tilini o‘rganish bolalarga boshqa
madaniyatlarni anglash va muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
3.
Ijodiy fikrlash: Til o‘rganish bolalarning ijodiy fikrlashini va yangi g’oyalar
ishlab chiqishini rag’batlantiradi.
4.
Kelajakda foyda: Chet tiliga bo‘lgan qiziqish bolalarning kelajakdagi bilim
va karera imkoniyatlarini kengaytiradi.
Xo‘sh chet tilini qanday qilib bolalarga o‘rgatish mumkin? Buning uchun avvalo faoliyat
turlarini bilib olish zarur. Ma’lumki, asosiy faoliyat turlariga: o‘qish, ish , o‘yin faoliyatlari kiradi.
Bolalarda eng rivojlangani o‘yin faoliyati hisoblanadi. Avvalo, shu o‘yin faoliyati orqali bolalarga
chet tillalarini o‘rgatish keyinchalik maktabga chiqganida buni yana ham kuchaytirish mumkin.
Hozirgi kunda bolalar zamonaviy tehnikalar va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan.
Bolalarni ongini bunday zararli narsalar bilan to‘ldirmasdan bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish
maqsadga muvofiq. Bunda avvalo ota onalarda ma’suliyat juda katta . Ota onalar bolalarni bo‘sh
vaqtini shunday zararli narsalar bilan o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur . Shuningdek ijtimoiy
tarmoqlardan ham yaxshi maqsadlarda foydalansa bo‘ladi . Masalan, shu til ko‘nikmalariga oid
videoroliklar , turli hil o‘yinlar bilan shug’ullanish ham foydali , ham maroqli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining mamlakatimizda xorijiy tillarni
o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli
ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash,
buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2022-yil 19-yanvardagi “Xorijiy
tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 34-sonli
qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorga asosan maktabgacha ta’lim muassasalarida ham chet tilini
o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan. Tajribali pedagoglar bolalarga chet tilini o‘rgatish bilan birga
ularni dunyoqarashini ham rivojlantirish mumkin.
Chet tilini o‘qitishda quyidagi yondashuvlar muhim ahamiyatga ega:
1.
Kreativ va innovatsion metodlar: O‘yinlar, san’at va qo‘shiqlar orqali til o‘rganish
bolalarda ijodkorlik va qiziqish uyg’otadi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
129
2.
Madaniyatni o‘rganish: Chet tillarni o‘rgatish jarayonida o‘smirlarni turli
madaniyatlar bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytiradi.
3.
Interaktiv muloqot: Bolalar bilan muloqotda bo‘lish va interaktiv faoliyatlar olib
borish, tilni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
4.
Ota-onalar bilan hamkorlik: Ota-onalar ham o‘z farzandlarining chet tilini o‘rganish
jarayonida faol ishtirok etishlari muhim.
Ushbu chora-tadbirlar orqali bolalar nafaqat chet tilini o‘rganadilar, balki ularning
fikrlash va muloqot qilish ko‘nikmalari ham rivojlanadi, bu esa kelajakda ularga keng
imkoniyatlar yaratadi.
“Til bilgan – el biladi” degan iborat hozirgi kunda aniq yaqqol ifodasini topgan.
Til bilan qanchadan-qancha yoshlarimiz chet davlatlarining nufuzli universitetlarida grant
asosida o‘qib, nafaqat oilasi balki, yurtimizning ham faxri bo‘lib kelmoqda.
Shunday farzandlar yetkazib chiqarish uchun yoshlikdan harakat qilsak,
bundan ham yuksak cho‘qqilarni zabt etishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
“Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
choratadbirlar to‘g‘risida” gi 34-son qaror 19.01.2022
2.
Xusanovich, M. O. (2024, November). MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASALARIDA
TADBIRKORLIK
MADANIYATIGA
O
‘RGATISH.
In INTERDISCIPLINE
INNOVATION
AND
SCIENTIFIC
RESEARCH
CONFERENCE (Vol. 3, No. 25, pp. 16-18).
3.
Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK
MАDАNIYАTI ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING
MЕTОDIK TIZIMI. Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика, 2(25), 92-94. https://orcid.org/0009-0004-8134-3925 ORCID
4.
Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN
OLDER PRESCHOOLERS. (2023).
5.
Mo‘minova, G. Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyachilarining
umummadaniy kompotensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari. Science and innovation in
the education system, 2(2), 122-126.
6.
Gulhayo, M. (2023). Technologies for development of general
competences of preschool teachers. Science and Innovation, 2(4), 632-634.
7.
Iminova D. (2024). Innovativ loyihalar vositasida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishning mazmuni. Экономика и социум,
(5-2 (120)), 266-274.
8.
Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi
hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303. https://orcid.org/0009-
0001-1507-7735 ORCID
9.
https://lex.uz/uz.
10.
https://inlibrary.uz.
