Mualliflar

  • N Abdullayeva
    Andijon davlat pedagogika institi
  • M G‘iyosidinova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91432

Kalit so‘zlar:

Sun’iy intellekt mantiqiy fikrlash matematik tushunchalar analitik fikrlash qobiliyatlari matematik muammolarni hal qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari fikrlash qobiliyatlari ta’limda sun’iy intellektning o‘rni.

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda masalalarni tenglama yordamida yechishda sun’iy intellektdan (SI) foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli qilish bilan birga, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada SI vositalari, jumladan, matematik masalalarni avtomatik yechuvchi ilovalar, chatbotlar va gamifikatsiya platformalarining o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, sun’iy intellektning individual yondashuvni shakllantirish, vaqtni tejash va vizual ko‘rsatmalar bilan ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, SI texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan cheklovlar va ularga qarshi choralar muhokama qilinadi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ta’lim texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

607

BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA KURSIDA MASALALARNI TENGLAMA

YORDAMIDA YECHISHDA SUN’I

У

INTELEKT IMKONIYATLARI

Abdullayeva N.A., ADPI dotsenti, PhD,

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15364287

G

iyosidinova M., ADPI talabasi.

А

nn

о

t

а

tsi

уа

:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda masalalarni tenglama yordamida

yechishda sun’iy intellektdan (SI) foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt ta’lim
jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli qilish bilan birga, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada SI vositalari, jumladan, matematik masalalarni avtomatik
yechuvchi ilovalar, chatbotlar va gamifikatsiya platformalarining o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganiladi.
Shuningdek, sun’iy intellektning individual yondashuvni shakllantirish, vaqtni tejash va vizual
ko‘rsatmalar bilan ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, SI
texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan cheklovlar va ularga qarshi
choralar muhokama qilinadi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ta’lim
texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

K

а

lit s

о

‘zl

а

r:

Sun’iy intellekt, mantiqiy fikrlash, matematik tushunchalar, analitik fikrlash

qobiliyatlari, matematik muammolarni hal qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari, fikrlash
qobiliyatlari, ta’limda sun’iy intellektning o‘rni.

Аннотация

:

В

данной

статье

анализируются

возможности

использования

искусственного

интеллекта

(

ИИ

)

при

решении

задач

с

использованием

уравнений

в

младших

классах

.

Искусственный

интеллект

делает

учебный

процесс

более

интерактивным

и

интересным

,

способствует

развитию

логического

мышления

учащихся

.

В

статье

рассматривается

влияние

инструментов

СИ

,

в

том

числе

приложений

,

автоматически

решающих

математические

задачи

,

чат

-

ботов

и

геймификационных

платформ

,

на

образовательный

процесс

.

Также

показана

важность

искусственного

интеллекта

в

формировании

индивидуального

подхода

,

экономии

времени

и

повышении

эффективности

обучения

с

помощью

наглядных

инструкций

.

При

этом

обсуждаются

возможные

ограничения

в

использовании

технологий

СИ

и

меры

противодействия

.

В

данной

статье

содержатся

полезные

методические

рекомендации

для

учителей

начальных

классов

и

лиц

,

занимающихся

образовательными

технологиями

.

Ключевые

слова

:

Искусственный

интеллект

,

логическое

мышление

,

математические

понятия

,

навыки

аналитического

мышления

,

технологии

искусственного

интеллекта

для

решения

математических

задач

,

мыслительные

способности

,

роль

искусственного

интеллекта

в

образовании

.

Annotation:

This article analyzes the possibilities of using artificial intelligence (AI) in solving

problems using equations in primary schools. AI, while making the educational process more
interactive and interesting, serves to develop students' logical thinking. The article studies the impact
of AI tools on the educational process, including applications that automatically solve mathematical
problems, chatbots, and gamification platforms. It also shows the importance of AI in forming an
individual approach, saving time, and increasing the efficiency of education through visual
instructions. At the same time, it discusses possible limitations in the use of AI technologies and
measures to counteract them. This article contains useful methodological recommendations for
primary school teachers and those involved in educational technologies.

Key words:

Artificial intelligence, logical thinking, mathematical concepts, analytical thinking

skills, artificial intelligence technologies in solving mathematical problems, thinking skills, the role
of artificial intelligence in education.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

608

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida matematika fanini o‘qitish o‘quvchilarning mantiqiy

tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, masalalarni tenglama yordamida
yechish bolalarga matematik tushunchalarni chuqurroq anglash, muammolarni mustaqil hal qilish va
analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi.

Tenglama – bu noma’lum son yoki sonlar qatnashgan tenglik bo‘lib, uni yechish orqali

noma’lum qiymat aniqlanadi. O‘quvchilar dastlab oddiy tenglamalarni o‘rganib, keyinchalik
murakkabroq masalalarni ham hal qilishga o‘rganadilar. Masalalarni tenglama orqali yechish usuli
o‘quvchilarning faqatgina hisob-kitob malakasini emas, balki sabab-oqibatni tushunish qobiliyatini
ham rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tenglamalar yordamida masalalarni hal qilishni
o‘rgatish, ularning matematik tafakkurini shakllantirish hamda kundalik hayotda duch keladigan
masalalarni matematik yo‘l bilan yecha olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Natijada
o‘quvchilar masalalarni an’anaviy hisoblash usullari bilan emas, balki tenglamalar asosida tez va aniq
yechishga o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematika fanini o‘zlashtirishda
muhim qadam bo‘lib, ularning fikrlash qobiliyatini oshirishga va kelajakda murakkab matematik
muammolarni hal qilishga tayyorlashga xizmat qiladi.

Boshlang‘ich sinflarda masalalarni tenglama yordamida yechishda sun'iy intellektdan (SI)

foydalanish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va matematika faniga bo‘lgan
qiziqishini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Quyida ushbu jarayonda SI-dan qanday foydalanish
mumkinligi haqida fikr yuritamiz:

1. Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish: Interaktiv dasturlar: Photomath, Microsoft Math

Solver, Wolfram Alpha kabi ilovalar o‘quvchilarga tenglamalarni tushunish va ularni yechish
jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirish imkonini beradi.

AI bilan ishlaydigan chatbotlar: Masalan, ChatGPT yoki boshqa o‘qitishga mo‘ljallangan SI

yordamida o‘quvchilar masalalarni qanday yechish kerakligini so‘rab, tushuntirish olishlari mumkin.

Gamifikatsiya platformalari: Prodigy Math, Khan Academy Kids kabi sun’iy intellekt asosida

ishlovchi dasturlar bolalarga masalalarni interaktiv va qiziqarli tarzda yechishda yordam beradi.

2. Sun’iy intellektning ustunliklari: Individual yondashuv: SI har bir o‘quvchining bilim

darajasini tahlil qilib, mos masalalar yoki tushuntirishlarni taklif qilishi mumkin.

Vaqtni tejash: O‘qituvchi yoki o‘quvchi murakkab tenglamalarni yechishda SI-dan foydalanib,

tezroq natija olishi mumkin.

Vizual ko‘rsatmalar: AI ilovalari grafiklar, diagrammalar yoki bosqichma-bosqich tushuntirish

orqali masalalarni yoritib berishi mumkin.

3. Boshlang‘ich sinflarda qo‘llash usullari: O‘quv dasturlariga integratsiya qilish, maktab

darsliklariga sun’iy intellektdan foydalanish yo‘llarini kiritish.

O‘qituvchilar uchun yordamchi vosita sifatida, SI o‘qituvchilarga masalalarni har xil usullar

bilan tushuntirishda yordam berishi mumkin.

Mustaqil o‘rganish uchun o‘quvchilar uy vazifalarini bajarayotganda SI ilovalaridan

foydalanib, masalalarni qanday hal qilish kerakligini tushunishlari mumkin.

4. Cheklovlar va ehtiyot choralar: O‘quvchilar faqat natijani olish bilan cheklanib qolmasliklari,

balki jarayonni tushunishlari kerak. SI tavsiyalariga to‘liq tayanib qolmaslik, balki mustaqil fikrlashni
rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.

Boshlang‘ich matematika kursida tenglamalar yordamida masalalarni yechish o‘quvchlarga

mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga va matematik tushunchalarni yaxshiroq tushunishga yordam
beradi. Masalalarni yechishda tenglamalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarni ko‘rib chiqamiz.

1. Tenglamaning asosiy tushunchasi - dastlab, o‘quvchlarga tenglama tushunchasini sodda

misollar bilan tushuntirish kerak. Masalan: “Bir son o‘ylang, unga 3 ni qo‘shing, natija 8 bo‘ladi. Bu
sonni toping”. Bu tenglama shaklida yoziladi: x + 3 = 8. Bu yerda x noma’lum son.

2. Oddiy amallar orqali tenglamalar tuzish - o‘quvchlar masalalarni so‘zlar orqali tushunib,

ularni matematik ifodaga aylantirishni o‘rganishlari kerak.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

609

Masalan: “Akmalning 12 ta qanti bor. U bir necha donasini ukasiga berdi va o‘zida 7 ta qoldi.

Akmal ukasiga nechta qand bergan?”

3. Masalalarni hayotiy misollar bilan tushuntirish
Matematika tushunarli va qiziqarli bo‘lishi uchun o‘quvchilar kundalik hayotda duch keladigan

vaziyatlarga asoslangan misollar berish foydali. Masalan, do‘kondagi xaridlar, yo‘l va vaqt hisob-
kitoblari, narsa bo‘lishish kabi mavzularda misollar ishlab chiqish.

Boshlang‘ich matematika kursida tenglamalar yordamida masala yechishni bosqichma-bosqich

tushuntirish kerak. Dastlab sodda ifodalar bilan boshlanib, keyin murakkabroq masalalarga o‘tiladi.
Masalalarni hayotiy va qiziqarli shaklda berish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va ularning
mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi. Masalan: Ikki pallali tarozining bir pallasida massasi noma’lum
bir quti va har biri 1 kg og‘irlikda bo‘lgan 3 ta shar, ikkinchi pallasida esa har biri 1 kg og‘irlikda
bo‘lgan 5 ta shar bor. Tarozi esa muvozanatda turibdi. Buni quydagicha ifodalaymiz.

x + 3 = 5
x = 5 - 3
x = 2

Tekshiramiz: 2+3=5. Tenglama tuzib ishlashni yana bir qulay tomoni

yechgan masalamiz javobini tekshira olishimiz.

Demak, noma’lum qatnashgan tenglik hosil bo‘ldi. Bunday tenglik tenglamdir, uni yechish esa

noma’lumni topishdir.

x + 9 = 14 – bu tenglama;
x = 14 - 9 – qoidani qo‘llaymiz;
x = 5 - noma’lumni topamiz.
Shu tariqa darslikdagi berilgan mashqlardagi rasmlarga qarab masalalar tuzish va bu

masalalarni yechishda tenglamalardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘quvchilarda shakllantirib
boramiz.

Masalalarni tenglama tuzib yeching:
1. Agar noma’lum songa 420 soni qo‘shilsa, 600 soni hosil bo‘ladi. Shu noma’lun sonni toping.

Mana bunday mulohaza yurutamiz: noma’lum sonni x harfi bilan belgilaymiz. x soniga 420 ni
qo‘shsak 600 hosil bo‘ladi;

x + 420 = 600
x = 600 - 420
x = 180
180 + 420 = 600
Qo‘shiluvchilardan bittasi noma’lum bo‘lsa, yig‘indidan ma’lum bo‘lgan qo‘shiluvchini

ayriladi, yuqoridagidek.

2. Avtosaroyda 49 ta avtobus bor edi. Ulardan bir nechtasi yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lga chiqib

ketgandan so‘ng, 17 ta avtobus qoldi. Avtosaroydan nechta avtobus yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lga
chiqib ketgan.

Masalani tenglama tuzish yo‘li bilan osongina yechib olamiz:
49 – x = 17
x = 49 - 17
x = 32
49 – 32 = 17
Ayriluvchi noma’lum bo‘lsa, kamayuvchidan ayirmani ayrish kerak, Aksincha, kamayuvchi

noma’lum bo‘lganda edi, ayriluvchiga ayrmani qo‘shgan bo‘lar edik.

Boshlang‘ich sinflarda masalalarni tenglama yordamida yechish o‘quvchilarning mantiqiy

fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu metod bolalarga matematik tushunchalarni
chuqurroq anglash, muammolarni mustaqil hal qilish va turli vaziyatlarda matematik bilimlarini
qo‘llay olish imkonini beradi. Tenglamalar yordamida masalalarni yechish orqali o‘quvchilar faqat
arifmetik amallarni bajarmasdan, balki berilgan muammoni to‘g‘ri tushunib, uni matematik ifodaga
aylantirishni ham o‘rganadilar. Bu esa ularning analitik tafakkurini shakllantirishga va kelajakda
yanada murakkab masalalarni yechishga tayyorlashga xizmat qiladi. Ushbu mavzuni chuqur


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

610

o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilar nafaqat matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki real
hayotdagi masalalarni ham mantiqiy tahlil qilish va samarali hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Shu bois, boshlang‘ich sinflarda tenglama asosida masala yechish usulini o‘rgatish nafaqat o‘quv
jarayonining ajralmas qismi, balki bolalarning intellektual rivojlanishiga qo‘shiladigan muhim
hissadir.

F

оу

d

а

l

а

nilg

а

n

а

d

а

bi

уо

tl

а

r

1.

А

bdull

а

ev

а

, G. Sun’i

у

intelekt texn

о

l

о

gi

уа

l

а

rining t

а

’lim tizimid

а

gi

о

‘rni.

О

‘zbekist

о

n

ped

а

g

о

gik

а

jurn

а

li, 2020. 4 (27), 45-51.

2. Abdulllayeva N. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi predmeti va maqsadi.

Academic Research In Educational Sciences SCIENTIFIC JOURNAL SJIF 2021:5.723 Cite Factor
2020-21:0.89 DOI:10.24412/2181-1385-2021-9-4-8 www.ares.uz Volume 2 | Issue 9 | 2021. 109-112
– betlar.

3. Abdulllayeva N. Modern Teaching Methods In mathematics. Pindus Jornal Of Culture, end

ELT. ISSN:2792-1883Published in Volume: 9 for the month of September-2021
https://literature.academicjournal.io 39-42– betlar.

Bibliografik manbalar

Аbdullаevа, G. Sun’iу intelekt texnоlоgiуаlаrining tа’lim tizimidаgi о‘rni. О‘zbekistоn pedаgоgikа jurnаli, 2020. 4 (27), 45-51.

Abdulllayeva N. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi predmeti va maqsadi. Academic Research In Educational Sciences SCIENTIFIC JOURNAL SJIF 2021:5.723 Cite Factor 2020-21:0.89 DOI:10.24412/2181-1385-2021-9-4-8 www.ares.uz Volume 2 | Issue 9 | 2021. 109-112 – betlar.

Abdulllayeva N. Modern Teaching Methods In mathematics. Pindus Jornal Of Culture, end ELT. ISSN:2792-1883Published in Volume: 9 for the month of September-2021 https://literature.academicjournal.io 39-42– betlar.