SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
399
INTERNETDAGI DESTRUKTIV HARAKATLARNING IJTIMOIY OQIBATLARI
Andijon davlat pedagogika
instituti tadqiqotchisi
Karimov Ulug‘bek Dilmurodjonovich
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15356975
+998934404242
Annotatsiya:
mazkur maqolada internetdagi destruktiv harakatlarning jamiyatga, xususan,
O‘zbekiston kabi informatsion madaniyati nisbatan past bo‘lgan davlatlarga salbiy ijtimoiy va
iqtisodiy ta’siri tahlil qilinadi. Internetda yuzaga kelayotgan firibgarlik turlari va ularning oqibatlari,
shuningdek, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari himoyasi masalalari keng yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Internet, destruktiv harakatlar, kiberhujum, feyk axborot, axborot xavfsizligi,
viktimologik yondashuv, firibgarlik, raqamli tahdidlar, anonimlik, shaxsiy ma’lumotlar, axborot
madaniyati.
Аннотация
:
В
данной
статье
анализируется
негативное
социальное
и
экономическое
воздействие
деструктивных
действий
в
Интернете
на
общество
,
в
частности
,
на
страны
с
относительно
низкой
информационной
культурой
,
такие
как
Узбекистан
.
Широко
освещены
виды
мошенничества
в
Интернете
и
их
последствия
,
а
также
вопросы
защиты
персональных
данных
пользователей
.
Ключевые
слова
:
Интернет
,
деструктивные
действия
,
кибератака
,
фейковая
информация
,
информационная
безопасность
,
виктимологический
подход
,
мошенничество
,
цифровые
угрозы
,
анонимность
,
личные
данные
,
информационная
культура
.
Abstract:
This article analyzes the negative social and economic impact of destructive actions
on the Internet on society, in particular, on countries with a relatively low information culture, such
as Uzbekistan. The types of fraud occurring on the Internet and their consequences, as well as issues
of protecting users' personal data, are widely covered.
Keywords:
Internet, destructive actions, cyberattack, fake information, information security,
victimological approach, fraud, digital threats, anonymity, personal data, information culture.
Hozirgi kunda aksariyat moliyaviy va iqtisodiy aloqalar internet tarmog‘iga ko‘chib ulgurdi.
Xodimlarning ish haqidan tortib turli xil xizmatlar – kommunal to‘lovlar, bank, transport uchun
to‘lovlar, shuningdek, davlat xizmatlari fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari internet tarmog‘iga
joylashtirildi. Bu esa ularning o‘g‘irlanish ehtimolini vujudga keltirdi va hozirgi kunda uni himoya
qilishning samarali usullari o‘ylab topilmagan. Kelgusida chuqurlashish kuzatilayotgan geosiyosiy
qarama qarshiliklar fonida o‘zaro to‘qnashuvlari kiberhujumlar tarzida amalga oshirilishi ehtimoli
yuqori. Hozirgi kunda Rossiya-Ukriana urushida yuz minglab kiberjangchilar ishtirok etayotgani
haqida ma’lumotlar mavjud.[1] Kiberjangchilar yuqorida qayd etilgan katta axborot tizimlariga,
teleraidio efirlarga hujumlar uyutirib ularning normal faoliyatini ishdan chiqarishga harakat qiladi.
Bu boradagi qarama qarshilikning yaqqol namunasi Ukriana prezidenti V.Zleneskiyni taslim bo‘lish
haqidagi dipfeyki bo‘ldi.[2] Dipfeyk ma’lum bir shaxsni ovozi, tashqi ko‘rini va mimikasini dasturiy
ta’minoti vositasida yaratib, unga berilgan matnni o‘qishiga erishishdir. Odatda bunday
dipfeyklarning siyosiy jihatdangina obyektiv baholash mumkin bo‘lib, ayrim hollarda ularni soxta
ekanini texnik jihatdan aniqlashning imkoni yo‘qdir.
O‘zbekiston kabi aholining informatsion madaniyati yuqori bo‘lmagan jamiyatlarga ega
davlatlarda bu kabi dipfeylarning ommalashuvi ehtimoli juda yuqoridir. Shu sababli ham jamiyat
a’zolarini bu kabi internetdagi destruktiv hatti-harakatlardan asrash g‘oyatda dolzarb vazifadair.
O‘zbekistonning geosiyosiy poizitsiyasiga qarshi hujumlar aynan kibertahdidlar ko‘rinishida
namoyon bo‘lish ehtimoli yuqoridir. «Ilgari o‘z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
400
siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish,
qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yo‘liga o‘tganiga hammamiz guvohmiz. Afsuski, bunday keng
ko‘lamli va o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi
bo‘lgan mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti», — dedi davlat rahbari.[3] Shunday ekan
jamoatchilik orasida internet tarmog‘idagi destruktiv hatti-xarakatlar xususida keng qamrovli
tushuntirish ishlarini o‘tkazish, internet tarmog‘ijagi iqtisodiy resurslarni talon taroj qilishga qarshi
qaratilgan loyihalarni amalga oshirish zarur. Shu bilan birgalikda raqamlashtirish ko‘lamini uning
xavfsizligini ta’minlash sur’atida o‘zib ketmasligini ta’minlash zarur. Bu boradagi xavfsizlik
paradigmasi – har bir samarali himoyalanmagan ma’lumot muqarrar o‘g‘irlanadi, degan g‘oyadan
iborat bo‘lishi zarur.
Viktimologik yondashuv – har bir subyektning o‘z huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun
shaxsiy mas’liyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlardir. Hozirgi ijtimoiy transformatsiya
nihoyatda shiddat bilan kechayotgan bir sharoitda ijtimoiy munosabatlarda shaxsning javobgarligi
kuchayib bormoqda. O‘zaro munosabatlarda internetdagi destruktiv tajovuzlarni qurboni bo‘lmaslik
uchun qanday harakatlanish haqida ma’lumot olish zarur bo‘ladi. Hoh yolg‘on ma’lumotlarga
asoslangan feyk xabarlar bo‘lsin, hoh moliyaviy firibgarliklar bo‘lsin, hoh tovlamachilik bo‘lsin
insonlar ana shunday g‘ayriahloqiy yoinki g‘ayrihuquqiy tajovuzlardan o‘zini asrash yo‘llarini ham
bilish zarur bo‘lib qolmoqda. Olimlarning qayd etishicha internet texnologiyalari yordamida o‘z mol-
mulkini talon taroj bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni aybdor qurbon deb atash mumkin.[4] Chunki
bunday hollarda internetdagi destruktiv harakatlarning qurbonlari informatsion texnik foydalanish
shartlaridan bexabar bo‘ladilar va buning oqibatida ma’lum bir jinoyatning qurboniga aylanishadi.
Umumi olib qaraganda jamiyatning bu boradagi madaniyatidan farqli ravishda internet sohadagi
bilimi va foydalanish madaniyati yo‘qligi natijasida bu holatga tushib qolganlar. Shu o‘rinda qator
falsafiy mulohazalar vujudga kelishi tabiiy holdir. Birinchidan, jamiyat a’zolarining bir tekisda
taraqqiyot bilan hamnafas holda bilim olishini ta’minlash imkoniyati mavjudmi? Ikkinchidan,
jamiyatning yoshi katta a’zolari mana shunday ilg‘or texnologiyalarni muntazam ravishda
o‘zlashtirib olishga qodirmi? Yoinki, agar bunday imkoniyat mavjud emas ekan jamiyat texnologik
tomonga qarab ketayotgan bir sharoitda uning sur’atlaridan chetda qolgan a’zolarining taqdiri nima
bo‘ladi? Bu kelgusida iqtisodiy kambag‘allik kabi axborotlashtirish sur’atlaridan chetda qolgan
qatlamning vujudga kelishiga olib kelmaydimi? Albatta, bu kabi saollarga hozir mukammal javob
berish qiyin va bu prognozlashtirish ilmining tadqiqot obyekti hisoblanadi. Savollar tug‘ilishining
o‘ziyoq taraqqiyot yo‘nalishini gumanizm nuqtai nazaridan muvofiqlashtirish zaruratini tushuntirib
beradi.
Elektron tijorat va onlayn moliyaviy operatsiyalarning o‘sishi onlayn firibgarlikning turli
shakllariga turtki berdi. Firibgarlik qilish uchun shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlangan shaxsni o‘g‘irlash
keng tarqalgan muammodir. Firibgar investitsiya sxemalaridan tortib aldamchi onlayn bozorlargacha
bo‘lgan moliyaviy firibgarliklar raqamli bozorda ehtiyotkor bo‘lish zarurligini anglatib turadi.
Ma’lum bo‘lishicha 60 foiz onlayn firibgarliklar mobil qurilmalar orqali amalga oshiriladi.[5]
Chunki hozirgi kunda inson faoliyati jarayonidagi eng muhim qurilma yoki asbob uning mobil
telefoni bo‘lib qoldi. Uning quyidagi turlari sanab o‘tiladi:
Telefon firibgarligi;
SMS-firibgarlik;
Fishing;
Sniffering;
Skimming.
Bunday firibgarlik turlarining o‘zidan ko‘rinib turibdiki, jamiyat a’zolari oldida noodatiy
vaziyatlar turadi. Bunday vaziyatlarda qabul qilingan qarorlar shaxsning iqtisodiy huquqlarining
poymol qilinishi bilan yakunlanishi ham mumkin va odatda bunday g‘ayrihuquqiy hatti-
xarakatlarning mualliflari javobgarlikka tortilmay qoladi. Bu esa internetdagi destruktiv
harakatlarning eng murakkab tomonlanlari bo‘lib qolmoqda. Anonimlik internetning eng asosiy
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
401
xususiyatlari bo‘lib, bunda foydalanuvchilarning shaxsi noma’lumlicha qolib ketadi. Anonimlik
tarafdorlari qayd etishadiki, bu holat shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlanishi bilan bog‘liq
bo‘lib, ismi sir qolgan shaxslarning kelgusida turli tahdidlardan holi bo‘lishiga imkoniyatdir.
Ularning opponentlari esa internetdagi anonimlik inson huquqlarining buzilishiga olib kelishi, chunki
ismi noma’ulm bo‘lgan shaxslar boshqa foydalanuvchilarga bemalol zarur yetkazishlari mumkin
bo‘ladi. Sohda olib borilgan tadqiqotlar turli so‘vovnomalarda ishtirok etish bo‘yicha takliflar va ular
ba’zan hakkerlarning hujumiga uchrayotgani qayd etilib, ma’lum bir tanlovlarda o‘rin berilishini
so‘rab qilingan murojaatlar natijasida akkauntlarni o‘g‘irlash holatlari sodir bo‘lmoqda. Bunday
fishing operatsiyalari natijasida birdaniga minglab akkauntlarning o‘g‘irlanishi kuzatilmoqda.[6]
Jismoniy shaxslar shaxsiy ma’lumotlarning ortib borayotgan miqdorini Internetda baham
ko‘rishlari sababli, maxfiylik buzilishi haqidagi xavotirlar kuchaymoqda. Ma’lumotni izlash va
foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish bo‘yicha axloqiy savollarni tug‘diradi.
Bundan tashqari, ijtimoiy media maxfiyligi bilan bog‘liq muammolar keng tarqalgan bo‘lib,
foydalanuvchilar ushbu platformalarda shaxsiy ma’lumotlarni almashish va himoya qilish o‘rtasidagi
nozik muvozanatni boshqaradi.
Hozirgi kunda internetning iqtisodiylashuvi jadallik bilan kechar ekan, shaxslarning
ma’lumotlari past niyatlarni ko‘zlab harakatlanadigan shaxslarning qo‘liga tushib qolishi imkoniyati
ham oshmoqda. Misol uchun, onlayn xaridni amalga oshirayotgan shasx ixtiyoriy ravishda karta
haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi zarur. Bu esa kelgusida ushbu ma’lumotlarni o‘g‘irlatish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
https://www.bbc.com/russian/features-65289878 -
Невидимый
фронт
:
как
хакеры
принимают
участие
в
войне
России
с
Украиной
-
с
обеих
сторон
2.
https://voxukraine.org/ru/vydeofejk-zelenskyj-prykazal-pokynut-avdeevku
-
ВИДЕОФЕЙК
:
Зеленский
приказал
покинуть
Авдеевку
3.
https://www.gazeta.uz/uz/2023/12/22/president/ -
Дунёдаги
қудратли
марказлар
энди
очиқчасига
босим
ўтказиш
йўлига
ўтмоқда
—
Шавкат
Мирзиёев
4.
Старостенко
Олег
Александрович
(2022).
Виктимологические
проблемы
обеспечения
безопасности
личности
в
сети
интернет
.
Вестник
Сибирского
юридического
института
МВД
России
, (2 (47)), 157-161.
5.
Сергеев
А
.
Ю
., &
Широкова
О
.
В
. (2023).
МОШЕННИЧЕСТВО
В
ЦИФРОВОМ
ОБЩЕСТВЕ
В
УСЛОВИЯХ
СОЦИАЛЬНЫХ
ИЗМЕНЕНИЙ
.
Цифровая
социология
, 6 (1), 59-
71.
6.
Э
.
Каримов
.
Кибербулингни
ёшлар
маънавий
-
аҳлоқий
дунёқарашига
таъсири
(
ижтимоий
-
фалсафий
таҳлил
).
Фалсафа
фанлари
бўйича
фалсафа
доктори
илмий
даражасини
олиш
учун
ёзилган
диссертация
иши
.
Андижон
, 2024
й
. –
Б
.68.
