Mualliflar

  • Komiljon Alimov
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91498

Kalit so‘zlar:

prokuratura organlari huquqiy madaniyat qonun ustuvorligi Konstitutsiya 143-modda 144-modda adolat barqarorlik huquqiy ong davlat boshqaruvi.

Annotasiya

 maqolada O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining huquqiy madaniyatni oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Prokuratura organlari jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

363

PROKURATURA ORGANLARINING HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISHGA

TA’SIRI

Andijon davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356711

Alimov Komiljon Yusupjonovich

Annotatsiya:

maqolada O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining huquqiy

madaniyatni oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Prokuratura organlari jamiyatda qonun
ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim rol
o‘ynaydi.

Kalit so`zlar:

prokuratura organlari, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi, Konstitutsiya, 143-

modda, 144-modda, adolat, barqarorlik, huquqiy ong, davlat boshqaruvi.

Аннотация

:

в

статье

анализируется

роль

и

значение

органов

прокуратуры

Республики

Узбекистан

в

повышении

правовой

культуры

.

Органы

прокуратуры

играют

важную

роль

в

обеспечении

верховенства

закона

в

обществе

,

повышении

правосознания

и

правовой

культуры

граждан

.

Ключевые

слова

:

органы

прокуратуры

,

правовая

культура

,

верховенство

закона

,

Конституция

,

статья

143,

статья

144,

справедливость

,

стабильность

,

правосознание

,

государственное

управление

.

Abstract:

The article analyzes the role and importance of the prosecutor's office of the Republic

of Uzbekistan in raising legal awareness. Prosecutor's offices play an important role in ensuring the
rule of law in society, raising the legal awareness and culture of citizens.

Keywords:

prosecutor's office, legal culture, rule of law, Constitution, Article 143, Article 144,

justice, stability, legal consciousness, public administration.

O‘zbekiston Respublikasi prokurtura organlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash,

qonun ustuvorligi va jamiyat barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydigan konstitutsiyaviy
organadir. Davlatimiz rahbari bu haqida shunday degan edi: “Prokuratura organlari xodimlarining
ishi katta mas’uliyat, fidoyilik, halollikni talab qiladi, dedi Prezidentimiz. Qabul qilinayotgan har bir
qaror zamirida inson taqdiri turadi. Shunday ekan, yetti o‘lchab bir kesish bu borada asosiy mezon
bo‘lmog‘i shart.

Qonunchilik bazasini har tomonlama mustahkamlash va qonunlarni so‘zsiz ijro etish,

fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish, xususiy
mulk va tadbirkorlik taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash hamda uning ishonchli himoya qilinishini
ta’minlashda prokuratura organlarining roli katta.”[1] Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan
yo‘nalishdan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etish har bir soha
xodimining burchi hisoblanadi. Chunki, yuksak huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan shaxslardan tarkib
topgan jamiyatda qonunbuzilish holatlari kamayabdi, fuqarolarning huquq va erkinliklariga rivoya
etiladi.

Prokuratura tizimi davlatning huquqiy ongi sifatida qaralishi mumkin. U jamiyatdagi hokimiyat

manbalarini nazorat qilib, qonunlarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faoliyat olib boradi.
143-moddada Bosh prokuror va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar qonunlarning ijrosini nazorat qilish
huquqiga ega ekani belgilangan. Bu holat qonun ustuvorligini ta’minlashda inson omilining
ahamiyatini ko‘rsatadi. Demak, qonunlarning ishlashi uchun ularga rioya qilinishi talab etiladi,
prokuratura davlat hokimiyatining odillik tamoyilini saqlovchi tizim sifatida xizmat qiladi va har bir
prokuror o‘z zimmasida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish vazifasini olib boradi. Bu falsafiy
qarash shundan iboratki, prokuratura faqat jinoyat ishlarini tekshiruvchi organ emas, balki jamiyatda
adolatni ta’minlovchi mexanizm hamdir. Qonunlarning aniq bajarilishi faqat huquqiy talab emas,
balki ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot garovi hamdir. Agar qonunlar har kim tomonidan turlicha
talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilsa, davlat idoralariga bo‘lgan ishonch pasayadi, huquqiy ong susayib,


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

364

jamiyatda beqarorlik kuchayadi, korrupsiya va sudlarning noxolisligi ortishi mumkin. Shuning uchun
143-modda qonunlarning bir xil ijrosini ta’minlash orqali jamiyatda barqarorlik va taraqqiyotga
xizmat qiladi.

Falsafiy nuqtai nazardan 143-modda qonun va uning ijrosi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni,

davlatning barqarorligi va adolatli jamiyat qurishdagi asosiy mexanizmlaridan biri sifatida
prokuraturaning o‘rnini belgilaydi. Qonun – bu davlat va jamiyat hayotining tayanch nuqtasi,
prokuratura esa uning bajarilishini nazorat qiluvchi mexanizmdir. Fuqarolar uchun esa bu – huquqiy
kafolat va tenglik tamoyilining amaldagi ifodasidir. Shunday qilib, 143-modda qonunlarning bir xilda
bajarilishi orqali jamiyatda adolatni ta’minlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va barqaror davlat
boshqaruvini shakllantirishga xizmat qiladi. Huququshunos olimlarga ko‘ra: “... xalqaro tajribada
prokuratura organlarining huquqiy maqomi bo‘yicha ikkita model shakllangan. Birinchidan,
prokurratura organlarining asosiy vazifasi jinoiy ta’qib va ayblov e’lon qilish bo‘lsa, ikkinchi
modelda u qonunchilik ustidan nazorat olib borish bilan shug‘ullanadi.”[2] O‘zbekistonda nafaqat
jinoiy ta’qib. Balki fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning qonun buzilishidan
asrab-avaylash maqsadida huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 144-moddasi prokuratura organlarining yagona

markazlashtirilgan tizimi va uning boshqaruv tamoyillarini belgilab beradi. Mazkur norma davlatda
qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqni muhofaza qilish organlarining mustaqil va tizimli ishlashi,
shuningdek, hokimiyat bo‘linishining prinsiplariga rioya etish maqsadida joriy qilingan. Prokuratura
tizimi, uning tuzilmasi va boshqaruv tamoyillari davlat mexanizmlarining barqaror ishlashini
ta’minlaydi. Bosh prokuror butun tizimning markaziy boshqaruvchisi sifatida harakat qiladi va uning
qonun ustuvorligini ta’minlashdagi o‘rni davlatning birligini saqlash bilan uzviy bog‘liqdir. Har
qanday huquqiy tizimda nazorat va tartib ta’minlanmagan taqdirda, qonunlar turlicha talqin qilinishi
va noxolis ravishda qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun markazlashtirilgan boshqaruv tizimi qonun
ijrosini yagona va bir xilda ta’minlash uchun juda muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

https://president.uz/uz/lists/view/178 -

Президент

Шавкат

Мирзиёев

прокуратура

ходимлари

билан

учрашди

.

Мурожаат

этилган

сана

: 23.06.2022

й

.

2.

Matnazarov S. Madaniy meros obektlarini muhafaza qilishga oid qonunchilik ijrosi

ustidan prokuror nazorati sohasida xorijiy tajriba. Central Asian Academic Journal of Scientific
Research, 2022, 2. – B. 125.

Bibliografik manbalar

https://president.uz/uz/lists/view/178 - Президент Шавкат Мирзиёев прокуратура ходимлари билан учрашди. Мурожаат этилган сана: 23.06.2022 й.

Matnazarov S. Madaniy meros obektlarini muhafaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati sohasida xorijiy tajriba. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2022, 2. – B. 125.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари