Mualliflar

  • Nargizaxon Atakulova
    ADU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91567

Kalit so‘zlar:

ma’naviy dunyoqarash sun’iy intellekt didaktik vositalar til tarjimalari virtual yordamchilar veb qidiruv tizimlar kasbiy faoliyat moslashuvchan ta’lim

Annotasiya

Mazkur maqolada global ta’lim muhitida talabalarning sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish, ularning ma’naviyatini boyitish, ushbu maqsadda Sun’iy intellektdan oqilona foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga imkon beradigan zamonaviy didaktik vositalardan unumli foydalanish, shaxs ma’naviy kamolotiga oid qarashlari va kasbiy-shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha yangi metodik yondashuvlarni taklif etadi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

135

GLOBAL TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING MA’NAVIY

DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN SUN’IY INTELLEKTNING

O‘RNI

Atakulova Nargizaxon Alijonovna

Andijon davlat universiteti Pedagogika

kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15352168

bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

Annotatsiya:

Mazkur maqolada global ta’lim muhitida talabalarning sog‘lom ma’naviy

dunyoqarashni rivojlantirish, ularning ma’naviyatini boyitish, ushbu maqsadda Sun’iy
intellektdan oqilona foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini
samarali tashkil etishga imkon beradigan zamonaviy didaktik vositalardan unumli foydalanish, shaxs
ma’naviy kamolotiga oid qarashlari va kasbiy-shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan
ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha yangi metodik yondashuvlarni taklif etadi.

Kalit so‘zlar:

ma’naviy dunyoqarash, sun’iy intellekt, didaktik vositalar, til tarjimalari, virtual

yordamchilar, veb qidiruv tizimlar, kasbiy faoliyat, moslashuvchan ta’lim

В

статье

предложены

новые

методические

подходы

к

анализу

данных

,

направленные

на

формирование

здорового

духовного

мировоззрения

обучающихся

в

условиях

глобальной

образовательной

среды

,

обогащение

их

духовности

,

обеспечение

рационального

использования

для

этих

целей

искусственного

интеллекта

и

его

высокого

качества

,

эффективное

использование

современных

дидактических

средств

,

позволяющих

эффективно

организовать

образовательный

процесс

,

а

также

формирование

представлений

о

духовной

зрелости

личности

,

ее

профессиональных

и

личностных

качествах

.

Ключевые

слова

:

духовное

мировоззрение

,

искусственный

интеллект

,

дидактические

средства

,

языковые

переводы

,

виртуальные

помощники

,

поисковые

системы

,

профессиональная

деятельность

,

адаптивное

образование

.

Abstract:

This article proposes new methodological approaches to analyzing data aimed at

developing a healthy spiritual outlook of students in a global educational environment, enriching their
spirituality, ensuring the rational use of Artificial Intelligence for this purpose and its high quality,
the effective use of modern didactic tools that allow for the effective organization of the educational
process, and the development of personal views on the spiritual maturity of the individual and their
professional and personal qualities.

Key words:

spiritual worldview, artificial intelligence, didactic tools, language translations,

virtual assistants, web search engines, professional activity, adaptive education

Global ta’lim muhitida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishda

Sun’iy

intellektni

pedagogik amaliyotga tatbiq etish, ularda ma’naviy intellektual hamda kasbiy

rivojlanishlari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar, ilmiy axborotlar, amaliy faoliyat
tajribalarni tizimli tarzda amalga oshirish salmoqlidir. Chunki ta’lim tizimini yuqori va zamon
talablariga moslash, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish imkoniyatlarini taqdim
etishda, AI ilovalari talabalar uchun innovatsion yechimlarni taklif qilishi imkoniyati mavjudligi
bilan qulaydir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevral, PQ-4996-son qarorida “Raqamli

O‘zbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy
etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va
ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida: oliy ta’lim muassasalarida, tegishli sohalarda sun’iy intellekt
texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar “Sun’iy intellekt”


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

136

yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish, o‘quv jarayonini
samarali tashkil etishga imkon beradigan zamonaviy didaktik vositalardan unumli foydalanish
amalga oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Sun’iy intellekt – ARTIFICAL INTELLIGENCE qisqacha AI deb yuritiladi. Sun’iy intellekt

turlicha bo‘ladi. Biz bugun kuchsiz intellekt davrida yashayapmiz. Til tarjimalari, virtual
yordamchilar, veb qidiruv tizimlari, o‘zi yuradigan mashinalar bular tor doiradagi Sun’iy intellektga
misol bo‘la oladi. Ushbu tizimlar dasturlashtirilgan algoritmlar yordamida muayyan vazifani bajaradi.
Kuchli yoki umumlashtirilgan intellekt berilgan topshiriqni bajarish uchun yangi ma’lumotlarni
o‘rganadi. Yangi strategiyalar ishlab chiqadi.

Sun’iy intellektning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga

ega bo‘lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobilyatidir. Hozirda sun’iy intellekt turli
amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritim hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi
bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi [2]. Sun’iy intellekt dunyo
talabiga aylanib bormoqda.

Т

a’lim tizimig

а

kirib ulgurgan raqamli texnologiyalarni o‘qitishd

а

bu

sohani yanada rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.

Ushbu maqsadga xizmat qiladigan Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim- tajribasini taqdim etishda

o‘quv modullari tarkibiga allmolarning shaxs ma’naviy kamolotiga oid qarashlari va etnopedagogik
qadriyatlarga talabalarning kasbiy-shaxsiy sifatlarini rivojlantirish ma’lumotlarni tahlil qilishda
muhim o‘rin egallaydi. Mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan pedagogik ta’limotlarning mazmun
mohiyatini tahlil qilish natijasida talabalarning ma’naviy dunyoqarashi va shaxsiy sifatlari tizimli
tarzda rivojlanadi. Oliy ta’lim jarayonida talabalarning ma’naviy dunyoqarashi va kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan bilimlarni taqdim etish natijasida ularning
intellektual sohalari rivojlanadi va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish imkoniyatlari kengayadi.
Natijada talabalarda sog‘lom ma’naviy dunyoqarashning asosini takshil etadigan ko‘rsatkichlar
namoyon bo‘ladi.

Moslashuvchan ta’lim jarayonini amalga oshirishda - O‘quv materiallari yordamida talabalar

ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiladigan didaktik birliklarni o‘zlashtirish, ularning
mazmun mohiyatini anglash va o‘z kasbiy faoliyatlari davomida ulardan foydalanish layoqatiga ega
bo‘ladilar. Sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga xizmat qiladigan bilimlar va qadriyatlar
ularning ijtimoiy tajribasiga aylanadi. Ushbu maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida talabalar
ma’naviy tushunchalar, bilimlarning mohiyatini anglash, ularni idrok etish, o‘z faoliyatlariga
singdirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shaxsning ma’naviy dunyoqarashi uning jamiyat va tabiatga
bo‘lgan munosabatini shakllantiradi. Ushbu munosabat kasbiy, ma’naviy-axloqiy bilimlar negizida
vujudga keladi va bo‘lajak mutaxassis faoliyatining tarkibiy qismiga aylanadi.

Ushbu ta‘lim muhitida sun‘iy intellekt bilimlarni kuzatish jarayonida ta’limda amalga tadbiq

qilinayotgan ishlar rejali va tizimga asoslangan holda tashkil etiladi. Albattaki bu tizimda biz bir qator
ma’lumotlarni ham saralash kerakligini ko‘rib chiqishimiz mumkindir. Yoshlarimiz esa zamon bilan
hamnafas. Ko‘plab yoshlar o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida turli hil bekorchi tarmoqlardan
foydalanish bilan o‘tkazmoqda. Bu esa o‘z navbatida bugungi yoshlarni ta’lim-tarbiya sohalariga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Shu jihatdan yoshlarni ta

ʼ

lim jarayonlarga yo

ʻ

naltirishimiz

Sog‘lom ma’naviy dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxsning rivojlantirishga qaratilgan bo‘lmogi zarur.
Sog‘lom ma’naviy dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxsning ichki olami aniq maqsadga egaligi, tanqidiy
fikrlay olishi, ezgu amallarga egalligi, yaxshilikka intilishi, his-tuyg‘ularini jilovlay olishida namoyon
bo‘ladi. Insonning ichki olami uning ma’naviyati hisoblanadi. Ma’naviyat insonga ruhiy osoyishtalik
va quvvat bag‘ishlaydi. Ma’naviyat ma’rifat va madaniyat bilan uyg‘un tarzda talqin etiladi. Shaxs
ma’naviyati ta’lim-tarbiya jarayonida shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Ma’naviyatning asosini
o‘qish, o‘rganish, ijtimoiy tajribani egallashga oid faoliyat tashkil etadi. Insonning ma’naviyati
qanchalik boy bo‘lsa, jamiyatda osoyishtalik va ezgulik qaror topadi, shaxslararo munosabatlar
barqarorlashadi, bunyodkorlik, ilm-ma’rifatga intilish motivlari rivojlanadi. Yuksak ma’naviyat
egasi o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ya oladi. U o‘z hayotini mazmunli o‘tkazib ezgu amallarni bajarishga


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

137

kuch topadi, ilm-ma’rifat, aql, sog‘lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvor bo‘ladi. Natijada turli
illatlar barham topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevral, PQ-4996-son qarorida

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi qarori

2. Ayupov R.H., Tursunov S.Q. Raqamli texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent:

“Lesson Press” nashriyoti, 2023 yil. 464 bet.

3. Safarova R.G. Mutafakkir ajdodlarimiz merosi ta’lim oluvchilarni intellektual ma’naviy va

madaniy jihatdan rivojlantirish manbai // Pedagogika.- Toshkent. 2022 yil 5-son. – B. 14-18

4. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti I.A.Filipova “Sun’iy intellektni

huquqiy tartibga solish” (ma’ruza kursi) Samarqand-2022 b-7

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevral, PQ-4996-son qarorida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi qarori

Ayupov R.H., Tursunov S.Q. Raqamli texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Lesson Press” nashriyoti, 2023 yil. 464 bet.

Safarova R.G. Mutafakkir ajdodlarimiz merosi ta’lim oluvchilarni intellektual ma’naviy va madaniy jihatdan rivojlantirish manbai // Pedagogika.- Toshkent. 2022 yil 5-son. – B. 14-18

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti I.A.Filipova “Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish” (ma’ruza kursi) Samarqand-2022 b-7