XALQONA QASAMLARDA KINETIK VOSITALAR
Qasamyod nutqiy janrida verbal (so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar) va noverbal (imo-ishoralar, xatti-harakatlar) vositalari, maxsus vositalar (suv, non, muqaddas va muqaddaslashtirilgan narsa-buyumlar, muqaddas joylar va hokazolar)ning mavjudligi uning boshqa janrlardan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biridir.