Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 208
YER VA KOSMOS
Qambaraliyeva Shohida, Gʻaniyeva Zamira,
Tojahmedova Kumush, Mirabdullayeva Diyora,
Andijon davlat pedagogika instituti
pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
305- guruh talabalari
Matkarimov Joxongir Solaydinovich,
Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Kosmos - bu insoniyat uchun doimo qiziqarli va sirli bo'lib kelgan cheksizlik. Yer
sayyorasi esa bizning uyimiz, koinotdagi noyob boshpanamiz. Kosmik tadqiqotlar
insoniyatga nafaqat Yer haqida, balki o'zimiz haqida ham yangi bilimlar beradi.
Ushbu maqolada yer tuzilishi va kosmosdagi o'rni, tabiat hodisalarini tushunish,
kelajakdagi kosmik tadqiqotlar uchun asos yaratish, o'zgaruvchan iqlim sharoitlarini
tushunish haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
kosmos, yer, koinot, quyosh, sayyoralar, yer mantiyasi, yer po’sti,
yorug’lik yili, oy.
АННОТАЦИЯ
Космос — это бесконечность, которая всегда была интересна и загадочна для
человечества. Планета Земля — наш дом, наше уникальное убежище во Вселенной.
Освоение космоса дает человечеству новые знания не только о Земле, но и о нас
самих.
В этой статье рассматриваются строение Земли и ее место в космосе, понимание
природных явлений, создание основы для будущего освоения космоса и понимание
изменяющихся климатических условий.
Ключевые слова:
космос, земля, вселенная, солнце, планеты, мантия Земли,
земная кора, световой год, луна.
ANNOTATION
Space is an infinity that has always been interesting and mysterious for humanity.
Planet Earth is our home, our unique refuge in the universe. Space exploration gives
humanity new knowledge not only about the Earth, but also about ourselves.
This article discusses the structure of the Earth and its place in space, understanding
natural phenomena, creating a basis for future space exploration, and understanding
changing climate conditions.
Keywords:
space, earth, universe, sun, planets, earth's mantle, earth's crust, light year,
moon.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 209
KIRISH.
Yer – quyosh sistemasidagi quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi
(Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda
yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi
jihatidan yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi
oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq
qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli
Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi
shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi.
Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, yer quyosh atrofidagi fazoda
gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi
(birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib
topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib
chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, yer moddasining
differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda yerning konsentrik joylashgan turli qatlamlari –
kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan
geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va
butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama
va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning yer ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq
qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida yer
ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi
yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda – 5500 km li chuqurlikkacha
suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq
subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar – suv sferasi (gidrosfera) va havo
sferasi (atmosfera) joylashgan.
Yerning tuzilishi. Magnitosfera. Yerning eng tashqi va eng kalin poʻsti Yerga eng
yaqin fazo – magnitosfera, uning fizik xossalari Yer magnit maydoniga va bu maydonning
kosmik zarralar oqimi bilan oʻzaro taʼsirlashuviga bogʻliq. Kosmik zondlar va yer sunʼiy
yoʻldoshlari yordamida olib borilgan tekshirishlar yer doimo Quyoshdan keladigan
korpuskulyar zarrachalar oqimi (quyosh shamoli)da turishini koʻrsatadi. Yer orbitasi
yaqinida bu zarralar oqimining tezligi 300 dan 800 km/s gacha yetadi. Quyosh plazmasida
kuchlanganligi oʻrtacha 4,8-10~3 a/m (6-10~5)ga teng magnit maydoni mavjud.
Quyosh plazmasi oqimi yer magnit maydoni bilan tuqnashganda zarba toʻlqini paydo
boʻladi, uning Yer markazidan uzokligi 13—14 Re ga teng (Rffi – Yer radiusi), shu
toʻlqindan keyin 20 ming km qalinliqdagi qatlam (oraliq soha) keladi. Quyosh
plazmasidagi magnit maydonida zarralar tartibsiz harakatlanadi. Bu maydonda plazma
temperaturasi 200 ming darajadan 10 million darajagacha koʻtariladi.
Kosmos - koinotning ikkinchi nomi. Zamonaviy tushunchada “kosmos” atamasi bir
qancha maʼnoni bildiradi. Butun olamning sinonimi; Yerdan tashqaridagi borliq va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 210
uning atmosferasi; kosmik
apparatlar bortidan
tekshirish
qulay
boʻlgan
fazo
sohasi; Yer atrofidagi fazo.
Kosmos
– nima bu? Kosmos so’zi grekchadan olingan bo’lib, tartib, mos va go`zallik
ma’nolarini anglatadi. Grek filasofiyasida kosmosni tartibsizlikka qarshi qo’llaganlar.
Hozirgi kunda esa, koinot deb atalib kelinmoqda. Koinot deganda, esa butun dunyo va
atrofimizni o’rab turgan narsalar tushuniladi. Insonlar uchun Koinotni o’rganishga bo’lgan
qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Jumladan, bu bilan bir qancha olimlar – astronomlar,
kosmologlar va astro fiziklar asosiy o’rinni egallaydi.
Koinot
deganda, biz cheksiz dunyoni, uning juda ko`p turli-tuman jismlari va
maydonlarini tushunamiz. Koinot tuzilishini o`rganuvchi fan kosmologiya bo`lsa,
koinotda osmon jismlari va jismlar tuzululishining hosil bo`lishi va rivojlanishi
o`rganadigan fanga kosmonologiya deyiladi. Koinot fazo va vaqtda cheksiz. Kuzatish
va o`rganish qulay bo`lgan koinotning qismi metagallaktika deyiladi. Metagallaktika
tarkibiga gallaktika deb ataladigan juda ko`p yulduzlar, yulduzlar tizimi va boshqa
yulduzlar tizimi va boshqa xil osmon jismlari kiradi.
Koinot behisob kosmik jismlar: yulduzlar, sayyora (planeta) lar, yer va uning
yo’ldoshlari, kichik planeta (asteroid)lar kometalar va boshqalar majmuidan iborat.
Ularning barchasi aylanadi.
Koinotda son-sanoqsiz bir-biridan juda katta yorug’lik yili (10 va hatto 100 yorug’lik
yili) bilan ajralib turadigan ko’plab galaktikalar mavjud. Aniqlanishicha, galaktikalar
to’plami o’z navbatida metagalaktikani (grekcha -galaktikadan tashqarida) tashkil etib,
ular galaktikadan nihoyatda uzoq joylashgan va juda katta yuzaga ega ekanligi bilan
xarakterlanadi.
Masalan, Magellan nomi bilan yuritiladigan galaktikaning uzoqligi 80 ming yorug’lik
yiliga teng bo’lsa, Andromeda galaktikasi 700 ming yorug’lik yiliga teng.
Yer qurrasidan eng uzoq bo’lgan galaktika o’rtasidagi masofa 1 mlrd.yorug’lik yiliga
teng. Shunday ekan, koinot (olam, falak) nihoyatda turli-tumanligi va cheksizligi - poyoni
yo’qligi bilan xarakterlanadi. Koinotda mavjud yulduzlarning yer qurrasiga eng yaqini
Alfa tsentavr hisoblanadi. Oydan bizga qadar yetib keladigan yorug’lik nurining 4 yil 3
oyda yetib kelishi, Alfa tsentavrning bizdan qancha uzoqda joylashganligini ko’rsatadigan
dalil desa bo’ladi.
XULOSA.
Yer va kosmos insoniyat uchun doimo qiziqarli va o‘rganilishi kerak
bo‘lgan dolzarb masalalardan biridir. Bu mavzu orqali biz yer sayyorasining tuzilishi,
tabiati, resurslari va kosmosdagi o‘rni haqida bilim olamiz. Shuningdek, kosmosning
cheksizliklari, galaktikalar, yulduzlar, sayyoralar va boshqa osmon jismlari inson aqlini
hayratga soladi.
Kosmosni o‘rganish orqali insoniyat yangi texnologiyalar, ilmiy kashfiyotlar va hayot
sirlarini ochish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Yerdan tashqari hayot, kosmik sayohatlar,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 211
sunʼiy yo‘ldoshlar va kosmosdan olingan maʼlumotlar kelajakda insoniyat uchun katta
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Kosmosni o‘rganish bizga nafaqat olamning sirli qirralarini, balki o‘z sayyoramizni
himoya qilish va unda muvozanatli yashash zarurligini ham o‘rgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Baratov P. Yer bilimi va o’lkashunoslik. Toshkent, 1990 y.
2.
Mamatazimov M. Astronomiyadan o’qish kitobi. Toshkent, 1992 y.
3.
Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.
4.
Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni.
Samarqand, 2000 y.
5.
Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING
DASTLABKI TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES,
EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.
6.
Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG ‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY
AXBOROT KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO
‘LLASH.
7.
Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG ‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY
KOMPYUTER DASTURLARINI QO ‘LLASH.
8.
Solaydinovich, M. J. (2024). THE VIEWS OF UZBEK AND FOREIGN
SCIENTISTS
ON
THE
FORMATION
OF
NATURAL
SCIENCES.
Multidisciplinary and Multidimensional Journal, 3(3), 44-48.