Mualliflar

  • Imomqulova Gulchehra Norboboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112539

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘lar: adabiyot inson muhit xarakter tasvir mahorat ijodkorlik.

Annotasiya

Annotatsiya. O‘zbek adabiyotida turli janrlarda ijod etgan iste’dodli adib Said Ahmadning 
hikoyalarida  xarakter  yaratish  an’anasi,  uning  qalb  iztiroblarining  badiiy  ifodasi  haqidagi 
qarashlarni, ijodkorning janr taraqqiyotidagi o‘rni va mahorati haqidagi tushunchalar qayd etildi. 
Adibning istiqlol yillarida yaratgan asarlarining badiiy mohiyati, undagi badiiy ifoda shakllarining 
o‘ziga xosliklari haqida so‘z yuritildi.  


background image

326

SAID AHMAD HIKOYALARIDA INSON VA MUHIT TALQINI

Imomqulova Gulchehra Norboboyevna

,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi

gulimomkuova@gmail.com

Annotatsiya.

O‘zbek adabiyotida turli janrlarda ijod etgan iste’dodli adib Said Ahmadning

hikoyalarida xarakter yaratish an’anasi, uning qalb iztiroblarining badiiy ifodasi haqidagi
qarashlarni, ijodkorning janr taraqqiyotidagi o‘rni va mahorati haqidagi tushunchalar qayd etildi.
Adibning istiqlol yillarida yaratgan asarlarining badiiy mohiyati, undagi badiiy ifoda shakllarining
o‘ziga xosliklari haqida so‘z yuritildi.

Kalit so‘lar:

adabiyot, inson, muhit, xarakter, tasvir, mahorat, ijodkorlik

.

SAİD AHMED'İN HİKAYELERİNDE İNSAN VE ÇEVRE YORUMU

İmamkulova Gulchehra Norboboevna,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğretmeni

Özet.

Özbek edebiyatında çeşitli türlerde eserler vermiş olan yetenekli yazar Said Ahmed'in

hikâyelerinde karakter yaratma geleneği, gönlündeki acıların sanatla ifade edilmesine ilişkin
görüşler, türün gelişmesinde yaratıcının rolü ve becerisine ilişkin görüşler kaydedilmiştir. Yazarın
bağımsızlık yıllarında yarattığı eserlerin sanatsal özü, sanatsal ifade biçimlerinin özellikleri
tartışıldı.

Anahtar kelimeler.

Edebiyat, insan, çevre, karakter, imaj, beceri, yaratıcılık.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ И ЛИЧНОСТИ

В РАССКАЗАХ САИДА АХМАДА

Имамкулова Гульчехра Норбобоевна,

преподаватель Узбекско-Финского педагогического института


Аннотация.

В рассказах талантливого писателя Саида Ахмада, творившего в

различных жанрах узбекской литературы, зафиксированы традиции создания персонажей,
взгляды на художественное выражение заветных желаний, роль и мастерство творца в
развитии жанра. Обсуждалась художественная сущность произведений писателя,
созданных в годы независимости, особенности форм художественного выражения в них.

Ключевые слова.

Личность, среда обитания, характер, образ, умение, творчество.

IN THE STORIES OF SAID AHMAD MAN AND THE

ENVIRONMENT INTERPRETATION

Imamkulova Gulchehra Norboboevna,

teacher of Uzbekistan-Finland pedagogical institute

Annotation.

In the stories of the talented writer Said Ahmad, who created in various genres

in Uzbek literature, the tradition of character creation, views on the artistic expression of his
heart's desires, the role and skill of the creator in the development of the genre were recorded. The
artistic essence of the writer's works created in the years of independence, the peculiarities of the
forms of artistic expression in them were discussed.

Key words.

Human, environment, character, image, skill, creativity.


background image

327

Kirish.

O‘zbek adabiyoti asrlar davomida shakllanib kelar ekan, uning taraqqiyotini, poetik

yangilanishlarini turli davrlarda, turli so‘z san’atkorlarining ijodiy an’analarining o‘rni alohida
ahamiyat kasb etadi. O‘tgan asr xalqimiz tarixida juda murakkab davr sifatida tarix sahifalaridan
o‘rin oldi. Buning sababi, o‘tgan asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ziddiyatlarning
kuchayishi, xalqimizning ziyolilari qirg‘in etilishi, jadidchilik harakatining yirik namoyondalariga
qilingan “hujum”lar, jahon urushlari, bularning barchasi inson tafakkuridagi evrilishlarni
kuchaytirdi. Uning qalb iztiroblarini, ruhiy-ma’naviy olamidagi ziddiyatlarning kuchayishiga zamin
hozirladi. Adabiyotning esa, ma’lum bir davrning mezonlariga, mafkurasiga bo‘ysindirilishi –
bularning barchasi o‘tmishimizning murakkab davridan dalolat berishi, tabiiy holdir. Ammo,
shunga qaramasdan goh sokin, goh mahzun adabiyot yaratilaverdi. Bu esa xalqimizning adabiyotga,
san’atga bo‘lgan muhabbatining belgisi sifatida e’tirof ham etildi. Shuning uchun o‘zbek
hikoyachiligining taraqqiyotida iste’dodli adib Said Ahmadning o‘ziga xos ijodiy an’analari, uslubi
mavjudligi bir qator hikoyalari misolida tahlil qilinadi.

Adabiyotlar sharhi.

Iste’dodli adib Abdulla Qahhor o‘z davrida adabiyotga kirib

kelayotgan yosh ijodkorlarning asarlariga juda katta katta e’tibor bilan qaragan. Boshqa
ijodkorlarning yaratgan asarlariga munosabat bildirganligi, tahliliy yondoshganligi kabi Said
Ahmad ijodiga ham ijobiy munosabatda bo‘ladiki, bu esa, uning turli mavzularda asarlar yaratishiga
imkon beradi. A.Qahhor badiiyatga so‘z san’atining mohiyati sifatida yondoshganligi, ayniqsa, Said
Ahmad ijodiga ham ijobiy munosabatda bo‘lib yutuq va kamchiliklarini haqqoniy bayon etgan.

Adabiyotshunos Umarali Normatovning “Ufqlarning chin oshig‘i” risolasida esa iste’dodli

adib Said Ahmadning chorak asr kam ijodini, uning poetik xususiyatlarini, hayotni anglash va talqin
etish tamoyillariga diqqat qilinganligiga e’tibor qaratildi. Shu bilan birgalikda, Said Ahmadning
hikoyachilikdagi badiiy mahorati, adib hikoyalarining mavzu ko‘lamining ifoda shakllari haqidagi
qarashlariga munosabat biladirildi. Said Ahmadning hikoyachilik taraqqiyotidagi o‘rni, uning ilk
asarlarida ilgari surilgan qarashlarning yuzaga chiqish sabablari, teran tahlil etilganligi ta’kidlandi.

Adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdamning “Yangilanish ehtiyoji” maqolalar to‘plamida esa,

badiiy adabiyotning funksiyasi, asrlar osha yashash sabablari, inson qalb kechinmalarining mahsuli
sifatida maydonga kelishi, san’atning boshqa turlaridan farqlanish sabablarining o‘ziga xosligini
sobiq sho‘rolar davri va istiqlol davri bilan qiyosiy tahlillar asosida o‘zbek adabiyotining keyingi
yillardagi taraqqyotini asoslashga intilganligiga diqqat qilindi.

Asosiy mazmuni.

Said Ahmadning istiqlol yillarida yaratgan bir qator hikoyalarida, inson

va muhit tushunchasi yetakchilik qilishi, buning sabablarini asoslash, ijodkorning hikoyachi nutqiga
singdirilgan avtobiogragik hayot tarzining ifodalanishiga, badiiyatga singdirilishga ham tahliliy
yondoshildi.

Adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam qayd qilganidek: “Olamdagi jamiki hodisalar zamirida

haqiqatga intilish yotadi. Jumladan, adabiyotning ham. Biroq u haqiqatga fizika yoki tibbiyot fani
singari qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lmagan sabablari, shunga yarasha uslublar vositasida emas,
balki ko‘ngilda tug‘ilib o‘sib, qayoqqadir shiddat bilan talpinayotgan tabiiy qudrat – buyuk
ehtirosning bag‘rida, u orqali intiladi… Bu adabiyot misoli bir ummon va uning sirti qanchalik
sokin esa, ichi shunchalik dolg‘ali” [1, 16-17-betlar].

Ta’kidlanganidek, adabiyotning “sokin”ligi ham bejiz emas, uning qa’rida insoniyatning

ming-ming yillik qadriyatlari, iztirob-u quvonchlari, murakkab hayotning turfa xil xususiyatlarini
o‘zida mujassamlashtirib keladi. O‘tgan asr adabiyoti ham bunday tushunchalardan xoli emas,
chunki mafkuraviy tazyiqlar, so‘z san’atining poetik xususiyatlarini teranlashishiga imkon
bermaslikka harakat qilsada, ammo u o‘zining zimmasidagi vazifani doimo odilona bajarishga
intilib keldi. Bu jarayonda esa so‘z san’atkorlarining mahorati, adabiyotga, san’atga bo‘lgan
sadoqati bilan ham asoslash mumkin. Ana shunday so‘z san’atkorlaridan biri iste’dodli adib, o‘zbek
adabiyotining taraqqiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan ijodkorlardan biri Said Ahmaddir.

Adibning ijodi haqida so‘z yuritgan adabiyotshunos olim Umarali Normatov shunday

yozadi: “Said Ahmad sevgi, sadoqat, yoshlik kuychisi. U bevosita ma’naviy axloqiy muammolarga
bag‘ishlangan bir turkum hikoyalarining muallifi. Uning bu mavzudagi asarlari qahramonlari g‘oyat


background image

328

xilma-xil kishilar: ularning birida mustaqil hayot ostonasiga endigina qadam qo‘ygan, mehnat, ilk
muhabbat, ilk bo‘sa lazzatidan bahramand bo‘lgan yoshlarni uchratsak, ikkinchisida hayotda
adashib, shaxsiy hayotini boy berib qo‘ygan noshud natovon kimsalalarga duch kelamiz; yana
birida o‘z shaxsiy huzur halovatidan voz kechib, o‘zgalarga baxt, shodlik hadya etgan olijanab
kishilarni ko‘rsak, boshqasida faqat o‘zini deb o‘zgalarni qon qaqshatuvchi xudbinlarga ro‘para
kelamiz” [2, 13-bet].

Said Ahmad ham murakkab, juda og‘ir hayot yo‘lini bosib o‘tgan so‘z san’atkorlaridan

biridir. Adibning asarlarida turfa xil xarakterlarni, kechinmalar ifodasini, ularning ba’zan zavq-
shavq bilan hayotga, yashshga intilganligini, ba’zan esa o‘z qilmishlariga ko‘ra afsus va nadomatda
hayotini qurbon etishini kuzatish mumkin. Yozuvchining salkam chorak asr kam ijodi, bugungi
adabiyotimizning mohiyatini, uning tadrijiy taraqqiyotini anglashga keng imkon beradi. Adibning
turli mavzudagi asarlarida inson va hayotni anglashga intilayotgan, muhit va uni qurshab turgan
borliqqa teran nigoh tashlashga intilayotgan qahramonlarning badiiy olami juda teran talqinlarda
o‘z ifodasini topgan.

Buyuk so‘z san’atkori Abdulla Qahhor qayd qiliganidek: “Bu sof hayot, yozuvchining

qalbini o‘rtagan, ardoqlagan, unga ilhom bergan hayot tasviri, og‘ir va shu bilan birga go‘zal,
mungli va shu bilan birga farahbaxsh, musibatga to‘la va shu bilan birga odamga quvvat beradigan
umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” [3,
331-bet].

Darhaqiqat, Said Ahmad ijodining asosida, turli davrlarda hayot kechirgan, turfa xil

sharoitni o‘z boshidan o‘tkazgan minglab, millonlab insonlarning kechinmalari, ruhiy-ma’naviy
olamidagi evrilishlar o‘z ifodasini topganligini kuzatish mumkin. Adibning rang-barang hikoyalari,
publitsistik maqolalari, qissa-yu romanlari, xushchaqchaq komediyalari bilan hozirgi o‘zbek
adabiyotida munosib o‘rin egallaydi. Said Ahmad, avvalo, hikoyanavis sifatida tanildi va bu janrda
barakali ijod qildi. Uning “Onajonlar”, “Turnalar”, “Cho‘l burguti”, “Muhabbatning tug‘ilishi”,
“Hayqiriq”, “To‘y kechasida” singari o‘nlab hikoyalari o‘zbek hikoyachiligining taraqqiyotida
poetik mukammal asarlar qatoridan o‘rin olib kelmoqda. Adibning birinchi hikoyalar to‘plami
“Tortiq” 1940-yilda yaratilgan bo‘lsa, keyinchalik o‘nlab asarlar yaratdiki, bularning barchasi
o‘ziga xos talqin xususiyatiga ega bo‘lgan asarlardir. Yozuvchining tinimsiz izlanishlari, hayotni,
insonni anglash yo‘lidagi intilishlari, ustoz yozuvchilar ijodi va jahon adabiyotini o‘rganishi yetuk
asarlar yaratish imkonini kengaytirgan.

Said Ahmadning iste’dodli va serqirra ijodkor bo‘lib yetishishida, G‘afur G‘ulom va

Abdulla Qahhorlarning o‘rni beqiyos ekanligini ham qayd etish lozim. Said Ahmadning o‘zi bu
haqda: “Aslida meni hajv yo‘liga G‘afur G‘ulom boshlab kirgan. Ma’lumki, G‘afur aka o‘ttizinchi
yillarda hajv janrida barakali ijod qildi. Ixcham, kulgili hikoyalarning juda yaxshi namunalarini
yaratdi. Men shu hikoyalar ta’sirida adabiyotga kirganman. Keyinchalik bu buyuk yozuvchi bilan
yaqindan tanishganim, undan rosmana ijodiy ta’lim olishim hajvga bo‘lgan intilishimga juda katta
yordam berdi.

Said Ahmadning ko‘p hikoyalarida, xususan, “Cho‘l shamollari”, “Cho‘l oqshomlari”

turkumlariga kirgan hikoyalarini shu janrning yetuk namunalari deyish mumkin. Adib bu
hikoyalarida jonli, tiniq obrazlar yaratish bilan birgalikda, voqelikdagi yangiliklarni, oddiy kishilar
hayotidagi o‘sish-o‘zgarishlarni ularning o‘ziga xos fazilatlarini badiiy talqin etgan. Adib o‘zining
“Cho‘l hikoyalari”ni “cho‘llarda boshlangan yangi hayot va yangi odamlar qissasi” deb atashi ham
bejiz emas, chunki bunday ohanglar o‘sha davr uchun xos xususiyat edi.

Said Ahmad mohir hikoyanavis sifatida 50-yillardayoq tanilgan edi. Yozuvchining bir qator

hikoyalarini lirik, ba’zi hikoyalari lirik-publisistik xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xos uslubning
mahsuli sifatida maydonga kelgan. Ularda yozuvchi xalqimizning qanoat va matonatini, og‘ir va
murakkab sharoitlardagi bardoshini, olijanob tuyg‘ularini ulug‘ladi. Muhabbat, mehnat shijoati,
urush asoratlaridan yorug‘ yuz bilan chiqqan iroda, qismat va shukronalik tuyg‘ularini badiiy kashf
etgan. Shu bilan bir qatorda, insonning qalb iztiroblarini, shafqatsiz hayotning murakkab yo‘llarini
ham mahorat bilan tasvirga singdirgan.


background image

329

Said Ahmadning istiqlol yillaridagi hikoyachiligi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Said

Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi o‘zgarishlar haqida ko‘plab maqola, badialar, quvnoq
yumoristik, jo‘shqin lirik hikoyalar bilan bir qatorda, shaxs qismati, uning fojialari, muhitning
qurboniga aylangan inson xarakterining turli rakurslarda talqin etganligini kuzatish mumkin.

Istiqlol yillarida yaratgan asarlari orasida, ayniqsa, “Qorako‘z Majnun” hikoyalar

to‘plamidan o‘rin olgan “Qorako‘z Majnun”, “Sarob”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Oftob Oyim”,
Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan”, “Ot bilan suhbat”, “Rostgo‘y
posbon” kabi bir qator hikoyalari alohida ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli odamlar qismati va
ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi “Qorako‘z Majnun”, “Ot bilan suhbat”, “Azroil o‘tgan
yo‘llarda” hikoyalari qatog‘on davri xotiralari bilan bog‘liq hikoyalar sifatida e’tirof etiladi.

“Borsa kelmas darvozasi” kabi hikoyalari, adibning o‘zi yaqindan muloqotda bo‘lgan ustoz

adiblar, tengdoshlari va o‘z hayot va ijod yo‘li haqidagi xotira-esselardan iborat deb qarash ham
mumkin. “Oftob Oyim” hikoyasida Vatanga bo‘lgan muhabbatni, Ona-zaminga bo‘lgan sadoqatni
o‘ziga xos tarzda aks ettirigan. Lagerda do‘st tutingan hikoyachi bilan Yapon asiri Dyun orasidagi
samimiy muloqotlar, suhbatlar, samuray Dyunning Sudze qismatiga oid afsona-rivoyatnoma
hikoyasi, kamikadze burchini o‘tay olmagan bu yigitning ruhiy iztiroblari va halokati o‘quvchi
qalbini larzaga soladi.

Bu hikoya nafaqat, o‘zbek xalqi mehrini, balki Yapon xalqi mehrini qozondi. “Yarim asrdan

ko‘p vaqt mobaynida ko‘ngil qatida yapon asirlari xotirasini saqlab kelib, ular haqida ajoyib hikoya
yozgan janob, Said Ahmaddan bag‘oyat minnatdorman-deb yozadi, Yaponiyaning Favqulodda va
Muxtor elchisi bo‘lgan Kyoko Nakayama.

Adabiyotshunos Umarali Normatov adibning ushbu hikoyasiga quyidagicha baho bergan.

“Qanday baxt: o‘zimiznigina emas o‘zgalarni ham maftun etgan, hayajonga solgan yangi asr o‘zbek
hikoyasining ilk yetuk, go‘zal namunasini yaratish 81 yoshli ardoqli adibimiz Said Ahmadga nasib
etdi” [2,11-bet].

Darhaqiqat, adibning yillar davomida qalb qa‘ridan o‘rin olib kelgan, turli hayotiy

zarbalarining mahsuli bo‘lgan qarashlar asta-sekin badiiylik mezonlariga bo‘ysindirildi va bir-
biridan qolishmaydigan falsafiy asarlarning yaratilishiga zamin bo‘ldi. Yozuvchining bunday
mavzudagi asarlarining asosiy qismidagi hikoyasi muallifning o‘zi ekanligini ham unutmaslik
lozim. Balki, shuning uchun ham, iste’dodli adib, bu kabi hikoyalarni ham hayotining keyingi
damlarida yaratganligi bejiz emasdi, chunki bu mavzuda qalam tebratish naqadar murakkab
bo‘lganligini ham ta’kidlash jozdir. Yozuvchining istiqlol davrida yaratgan turli mavzudagi
hikoyalarida ham ijodkorning juda katta mahorati va ijodning teran anglash xususiyati
mujassamlashganligini kuzatish mumkin.

Dunyo adabiyotida bo‘lgani kabi, o‘zbek adabiyotida ham ota va farzand o‘rtasidagi

ziddiyatlar qalamga olingan. Adib ham xalqimizning xuddi shu og‘riqli nuqtasi haqida oradan
yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib, badiiyat qonuniyatlariga tayangan holda qalam tebratadi. Sobiq
sho‘rolar imperiyasining ota va farzand orasiga solgan nizolari, milliy qadriyat, an’analarni
yo‘qotishga bo‘lgan urinishlarini qator hikoyalarida qalamga oladiki, bu esa inson ma’naviy
olamini, uning botinidagi ziddiyatlar asosida obrazlar olamini badiiy talqin etgan. Ilmsizlik,
johillikning zamirida savodsizlik sababli shunday yo‘l tanlanishi juda asosli yoritib berilgan. Shu
jihatdan, ota va farzand o‘rtasidagi ziddiyatlarni davr mafkurasi sun’iy o‘ylab topgan, sobiq
sho‘rolar jamiyati o‘zining bu usulidan unumli foydalanganligini ham qayd etish lozim. Bu esa
inson ma’naviy olamiga salbiy ta’sir etib qolmasdan, jamiyatdagi ulkan fojialarni ham yuzaga
chiqardi.

“Sarob” hikoyasi haqida so‘z yuritgan o‘zbek adabiyotshunos olimi, filologiya fanlari

doktori, professor Umarali Normatov shunday yozadi: “Sarob” hikoyasida bu g‘oya yanada
keskinroq va birmuncha oshkora tarzda ifodalanadi. Asardagi voqea – o‘g‘il bilan ota orasidagi
mudhish munosabatlar bu yorug‘ dunyoning naqd do‘zaxi ichida - mustabid tuzum qurbonlari –
mahbuslar jam bo‘lgan Jezqozg‘on lageridan birida o‘z intihosiga yetadi” [2, 6-bet].


background image

330

Adabiyotshunos olim alohida qayd etgani kabi asar voqealari mahbuslar jageri bo‘lgan

Jezqozg‘on lagerida adolatsizlik qurboni sifatida “jinoyatchi” hisoblangan Olimjon domla o‘n besh
yildan ortiqiroq hayotini iztiroblar orasida o‘tkazib yurgan bir vaqtda uning o‘g‘li, otasini “sotgan”i
uchun qahramonga aylangan farzandini ham olib keladi. Bu holatlar hikoyada juda mahorat bilan,
psixologik vositalar asosida talqin etilgan va har ikki qahramon ma’naviy-ruhiy olamidagi iztiroblar
asosida, ularning kechinmalari talqin etilgan.

Natijalar va tushunchalar.

O‘zbek adabiyotining yetuk vakili, turli janrlarda asarlar

yaratgan adib Said Ahmadning keyingi yillardagi hikoyalarida o‘ziga xos mavzu ko‘lami, talqin
ifodasi, poetik shaklga singdirishdagi badiiy mahorati ochib berildi. Said Ahmadning uzoq yillik
ijodiy faoliyati insonni anglash, uning badiiy siymosini yaratish bilan dialektik birlikda hayotning
murakkab qirralarini badiiy talqin etishdagi ijodiy jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Said Ahmadning turli mavzudagi asarlari bilan bir qatorda hikoyachilik taraqqiyotidagi o‘rni

ham juda katta iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Bu esa ijodkorning hayotni anglash, bu
xususiyatlarni badiiy qahramon ruhiyatiga singdirish jarayonlarida yanada teranlik kasb etganligi
tahlilar asosida yoritildi.

Xulosa.

Har bir davrning murakkab tamoyillari mavjud bo‘ladiki, uning turfa xil qirralarini

badiiy kashf etish so‘z san’atkoridan juda katta badiiy mahoratni talab etadi. Ana shunday
murakkab xarakterlarni badiiy kashf etishda Said Ahmadning ijodiy mahoratini tahlil qilish, keyingi
davr nasriga ijodiy yondoshuvlarni yanada teranlashtirishga asos bo‘lishi tahlilar asosida ko‘rsatildi.

Xullas, iste’dodli adib Said Ahmadning hikoyalarida inson qismati, uning fojialari, ruhiy-

ma’naviy olamidagi evrilishlar haqqoniy talqin etilgan. Bu talqinlar zamiridagi poetik ifoda
shakllari, insonning o‘zligini anglashga, hayotning mohiyatini teran his etish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ҳамдам У. Янгиланиш эҳтиёжи. Илмий-адабий нашр. – Тошкент, Фан, 2007. – 196 б.

2.

Норматов У. Уфқларнинг чин ошиғи (Саид Аҳмаднинг ижодий йўли, адиб билан
суҳбатлар). – Тошкент, “Yurist-media markazi”, 2008. – 96 б.

3.

Қаҳҳор А. Асарлар. Олти томлик. Олтинчи том. – Tошкент, 1971. – 432 б.

4.

Nasirov, A. N. (2020). Artistic chronotope interpretion in Odil Yakubov’s novels. Academicia:
An Internatioonal multidisciplinary Research journal ISSN222-49-7137.

Impact Faktor SJIF

,

7

,

498-501.

5.

Azizovna Y.S.

Study of folktale in literature and its relation to the epic genre

. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/7250/19705/65b7e8e0c2065___Yuldosheva
%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

6.

Buriyeva, F. (2024). Shawkat Rahman's Translation Skills.

Miasto Przyszłości

,

55

, 522-524.


Bibliografik manbalar

Ҳамдам У. Янгиланиш эҳтиёжи. Илмий-адабий нашр. – Тошкент, Фан, 2007. – 196 б.

Норматов У. Уфқларнинг чин ошиғи (Саид Аҳмаднинг ижодий йўли, адиб билан

суҳбатлар). – Тошкент, “Yurist-media markazi”, 2008. – 96 б.

Қаҳҳор А. Асарлар. Олти томлик. Олтинчи том. – Tошкент, 1971. – 432 б.

Nasirov, A. N. (2020). Artistic chronotope interpretion in Odil Yakubov’s novels. Academicia:

An Internatioonal multidisciplinary Research journal ISSN222-49-7137. Impact Faktor SJIF, 7,

-501.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

Buriyeva, F. (2024). Shawkat Rahman's Translation Skills. Miasto Przyszłości, 55, 522-524.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари