543
SHE’RIY SAN’AT: SO‘ZLAR ORQALI HISSIYOTLARNI IFODALASH
Bozorova Zulxumor Ilxom qizi
,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Imomqulova Gulchehra Norboboyevna,
ilmiy rahbar,
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya
. Ushbu maqola adabiyotning eng jozibali va murakkab sohasi bo‘lgan badiiy
san’atlar haqidadir. Shu bilan birga maqolada she’riy san’atlarning, uslubiyati, ularning
qo‘llanilishi hamda tahlili keltirilgan. G‘azallardan namunalar berish orqali badiiy sa’atning
adabiyotdagi o‘rni beqiyos ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
. Tashbeh, tashxis, ta’did, talmeh, tanosub, mubolag‘a, g‘uluv, tablig‘,
irg‘oq,
mushabbah, mushabbahbihi, vajhi shaboh.
ŞİİR: DUYGULARIN KELİMELERLE İFADESİ
Bozorova Zulkhumor Ilkhom kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji öğrencisi
Imomkulova Gulchehra Norboboyevna,
bilimsel danışman, Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğretmeni
Özet.
Bu makale edebiyatın en büyüleyici ve karmaşık dalı olan edebi sanatlar hakkındadır.
Makale aynı zamanda şiir sanatlarının metodolojisini, uygulanmasını ve analizini sunmaktadır.
Gazellerden örnekler verilerek sanat saatinin edebiyattaki rolünün eşsiz olduğu gösterilmektedir.
Anahtar kelimeler.
Teşbeh, teşhis, tadid, talmeh, oran, abartı, guluv, tebliğ, irgak,
müşebbah, müşebhabhihi, vejhi şabah.
ПОЭЗИЯ: ВЫРАЖЕНИЕ ЧУВСТВ ЧЕРЕЗ СЛОВА
Бозоровa Зулхумор Ильхом кизи,
Студентка Узбекско-Финского педагогического института
Имомкулова Гулчехра Норбобоевна,
научный руководитель, Узбекско-финского педагогического института
Аннотация.
Данная статья посвящена самой увлекательной и сложной отрасли
литературы – литературному искусству. В то же время в статье представлена
методология поэтического искусства, их применение и анализ. На примерах газелей
показано, что роль художественного часа в литературе ни с чем не сравнима.
Ключевые слова.
Ташбеx, диагноз, тадид, тальме, соотношение, преувеличение,
гулув, таблих, иргак, мушабба, мушабхабхихи, ваджи шабах.
POETRY: EXPRESSING FEELINGS THROUGH WORDS
Bozorova Zulkhumor Ilkhom kizi,
Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Imomkulova Gulchehra Norboboevna,
Scientific supervisor , teacher of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Annotation.
This article is about the most attractive and complex field of literature, the
artistic arts. At the same time, the article presents the methodology of poetic arts, their application
and analysis. By giving examples from ghazals, it is shown that the role of artistic time in literature
is incomparable.
544
Keywords.
Tashbeh, dias, ta'did, talmeh, tanosub, mubolaga, guluv, tabligh, irgoq,
mushabbah, mushabhabhihi, wajhi shabah.
Uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan, san’at nomini olgan badiiylik vositalari faqatgina she’r
bezagi emas, balki shoir xohish va istagini o‘quvchiga yetkazuvchi vosita muallifning rangin
tuyg‘ular olami haqida tasavvur beruvchi manba yoki shoir ko‘nglini kitobxon didi va zavqi bilan
bog‘lovchi
ma’naviy rishta hamdir. Ana shu ma’noda she’riy san’atlar mumtoz
adabiyotshunoslikda ilmi bade’ unvoni bilan sharaflangan va unga ilmi adab tarkibiga kiruvchi
mustaqil ilm turlaridan biri deb qaralgan. Badiiy san’atlar haqidagi dastlabki ilmiy risolalar
johiliyya davrida yoki ilk islom xalifalari zamonida shakllanganiga qaramay, bu san’atlar xalq
zakovati va badiiy balog‘atining belgisi sifatida qadimdan mavjud bo‘lgan.Sheriy san’atlar tarixiga
nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu san’atni ilmi badi deb yuritilganiga guvoh bo‘lamiz. lmi badi’
(ar. badi’ - go‘zal, chiroyli, ajoyib, nodir, nafis, yangi paydo bo‘lgan narsa ) - Musulmon Sharq
poetikasining tarkibiy qismlaridan biri, nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos
jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi sohadir.
Tashbeh
adabiyotda keng qo‘llaniladigan she’riy san’atlardan biri hisoblanadi. Tahbehda
asosan biror narsa, belgi yoki harakat boshqa bir narsaga qiyoslanadi. Bu esa o‘sha tushunchani
anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbehni oddiygina qilib o‘xshatish desak ham
bo‘ladi.Tashbehning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin.
Masalan: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga qiyoslaniyabdi.
Mushabbah-o‘xshatilgan narsa ( yuz)
Mushabbahbihi- o‘xshayotgan narsa (gul)
Vosita-o‘xshashatish vositalari (kabi)
vajhi shaboh-o‘xshatish sababi (go‘zallikda)
Bundan tashqari quyidagi misralarida ham tashbeh she’riy san’atidan mohirona
foydalanilgan:
Sen gulsen-u, men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’laga kuldurmen.
(Z.M.Bobur)
So‘z san’atida -
dek, -day, -cha, -simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin
kabi qo‘shimchalar
, kabi,
go‘yo, go‘yoki, misli, yanglig‘, xuddi
singari so‘zlar o‘xshatish vositasini yuzaga chiqaradi.
O‘xshatish vositasi ishtirok etgan g‘azallarda tashbeh yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ba’zan
g‘azallarda o‘xshatish vositasi ham tushib qolib o‘xshamish bilan o‘xshatilmishgina ishtirok etadi.
Masalan, “qoshi hiloldek egik” deyish o‘rniga “qoshi hilol” deyilishi, “qomati sarvdek tik” deyish
o‘rniga esa “sarvqomat” tarzida ishlatilishi bunga misol bo‘la oladi.
Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Xilqat*
alarg‘a-yu, sanga-
tiyra xok
*.
(Navoiy)
misralarida ham xuddi shu holat kuzatiladi. Asos va vositaning qo‘llanilish yoki qo‘llanmasligidan
qat’i nazar o‘xshamish va o‘xshatilmish ishtirok etgan o‘xshatish mutlaq tashbeh (aniq o‘xshatish)
deyiladi. Lekin ba’zi o‘rinlarda o‘xshamish ham tushib qolib, faqat o‘xshatilimishgina ishtirok
etadi. Bu esa kinoya tashbehni yuzaga chiqaradi. Masalan:
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil.
(Navoiy)
Tashxis
(arab.-shaxslantirish)-jonlantirish demakdir. Turli narsalar, hayvonlar, qushlar,
o‘simliklar va boshqalarga insoniy xususiyatlarni ko‘chirish san’atidir.Masalan:
Bahor elga aysh-u manga iztirob,
Kulub holima
barq
*, yig‘lar
sahob
*.
(Navoiy)
Ushbu musralarda barq ya’ni chaqmoqning kulishi va bulutning yig‘lashi jonlantiriliyabdi.
545
Jamoling
vasfini
* qildim chamanda,
Qizordi gul uyotdin
anjumanda*
.
(Atoyi)
Bunda qorning taglarida qish,
Bahor uchun so‘zlaydi olqish,
(H.Olimjon)
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.
Aytadir:bir ko‘rib, yo‘limdan ozib
Tog‘-u toshlar ichra istab yuramen!
(Cho‘lpon)
*xilqat-tabiat, tashqi ko‘rinish; *tiyra xok-qora tuproq; *barq-chaqmoq; *sahob-bulut;
*vasf-ta’rif; *anjuman-yig‘ilish
.
Ta`did
-fikriy rivoj,ketma-ketlik, tadrijiylik. U grammatik qurilmalarnining bir xil shaklidan ketma-
ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqarilishi mumkin.
Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding,
Ishq dardini so‘rsang hargiz
darmoni*
yo‘q.
(Ahmad Yassaviy)
Ushbu misralarga e’tibor beradigan bo‘lsak, uning birinchi misrasida birinchidan, ikkinchidan,
uchinchidan tarzidagi sanoq ohangi seziladi. Ayni mana shu holat esa unga alohida ta’sirchanlik
baxsh etgan. Ta’did grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali
ham yuzaga chiqishi mumkin:
Ta’lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor,
Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor.
(Xorazmiy)
Talmeh (arab.-chaqmoq chaqishi)-ishora qilish, nazar tashlash demakdir. Mumtoz adabiyotda keng
qo`llaniladigan san’at turlaridan biridir. Bunda shoir mashhur bir qissa,voqea-hodisa yoki asarga
ishora qilish orqali o‘z fikrini ochib beradi. Shuningdek talmeh she’rda oz so‘z bilan ko‘p ma’noni
ifodalash sa’ati ham deyiladi.
Sulaymon
* saltanatlik podshosen,
Masih
* anfoslik,
Yusufliqosen*.
(Xorazmiy)
Ushbu baytda uchta tarixiy shaxslarning nomlarini keltirish orqali talmeh san`ati yuzaga
chiqarilgan. Bunda Sulaymon-Allohning amri bilan jamiki ins-u jins, hayvonlar va parrandalar
olamiga podshohlik qilganligi, Masihning esa jon ato etish xususiyati, Yusufning go‘zalligi madh
etilgan.
Shakr erning naboti
Xizrga
* o‘xshar,
Oyog‘ing kimki o‘psa,mangu yashar.
(Xorazmiy)
Ko‘ngullar Ka’basin bir-bir ziyorat ayladim, emdi
Tavofi Makka-yu taxti Sulaymon etmasam bo‘lmas.
(Nodira)
*darmon-davo, shifo; *Sulaymon-barcha hayvon-u qushlar, ins-u jinlar hukmdori; *Masih-
jon bax eta olish qobiliyatiga ega payg‘ambar; *Yusuf-Ya’qub alayhissalomning eng chiroyli
o‘g‘li;
*Xizr-Islom rivoyatlaridagi shaxs, taqvodor inson. Allohning quli demakdir.
Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor
Fasohatda*,
sabohatda*
, hama to‘g‘rida san nozik.
(Furqat)
Tanosub
-she’r misralarida bir-biriga yaqin va bog‘liq tushunchalarni qo‘llash orqali hosil
qilinadi. Masalan yuz haqida gap ketganda bevositda ko‘z, qosh, lab, og‘iz kabilar hayolimizda
546
jonlanadi, yoki bulut deyilganda yomg‘ir, chaqmoq miyyamizda birdan o‘z aksini topadi, aynan shu
holat g‘azallarda qo‘llanilishi tanosub san’atini yuzaga chiqaradi.
Chaqilg‘och barqi ishqi
jovidoniy*,
Yetishgach bir
sharar
* kul ayladi.
Ushbu misralarda chaqmoq, uchuqun va kul so‘zlari uyishgan holda tanosibni hosil
qilmoqda.
Zulfing
cheriki
* jamol mulkin
Oldi ko‘zing ittifoqi birla.
(Atoiy)
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayoqing qanda bo‘lsa boshim anda.
(Atoiy)
Mubolag‘a
arab tilida “kattalashtirish”, “kuchaytirish” ma’nolarini bildirib, adabiy asarda
tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo‘rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati
demakdir. Masalan:
Ko‘zumdin yoshunib ey bahri altof,
Ko‘zumning yoshini daryo qilibsen.
(Bobur)
Ul pari hajrinda men devona cheksam o‘tlug‘ oh,
Ey malak, gar bo‘lmasang vofiq, qanoting churkanur.
(Navoiy)
Mehringdin, ayo, oy-u falakka yetar ohim,
Qilmas, netayin, ko‘nglunga bir zarra siroyat
(Lutfiy)
*fasohat-go‘zallikda; *sabohat-ko‘rkamlik, malohat; *jovidon-abadiy, uzoq umr; *sharar-
uchqun; *cherik-askarlar, qo‘shin.
Mubolag‘aning uch turi mavjud bo‘lib ular bir-biridan farq qiladi:
Tablig‘
-aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan narsa hodisa.
Irg‘oq
-belgi yoki harakatga aqalan ishonish mumkin bo‘lsa ham, hayotda yuz berishi mumkin
bo‘lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash.
G‘uluvv
-aqlga ham sig‘maydigan, real hayotda esa umuman sodir bo‘lmaydigan voqea hodisalarni
bo‘rttirib tasvirlash san’atidir.
She’riy san’atlar adabiyotning eng boy va murakkab janrlaridan biri bo‘lib, inson
ruhiyatining chuqur qatlamlariga kirish imkonini beradi. Ular nafaqat estetik qadr-qimmatga ega,
balki milliy va umumbashariy madaniyatning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. She’riy asarlar
tilining go‘zalligi, obrazlarning boyligi va ramziy ma’nolari orqali o‘quvchini chuqur fikirlashga
undash, uni ilhomlashtirish va dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. She’riyatda
ifodalangan g‘oya va his-tuyg‘ular insonning ichki olamiga ta’sir qilib, ko‘plab madaniyatlar va
davrlar orqali odamlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va ulug‘lanish jarayonlarini mustahkamlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Hojiahmedov A. “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya” -Toshkent. 1998. 4-bet
2.
V.Rahmonov. “She’riy san’atlar” 1962. 180-bet
3.
A.Husayniy. “Badoyi us-sanoyi” 1981. 29-bet
4.
H.Umurov .“Adabiyotshunoslik nazariyasi” 171-bet.
5.
10-sinf adabiyot darsligi.167-bet
6.
Yusupova D. ”O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” (A.Navoiy davri)-Toshkent. 2013. 60-bet
7.
Qayumov A. “Mumtoz so‘z” -Toshkent.2009. 147-bet
8.
9.
A.Navoiy “Hayrat ul-Abror” (I qism) 130-bet.