547
SOBIR OʻNARNING “BIR OʻLARMAN CHAVANDOZ” VA
TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI”
ASARLARI QIYOSIY TALQINI
Sa’dullayeva Ruxshona Asqar qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Imomqulova Gulchehra Norboboyevna,
ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqola orqali Sobir Oʻnar hayoti va ijodi, u yaratgan asarlar hamda
asarlaridagi sheva tiliga alohida eʼtibor qaratiladi. Sobir Oʻnarning “Bir o‘larman chavandoz”
hikoyasi va Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissalari bo‘yicha ba’zi mulohazalar
bayon etilgan.
Kalit soʻzlar.
Milliy adabiyot, sheva tili, milliy oʻyin, koʻpkari, oshna, uygʻunlik, debyut,
foniy, boqiy, jaydari, kompozitsiya, Togʻay Murod, syujet.
SABİR ONAR VE TOGAY MURAD’IN “BİNİCİ OLARAK ÖLECEĞİM” ADLI
ESERİ “YILDIZLAR HER ZAMAN YANAR” ESERLERİNİN
KARŞILAŞTIRMALI YORUMU
Sadullayeva Rukhshona Askar kizi,
Özbekistan-Finlandiya Pedagoji enstitüsü öğrencisi
Imomkulova Gulchehra Norboboyevna,
bilimsel danışman, Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğretmeni
Özet.
Bu makale aracılığıyla Sabir Onar'ın hayatı, eserleri, yarattığı eserler ve eserlerindeki
Şeva dili üzerinde özellikle durulmaktadır. Sabir Onar'ın "Sürücü olarak öleceğim" öyküsü ve
Togai Murad'ın "Yulduzlar Mangu Yonadi" adlı kısa öyküsüne ilişkin yorumlar sunuldu.
Anahtar kelimeler.
Milli edebiyat, Şeva dili, milli oyun, kopkari, oshna, armoni, çıkış, fany,
biqi, jaidari, kompozisyon, Murad Amca, olay örgüsü.
“Я УМРУ ВСАДНИКОМ” САБИРА ОНАРА И ТОГАЙ МУРАД
СРАВНИТЕЛЬНАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЯ
“ЗВЕЗДЫ ВСЕГДА ГОРЯТ”
Садуллаева Рухшона Аскар кызы,
Студентка Узбекско-Финского педагогического института
Имомкулова Гулчехра Норбобоевна,
научный руководитель, Узбекско-финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье особое внимание уделено жизни и творчеству Сабира
Онара, созданным им произведениям, шевскому языку в его произведениях. Представлены
некоторые комментарии к рассказу Сабира Онара “Я умру наездником” и рассказам Тогая
Мурада “Юлдузлар Мангу Йонади”.
Ключевые слова.
национальная литература, шевский язык, национальная игра,
копкари, ошна, гармония, дебют, фаны, бики, джайдари, композиция, дядя Мурад, сюжет
.
COMPARATIVE INTERPRETATION OF SOBIR ONAR’S “I WILL DIE A RIDE”
AND TOGAY MUROD’S “THE STARS BURN FOREVER”
Sa’dullayeva Rukhshona Askar kizi,
548
Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Imomkulova Gulchehra Norboboevna,
Scientific supervisor, teacher of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Annotation
. This article focuses on the life and work of Sobir Onar, the works he created,
and the dialect language in his works. Some comments are made on Sobir Onar’s story “I will die a
rider” and Togay Murod’s stories “The stars burn forever”.
Keywords.
National literature, dialect language, national play, multi-part, familiar,
harmony, debut, mortal, immortal, gallant, composition, Togay Murod, plot.
Adabiyot – xalq ma’naviy va madaniy hayotini aks ettiruvchi asrlar davomida shakllanib,
rivojlanib kelgan boy merosidir. Asrlar mobaynida uning yuksalishi uchun qanchadan qancha
shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar va albatta xalq katta mehnat qilgan. Ne-ne “shoh” asarlar dunyo
yuzini koʻrdi. Bugungi kunda ham adabiyotimiz yangilanib, yangi isteʼdodlar paydo boʻlib, milliy
va jahon adabiyotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ana shunday isteʼdodlardan biri, “
dengizdan tomchi” – Sobir Oʻnardir. Toʻliq ismi sharifi Sobir Hamzayevich Oʻnarov boʻlib, 1964-
yil 25-fevralda Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumani, Quvkalla qishlogʻida tugʻilgan. Aynan
Sobir taxallusi ostida ijod qilgan. Yozuvchi, muharrir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilari
uyushmasi a’zosi. Ilk hikoyasi “Kunsuluvning xatlari” va ilk kitobi “Orzuga toʻla qishloq”
asarlaridir. Bu uning ilk “debyuti” desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sobir Oʻnar 1984-2022-yillarda
faoliyat olib borgan. Ijodi davomida barakali ijod qila oldi deb baralla ayta olamiz. Afsuski, 2022-
yil 18-dekabrda yozuvchi bu foniy dunyoni tark etdi va boqiy hayot tomon yoʻl oldi. U ona shahrida
emas, balki Toshkentning Yunusobod tumanida hayotdan koʻz yumdi va shu yerga dafn etildi. U 58
yoshida ijod pallasida vafot etdi. Hayotlik chogʻlarida “Davlat mukofoti” laureati, “Doʻstlik” ordeni
(2022-yil, avgust) sohibi boʻlgan. Sobir Oʻnar oʻrta maktabni bitirib, Toshkent davlat universiteti
(hozir OʻzMU) ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan va u yerni 1986-yil tamomlagan.
Yozuvchining asarlari talabalik chogʻlaridanoq omma eʼtiboriga tushishni boshlagan.
Buning asosiy sabablaridan biri Sobir Oʻnar ham xuddi Togʻay Muroddek sodda, sheva tilidan keng
foydalangan. Bu oʻziga xoslik unga katta shuhrat keltirdi. Qolaversa, Sobir Oʻnar oʻz asarlarida
oʻzbek xalqining milliy oʻyinlariga alohida eʼtibor qaratgan va juda chiroyli tasvirlar bilan
tasvirlagan. Jumladan, “Bir oʻlarman chavandoz” hikoyasi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu
asarda sheva tili va milliy oʻyinlar qorishiq holda butun bir asarga “jon” bagʻishlaydi: “Oʻzim
orqasi yer iskamas jaydari tabilchi boʻlsam, xullasi — gapga chechanmasman, yozuvchiligim
boʻlganda-ku, oʻzim bilardim-a, ha mayli”. Koʻrinib turganidek, sodda va loʻnda boʻlgan asar tili
hikoya boshidanoq yaqqol sezilib turadi. Asar kompozitsiyasi ham murakkab emas. Syujet
kitobxonga anchagina tushunarli hamda hikoya boshidanoq yengil oʻqiladi. Asarda xalqimizning
milliy gʻururi boʻlgan “koʻpkari” sport oʻyiniga alohida urgʻu beriladi. Asar bosh qahramoni
doʻstining sogʻligi vajini koʻpkari bilan bogʻlab jaydari tushuntiradi. Asar qahramonlari: Davlatboy
Rais, Koʻliboy, Amrillo va boshqa epizodik obrazlar. Qizigʻi shundaki, asar hikoya janrida yozilgan
boʻlsa ham xuddi Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasiga oʻxshab ketadi. Hikoyani
oʻqir ekanmiz beixtiyor “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi xayolimizda gavdalanadi. Bu ikki
yozuvchi ikki joyda tugʻilib ijod qilgan boʻlsalarda, shevasi bir-biriga yaqin. Hattoki yozish, ijod
qilish uslubi ham bir-biriga oʻxshab ketadi. Ayniqsa Sobir Oʻnar “Bir oʻlarman chavandoz”
asarining yakunini shunday tugallaydi: “ Kechiringlar, joʻralar, joʻralarmas, yoronlar, gapimning
oxiri mungliroq boʻlib ketdi. Kecha kranning kichkinasi Sanjarchani koʻrib bir oʻychan tortgan
edim-da, Davlatboyning bir ikkita qiziq hangomalari esim tushib ketdi, xolos. Har xil odam bor
ekanda yer yuzida yashayverarkan, hammasi meniki toʻgʻri deb. Hay, mayli, birodarlarim
hammamiz oʻtib ketamiz dunyodan!...”[5.5] Togʻay Murod asarlarida xalqona iboralar va ifodalar
keng qoʻllaniladi. Koʻpincha asar qahramonlari nimagadir intilib, kurashib yashaydi va xarakteri
jonli boʻladi. Sobir Oʻnar asarlarida esa qochiriqlar va metaforadan keng foydalaniladi. Eng qizigʻi
549
psixologik jihatdan koʻproq yondashiladi va yolgʻizlik asosiy tasvir vositasidir. Bu jihat bilan uning
asarlarini yoki uslubini biroz Fyodr Dostoyevskiyga ham qiyoslasak boʻladi.
Togʻay Murod va Sobir Oʻnar asarlari insoniy kechinmalar va jamiyatga boʻlgan tanqidiy
nigoh orqali ham bir-biriga yaqin turadi. Lekin Togʻay Murod asarlarida tarixiy va realistik jihatlar
koʻzga tashlansa, Sobir Oʻnar asarlari inson ruhiyati va falsafiy jihatlarni oʻz ichiga oladi.
Togʻay Murod va Sobir Oʻnar ijodi bir-biridan farq qiladi, biroq har ikkisida ham insoniy
kechinmalar va jamiyatga tanqidiy nigoh ustuvor. Togʻay Murod asarlarida tarixiy va realistik
mavzular ko‘proq uchrasa, Sobir Oʻnar inson ruhiyati va falsafiy mavzularga ko‘proq e’tibor
qaratadi. Ularning asarlari o‘zbek adabiyotida chuqur iz qoldirgan va bugungi kunda ham dolzarb
hisoblanadi. “Yulduzlar mangu yonadi” asari esa: “Har bandaning ko‘kda oʻz yulduzi boʻladi,
oshna. Shu yulduzning yongani — shu bandaning yonganidir. Shu yulduzning soʻngani— shu
bandaning soʻnganidir...”[141,142] deb tugatilgan. Koʻrinib turganidek ikki asar ham deyarli bir xil
yakunlanadi. Har ikki yozuvchi ham oʻqiguvchiga “oshna” yoki “joʻra” deb murojaat qiladi, oʻziga
yaqin oladi. Asarlar kompozitsiyasi bir-birini toʻldirib, boyitib boradi. Syujet aniq va yaqqol
tushunishga oson. Kitobxon ikki adib asarini oʻqir ekan, ularning bir-biriga oʻxshashligiga
taajjublanadi. Chunki asarlar bir-biriga shu qadar oʻxshaydiki, oʻqiguvchi agarda adiblar bilan
tanish boʻlmasa qaysi asar kimniki ekanligini farqlay olmaydi. Lekin bu ikki yozuvchi asarlarini
solishtirar ekanmiz ularning farqli jihatlari ham yoʻq emas, albatta. Avallo, yozuvchilarning ijod
qilgan davrlari bir-biridan farq qiladi. Ya’ni Togʻay Murod Sobir Oʻnardan oldinroq XX asrda ijod
qilgan. Qolaversa, Togʻay Murod toʻliq sheva tilidan ijod qilgan, lekin Sobir Oʻnar ijodida asabiylik
koʻzga tashlanadi. Ayniqsa, Sobir Oʻnarning “Aka-ukalar” hikoyasida bu yaqqol seziladi: “Koʻmak
aka dimiqib derazani ochdi. Bir nimaning xurillagani eshitildi. – Ana, mehmonga deb qoʻy
soʻyilayotir...” Togʻay Murod asarlarida ayniqsa, har bir soʻzga “-da” qoʻshib gapirish odatiy holga
aylanadi. Asrlar osha ham bu asarlar oʻz mavqeyini yoʻqotmaydi va keyingi avlodga oʻz tiliga
muhabbat, milliy gʻurur kabi hislarni bera oladi. Kitobxonlar ikki asarni oʻqir ekan adabiyotda bir-
biriga yaqin boʻlgan ikki “olov” ijodkor borligini his qila oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T. O‘qituvchi, 1986. – 408 b.
2.
Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti.T.: 2005.-76 b.
3.
Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi.T.2004.-98.
4.
Tog‘ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi.T.”Nurafshon-kitob ta’minot”, 2022.-141b.
5.
Sobir O‘nar. Ziyo.uz. Bir o‘larman chavondoz.