Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 131
XORIJIY TIL TA'LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Qodirova Odinaxon Xayitboy qizi
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda xorijiy, xususan ingliz tilini
o‘rganish va o‘rgatishdagi dolzarb masalalar yoritiladi. Ingliz tilining ikki shakli, uni
o‘rganishdagi muammolar, innovatsion va AKT texnologiyalarning ahamiyati,
o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi muhokama qilinadi. Shuningdek, Janubiy Koreya
ta’lim tizimi bilan taqqoslash orqali ijobiy tajribalar tahlil qilinadi. Oliy ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasidagi islohotlar ham yoritiladi. Xulosa
tarzida esa xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil ekani qayd etiladi.
Kalit so‘zlar:
pedagogik texnologiyalar, ta’lim islohotlari, multimedia taqdimotlar,
ta’lim texnologiyalari, ta’lim integratsiyasi va uzviylik, kasbiy ta’lim.
Abstract:
This article discusses key issues in learning and teaching foreign
languages, particularly English, in Uzbekistan. It highlights the challenges of learning
different forms of English, the role of innovative and ICT tools, and the importance of
teachers' methodological training. The article also compares Uzbekistan’s education
system with that of South Korea, analyzing its best practices. It touches upon the higher
education development concept for 2030. The conclusion emphasizes that integrating
international experience and modern technologies is crucial for training competitive
specialists.
Keywords:
pedagogical
technologies,
educational
reforms,
multimedia
presentations, educational technologies, educational integration and continuity, vocational
education.
Аннотация:
В статье рассматриваются актуальные вопросы изучения и
преподавания иностранных языков, особенно английского, в Узбекистане.
Освещаются проблемы освоения двух форм английского языка, значение
инновационных и ИКТ-технологий, а также методическая подготовка
преподавателей. Сравнивается система образования Узбекистана и Южной Кореи,
анализируются положительные практики. Также упоминается Концепция развития
высшего образования до 2030 года. В заключение подчеркивается важность
интеграции международного опыта и современных технологий в национальную
систему образования для подготовки конкурентоспособных кадров.
Ключевые слова:
педагогические технологии, образовательные реформы,
мультимедийные презентации, образовательные технологии, образовательная
интеграция и преемственность, профессиональное образование.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 132
KIRISH
Kun sayin rivojlanib borayotgan mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishga juda
katta e’tibor berilmoqda. Yurtimizda yosh avlodga xorijiy til o‘rgatish yanada
kuchaytirilganini keltirishimiz mumkin. Ammo har bir ishning o‘z qiyinchiligi bo‘lgani
kabi chet tillarini o‘rganishning ham qiyinchilik tomonlari mavjud. Hozirgi kunda jahonda
oʻzining ulkan oʻrniga ega boʻlgan hamda dunyo tillari miqyosida birinchilikni egallagan
ingliz tilini oʻrganishda qanday muammolarga duch kelinadi. Ingliz tilini sevuvchi va
oʻrganishni niyat qilgan barchaga sir emaski bizda ingliz tilining ikki shakli yaʼni
(versiyasi) mavjud. Chet tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar Shu bilan birga ingliz
tili darslarida Power Point multimedia taqdimotidan foydalangan holda axborot,
kommunikatsiya
va
kompyuter
texnologiyalaridan
yoki
loyiha
faoliyatidan
foydalanadigan har bir o‘qituvchi bilishi kerakki, har qanday ta'lim texnologiyasi quyidagi
uslubiy talablarga javob berishi kerak: – kontseptuallik: a ilmiy kontseptsiya, shu jumladan
ta'lim maqsadlariga erishishning psixologik va ijtimoiy-pedagogik asoslari; - tizimli:
tizimning barcha belgilarining mavjudligi (jarayon mantig‘i, uning barcha qismlarining
o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligi ham zarurdir.
1
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda butun dunyoda informatsion texnоlоgiyalar keng ko‘lamda
rivоjlanmоqda. Shubhasiz, ta’lim jarayonini samarali va sifatli tashkil etishda yangi
innavatsion texnоlоgiyalardan maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish ahamiyatli.
Zamоnaviy jamiyat axbоrоt uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahоn
axbоrоt tarmоg‘idan faоl fоydalanishi bilan harakterlanadi. Bugungi kunda barcha sohalar
kabi o‘quv jarayonini ham kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin.
Hozirgi vaqtda o‘quvchilarni dars davomida diqqatini bir joyga qaratish va samarali ta’lim
berish texnologiyalari muhim amaliy masalalardan biridir.
So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash
savol miqiyosida ko‘tarildi. xorojiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni
qo‘llash va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or
usullarini joriy etish orqali yosh avlodga chet tillarini o‘rgatish, shu asosda ularning jahon
sivilizatsiyasidagi yutuqlari va jahon axborot resurslaridan kengroq foydalanish,
muloqotni rivojlantirish, va ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari bugungi kun chet tili
o‘qituvchisining dolzarb vazifalaridan biridir. Chet tili o‘qitish asosiy maqsadi chet tilida
file:///C:/Users/user/Downloads/+77.pdf
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 133
amaliy mahoratini o‘rganish, talabalar kommunikativ madaniyat shakllantirish va
rivojlantirish hisoblanadi. Xorijiy tilda so‘z o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
faqat so‘zni eslash va to‘g‘ri talaffuz qilish bilan birga qayerda va qanday qo‘llashni bilish
kerakligi haqida ham fikr yuritiladi. Chet tilini o‘qitish metodikasi, Professor
M.V.Lyaxoitskiy ta’riflashicha, ta’lim maqsadlari, mazmuni, vositalari, shuningdek , chet
tili yordamida ta’lim – tarbiya berish usullarini tadqiq etuvchi fan hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, metodika chet tili o‘rgatish ilmi bo‘lib, chet tilini o‘quv predmeti sifatida
belgilaydi, o‘qituvchi va o‘quvhchi faoliyatini o‘rgatish va boshqa fanlarni yutuqlarini
o‘zlashtiradi va o‘z qonuniyatlarini ishlab chiqish yo‘llarini tadqiq etadi. Xorijiy tillarni
o‘qitish metodikasi asoschisi akademik L.V.Sherbadir. shuningdek bu soxada
I.
2
V.Raxmanov, A.A.Mirolyubov, V.S.Setlin, V.D.Arakin, S.F.Shatilov, N.I.Gez,
G.V.Rogiva, I.A.Bim va boshqa olimlar tomonidan tadqiq etildi. Yurtimizda xorijiy tillarni
o‘rganishga qiziqish tobora ortib borayotganini e’tiborga olib, chet tili o‘qituvchilarining
kasbiy malaka va mahoratini oshirish maqsadida 2015-yildan buyon Britaniya
Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari
uchun noan’anaviy tarzda “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘riktanlovi o‘tkazib
kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyuldagi 421-sonli farmoyishi asosida 1-
, 2-, 3-sinf chet tili darsliklarining mantiqiy davomi sifatida mualliflar guruhi tomonidan
davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida 4-sinf chet (ingliz, nemis va fransuz) tili
darslik majmualari (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi metodik qo‘llanmasi va multimediali
ilova) yaratildi. Xorijiy til ta’lim tizmida innavatsion texnologiyalarni rivojlanishi har
qanday murakkab ish hisoblanadi. Innavatsion texnologiyalardan foydalanish ham muhum
o‘rin tutadi. Xorijiy til ta’lim texnologiyalari bilan yurtimizdagi ta’lim tizimidagi
innavatsion texnologiyalarni nazarga olsak, jumladan ta’lim tizmidagi juda ko‘p
texnologiyalar bir-biridan farq qiladi. Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda
ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof
qilingan xaqiqatdir. Shu tufayli xam xorijiy mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy
ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Yaponlarda,
masalan, “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo‘lib qolmay, “u insonlarni
yaxshilaydi”, degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan. Yurtimizdagi va chet el
maamlakatlaridagi ta’lim tizimi bir- biri bilan solishtiriish ham mumkun. Masalan, Koreya
davlatlarining ta’lim tizimini e’tiborga olsak ulardan bir nechta yangiliklarni o‘rganishimiz
mumkin. Koreyada davlat tasarrufidagi boshlang‘ich maktablardan tashqari qator xususiy
maktablar ham mavjud. Bu maktablarning o‘quv dasturlari davlat maktablari o‘quv
dasturlariga birmuncha mos keladi, lekin o‘qitish yuqori darajada amalga oshiriladi.
Masalan, kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilarning jalb etilishi, qo‘shimcha
fanlarning kiritilishi, umuman ta’limning yuqori standartlarga egaligi va h.k. Shu bois
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 134
ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy maktabga berishga intiladilar. Lekin
bunday maktablarda o‘qish narxining balandligi ota-onalarni o‘ylantirib qo‘yadi.
Boshlang‘ich maktabni bitirgan o‘quvchilar keyingi bosqichlarga imtixonsiz o‘tadilar.
Janubiy Koreyada sinflarni raqamlash odatdagiday pastdan yuqoriga emas, balki har bir
ta’lim bosqichida 1 dan boshlanadi. Masalan, boshlang‘ich maktab 1 dan 6 gacha, o‘rta
maktab (3 yil) 1 dan 3 gacha, sanaladi: boshlang‘ich maktabning 1-sinfi (2,3,4,5,6-sinfi),
o‘rta maktabning 1-sinfi (ya’ni, o‘zbek maktablaridagi 7-sinf), oliy maktabning 2-sinfi
(ya’ni o‘zbek akademik litsey va kasb-hunar kollejining 2-kurs talabasi) kabi. Janubiy
Koreyada oliy ma’lumotga ega bo‘lish har bir koreys fuqarosining keyingi mavqei
muvaffaqiyati uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham martabali ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirishga bo‘lgan ehtiyoj ham katta. Janubiy Koreyada e’tibor
ko‘proq matematika, koreys tili va ingliz tillariga, aniq fanlarga va jamiyat bilan bog‘liq
fanlarga qaratiladi.
3
Janubiy Koreaning ta’lim bosqichlari
№
Bosqichlari
O‘qish davomiyligi
Majburiyligi
1
Boshlang‘ich
maktab
6 yil
Majburiy
2
O‘rta maktab
3 yil
Majburiy
3
Yuqori maktab
3 yil
Majburiy emas
4
Kasbiy ta’lim
2 yil
Majburiy emas
5
Oliy ta’lim
4 yil
Majburiy emas
Yurtimizda amalga oshirilgan ta’lim tizimining o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud.
Ularning bir nechta turlari va bosqichlari ham mavjuddir. Jumladan, ularni bir sanab o‘tsak
ham bo‘ladi. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta,
oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy
ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy
ta'limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil
8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha
vazifasini bajarib bermoqda. Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar
va ta'lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta
akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum
ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi.
file:///C:/Users/user/Downloads/Togaymurodova+Feruza+Muqadirovna.pdf
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 135
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta'lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar,
o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo
qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish
davr talabidir. Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha
jabhalarida – sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik va
boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu
borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda
taraqqiyot yo‘lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. Respublikamizda ham
ana shu jarayonga alohida e'tibor berilmoqda.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
-
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
-umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
-professional ta’lim;
-oliy ta’lim;
-oliy ta’limdan keying ta’lim;
-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-maktabdan tashqari ta’lim
XULOSA
Ta’lim tizimida amalga oshirilgan bunday islohotlar natijasida ta’lim tizmida katta
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Chet el ta’lim tizimidan foydalangan holda islohotlar olib
borish bizning yoshlarimiz uchun yaratilib berilayotgan katta imkoniyatlardan biri desak
mibolog‘a bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xasanova M., Ubaydullayev S. Communicative language teaching and learning
//boshqaruv va etika qoidalari onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – т. 2. – №. 1. – с. 125-128.
2. Madina X. Zamonaviy Ta’lim muhitida ta’lim strategiyalarini ishlab chiqishning
ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlash asoslari //boshqaruv va etika qoidalari
onlayn ilmiy jurnali. – 2023. – т.
3. – №. 3. – с. 27-30. 3. Xasanova M., Usmonova M. Techniques, tools and
organizational forms of developing educational strategies //conferencea. – 2023. – с. 22-
24.
4. Avazjon o‘g‘li, V. D., & Esonali o‘g‘li, M. Y. (2022). Use and Importance of
ThreeDimensional Images in Fields. Journal of Ethics and Diversity in International
Communication, 2(2), 1-4.
5. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF
EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 257-
262. 3. Jalolov J.J. Chet tillarini o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi. 2012
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 136
6. Jamalovna J. D. et al. Ways to effectively use marketing strategies to increase the
customer satisfaction of physical education and sports services //International Journal of
Psychosocial Rehabilitation. – 2020. – Т. 24. – №.
7. – С. 2930-2938. 2. Аббосов Б. А. Этапы и стадии технической подготовки
спортсменов //Стратегии и тренды развития науки в современных условиях. – 2019.
– №. 1. – С. 20-22.