Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 54
JIGAR PATOLOGIYASIDA KELIB CHIQADIGAN
KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI
Ilmiy Rahbari:Alfraganus universiteti
Klinik fanlari kafedrasi assistenti
Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich
Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti
Davolash ishi yo’nalishi 23-36-guruh
Talabasi
Ahmadjonova Nozima
va
23-38-guruh talabasi
Jumyazova Kamola
Annotatsiya:
Jigar kasalliklari, jigarning turli xil patologik o’zgarishlari bilan bog’liq
bo’lib, bu organning asosiy vazifalarini bajarishda muammolarni keltirib chiqaradi. Jigar
organizmda oziq moddalarni hazm qilish, toksinlarni detoksifikatsiya qilish, oqsil ishlab
chiqarish va boshqa muhim vazifalarni bajaradi.
Kalit so‘z:
gepatit, siroz, steatoz, jigar yetishmovchiligi, jigar o‘smalari, Budd-Chiari
sindromi,
Kirish:
Gepatit — bu jigar yalligʻlanishi boʻlib, turli sabablarga koʻra yuzaga keladi,
eng ko‘p tarqalgan shakllari virusli gepatitlar hisoblanadi. Quyida gepatitning 7 xil turi
to‘liq va qisqacha tavsifi bilan berilgan:
1.
Gepatit A (HAV)-
najas-orqal yo‘l (iflos suv, oziq-ovqat orqali) yuqadi.
Ko‘pincha o‘z-o‘zidan tuzaladi.Oldini olish uchun vaksina qilinadi.
2.
Gepatit B (HBV)- qon, jinsiy aloqa, onadan bolaga yuqadi. Davolash mumkin,
ammo ba’zan surunkali bo‘lishi mumkin.
3.
Gepatit C (HCV)- asosan qon orqali (notoza igna, qon quyish) yuqadi. Maxsus
dori (DAA)lar bilan davolash mumkin. Oldini olish uchun esa vaksina yo‘q.
4.
4. Gepatit D (HDV)- faqat gepatit B bo‘lgan kishilarda paydo bo‘ladi.
Murakkab, cheklangan dori vositalari orqali davolanadi.Gepatit B ga qarshi vaksinatsiya
orqali oldini olish mumkin.
5.
Gepatit E (HEV)- Faqat najas-orqal yo‘l (iflos suv orqali) yuqadi. Odatda o‘z-
o‘zidan tuzaladi.Kasallanmaslik uchun toza ichimlik suvidan foydalanish kerak.
6.
Alkogolli gepatit- surunkali spirtli ichimliklar iste’moli tufayli kelib chiqadi.
Spirtli ichimliklarni to‘xtatish, davolovchi dori vositalari orqali davolanadi.
7.
Autoimmun gepatit- immun tizimi jigarga hujum qiladi. Kortikosteroid va
immunosupressiv dori vositalari bilan davolash mumkin.
Asosiy qism:
Jigar sirrozi - jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda
jigar toʻqimasi yalligʻlanib, uning bir qismi biriktiruvchi toʻqima bilan almashinadi.
Jigarning oʻtkir yalligʻlanishi — gepatitda, uning B, C, D shakllarida, oʻtkir gepatit
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 55
surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli
kasalliklarda, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining surunkali yalligʻlanishida, turli kimyoviy
moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va boshqa sabablarga
koʻra paydo boʻladi. Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan surunkali kasallik. Jigar sirrozi
turlicha namoyon boʻladi va u xastalikning qaysi shaklida kechishi hamda davriga bogʻliq;
tekshirganda jigarning qattiqlashgani va funksiyasining buzilganligiga qaramay, kishi
uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin. Kasallik zoʻrayganda
bemor darmonsizlanadi, ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, koʻngli ayniydi, baʼzan
qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam boʻladi, tana xarorati koʻtariladi, qorin
boʻshligʻida suyuqlik toʻplanishi natijasida u koʻtariladi (istisqo), burni qonaydi, badani
qichishadi, baʼzan sargʻayadi; kamqonlik avjiga chiqadi; jigari va ayniqsa talogʻi
kattalashadi va qattiqlashadi.
Yog’li jigar
– jigarda yog’ to’planishi bilan tavsiflanadigan holat bo’lib, u jigar
faoliyatini buzishi va salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Sog’lom jigar yog’dan holi
bo’lsa ham, ayrim sabablarga ko’ra jigar hujayralarida yog’ miqdori ko’payib, kasallikni
keltirib chiqaradi. Yog’li jigar ko’p hollarda simptomlarsiz kechadi, ammo o’z vaqtida
davolanmasa, surunkali kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Yog’li jigar kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar ko’pdir. Asosiy sabablar orasida
ortiqcha vazn va semizlik alohida o’rin tutadi. Jismoniy faollik yetishmasligi va noto’g’ri
ovqatlanish natijasida organizmda ortiqcha yog’ to’planadi va bu jigar hujayralarini
shikastlaydi. Qandli diabet, xolesterin miqdorining ortishi, yuqori qon bosimi va
metabolik sindrom ham yog’li jigar kasalligining rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shuningdek, alkogol iste’moli ham jigarda yog’lanishga olib keladi.
Yog’li jigar kasalligining oldini olish uchun ba’zi profilaktik choralar mavjud.
Sog’lom ovqatlanish, jismoniy faollik, va zaruriy shifokor ko’rigidan o’tish tavsiya etiladi.
Ortqa vaznni kamaytirish va stressni boshqarish ham jigar sog’lig’ini saqlashda muhim
ahamiyatga ega. Alkogol va yuqori kaloriyali mahsulotlarni cheklash, shuningdek, qon
bosimini va qon shakarini nazorat qilish orqali jigar kasalliklarining rivojlanishini oldini
olish mumkin.
Xulosa:
Jigar kasalliklari profilaktikasi bo’yicha xulosa qilishda, quyidagi asosiy
fikrlarni keltirish mumkin:
1. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish: Jigar kasalliklarining oldini olish uchun
sog’lom turmush tarziga amal qilish muhimdir. Bu, to’g’ri ovqatlanish, muntazam
jismoniy faollik, sigaret va alkogolni cheklashni o’z ichiga oladi.
2. Insonning gigienik odatlari: Yuqumli jigar kasalliklaridan (masalan, gepatit)
saqlanish uchun gigiena qoidalariga rioya qilish zarur. Qo’lni yuvish, toza suvdan
foydalanish, shaxsiy gigiena vositalarini boshqalar bilan almashmaslik muhim.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 56
3. Vaksinatsiya: Hepatit A va B kabi jigar kasalliklariga qarshi vaksinatsiya
qo’llanilishi kerak. Bu profilaktika usuli kasallikning tarqalishini oldini oladi va odamni
himoya qiladi.
4. Og’ir dorilar va kimyoviy moddalar bilan ehtiyotkorlik: Dori-darmonlarni faqat
shifokor nazorati ostida qabul qilish, kimyoviy moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka
rioya qilish kerak.
5. Tibbiy tekshiruvlar: Jigar kasalliklari tez-tez belgilarsiz rivojlanadi. Shuning
uchun muntazam ravishda tibbiy tekshiruvlar, ayniqsa, jigar faoliyatini baholash, zarurdir.
6. Jamoatchilikni xabardor qilish: Jamiyatda jigar kasalliklari haqida xabardorlikni
oshirish va ularning profilaktikasi bo’yicha targ’ibot ishlari olib borish, kasallikning oldini
olishda muhim omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Г.A.Maxманазаров “Изменения функсионального состоянияорганизма в
динамике повседневной работы медицинской персонала, работающего с трупами” //
“ Медицинский журнал молодых ученых” //311-313-2025г
2.
Г.A.Maxманазаров “ОЦЕНКА ТЕМПЕРАТУРНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ В
ПРОЦЕССЕ РАБОТЫ СУДЕБНО–МЕДИЦИНСКОГО ПЕРСОНАЛА”// “
Медицинский журнал молодых ученых” // 2024г
3. “Jigar kasalliklari potomorfologiyasi’’ Z.E. Jumanov, J.M. Ismoilov
4. “Gastroenterologiya va jigar kasalliklari’’ S.B. Xolboyev, Sh.A. Xusinova, X.M.
Raximova
5. “ENDOKRINOLOGIYA” S.I. Ismailov, Sh.U. Axmedova, Y.M. Urmanova, F.S.
Xodjaeva
