Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 122
BUYRAK TOSH KASALLIKLARI
Ilmiy Rahbari: Alfraganus universiteti
Klinik fanlari kafedrasi assistenti
Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich
Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti
Davolash ishi yo’nalishi 23-36-guruh
Talabasi
Ahmadjonova Nozimaxon
va
23-38-guruh talabasi
Jumyazova Kamola
Annotatsiya:
Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning to‘planishi
tufayli sodir bo‘ladi. Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik xavfli
kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Kalit so‘z:
Nefrit, buyrak yetishmovchiligi, nefrolitiaz, piyelonefrit.
Kirish:
Buyraktosh kasalligi, nefrolitiaz — buyrak va siydik yoʻllarida tosh hosil
boʻlishi bilan kechadigan kasallik. Bir yoki ikki tomonlama boʻladi. Bolalariga nisbatan
kattalar orasida koʻproq uchraydi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik,
oqsillar tanqisligi, meʼdaichak kasalliklari,qalqonsimon bez yonidagi bezchalar
faoliyatining kuchayishi, piyelonefrit, buyrakdan siydik oqimi qiyinlik bilan oʻtadigan
boshqa kasalliklar oqibatida moddalar almashinuvining buzilishi sabab boʻladi. Irsiy
omillarning ham ahamiyati bor. Kasallik asosida oqsil oʻlaksasi atrofiga siydikda qiyin
eriydigan tuz kristallari yopishib, mikrolitlar hosil qilishi yotadi; ular astasekin kattalashib,
toshlarga aylanadi (mas, urat kislota tuzlaridan uratlar,kalsiy oksalatdan esa oksalat
toshlari va hokazo). Tosh oʻlchamlari kattalasha borib, buyrak kosachasi yoki jomiga
tiqilib, siydik dimlanishi roʻy berganda, oʻziga xos klinik manzara kuzatiladi. Belning oʻng
yoki chap tarafida qattiq sanchiq paydo boʻlib (qarang Buyrak sanchigi), u jinsiy aʼzolarga,
sonning old yuzasiga tarqaladi. Sanchiq bir necha minutdan bir necha soatgacha davom
etadi. Baʼzan ogʻriq suyet boʻlib, jismoniy ish qilganda, sakraganda, transport silkitganida,
tosh joyidan siljib, siydik nayiga yoki qovuqqa oʻtganida ogʻriq kuchayishi va bunda
mikrogematuriya makrogematuriyaga aylanishi mumkin.
Asosiy qism:
Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning to‘planishi
tufayli sodir bo‘ladi. Kasallikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
-Irsiy moyillik.
-Organizmda ortiqcha kalsiy.
-Qonda ortiqcha siydik kislotasi.
-Moddalar almashinuvining buzilishi.
-Suyuqlikni yetarli darajada qabul qilmaslik yoki suyuqlikni tez yo‘qotish.
-Buyrak infeksiyalari.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 123
Buyrakdagi toshlarning xarakterli alomatlariga quyidagilar kiradi:
-Siydik chiqarishda og‘riq
-Qon ketishi ehtimoli
-Buyrak toshlarida o‘tkir og‘riqlar
-Peshobdagi qum
-Siydikning xiralashishi
-Qusadigan ko‘ngil aynish
-Tez-tez siydik chiqishi
Bolalar serharxasha boʻlib, bezovtalanadi, qorni yoki kindik atrofini koʻrsatib,
chinqirib yigʻlaydi, siydikda leykotsit va eritrotsitlar boʻladi. Ultratovush (UTT) yoki
rentgen tekshiruvlariga asoslanib tashxis qoʻyiladi. Toshning oʻlchami siydik nayidan
chiqa olish darajasida boʻlsa, uni erituvchi dorilar, giyoxdar va parhez yordamida
davolanadi. Litotriptor yordamida toshni maydalab, siydik yoʻllaridan chiqarib yuborish
tobora koʻp qoʻllanilmoqsa. Zaruriy hollarda jarrohlik usulida tosh buyrakdan olib
tashlanadi.Buyrak tosh kasalligi siydik nisbiy zichligining o‘zgarishiga vagipostenuriyani
ham keltirib chiqaradi. Buyrak konsentratsiyalash qobiliyati buzilishining bitta belgisi
hisoblanadi. Ulardan faqat giperstenuriya – siydik nisbiy zichligining koʻtarilishi buyrak
kasalliklari bilan bevosita bogʻliq boʻlmasdan, qandli diabet, giperparatireoz, ogʻir metalll
tuzlari bilan surunkali zaharlanish oqibatida boʻladi. Siydik nisbiy zichligining pasayishi
(1002–1010
atrofida
oʻzgarib
turadi)
kanalchalarning
kalavalar
filtratini
konsentratsiyalash qobiliyati buzilishi oqibatida kelib chiqib, bu buyrak yetishmovchiligi
vaqtida
kuzatiladi.Buyrak
toshi
va
yetishmovchiligi
kuchayib
borganda
izogipostenuriya holati roʻy beradi, bunda bemor har xil vaqt oraligʻida nisbiy zichligi
past boʻlgan bir xil siydik porsiyasini chiqaradi.
Buyraklardan toshlarni olib tashlash quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi
mumkin:
-Ochiq bo‘shliq operatsiyasi.
-Endoskopik va laparoskopik operatsiyalar.
-Bel sohasidagi teshik orqali toshlarni maydalash.
-Toshlarning ultratovushli maydalanishi.
Dori preparatlaridan quyidagilar buyuriladi:
-Analgetiklar.
-Spazmolitiklar.
-Diuretiklar.
Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik quyidagi xavfli kasalliklarga
olib kelishi mumkin:
-Buyrak sanchig‘i.
-Piyelonefrit.
-Buyrak yetishmovchiligi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 124
Xulosa
: Buyrakda tosh hosil bo’lishining oldini olish uchun bir nechta chora-
tadbirlarni ko’rish mumkin:
1. Ko’p suyuqlik ichish: Suv ichish buyraklar uchun juda muhim. Kuniga kamida 2-
3 litr suv ichish, buyraklardagi tuzlar va boshqa moddalar to’planib tosh hosil qilishining
oldini oladi.
2. Sog’lom ovqatlanish: Tuz, shakar, qizdirilgan yog’lar va yuqori qand miqdori
bo’lgan oziq-ovqatlardan cheklanish kerak. Shuningdek, oksalat (masalan, ismaloq, qizil
uzum va no’xat kabi) tarkibiga boy ovqatlarni cheklash ham foydali bo’lishi mumkin.
3. Kalsiy miqdorini nazorat qilish: Kalsiy toshlarining oldini olish uchun o’rtacha
miqdorda kalsiy olish tavsiya etiladi. Kalsiyni tabiiy manbalardan (masalan, sut va sut
mahsulotlari) olish yaxshiroq.
4. Sog’lom tana vaznini saqlash: Semizlik, buyakda toshlarning hosil bo’lishiga olib
kelishi mumkin. Sog’lom tana vaznini saqlash va muntazam jismoniy mashqlar bilan
shug’ullanish muhim.
5. Dori-darmonlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish: Ba’zi dorilar, ayniqsa diuretikka
o’xshash vositalar, toshlarning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, dori-
darmonlarni faqat shifokor ko’rsatmasi bilan olish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
I.R.
AGABABYAN,
SH.X.ZIYADULLAYEV,
J.A.
ISMAILOV,
N.M.
DJABBARO VA SURUNKALI BUYRAK KASALLIKLARI
2.
F.A.AKILOV,
U.E.BEGALIYEV
SH.T.MUXTAROV,
J.X.MIRHAMIDOV
UROLOGIYA
3.
S.A.APLAZOV, X.S.APLAZOV BOSGLANG‘ICH UROLOGIYA
4. S.A.APLAZOV UMUMIY UROLOGIYA
5. Г.A.Maxманазаров “ОЦЕНКА ТЕМПЕРАТУРНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ В
ПРОЦЕССЕ РАБОТЫ СУДЕБНО–МЕДИЦИНСКОГО ПЕРСОНАЛА”// “
Медицинский журнал молодых ученых” // 2024г
6. Г.A.Maxманазаров “Изменения функсионального состоянияорганизма в
динамике повседневной работы медицинской персонала, работающего с
трупами” // “ Медицинский журнал молодых ученых” //311-313-2025г