Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 51
NOTO‘G‘RI OVQATLANISH TUFAYLI KELIB
CHIQADIGAN O‘T TOSH KASALLIGI
Ilmiy Rahbari:Alfraganus universiteti
Klinik fanlari kafedrasi assistenti
Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich
Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti
Davolash ishi yo’nalishi 23-36-guruh
Talabasi
Ahmadjonova Nozima
va
23-38-guruh talabasi
Jumyazova Kamola
Annotatsiya:
Xolelitiaz — safro yo‘llarida toshlarning hosil bo‘lishi bilan kechuvchi
keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Kasallikning rivojlanishiga irsiy moyillik, noto‘g‘ri
ovqatlanish, kamharakat turmush tarzi, ayrim endokrin buzilishlar va boshqa omillar sabab
bo‘ladi. Xolelitiaz — safro yo‘llarida toshlarning hosil bo‘lishi bilan kechuvchi keng
tarqalgan kasalliklardan biridir. Kasallikning rivojlanishiga irsiy moyillik, noto‘g‘ri
ovqatlanish, kamharakat turmush tarzi, ayrim endokrin buzilishlar va boshqa omillar sabab
bo‘ladi.
Kalit so‘z:
Xolelitiaz, safro, bilirubin, xolesterin, o‘t kislota, sulfanilamid,
spazmolitik dori, umumiy o‘t yo‘li.
Kirish:
Kasallik safro ishlab chiqarilishi va aylanishining buzilishi natijasida yuzaga
keladi. Buning sabablari:
-irsiy omil;
-xolesterin va bilirubin almashinuvini buzadigan dorilarni qabul qilish;
-noto'g'ri ovqatlanish, parhezlar;
-ortiqcha vazn;
-qonda xolesterin miqdorining oshishi;
-metabolik kasalliklarning oqibatlari;
-oshqozon-ichak trakti kasalliklarining oqibatlari;
oshqozon operatsiyasi.
Bolalarda o't pufagi toshlari metabolik kasalliklar va safro tizimi rivojlanishining
buzilishi tufayli rivojlanadi.
Xolelitiaz — organizmda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida oʻt pufagi va oʻt
yoʻllarida tosh paydo boʻlishi, ularda oʻt dimlanib qolishi bilan kechadigan kasallik.
Kasallik ayollarda koʻproq uchraydi. Sekin-asta rivojlanadi. Koʻpincha bemor bir necha
yil davomida oʻng qovurgʻalari ostida ogʻirlik sezib yuradi, ogʻzi taxirlashib, jigʻildoni
qaynaydi (xususan, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan mahsulotlar isteʼmol qilinganida).
Bu Oʻt tosh kasalligi k.ning dastlabki alomatlari boʻlib, kasallik kechiktirib yuborilganda
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 52
oʻng qovurgʻalar osti sanchib, ogʻriq qorin, oʻng kurak, oʻng yelka, oʻmrov va kuraklararo
sohaga tarqaladi. Bu alomatlar oʻt pufagida tosh paydo boʻlganligini bildiradi. Toshlar soni
va kattakichikligi har xil, tarkibiga koʻra bir xil (xolesterinli, oʻt pigmentli. kaltsiy tuzli va
boshqalar) va aralash boʻladi.
Haddan tashqari koʻp ovqat yeyish, shuningdek, kam harakat qilish natijasida oʻt
dimlanib qolishi ham Oʻt tosh kasalligik.ga olib kelishi mumkin. Oʻt dimlanib qolishiga
oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining yalligʻlanishi, ularda anatomik oʻzgarishlar paydo boʻlishi
(chandiklanish, bitib qolish) va bu aʼzolar harakatining susayishi (bir maromda
ovqatlanmaslik, qorin dam boʻlishi, qabziyat va boshqalar) sabab boʻladi. Ovqatning xili,
kishining irsiy xususiyatlari, semirishga moyillik va boshqalar Oʻt tosh kasalligik.ga sabab
boʻlishi mumkin. Moddalar almashinuvining buzilishi, oʻt dimlanib qolishi natijasida oʻt
tarkibida oʻt kislota miqdori kamayadi; bu esa oʻt pigmentlari — xolesterin va
bilirubinning choʻkib, ulardan tosh paydo boʻlishiga olib keladi. Oʻt kislota miqdori
isteʼmol qilinadigan yogʻ tarkibi va miqdoriga maʼlum darajada bogʻliq; ovqat tarkibida
yogʻ koʻp yoki kam boʻlganida ham tosh hosil boʻladi. Oʻt tosh kasalligik.da bemor vrach
buyurgan ovqatlanish tartibiga qatʼiy amal qilishi zarur. Badan tarbiya bilan shugʻullanish,
semirmaslik chorasini koʻrish Oʻt tosh kasalligik.ning oldini olishda ahamiyatga ega.
Kasallik xurujida spazmolitik dorilar, yalligʻlanishga qarshi antibiotik va sulfanilamidlar
qoʻllanadi. Kasallik uzoq davom etsa va asorat bersa, operatsiya qilinadi.
Asosiy qism:
Quyida xolelitiazning ovqatlanish bilan bogʻliq asosiy taraflari
keltirilgan:
1. Yogʻli ovqatlar va xolesterin
• Oʻt pufagidagi toshlarning katta qismi xolesterinli toshlar bo‘lib, ular yuqori yogʻli,
xolesterinli ovqatlar bilan bogʻliq.
• Qovurilgan, yogʻda pishirilgan ovqatlar, yogʻli goʻsht, sariyogʻ, tez tayyor ovqatlar
(fast food) xavfni oshiradi.
2. Kam tolali (kletchatkali) dieta
• Meva-sabzavot, butun donlar (masalan, suli, javdar) kam isteʼmol qilinsa, bu
xolelitiaz xavfini oshiradi.
• Kletchatka hazmni yaxshilaydi va o’t suyuqligining normal aylanishiga yordam
beradi.
3. Ovqatlanish rejimi
• Ovqatni tez-tez va muntazam iste’mol qilish foydalidir.
• Uzun ochliklar yoki ovqatni tashlab ketish — bu o’t pufagida suyuqlik tiqilib
qolishiga olib keladi, bu esa toshlar hosil bo’lish xavfini oshiradi.
4. Ortiqcha vazn va parhez
• Semizlik xolelitiaz xavfini oshiradi, ayniqsa qorin atrofidagi semirish.
• Ammo keskin ozish (tez vazn yo’qotish, ayniqsa 1 haftada 1.5 kg dan ko‘proq) ham
xolesterinli toshlar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 53
5. Shakar va oddiy uglevodlar
• Ko‘p miqdorda shakar, shirinliklar, oq non, makaron iste’moli xolesterin
metabolizmini buzadi.
• Bu ham xolelitiazga hissa qo‘shishi mumkin.
Xulosa:
Vaqtida aniqlanmagan va davolanmagan holatlarda xolelitiaz og‘ir asoratlar
— xolesistit, pankreatit, safro yo‘llari tutilishi yoki infektsiyalanishi kabi holatlarga olib
kelishi mumkin. Zamonaviy diagnostika usullari, ayniqsa ultratovush tekshiruvi, kasallikni
erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Davolashda konservativ va jarrohlik
yondashuvlari qo‘llaniladi, ularning tanlanishi toshlarning o‘lchami, soni va umumiy
klinik manzaraga bog‘liq. Kasallikning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya
qilish, ovqatlanishni meʼyorlashtirish va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”ICHKI KASALLIKLAR” Sh.M. Rahimov, F.K. Gaffarova, G.A.Ataxodjayeva
2. “ПРОПЕДЕВТИКА ВНУТРЕННИХ БОЛЕЗНЕЙ” А.Г. ГАДАЕВ, М.Ш.
КАРИМОВ, А.Г. КУЧЕР, Х.С. АХМЕДОВ
3. Г.A.Maxманазаров “Изменения функсионального состоянияорганизма в
динамике повседневной работы медицинской персонала, работающего с трупами” //
“ Медицинский журнал молодых ученых” //311-313-2025г
4. Г.A.Maxманазаров “ОЦЕНКА ТЕМПЕРАТУРНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ В
ПРОЦЕССЕ РАБОТЫ СУДЕБНО–МЕДИЦИНСКОГО ПЕРСОНАЛА”// “
Медицинский журнал молодых ученых” // 2024г
5. “Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi” – L.S. Kuchkarova, Sh.Q.
Qurbonov
6. “Ovqat hazm qilish tizimi normal va patologik fiziologiyasi” – G.T. Kurbanov
