Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 224
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ OʻSTIRISH
MASHGʻULOTLARIDA BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA OʻRGATISH
TEXNOLOGIYALARI
Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi
Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedra o‘qituvchisi
Yo‘ldosheva Mubinaxon Zafarjon qizi
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2.23-guruh talabasi
Annotatsiya.
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o‘stirish
mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish texnologiyalari, bolalarda nutqiy
rivojlanishni ta'minlash, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish qobiliyatlarini shakllantirish
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
nutq o‘stirish, interfaol usullar, o‘yin texnologiyalari, rivojlantirish,
yangi g‘oyalar, bola, pedagog, tadqiqiot, natija, mashg‘ulot, mustaqil fikrlash.
KIRISH
Bugungi kunda ta’lim tizimida bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida nutq o‘stirish mashg‘ulotlari orqali bolalarda mantiqiy tafakkurni
shakllantirish, ularning o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish
muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari
surilgan “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va ma’rifat sari” tamoyili asosida amalga
oshirilayotgan islohotlar ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni ijodkor va mustaqil
fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Xususan, 2022-yil 12-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-134-sonli Prezident farmoni hamda
2021-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori maktabgacha
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 225
ta’lim tashkilotlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, innovatsion ta’lim
usullaridan keng foydalanish zaruratini belgilab berdi.
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o‘stirish mashg‘ulotlari
jarayonida bolalarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishning zamonaviy pedagogik
texnologiyalari, ilg‘or metodlar hamda samaradorlikka erishish yo‘llari tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga
o‘rgatish texnologiyalarining samarali qo‘llanishi uchun zamonaviy pedagogik metodlar,
innovatsion texnologiyalar, shuningdek, muloqot va kreativ faoliyatga asoslangan
yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatib beradigan adabiyotlar ham o‘rganib chiqildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda o‘yin, interaktiv
mashg‘ulotlar, multimedia vositalari va guruhli faoliyatlar muhim rol o‘ynaydi.
A. Qodirovaning "Maktabgacha ta'lim tizimida nutqni rivojlantirish"
kitobida maktabgacha ta'limda bolalarning nutqini rivojlantirish usullari va
metodologiyasiga oid to‘liq tavsiflarni ko‘rishimiz mumkin. Muallif bolalarni o‘z fikrlarini
erkin ifodalashga o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
zarurligini ta’kidlaydi.Kitobda mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun bolalar bilan
interaktiv faoliyat va o‘yinlarni tashkil etish zarurligi haqida so‘z boradi.
R. To‘xtasinova
o‘zining "Nutqni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar" maqolasida
nutqni
rivojlantirishning innovatsion texnologiyalaridan, xususan, kompyuter texnologiyalari va
multimedia vositalaridan foydalanish jarayoni tahlil qilingan. Muallif bolalarni mustaqil
fikrlashga o‘rgatishda multimedia vositalari va onlayn resurslar yordamida interaktiv
mashg‘ulotlar tashkil etishning samaradorligini ko‘rsatadi.
Sh. Karimovaning
"Maktabgacha ta'limda bolalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish"
asarida
maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishning
psixologik-pedagogik asoslari ko‘rib chiqiladi. Muallif bolalarga erkin fikrlashni
o‘rgatishda yengil va o‘yin asosida o‘qitish metodlarining samarali ekanini ta'kidlaydi.
Shuningdek, bu asarda nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarida analitik fikrlash va qiziqarli
masalalar yordamida bolalarni mustaqil fikrlashga rag‘batlantirish ko‘rsatilgan.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 226
Z.Mamaqulova "Pedagogik texnologiyalar va metodlar" kitobida
pedagogik
texnologiyalarning bolalar ta'limidagi o‘rni va ularning mustaqil fikrlashni
rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma'lumot beradi. Muallif turli pedagogik texnikalar,
masalan, mashg‘ulotda erkin fikr almashish, kreativ faoliyat va guruhli ishlarning bolalar
nutqiga ta'sirini tahlil qiladi. Kitobda shuningdek, bolalar uchun yangi metodik
yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi va ularning ta'lim jarayoniga kiritilishi muhimligi
ta'kidlanadi.
T.Shavkatova "Bolalar bilan muloqotda nutqni rivojlantirish" nomli
ilmiy
ishida bolalar bilan muloqotda nutq rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Muallif
bolalarning muloqotdagi erkinligi va kreativ fikrlashini oshirish uchun pedagogning roli,
bolalarga nutqni o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar va metodlarni qo‘llashning
ahamiyatini tahlil qiladi. Asarda nutqni rivojlantirishda o‘yinlar va didaktik vazifalarning
samaradorligi ko‘rsatilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Ushbu tadqiqotda kuzatish, eksperiment va tahlil usullari qo‘llanildi. Nutq o‘stirish
mashg‘ulotlarida bolalarning faol ishtirokini ta'minlash uchun interfaol o‘yinlar, savol-
javoblar, hikoya tuzish va muammoli vaziyatlarni hal qilish metodlari qo‘llandi.
Tadqiqotda 5-6 yoshli 30 nafar bolalar ishtirok etdi. Ular bilan 2 oy davomida har hafta
ikki marotaba nutq o‘stirish mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulotlarda "O‘ylab top",
"Savol-yashirin", "Hikoya davom ettir" kabi metodlar qo‘llanildi. Pedagoglarning bolalar
bilan ishlash uslubi, ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabati ham kuzatildi.
Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasida ko‘tarilgan ulug‘vor
vazifalaridan biridir. Bu tizimning asosiy maqsadi bolalarni sog‘lom va rivojlangan shaxs
bo‘lib shakllanishini ta'minlash, erta yoshlikdan o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib,
tizimli o‘qishga tayyyorlab borishdan iborat. TMM ning asosiy maqsadi bolalarni
maktabdagi o‘qishga tayyorlash barkamol rivojlangan mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish
va qobiliyatlarni ochib berish tizimli ta'limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Bundan
tashqari Prezidentimiz bu haqda shunday degan edi: "Oldimizda turgan eng muhim va
dolzarb masalalardan biri yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb -hunarlarga, o‘z
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 227
mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashdan iborat"
1
NATIJALAR
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning nutqiy faolligi va mustaqil fikrlash
qobiliyatlari sezilarli darajada oshdi. Mustaqil hikoya qilish, o‘z fikrlarini aniq va ravon
ifodalash qobiliyatlari rivojlandi. Eksperimentda ishtirok etgan bolalarning 80% mustaqil
fikrlashda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bolalar yangi vaziyatlarda o‘z fikrlarini bildirishga
intilishdi, o‘yinlarda muammoli vaziyatlarni hal qilishda faol ishtirok etishdi. Pedagogik
yondashuvlar samaradorligi ota-onalar va pedagoglar tomonidan ham ijobiy baholandi.
Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga
e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish»
va boshqa iboralarni qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish
mumkinligiga kam e’tibor qaratadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola har tomonlama maktab ta’limiga
tayyorlanadi. Ular orasida bola nutqini rivojlantirish eng asosiylaridan hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar jarayonida mantiqan fikrlash va tafakkurini rivojlantirish orqali
bolalarni maktabga tayyorlash. Ularning so‘z boyligi oshishi, ravon gapirishi va
o‘z fikrini to‘liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim. Shu sababli maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar
orasida
nutq
o‘stirish
mashg‘uloti eng asosiy mashg‘ulotlardan hisoblanadi.
XULOSA MUNOZARA
Nutq
o‘stirish
mashg‘ulotlarida
mustaqil
fikrlashni
rag‘batlantiruvchi
texnologiyalarni qo‘llash katta samara beradi. Bu usullar bolalarning nafaqat nutqiy, balki
aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida kuzatilgan bolalarning
qiziqishi va faolligi yuqori bo‘ldi, bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini oshirdi.
Shuningdek, oila va jamiyatning bolalar fikrlash qobiliyatlariga ta'siri, pedagoglarning
motivatsiyasi va ta'lim jarayonidagi hamkorlikning o‘rni ham muhim ahamiyatga ega
ekanligi aniqlandi. Kelgusida ushbu texnologiyalarni yanada takomillashtirish,
1
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini o‘stirishda komunikativ muloqot o‘rni : Ergasheva G.B , Shodiyeva U
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 228
pedagoglarni maxsus o‘quv kurslari orqali o‘qitish va ota-onalarni ham ushbu jarayonga
jalb qilish lozim. Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g‘ri gapirishga (so‘zlashishga)
o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola me’yoriy holatda rivojlanadi, ya'ni avval tasavvur
etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo‘ladi va bu qobiliyat har bir
yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar ravishda iroda kabi
ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.
Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola to‘liq shaxs sifatida
kamol topmaydi. Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga
ko‘maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o‘rgatish bilan bir vaqtda, uni maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishi uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga
o‘rgatiladi. Bolalar bog‘chasining barcha tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida bolalarga ona tilini
o‘rgatish orqali ularning nutqi o‘stiriladi. Ayniqsa, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida har bir
bolaning
nutqiniostirish
bo‘yicha
ishlar
rejalashtiriladi.
Bolalarga
barcha
mashg‘ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni
mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun interfaol va innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish zarur. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuv samaradorligini tasdiqladi va
kelajakda bolalar rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Shuningdek, bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va jamiyat
bilan hamkorlik qilish zarurligi ta'kidlanadi. Pedagoglar uchun maxsus treninglar va o‘quv
dasturlarini joriy qilish, ota-onalarni tarbiyaviy jarayonga jalb qilish kelgusidagi muhim
vazifalardan biridir.
ADABIYOTLAR
1.D.R.Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. Barkamol fayz
media nashriyoti. 2018
2.F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, N.Qayumova, M.A’zamova. Maktabgacha
pedagogika. Darslik. Tafakkur nashriyoti. Toshkent 2019
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 229
3. 1.Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent
2013
4. Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari” Ilmiy maqola.
“Sciene and innovation” International scientifik journal. 2022. № 2 ISSN: 2181-
3337
5. F.O‘rinova, M.Jaloliddinova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi
tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash tamoyillari ,,Academic excellence on science
and Research’’ Respublika jurnalida, ISSN: 2181-2608