Mualliflar

  • Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi
  • Sultonova Ruxshonaxon Shukurjon qizi
  • Abdusalimova Maftunaxon Abdulhamidjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89074

Kalit so‘zlar:

Innovatsion texnologiyalar kasbiy kompetensiya innovatsion texnologiyalar psixologik omillar pedagogik texnika malaka oshirish

Annotasiya

Maqolada tarbiyachining pedagagik mahoratini shakillantirish ahamiyati  haqida so‘z yuritiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 215

TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH

Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi

Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi

Sultonova Ruxshonaxon Shukurjon qizi

Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1.23-guruh talabasi

Abdusalimova Maftunaxon Abdulhamidjon qizi

Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1.23-guruh talabasi

Annotatsiya.

Maqolada tarbiyachining pedagagik mahoratini shakillantirish

ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Innovatsion texnologiyalar,

kasbiy kompetensiya, innovatsion

texnologiyalar, psixologik omillar, pedagogik texnika, malaka oshirish, metodik qo‘llab-

quvvatlash, pedagogik etika, jamoaviy ish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, psixologik omillar,

pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik qobiliyat, kasbiy malaka, pedagogik

ijodkorlik, kasbiy motivatsiya, ota-onalar bilan hamkorlik, individual yondashuv,

refleksiya.

KIRISH

Maktabgacha ta’lim inson shaxsiyati shakllanishida muhim bosqich bo‘lib,

bolalarning kognitiv, hissiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga asos yaratadi. Ushbu

jarayonda tarbiyachining pedagogik mahorati muhim o‘rin tutadi, chunki aynan u bolaning

ilk bilim va tarbiyani qabul qilishida yo‘lboshchi bo‘ladi. Pedagogik mahorat — bu nafaqat

kasbiy bilim va ko‘nikmalar majmui, balki bolalar psixologiyasini chuqur tushunish,

zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda ta’lim-tarbiyada innovatsion

yondashuvlarni tatbiq etish qobiliyatidir.Maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning shaxsiyati

va intellektual salohiyatini shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu bosqichda

tarbiyachi bolalar bilan bevosita ishlovchi asosiy shaxs bo‘lib, uning pedagogik mahorati

bolalarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogik mahorat – bu nafaqat


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 216

kasbiy bilim va ko‘nikmalar yig‘indisi, balki bolalar psixologiyasini chuqur tushunish,

ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash va samarali pedagogik strategiyalarni

ishlab chiqish qobiliyatidir.

Bugungi kunda ta’lim sohasida yangilanish jarayonlari kechmoqda, bunda ta’lim

sifatini oshirish va tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish asosiy e’tibor

markazida turibdi. Pedagogik mahoratni shakllantirishda interfaol o‘qitish metodlari,

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va tarbiyachilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi

muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha ta’lim muassasalarida

faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar zamonaviy ta’lim yondashuvlariga mos ravishda o‘z

bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari lozim.

Pedagogik mahoratni rivojlantirishning dolzarbligi shundaki, har bir bola

individual rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘lib, unga mos ta’lim metodikasini tanlash

tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Shu boisdan, zamonaviy ta’lim tizimida

individual yondashuv, kompetensiyaviy model va innovatsion texnologiyalarning

qo‘llanilishi pedagogik jarayon samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Tarbiyachining pedagogik mahoratini shakllantirishning muhimligi. Tarbiyachining

pedagogik mahorati uning bolalar bilan samarali ishlay olish, ta’lim-tarbiya jarayonini

sifatli tashkil etish va bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini

belgilaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lgan

tarbiyachilar: Bolalarning ijtimoiy, hissiy va kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini

oshiradi.Bolalar bilan individual yondashuv asosida ishlash orqali ularning qobiliyatlarini

maksimal darajada rivojlantira oladi. Ota-onalar va hamkasblar bilan samarali hamkorlik

qilish orqali ta’lim jarayonini yaxshilaydi. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim sohasida

raqobat kuchayib bormoqda va bu pedagoglardan doimiy o‘zgarishlarga moslashish,

zamonaviy ta’lim yondashuvlarini egallashni talab qiladi. Shu sababli, pedagogik

mahoratni shakllantirish nafaqat individual rivojlanish uchun, balki umumiy ta’lim sifatini

oshirish

uchun

ham

muhimdir.

Ilmiy

muammo

va

tadqiqotning

dolzarbligiTarbiyachilarning pedagogik mahoratini shakllantirish masalasi zamonaviy

pedagogika va psixologiya fanlarining asosiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 217

Jahon va mahalliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, pedagogik mahoratni oshirish uchun quyidagi

yondashuvlar muhim o‘rin tutadi: Pedagogik texnologiyalarni joriy etish – Interfaol

metodlar, STEAM-ta’lim, loyiha metodlari kabi zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash.

Kasbiy rivojlanish – Tarbiyachilar uchun doimiy treninglar, malaka oshirish kurslari va

tajriba almashish dasturlarini tashkil etish.

Psixologik yondashuv – Bolalar psixologiyasini chuqur o‘rganish va ta’lim

jarayoniga moslashtirish. Bugungi globallashuv sharoitida pedagogdan nafaqat an’anaviy

ta’lim uslublarini bilish, balki bolalar bilan ishlashda individual yondashuvni tanlash,

ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va moslashuvchan strategiyalarni ishlab chiqish talab

etiladi. Shu sababli, tarbiyachining pedagogik mahoratini shakllantirish dolzarb masala

bo‘lib, bu jarayon doimiy rivojlanishni talab qiladi. Mazkur maqolada tarbiyachining

pedagogik mahoratini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar, zamonaviy yondashuvlar

hamda tajribaviy tadqiqot natijalari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Pedagogik mahorat masalasi ko‘plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan

o‘rganilgan bo‘lib, bu borada turli ilmiy-nazariy yondashuvlar mavjud. Pedagogik mahorat

nazariy asoslari XX asrning ikkinchi yarmida pedagogik mahorat tushunchasi faol

o‘rganila boshlandi. L.S. Vygotskiy

bolalar rivojlanishida tarbiyachi va pedagoglarning

rolini tahlil qilib, ularning muloqot va o‘zaro hamkorlik orqali bolalar tafakkurini

shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatdi.

A.N. Leontev

pedagogik faoliyatda refleksiya va

motivatsiya muhim omillar ekanligini ta’kidlagan. Zamonaviy yondashuvlar hozirgi kunda

pedagogik mahoratni oshirishda innovatsion texnologiyalar, xususan, STEAM-ta’lim

(Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) va interfaol metodlar muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, G. Gardner

tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p

intellekt nazariyasi pedagoglarga har bir bolaning o‘ziga xos o‘qish uslubini tushunish va

moslashtirish imkonini beradi.

O‘zbekiston pedagogika fanida tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. G‘. J. Qosimova

maktabgacha

ta’limda pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashning samaradorligini tahlil qilgan.

Shuningdek, pedagogik mahoratni shakllantirishda ta’lim berishning kompetensial


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 218

yondashuvi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodlarining o‘rni alohida ta’kidlanmoqda.

Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, pedagogik mahoratni

shakllantirish jarayoni kompleks yondashuvni talab etadi. Bu borada psixologik,

pedagogik va texnologik omillar o‘zaro bog‘liq holda harakat qiladi. Dastlabki ilmiy

qarashlar asosan shaxsiy fazilatlar va kasbiy tajriba omillariga e’tibor qaratgan bo‘lsa,

zamonaviy tadqiqotlar interfaol metodlar, ta’lim texnologiyalari va refleksiya jarayonining

ahamiyatini ta’kidlamoqda.

L.S. Vygotskiy

tomonidan ishlab chiqilgan madaniy-tarixiy

nazariya pedagogik jarayonda o‘qituvchi va tarbiyachining roli katta ekanligini ko‘rsatadi.

Uning fikricha, bolalar rivojlanishi bevosita kattalar bilan muloqot va ijtimoiy o‘zaro ta’sir

natijasida shakllanadi. Shu boisdan, pedagogik mahoratning muhim jihatlaridan biri

bolalar bilan samarali muloqot o‘rnatish hisoblanadi. N.A. Musurmonova

pedagogik

mahoratni shakllantirishning kasbiy kompetensiyalar bilan bog‘liqligini o‘rgangan. Unga

ko‘ra, tarbiyachi quyidagi asosiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim:

Pedagogik-psixologik bilim va ko‘nikmalar Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash

qobiliyati.

O‘z faoliyatini rejalashtirish va baholash.

G‘. Xodjayev

tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda pedagogik mahoratni

rivojlantirishda doimiy o‘qitish va malaka oshirish muhimligi ta’kidlangan.

Bugungi kunda pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash

tarbiyachilarning mahoratini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. J. Dewey

tomonidan

ilgari surilgan tajribaviy ta’lim nazariyasi bugungi interfaol va texnologik

yondashuvlarning nazariy asosini tashkil etadi. Unga ko‘ra, bolalar tajribaga asoslangan

faoliyat orqali o‘rganadi, bu esa tarbiyachidan faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quv

jarayonini boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi bo‘lishni talab qiladi.

Maktabgacha ta’limda faoliyat yurituvchi tarbiyachilar shaxsiy fazilatlari bilan

bolalarga bevosita ta’sir qiladi.

Tarbiyachining hissiy barqarorligi va muloqot madaniyati

bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tarbiyachining pedagogik mahoratini quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:

1. Gnostik kompetensiya – O‘z kasbi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 219

2. Konstruktiv kompetensiya – Dars va mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish

qobiliyati

3. Tashkiliy kompetensiya – Bolalar jamoasi bilan ishlash va muhit yaratish

qobiliyati

4. Kommunikativ kompetensiya – Bolalar va ota-onalar bilan samarali muloqot

o‘rnata olish

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Tadqiqot metodologiyasi sifatida sifat va miqdoriy tadqiqot usullari uyg‘unlashgan

holda qo‘llanildi. Maqsad — maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan

tarbiyachilarning pedagogik mahoratini shakllantirishda qaysi omillar muhim rol

o‘ynashini aniqlashdir.

Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash tajribasi yuqori bo‘lgan tarbiyachilar

o‘quvchilarning rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ancha yuqori natijalarga erishganligi

aniqlandi. Tarbiyachilarning pedagogik mahoratini shakllantirish jarayonini o‘rganish

uchun kompleks tadqiqot metodologiyasi qo‘llaniladi. Bu metodologiya nazariy va

empirik usullarni o‘z ichiga oladi.

Nazariy tadqiqot usullari: Adabiyotlarni tahlil qilish: Pedagogik mahorat, ta’lim

texnologiyalari va tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishiga oid ilmiy manbalar, maqolalar

va kitoblar o‘rganildi. Bu orqali mavzuning nazariy asoslari va ilg‘or tajribalar tahlil

qilindi.

Me’yoriy hujjatlarni o‘rganish: Maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat standartlari,

dasturlar va boshqa me’yoriy hujjatlar tahlil qilinib, tarbiyachilarning pedagogik

mahoratini shakllantirishga qo‘yilgan talablar aniqlashtirildi.

Empirik tadqiqot usullari: Pedagogik kuzatuv: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

tarbiyachilarning mashg‘ulotlari kuzatilib, ularning pedagogik faoliyati va bolalar bilan

o‘zaro munosabatlari tahlil qilindi.

Suhbat va intervyu: Tarbiyachilar, metodistlar va ota-onalar bilan suhbatlar

o‘tkazilib, pedagogik mahoratni shakllantirish jarayonidagi muammolar va ehtiyojlar

aniqlashtirildi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 220

So‘rovnoma: Tarbiyachilar o‘rtasida so‘rovnomalar tarqatilib, ularning kasbiy

malakasi, pedagogik texnikalarni qo‘llash darajasi va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari

o‘rganildi. Pedagogik tajriba: Tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirishga

qaratilgan maxsus trening va seminarlar tashkil etilib, ularning samaradorligi baholandi.

Tarbiyachilar zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda qiyinchiliklarga duch

kelishini, bu esa ularning pedagogik mahoratini oshirishga to‘sqinlik qilayotganini

bildirgan. Ehtiyojlar: Ota-onalar tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirish orqali

bolalarning ta’lim sifati yaxshilanishini kutayotganini ta’kidlagan. 4. Pedagogik tajriba

natijalari: Trening va seminarlar samaradorligi: Maxsus tashkil etilgan trening va

seminarlar natijasida tarbiyachilarning 80% yangi pedagogik texnikalarni o‘zlashtirganini

va amaliyotda qo‘llashni boshlaganini bildirgan.

Natijalar:

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tarbiyachining pedagogik mahoratini

shakllantirish jarayoni kompleks yondashuvni talab qiladi. Pedagogik mahoratni

rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:

1.

Tarbiyachilarning kasbiy malakasi va uzluksiz o‘qitish jarayoni.

Tadqiqotda ishtirok etgan tarbiyachilarning 75 foizi pedagogik mahoratni oshirish uchun

doimiy ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash lozimligini ta’kidladilar. 60 foiz

tarbiyachilar malaka oshirish kurslari va seminar-treninglarning pedagogik jarayonni

yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar. 30 foiz tarbiyachi zamonaviy

pedagogik texnologiyalarni yetarlicha bilmasligi sababli o‘z faoliyatida innovatsion

yondashuvlarni to‘liq qo‘llay olmasligini aytdi.

2. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati.

STEAM-ta’lim (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika

integratsiyasi) elementlarini qo‘llaydigan tarbiyachilar bolalarning mantiqiy tafakkurini

rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishgan. Raqamli texnologiyalar (interaktiv ta’lim,

onlayn resurslar, multimedia vositalari) ishlatilganda bolalarning darsga bo‘lgan qiziqishi

40% ga oshgan. Traditsion (an’anaviy) usullar bilan ishlovchi tarbiyachilar guruhida esa

bolalarning faolligi va ijodkorlik ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan.

3. Shaxsiy yondashuv va bolalar bilan muloqot muhimligi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 221

Tarbiyachilarning 80 foizi individual yondashuv bolaning rivojlanishida hal

qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlagan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, bolalar bilan samarali

muloqot o‘rnatgan tarbiyachilar guruhida bolalarning mustaqil fikrlash va ijtimoiy

moslashish qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilangani kuzatilgan. O‘zaro hurmat va

ishonch muhitini yaratgan tarbiyachilar bolalarda ijobiy xulq-atvor shakllantirishda

yaxshiroq natijalarga erishgan.

4. Hamkorlik va jamoaviy faoliyatning roli.

Ota-onalar bilan doimiy hamkorlik qilgan tarbiyachilar bolalarning tarbiyasiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Hamkasblar bilan tajriba almashish va jamoaviy o‘qitish

metodlarini qo‘llash tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirishda samarali bo‘lgani

aniqlandi. Bolalarni guruhli faoliyatga jalb qilgan tarbiyachilar jamoaviy ish

ko‘nikmalarini shakllantirishda yuqori natijalarga erishgan.

5. Pedagogik refleksiya va o‘z-o‘zini baholash muhimligi.

Pedagogik refleksiya bilan shug‘ullangan tarbiyachilar (o‘z faoliyatini doimiy

tahlil qilgan) pedagogik jarayonni samaraliroq tashkil eta olgan. O‘z faoliyatini baholash

va xatolar ustida ishlash odatiga ega bo‘lgan tarbiyachilar dars sifatini yaxshilashda yuqori

natijalarni qayd etgan. Refleksiyasiz ishlaydigan tarbiyachilar esa tajribasidan samarali

foydalanish imkoniyatini boy berayotganliklari aniqlandi.

XULOSA VA MUNOZARA

Tarbiyachilarning pedagogik mahoratini shakllantirish maktabgacha ta'lim sifatini

oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar va

metodlarni o‘zlashtirish uchun muntazam ravishda malaka oshirish kurslari va treninglarda

ishtirok etishlari zarur. Bu ularga ta'lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalarning

rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish

orqali tarbiyachilar pedagogik mahoratlarini mustahkamlashlari mumkin. Ta'lim

jarayonida interfaol va innovatsion usullarni qo‘llash bolalarning qiziqishini oshiradi va

ularning faol ishtirokini ta'minlaydi. Tarbiyachilar yangi pedagogik texnologiyalarni

o‘rganish va amaliyotda qo‘llash orqali ta'lim sifatini yaxshilashlari mumkin.

Tarbiyachilar o‘rtasida tajriba almashish, metodik birlashmalar va seminarlar tashkil etish


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 222

orqali ularning kasbiy mahoratini oshirishga yordam berish mumkin. Bu ularga yangi bilim

va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, mavjud tajribalarni boyitishga imkon beradi.

Tarbiyachilar o‘z pedagogik faoliyatlarini muntazam tahlil qilib, o‘zlarining kuchli

va zaif tomonlarini aniqlashlari lozim. Bu ularga o‘z ustida ishlash va pedagogik

mahoratlarini doimiy ravishda takomillashtirish imkonini beradi. Har bir bolaning

individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etish

tarbiyachilarning muhim vazifasidir. Bu bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish va

ularning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ota-onalar bilan samarali

muloqot va hamkorlik bolalarning ta'lim-tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachilar

ota-onalar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularning fikr va takliflarini inobatga olishlari lozim.

Xulosa qilib aytganda, tarbiyachilar o‘z faoliyatlarida pedagogik etika va

madaniyatga amal qilishlari, bolalar va ota-onalar bilan muloqotda hurmat va samimiyatni

saqlashlari zarur. Bu tarbiyachining obro‘sini oshiradi va ta'lim jarayonining

samaradorligini ta'minlaydi. Bolalarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilish

tarbiyachilarga ta'lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va bolalarning ehtiyojlariga mos

yondashuvni tanlashda yordam beradi. Nutq madaniyati, tana tili va boshqa pedagogik

texnikalarni mukammal egallash tarbiyachilarning ta'sirchanligini oshiradi va ta'lim

jarayonini qiziqarli qiladi. Tarbiyachilar hamkasblari bilan jamoaviy ishlash orqali tajriba

almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashlari mumkin. Bu ularning kasbiy

rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiyachilar o‘z faoliyatlarini muntazam ravishda

baholab borishlari, shuningdek, tashqi baholash natijalarini inobatga olishlari lozim. Bu

ularga o‘zlarining kasbiy darajasini aniqlash va zaruriy o‘zgarishlarni amalga oshirish

imkonini beradi. Yangi g‘oyalar va yondashuvlarni izlash, ta'lim jarayonida ijodkorlikni

qo‘llash tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshiradi va bolalarning qiziqishini

uyg‘otadi. Tarbiyachilar maktabgacha ta'lim sohasidagi davlat standartlari va dasturlarini

chuqur o‘rganishlari va ularni amaliyotda qo‘llashlari zarur. Bu ta'lim jarayonining sifatini

ta'minlaydi.

Zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini

qo‘llash

tarbiyachilarga ta'lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli tashkil qilishga yordam

beradi. Tarbiyachilarning kasbiy motivatsiyasini oshirish uchun ularni rag‘batlantirin

borish zarur.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 223

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent

2013

2.

Maftunakhon, J. (2025). Model of development of professional transversal

competences of future educators. International Journal of Pedagogics, 5(02), 60-63.

3. Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi, & Sultonova Ruxshonaxon

Shukurjon qizi. (2025). MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TEXNOLOGIYASINI

QO‘LLASHNING PEDAGOGIK JARAYON SAMARADORLIGIGA

TA’SIRI. TADQIQOTLAR, 57(1), 8-13

4. Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi. (2025). BO‘LAJAK

TARBIYACHILARNING KASBIY TRANSVERSAL KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. INNOVATIONS IN

TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 4(30), 57–62. Retrieved from

https://scienceresearch.uz/index.php/ITSE/article/view/433

5. M.M. Jaloliddinova. CURRENT STATUS OF PEDAGOGICAL CONDITIONS

FOR DEVELOPING PROFESSIONAL TRANSVERSAL COMPETENCES OF

FUTURE EDUCATORS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL

SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 4 ISSUE 2 FEBRUARY 2025 ISSN: 2181-3337 |

SCIENTISTS.UZ. 121-125

6. Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari” Ilmiy maqola.

“Sciene and innovation” International scientifik journal. 2022. № 2 ISSN: 2181-

3337

7. F.O‘rinova, M.Jaloliddinova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov

guruhi tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash tamoyillari ,,Academic excellence on

science and Research’’ Respublika jurnalida, ISSN: 2181-2608

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари