Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 208
MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASHNING
PEDAGOGIK JARAYON SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi
Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedra o‘qituvchisi
Sultonova Ruxshonaxon Shukurjon qizi
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1.23-guruh talabasi
Annotatsiya.
Maqolada
Maktabgacha
ta'limda
STEAM
texnologiyasini
qo‘llashning pedagogik jarayon samaradorligiga ta'siri haqida soʻz yuritiladi
Kalit so‘zlar:
O‘yin orqali o‘qitish, bolalar rivojlanishi, amaliy mashg‘ulotlar,
zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion ta’lim, pedagogik jarayon, ilmiy-texnik
yondashuv, STEAM texnologiyalari, maktabgacha ta’lim, STEAM laboratoriyalari,
O‘zbekiston ta’lim tizimi, ta’lim samaradorligi, interaktiv o‘qitish, muammolarni hal
qilish, ilmiy tafakkur ko‘nikmasi, robototexnika va kodlash, zamonaviy pedagogika, ta’lim
sifati, oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish, pedagogik innovatsiyalar.
KIRISH
Bugungi kunda ta'lim tizimi, ayniqsa, maktabgacha ta'lim sohasida yangi pedagogik
yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bular orasida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics)
texnologiyasi maktabgacha ta'limda ta'lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim vosita
sifatida namoyon bo‘lmoqda. STEAM – bu fan, texnologiya, muhandislik, san'at va
matematikani integratsiyalashgan tarzda o‘rgatish orqali bolalar bilimini rivojlantirishni
maqsad qilgan yondashuvdir.
Maktabgacha ta'limning o‘ziga xos xususiyatlari, bolalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini
yaratish va mustahkamlash uchun eng qulay davr bo‘lib, STEAM texnologiyasining ushbu
bosqichda qo‘llanilishi pedagogik jarayonni yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Bu
metodika yordamida bolalar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, balki amaliy va ijodiy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 209
ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. STEAM texnologiyasining maktabgacha ta'limda
qo‘llanilishi, bolalarning kognitiv rivojlanishiga, tasavvurini kengaytirishiga va
ijodkorlikni rag‘batlantirishga katta hissa qo‘shadi.
Shu bilan birga, STEAM texnologiyasining maktabgacha ta'lim jarayonida samarali
qo‘llanishi o‘qituvchilar va tarbiyachilarning yangi pedagogik usullarni o‘zlashtirishi va
ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishiga turtki beradi. Ushbu maqolada, maktabgacha
ta'limda STEAM texnologiyasini qo‘llashning pedagogik jarayon samaradorligiga ta'siri,
uning bolalar rivojiga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishi va ta'lim tizimida yuzaga keladigan
imkoniyatlar va muammolar haqida so‘z yuritiladi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasini qo‘llashning pedagogik jarayon
samaradorligiga ta'siri bilan bog‘liq so‘nggi yillarda turli tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar
mavjud. Adabiyotlarda bu texnologiyaning ta'limda qanday ishlashini va bolalar rivojiga
qanday ta'sir ko‘rsatishini o‘rganishga katta e'tibor qaratilgan. AQSH olimlaridan K.
Bevan va J. Campbell, "Integrating STEAM into Early Childhood Education."
nomli
maqolasida, STEAM texnologiyasining maktabgacha ta'limdagi
ahamiyati va uning
bolalar rivojlanishiga bo‘lgan ta'siri tahlil qilingan. Maqolada mualliflar STEAM
metodikasi bolalar uchun ilmiy va texnik bilimlarni o‘rganishning samarali usulini taklif
etadi. Shuningdek, STEAMning san'at va muhandislik elementlarini ta'lim jarayoniga
qo‘shish orqali bolalarning yaratish va tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga
yordam berishini ta'kidlaydilar.
Amerikada K. Bersh va L. Stumpf "Early Childhood Education and STEM
Integration” nomli
tadqiqotida, STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika)ni
maktabgacha ta'limda integratsiyalashning o‘ziga xos yondashuvlarini o‘rganadi.
Mualliflar STEAM texnologiyasining bolalarning analitik va ijodiy fikrlashini
rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, STEAM
metodikasini maktabgacha ta'limda qo‘llash, bolalarning o‘zini ifoda etish va
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi.
BAA da pedagog C. Chin "The Role of Creativity in Early Childhood
Education through STEAM" nomli maqolasida
STEAM metodikasining bolalar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 210
ijodkorligini rivojlantirishga qanday ta'sir ko‘rsatishi o‘rgangan. Pedagog STEAMni
nafaqat fan va texnologiyalarni o‘rgatish, balki bolalar uchun ijodiy muhit yaratish vositasi
sifatida tasvirlaydi. Tadqiqotda, san'atni fan bilan birlashtirish, bolalarga ko‘proq
innovatsion fikrlash imkoniyatlarini yaratadi va ularni ijodiy ishlashga o‘rgatadi.
Janubiy Koreyada E. Jung, "Innovative Approaches to Early Childhood
STEM Education."
nomli tadqiqotida STEAMni maktabgacha ta'limda qo‘llash orqali
innovatsion yondashuvlarning qanday amalga oshirilishi mumkinligini o‘rganadi. Muallif,
STEAM texnologiyasining integratsiyalashgan metodlarini o‘rgatishda samarali
qo‘llanilishi orqali bolalar rivojida yangi imkoniyatlar yaratish mumkinligini ta'kidlaydi.
Jungning tahliliga ko‘ra, STEAM metodikasi bolalarga ko‘proq tajriba va o‘z-o‘zini
o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etadi, bu esa o‘z navbatida ularning kognitiv va ijodiy
rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonlik olimlar ham STEAM texnologiyalarini maktabgacha ta'limda
qo‘llashning pedagogik jarayon samaradorligiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar olib
bormoqda. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar, ayniqsa, so‘nggi yillarda STEAM
metodikasining O‘zbekiston ta'lim tizimida joriy etilishi, uning bolalar rivojiga ta'siri va
ta'lim jarayonini takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlarni o‘z ichiga oladi. Sh.
Sodiqova,
N. Mansurova, B. Tursunov, G. Raxmatullaeva, A. Akhmadov, D. Xoshimovlar o‘z
tadqiqotlarida
– Maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasining qo‘llanilishi va uning
bolalar rivojiga ta'siri, O‘zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimida STEAMni joriy etish
va uning ta'lim samaradorligiga ta'siri, STEAMni integratsiya qilish orqali ta'limning
sifatini oshirish va bolalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, STEAM
texnologiyalarini maktabgacha ta'limga moslashtirish va uning o‘qituvchilarga pedagogik
yondashuvlarni takomillashtirishdagi ahamiyatini tahlil qilganlar. Ular o‘z tadqiqotlarida
STEAM usullarining bolalar bilan ishlashda qanday samarali bo‘lishini o‘rganib, ta'lim
jarayonini modernizatsiya qilishga oid takliflar ishlab chiqishgan.
STEAM texnologiyasining maktabgacha ta'limda qo‘llanishi nafaqat bolalar
bilimini oshirishga, balki ularning ijodiy, analitik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, bu texnologiyaning
maktabgacha ta'limda samarali joriy etilishi o‘qituvchilarning malakasi, ta'lim
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 211
muassasalarining resurslari va pedagogik metodologiyalarni zamonaviylashtirishni talab
etadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Ushbu tadqiqotda maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalarini joriy etishning
pedagogik jarayon samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot nazariy va empirik
metodlar asosida olib borildi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim tizimida STEAM
texnologiyalarini qo‘llashning ta’lim jarayoniga ta’sirini baholash, uning afzalliklarini
aniqlash va samaradorligini ilmiy asoslash.
Tadqiqot davomida quyidagi metodologik yondashuvlar va tadqiqot usullari
qo‘llanildi:
Nazariy tahlil – STEAM texnologiyalarining nazariy asoslari, ilg‘or xalqaro
tajribalar va O‘zbekiston ta’lim tizimidagi joriy etish holati tahlil qilindi.
Eksperimental tadqiqot – maktabgacha ta’lim muassasalarida STEAM metodikasi
bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarning samaradorligi o‘rganildi.
Anketa va so‘rovlar – pedagoglar, ota-onalar va bolalar o‘rtasida STEAM
texnologiyalari bo‘yicha fikr almashish va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri baholandi.
Kuzatish – STEAM mashg‘ulotlari jarayonida bolalarning qiziqishi, ijodkorlik
darajasi va bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatining o‘zgarishi kuzatildi.
Ekspert baholash – pedagog va ta’lim mutaxassislari bilan intervyular olib borildi.
Tadqiqot
obyekti
va
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
STEAM
texnologiyalarining qo‘llanilishi.
Tadqiqot predmeti: STEAM texnologiyalari yordamida ta’lim jarayonining
samaradorligi, bolalarning rivojlanishiga ta’siri va pedagogik natijalar.
Tadqiqot davomida STEAM mashg‘ulotlariga jalb qilingan bolalar:
Yangi
texnologiyalar
bilan
ishlashga
qiziqishi
ortgani
(robototexnika,
konstruktorlar, kodlash mashg‘ulotlari);
Eksperiment va tadqiqotga bo‘lgan qiziqishining oshgani (fan, texnologiya va
muhandislik elementlarini o‘rganish);
Mustaqil va kreativ fikrlash darajasi oshgani kuzatildi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 212
An’anaviy metodikalar asosida ta’lim olgan bolalarda esa passiv o‘rganish va yod
olishga asoslangan yondashuv ustunlik qilgani aniqlandi.
Ekspert baholash natijalari
Pedagog va ta’lim mutaxassislari STEAM texnologiyalarining quyidagi
afzalliklarini e’tirof etdilar:
Bolalar o‘qitish jarayonida faol ishtirok etishadi;
Mashg‘ulotlar davomida multidisiplinar yondashuv (matematika, fan, muhandislik
va san’atning uyg‘unligi) qo‘llaniladi;
Bolalarning amaliy faoliyati (eksperimentlar, loyihalar, dizayn ishlari) kuchayadi;
Erta yoshdan texnologiyalar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Biroq, STEAM yondashuvini maktabgacha ta’limga joriy etishda quyidagi
muammolar ham kuzatildi:
Pedagoglarning ushbu metodikani to‘liq o‘zlashtirmagani;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yetarli texnik vositalarning yetishmasligi;
Ota-onalar tomonidan STEAM texnologiyalarining ahamiyatini to‘liq tushunmaslik.
NATIJALAR
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, STEAM texnologiyalarining maktabgacha
ta’limga joriy etilishi ta’lim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Olingan natijalar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ldi: Bolalar rivojlanishiga
ta’siri:
Mantiqiy tafakkur darajasi oshdi – eksperimental guruhdagi bolalarning 78%
muammolarni mustaqil hal qilishga o‘rgandi.
Ijodkorlik va kreativ fikrlash rivojlandi – STEAM metodikasi asosida ta’lim olgan
bolalar ijodiy muammolarni hal qilish va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatini namoyon
qilishdi. STEM fanlariga qiziqish ortdi – bolalarning 82% matematika, tabiiy fanlar va
muhandislikka qiziqishi oshgani kuzatildi.
Pedagogik jarayonning samaradorligi natijalari:
-Ta’lim interaktiv va qiziqarli bo‘ldi – an’anaviy metodlarga qaraganda, STEAM
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda bolalarning faolligi 30-
40% ga oshdi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 213
-Pedagoglarning innovatsion metodlarni qo‘llash qobiliyati rivojlandi – maxsus
trening va seminarlardan o‘tgan pedagoglar STEAM metodikasini samarali qo‘llash
imkoniyatiga ega bo‘ldi.
-Amaliy va tajriba asosidagi o‘qitish – bolalarning 75% tajribalar orqali yangi
bilimlarni o‘zlashtirgan.
-STEAM texnologiyalari yordamida bolalarning mantiqiy tafakkuri va ijodiy
fikrlashi sezilarli darajada rivojlandi.
-Maktabgacha ta’lim muassasalarida eksperiment va amaliy faoliyatga asoslangan
mashg‘ulotlar samaradorligi oshdi.
-Pedagoglar STEAM metodlarini qo‘llash orqali innovatsion yondashuvlarni
rivojlantirdi.
STEAM ta’limi bola rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, ta’lim
jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida
STEAM texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
XULOSA VA MUNOZARA
O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM yondashuvini keng joriy etish bo‘yicha davlat
dasturlari va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ta’limda zamonaviy
texnologiyalar va interaktiv o‘qitish metodlari joriy etilmoqda. Prezident maktablari va
ixtisoslashtirilgan maktablarda STEAM fanlariga alohida e’tibor qaratilgan.
“STEAM Uzbekistan” platformasi orqali maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta
ta’lim muassasalarida STEAM yondashuvini integratsiya qilish bo‘yicha metodik
qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. O‘zbekistonning ta’lim tizimida STEAM metodlarini
qo‘llash orqali innovatsion tafakkurga ega avlodni tarbiyalash va xalqaro ta’lim
standartlariga moslashish imkoniyati mavjud.
Xulosa qilib aytganda, STEAM texnologiyasining maktabgacha ta’limdagi
ahamiyati nihoyatda katta. Bu yondashuv bolalarni kelajakdagi kasblarga tayyorlash,
ularda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va ilmiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM texnologiyalarining joriy etilishi pedagogik jarayon
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 214
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu yondashuv bolalarning ijodiy fikrlashi,
muammolarni hal qilish qobiliyati, fan va texnologiyaga qiziqishi, mustaqil va tanqidiy
tafakkuri rivojlanishiga xizmat qiladi. STEAM metodikasi an’anaviy ta’lim
yondashuvlaridan farqli o‘laroq, o‘quv jarayonini faqat nazariy bilim olish bilan
cheklamay, amaliy faoliyat orqali o‘rgatish imkoniyatini yaratadi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM metodikasini joriy etish bo‘yicha qator chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin orqali ta’lim
berish, interaktiv texnologiyalar va tajribalar asosida mashg‘ulotlar tashkil etish, ilmiy va
texnik fikrlashni erta rivojlantirish singari usullar qo‘llanilmoqda. Prezident maktablari,
ixtisoslashgan maktablar va IT-parklar orqali zamonaviy ta’lim texnologiyalari keng joriy
qilinmoqda. Shuningdek, STEAM texnologiyalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi
kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishiga ham katta turtki beradi.
Ushbu yondashuv asosida tarbiyalangan bolalar kelajakda zamonaviy kasblarni egallash,
mamlakatning ilmiy va texnologik taraqqiyotiga hissa qo‘shish, startaplar yaratish va
innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ADABIYOTLAR
1.Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent
2013
2. M.Jaloliddinova. D.Babayeva. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy
tarbiyasida kattalarning o‘rni” Ilmiy maqola. Pedagogika ilmiy-nazariy metodik journal
2024. 1-son. ISNN 1076-1077
3. Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari” Ilmiy maqola.
“Sciene and innovation” International scientifik journal. 2022. № 2 ISSN: 2181-
3337
4. F.O‘rinova, M.Jaloliddinova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov
guruhi tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlas h tamoyillari ,,Academic excellence on
science and Research’’ Respublika jurnalida, ISSN: 2181-2608