Authors

  • Gulchiroy Turdaliyeva Anvarjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.114005

Keywords:

Kalit so‘zlar: sarv sunbul kechinma ohangdorlik an’anaviy ishq.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada Z.M.Bobur ijodining o‘ziga xosligi, baytlarining tahlili, ifoda xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

319

BOBUR BAHRIDAN BAYT TAHLILI

Gulchiroy Turdaliyeva Anvarjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili

va adabiyoti universiteti tayanch doktaranti

Annotatsiya.

Maqolada Z.M.Bobur ijodining o‘ziga xosligi, baytlarining tahlili,

ifoda xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

sarv, sunbul, kechinma, ohangdorlik, an’anaviy ishq.

Mumtoz adabiyotimizda timsol va ramzlar ijodkorning ruhiy kechinmalarini,

ba’zan maqsadlarini badiiy ifodalshga xizmat qiladi. Xususan, oshiqni bulbulga,
ma’shuqani gulga, qomatni shamshodga, sarvga, sochni sunbulga-yu ko’zni ohuga
qiyoslash baytni turli san’atlar bilan yo‘g‘rilishiga hissa qo’shadi. Ayni ma’nodagi
fikrlar Bobur she’riyatini o‘rganish davomida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
She’rlarida muhabbat, sadoqat, insoniy kechinmalar, hayot va tabiat tasvirlari keng
o‘rin egallaydi.

Jumladan, Hasan Qudratullayevning “Boburnoma – asrori kaliti”, Zokir

Rayimjonov, Isroil Xurramov “Bobur buyuk shaharshunos olim”, Sultonmurod Olim
“Bobur:shoh ko’ngli va shoh siyosati”, Abdullo Olim “Bunyodkor Bobur bog’lari”
nomli maqolalarida Boburning ham ma’rifiy, ham madaniy ishlarini taqqoslaydi.

Bobur she’riyati muallifning ichki dunyosini bor shiddati bilan o‘quvchiga

yetkazuvchi noyob ma’naviy xazinadir. Bobur g’azallarida ham olam-jahon ma’no
ifodalangan. Ular “Boburnoma” bilan hamohang, uni mazmunan to‘ldiradi. Agar
Bobur davri, undan oldingi shoirlar ijodida g‘azal janrida an’anaviy ishq, oshiq va
ma’shuq, ayrim hollarda ijtimoiy masalalar qalamga olingan bo‘lsa, Zahiriddin Bobur
g‘azallarida inson ichki kechinmalarining rango-rang jilolari, uning muammolari
teran aks etganini ko‘ramiz. Undan tashqari tabiat tasvirlarini o‘zining shaxsiy
tajribasi bilan bog‘laydi. U Hindistonning issiq iqlimi, Samarqand va Andijonning
go‘zal tabiati, Farg‘ona vodiysining gullagan bog‘lari va tog‘lari haqida ta’sirli
tasvirlar yaratgan. Boburning tabiat tasvirlari uning g‘azallariga jon baxsh etadi va
o‘quvchini tabiiy manzaralar olamiga olib kiradi.

Boburning "Bir pari men telbani" g‘azali yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan

bo‘lib, unda oshiqning ma’shuqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati va iztiroblari aks
etgan. G‘azalda ramal bahrining ohangdorligi, badiiy san’atlarning mahorat bilan
qo‘llanilishi va o‘ziga xos poetik uslub yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Baytlar tahlilini esa quyidagicha izohlaymiz:

1-bayt:

Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek,

Ko‘zum ichra yer tutub, ko‘nglumda manzil qilg‘udek.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

320

Shoir go‘zal bir parining husni uni telbaga aylantirib, ko‘zida joy olib, ko‘nglida

manzil qurishini tasvirlaydi. Bu yerda "pari" so‘zi go‘zal ma'shuqani ifodalaydi.
"Ko‘zum ichra yer tutub, ko‘nglumda manzil qilg‘udek" jumlasi

tashxis

san’ati

asosida qurilgan, chunki ma’shuqa ko‘z ichra joy olib, ko‘ngilda barqaror maskan
qurishi hayotiylik bilan tasvirlangan.

2-bayt:

Ko‘nglumizga javr behad qildi ul nomehrubon,

Jonima yuz ming g‘amu mehnatni hosil qilg‘udek.

Mehrsiz ma'shuqa oshiqning ko‘ngliga behisob sitamlar yetkazib, joniga yuz

minglab g‘am va mashaqqatlarni soladi.

Bu baytda

mubolag‘a

san’ati qo‘llanilgan, chunki

"yuz ming g‘am"

iborasi

orqali g‘amning yuqoriligi bo‘rttirib ko‘rsatilgan.

3-bayt:

Notavon ko‘nglumg‘a ishqi qayg‘uni kelturgudek,

Ayshu ishratni ko‘nguldin qayg‘u zoyil qilg‘udek.

Zaif ko‘ngliga ishq qayg‘usini olib kelib, aysh-u ishratni qayg‘u bilan

almashtiradi. Bu yerda

tazod

san’ati mavjud bo‘lib, "ayshu ishrat" va "qayg‘u"

qarama-qarshi tushunchalar sifatida keltirilgan.

4-bayt:

Qilmadi Farhodu Majnun o‘zni rasvo men kibi

Kim, bu nav’ ish – ish emastur hech oqil qilg‘udek.

Shoir o‘zini Farhod va Majnundan ham ko‘proq axvolini tang qilganini

ta’kidlaydi va bunday ishni hech bir aqlli odam qilmasligini aytadi.

Bu baytda

talmeh

san’ati qo‘llanilgan, ya’ni Farhod va Majnun kabi mashhur

oshiq obrazlariga ishora qilingan.

5-bayt:

Ul pari ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,

Ishq atvorini ishq ahlig‘a mushkil qilg‘udek.

Shoir o‘zini parining ishqida jon berib, ishq odatlarini oshiq ahli uchun mushkul

qilganini aytadi.

Bu yerda

tashxis

san’ati mavjud bo‘lib, ishqning odatlari jonlantirilgan holda

tasvirlangan.

Bu g‘azal

aruzning ramali musammani mahzuf

yozilgan. Ramal bahri

ohangdor, sokin va ma’noli ifoda uchun juda mos kelgani bois ko‘plab mumtoz
shoirlar undan foydalanishgan. Boburning ushbu g‘azali ham ushbu bahrda yozilgan
bo‘lib, unda ko‘ngil kechinmalari nafis ohangda ifodalangan.

1.

Boburning:

"Ey pari, husnung bila behol etding jonim meni,"

"Menga ne darding bor, ey qoshi kamon,"

2.

Alisher Navoiyning:


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

321

"Gar zamonni yomon desang, o‘zga zamon yo‘q,"

"Ko‘nglum ichra bir sanam bor kim, ne gul, ne nargis erur."

3.

Lutfiy, Fuzuliyning:

Lutfiyning "Ishq ichra ko‘nglum tutub men bir sanam istar,"

Fuzuliyning "Ey sabo, chun aylading olam aro mayl,"

g‘azallari aruzning ayni shu bahrida yozilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Zahiriddin Bobur qaysi janrda ijod etmasin, ularning barchasida muallif

tarjimai holi, dunyoqarashi, umrguzaronlik daftarining bayoni, bir-birini to‘ldiruvchi,
“Boburnoma”da chala qolgan fikrlarning izohi, yashirin sirlari boshqa bir asarida
yangicha jilo va mukammallikda, shoirona badiiy talqinda ifoda etilganligini
ko‘ramiz. Biz Bobur ruboiylaridagi mavzu birligini faqat “Boburnoma” bilan
chog‘ishtirib, ayrim misollar tahlili orqali ko‘rib chiqdik, xolos. Bu masala alohida
tadqiqot mavzui, uni keng miqyosda tadqiq etish Bobur shaxsiyati va ijodini yanada
teranroq anglash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari – Toshkent, Akedem nashr. 2008.

2.

www.ziyouz.com kutubxonasi.

3.

www.xurshid.davron kutubxonasi


References

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari – Toshkent, Akedem nashr. 2008.

www.ziyouz.com kutubxonasi.

www.xurshid.davron kutubxonasi

Most read articles by the same author(s)