World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
315
SHE’RIYATDA LIRIK “MEN”NING POETIK UYG‘UNLIGI
Gulchiroy Turdaliyeva Anvarjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti universiteti tayanch doktaranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada lirikada muallif obrazining yoritilishi,
ijodkorning “men”i qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
lirik qahramon, syujet, voqelik, matla, maqta, she’riy san’at,
“men” tushunchasi.
Mashhur psixoanalitik Zigmund Freyd insonning tana a’zolaridagi xastalikni
she’r orqali ham davolash mumkin ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. She’rning
ruhiy parvozi ham inson irodasining qanchalik matonatli va chidamliligi bilan ham
belgilanadi. Ruhiy chidamlik har qanday og‘iriqlarni, iztiroblarni yengib o‘tishga
qodir. Tafakkurning bepayon parvozlari fazoviy bo‘shliqlarni zabt etadi, unga maqsad
nazari bilan erishiladi.
Lirikaning bosh obraz lirik qahramon hisoblanadi. Lirikada lirik qahramonning
ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning „men“i orqali oʻtadi.
Lirikada eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan
ajralib turadigan jihati esa, lirikadada subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda lirika
emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda
subʼyekt va obʼyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy „personaj“
ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. Lirika
ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy,
estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida
individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Poetik „men“ va
biografik „men“ lirikaning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday
biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-
madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin.
Badiiy asarda “men”ning namoyon bo‘lish shakllari Adabiyotshunoslikda
“men” tushunchasi ilk bora N. G. Chernishevskiyning Rostopchina she’rlari haqida
yozgan taqrizida qo‘llanilgan.[1.B35] Taqriz muallifi badiiy asardagi “men”ning
namoyon bo‘lishini shunday tasniflagan edi: “1) lirik she’rning “men”i har doim ham
bu she’rni yozgan muallif “men”ining o‘zi bo‘lavermaydi; 2) lirik she’rdagi “men”da
mavjud bo‘lgan qiliqlar, holatlar va hislarni shoirning o‘ziga nisbat berishda
nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak va bu lirik “men”ning his-tuyg‘ulari va harakatlarini
ijobiy tarixiyadabiy omillar orqali tushunishdan o‘zga narsa emas” [4.B455-457]. Y.
N. Tinyanov lirik “men”ni “lirik qahramon” atamasi bilan o‘zgartirdi va ilk marta
adabiyotshunoslikka olib kirdi [4.B118]. “Lirikada “men” (goho “biz”) qahramon
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
316
bo‘lib qolar ekan, u hamma shoir ijodida ham “men” tarzida qoladi, ya’ni tashqi shakl
jihatidan emas mazmunan o‘zgaradi. Binobarin, “men” har bir davr lirikasida, har bir
milliy lirikada o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Lirik qahramon haqida gapirganda,
uning tarkibida “oshiq obrazi”, “rind mutafakkir obrazi” to‘g‘risida so‘zlash holatlari
ham uchraydi [3.B118]. Bizningcha, asosiy qahramon bitta, u monologik nutq egasi
“men”dir, bundan tashqari gap o‘zbek lirikasi haqida borar ekan, unda ba’zi lirik
personajlar bo‘lishi mumkin, masalan, yor, raqib, shayx, rafiq, soqiy, zohid,
mashshota, mug‘anniy va boshqalar” [2.B63]. Lirik “men” va tarixiy nasriy
asarlardagi muallif “men”i o‘rtasida ma’lum farq bor. Lirik “men”da shoir tarjimai
holi voqealari bilan emas, balki ularning estetik in’ikosi hamda muallif “men”ining
badiiy tarzdagi o‘zgacha ifodasi bilan ajralib turadi. Lirikada “lirik qahramon” “men”i
yetakchilik qilsa, tarixiy nasriy asarlarda yakuniga qadar muallif “men”i yetakchilik
qiladi. XV asrda muallifning “men”i Navoiy ijodida ko‘proq “Mahbub ul-qulub”,
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” va “Munshaot”da
ifodalangan bo‘lsa, XVI asrga kelib Bobur “Vaqoyi’”sida o‘z takomiliga yetdi. Bu
an’anani keyinchalik
O‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor H.Qudratullayev tomonidan tarixiy
sarguzasht asarlarda badiiy tasvir, muallifning “men”i va davr adabiy estetikasining
“men”ga qo‘ygqo‘ygan talabi tajriba tariqasida o‘rganildi [4.B355].
Mazkur tadqiqotdan Zahiriddin Muhammad Boburning “Yaxshilig‘” radifli
g‘azali tahlili orqali mushohada etamiz.
Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?
Kimki ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiligʻ!
Shu paytda Bobur hasratidan chang chiqib, alam-iztirob iskanjasida: “Ey
koʻngil, bu jahon ahlidan kim yaxshilik koʻrib ediki, sen koʻrar eding? Tabiatida
yaxshiligi boʻlmagan kimsadan sira yaxshilik kutma!” deb hayqiradi.
Albatta, keyin bu baytni davom ettirib, yaxlit gʻazalga aylantiradi. Unga shoh-
shoirning sarson-sargardonlik – qazoqiliklarda yurgan shu davrdagi koʻrgan-
kechirganlari asos qilib olingan. Tabiiyki, inson shaxsiy baxtsizliklari uchun zamonni
aybdor qilishi, uning ustidan qat’iy hukm chiqarishi toʻgʻri emas. Hadisi sharifda ham
“Zamonni ayblamanglarki, uning sohibi Olloh taoloning oʻzi” [5.B129], deyiladi.
Buni yaxshi anglagan Bobur umumlashtiruvchi xulosadan qochadi. “Ey doʻst, agarda
men zamonni rad etsam, ayb qilma, nima qilayki, bu zamondan hech bir yaxshilik
koʻrmadim!” deb aslida aybni oʻz bo‘yniga oladi:
Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Koʻrmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshiligʻ!
[3.B 78–79]
Asosiy mavzusi ishq-u muhabbat hisoblangan mumtoz she’riyatda har qanday
shikoyat motivlari ma’shuqa bilan bogʻlab ifodalanganini nazarda tutsak, baytning
mazmun-mohiyati yanada oydinlashadi:
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
317
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun koʻngluma,
Kelmadi jonimgʻa hech oromi jondin yaxshiligʻ.
Boshqa bir gʻazalida ham oʻz koʻngliga murojaat qilib, har qancha gʻariblik
iskanjasida qolsang-da, eldan vafo umidvor boʻlma, chunki diyordan ham, yordan
ham sira vafo koʻrganing yoʻq-ku, deydi:
Gʻurbat ichra, ey koʻngul, eldin vafo istarni qoʻy,
Chun vafosin koʻrmading hargiz diyor-u yorning.
“Ey koʻngil, – deydi zor Bobur davom etib, – yaxshi kishilardan shunchalik koʻp
yomonlik koʻrdingki, endi har yomondan yaxshilik koʻz tutishdan ma’ni bormi?”
Ey koʻngul, chun yaxshidin koʻrdung yamonliq asru koʻp,
Emdi koʻz tutmaq ne, ya’ni har yamondin yaxshiligʻ?!
Lekin Bobur bagʻrikeng, mehridaryo inson boʻlgan: oʻziga yomonlik
qilganlarning ham gunohidan oʻtib, qoʻlidan kelgancha ularga yaxshilik koʻrsatgan.
Ey koʻngul, chun yaxshidin koʻrdung yamonliq asru koʻp,
Emdi koʻz tutmaq ne, ya’ni har yamondin yaxshiligʻ?!
Barcha elga yaxshilik qilki, shundan yaxshi narsa yoʻq, toki dunyoda falon
kishidan yaxshilik qoldi, deb eslab yursin, degan aqida bilan yashagan:
Bori elga yaxshiligʻ qilgʻilki, mundin yaxshi yoʻq –
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ!
Futuvvat ahli orasida yaxshilikka yaxshilik – hammaning ishi, yomonlikka
yaxshilik – mard kishining ishi, degan hikmat mashhur. Haqiqiy javonmardlikni
amalda namoyish qilgan mard va tanti, saxovat va shijoat sohibi boʻlgan Bobur ham
javonmard hukmdorning hayotiy timsoli edi. Binobarin, taqdiri har qancha ogʻir
kechgani, zamon va odamlardan koʻp jabr-u jafo koʻrganiga qaramay, Boburning
yomonlikka yomonlik bilan javob berishi mumkin emas edi va uning butun hayoti
buning yorqin isbotidir.
Hikmat darajasidagi shunday nekbin misralardan soʻng gʻazalning yana badbin
kayfiyatda yakunlashi uning Bobur hayotining sarson-sargardonlikda kechgan ogʻir
davrida tugatilganiga ishora qiladi:
Yaxshiligʻ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim koʻrubdur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?!
Gʻazal tushkun ruhda nihoyasiga yetganiga qaramay, bu baytda, bir tomondan,
yaxshi odam yomonlar qurshovida qolsa, unga kun yoʻq, degan fikr ilgari surilgan
boʻlsa, ikkinchi tomondan, “Bobur kibi jahon ahlidin yaxshilik istama”, deyish bilan
bu adolatsizlikning faqat uning boshiga tushgani, binobarin, dunyo faqat
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
318
yomonlikdan iborat emasligi, aksincha, u yaxshilik tufayli poydorligiga maqtadan
oldingi bayt dalolat qiladi.
Zamon va odamlardan shikoyat ohanglari nafaqat Bobur, balki barcha shoirlar
ijodiga xos. Mashhur fransuz mutafakkiri Lyuk Vovenarg: “Hali yer yuzida oʻzi
yashagan zamonadan rozi yozuvchi boʻlgan emas”, degan edi. Jumladan, Alisher
Navoiyning ham “Mehr koʻp koʻrguzdum, ammo mehribone topmadim”, “Kimga
qildim bir vafokim, ming jafosin koʻrmadim” [3.B 43] kabi koʻplab gʻazallarida bu
holni koʻramiz. Ma’lum boʻladiki, shikoyat ruhidagi, badbinlik kayfiyatidagi bunday
she’rlar tushkunlikka tushishimizga asos bermaydi. Har qanday kishining hayoti ham
goh quvonchli, goh tashvishli, xalq ta’biri bilan aytganda, goh quyoshli, goh bulutli
kunlardan iborat. Binobarin, goh nekbin, goh badbin fikr-xayollar odam bolasiga
hamisha xos boʻlib kelgan. Bobur Mirzoning “yaxshiligʻ” radifli gʻazali ham
fikrimizning yorqin isbotidir.
Gʻazal shunchaki shikoyatdan iborat boʻlib qolmay, shoirning badiiy jihatdan
ham barkamol she’rlari sirasiga kiradi. U turkiy she’riyatda keng qoʻllangani jihatidan
aruzning turkiy vaznlari deb ataladigan hazaj, ramal, rajaz va mutaqorib toʻrtligidan
ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilun) vaznida yaratilgan.
Unda “jahon”, “on”, “zamon”, “jon”, “yamon”, “falon” soʻzlari qofiya, “-din
yaxshiligʻ” birikmasi (“-din” chiqish kelishigi qoʻshimchasi va “yaxshiligʻ” soʻzi)
radif boʻlib kelgan. Radif she’rda qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz, soʻz
birikmasi yoki gap. Radif she’rni boshidan oxirigacha yagona mavzu, bir gʻoya,
mushtarak ohang atrofida birlashtiradi, oʻquvchi e’tiborini bir nuqtaga jamlaydi.
Chunki shoir she’rda qaysi fikrga urgʻu bermoqchi, nimaga oʻquvchi e’tiborini
qaratmoqchi boʻlsa, oʻsha soʻzni radifga chiqaradi. Mazkur gʻazalda “yaxshiligʻ”
soʻzi ayni vazifani bajargan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. Zahiriddin Muhammad Bobur. Mubtalo bo‘ldum sanga. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2013.
2. Atoulloh Husayniy. Badoyi’u-s-sanoyi’ (A.Rustamov tarjimasi). – Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.
3. Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a // O‘zbek tili va adabiyoti,
2002-yil, 6-son.
4. www.ziyo.uz
5. www.xurshiddavron.uz