Annotatsiya. Atrof-muhit bilan bog’liq muammolar, jumladan, global iqlim o'zgarishlari barqaror rivojlanish yo’llarini izlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’ydi. Tabiiy resurslarning cheklanganligi va iste'molning nazoratsiz o'sishini matematik modellashtirish natijalari iqtisodiyotda oʻsish chegaralari mavjudligi haqida tushunchani shakllanishiga olib keldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit bo'yicha dasturi tuzilishi esa barqaror rivojlanish haqida ilk qarashlar paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Barqaror rivojlanish iqtisodiy o'sish, ijtimoiy mas'uliyat va ekologik muvozanat mavjud bo’lgan holdagina mumkin bo’ladi. Mamlakatimizda barqaror rivojlanish vazifalarini hal etish muqobil iqtisodiyot sifatida yashil iqtisodiyotni shakllantirsh vositasida amalga oshirilishi mumkin bo’ladi.