World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
215
EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI NAZORATINI
TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI
Ibragimov Gayratjon Artikovich
,
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Toshkent moliya instituti
Tel. +998 90 112 80 81
Annotatsiya.
So’nggi yillarda Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
siyosat tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish hisobiga valyuta tushumlarini oshirish
imkoniyatlarini kengaytirishni ham nazarda tutadi. Natijada xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish ko’lamlari yildan-yilga
kengayib bormoqda. Jahon bojxona tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, eksport-import
bilan shug’ullanadigan korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish ustidan nazorat
qilish bojxona to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha risklarni kamaytirishning samarali
usulidir. Buning uchun bojxona xizmati va davlat soliq organlari o‘rtasida xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning savdo va vositachilik operatsiyalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni almashish tartibi taklif qilinmoqda.
Kalit so’zlar:
Buxgalteriya hisobi hujjatlari, dastlabki hujjatlar, tashqi savdo
operatsiyalari, "erkin muomala" rejimi, soliq solinadigan baza, buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari shaffofligi.
Respublikamizda tashqi savdo erkinligini ta’minlash bo’yicha salmoqli ishlar
amalga oshirildi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning eksport-import operatsiyalarini
amalga oshirish ko’lamlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Shu bilan birga, bojxona
ma’muriyatchiligini shakllantirish va joriy etish amaliyoti, rivojlangan mamlakatlarda
to'plangan tajribani nazariy jihatdan o'rganish, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan
tavsiya xarakterida ishlab chiqilgan va taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish shuni
ko'rsatadiki, bu takliflar risklarni boshqarish tartibiga asoslangan va bu holat xalqaro
savdo operatsiyalarining so'nggi yillardagi sezilarli o'sishi va faollashishi natijasidir.
Risklarga asoslangan muvofiqlikni boshqarishning ishlab chiqilgan yondashuvini
qo'llashda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan qo'llaniladigan chora-tadbirlarni
tavakkalchilik darajasi va boshqa xususiyatlariga qarab ham farqlash mumkin. Shu
bilan birga, bojxona va soliq xizmatlarining cheklangan resurslarini samarali
taqsimlash
mumkin
bo'ladi.
Bojxona ma’muriyatchiligiga eksport-import
operatsiyalarini nazorat qilish va bojxona to‘lovlari bo‘yicha summalarni undirish
samaradorligini oshirish, shuningdek, jarayonlarni soddalashtirish, tezlashtirish va
xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi modelni qo‘llashni taklif etamiz. Ushbu
model bojxona ma’muriyatchiligini qo’llash va isloh qilishning xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarda yuritiladigan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari shaffofligini ta’minlashga
ta’sirini inobatga olib, bojxona organlariga eksport-import bilan shug’ullanadigan
korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish ustidan nazorat qilish imkoniyati
berilishini nazarda tutadi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
216
Ushbu yo’nalishda respublikamizda huquqiy asoslar yaratilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh
etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmonining 5-bandiga asosan bojxona
organlariga tovar va transport vositalari ustidan ular saqlanadigan va sotiladigan
joylarga chiqqan holda, bojxona auditini amalga oshirish, shuningdek, olib kiriladigan
va (yoki) olib chiqiladigan tovarlar va transport vositalari hisobi, jumladan,
buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari, shuningdek, dastlabki hujjatlar yuritilishi
ustidan tekshiruvni amalga oshirish huquqlari berildi.
Mazkur qoidani bojxona organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar – tashqi
iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari ish amaliyotida qo‘llash tartibini ko‘rib chiqamiz.
Bu
yoʻnalishda, birinchi navbatda, qonun hujjatlarini buzmagan, bojxona va soliq
organlariga moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun ularning buxgalteriya hisobi
tizimidan ixtiyoriy ravishda masofaviy foydalanish imkoniyatini taqdim etayotgan
tadbirkorlik subʼyektlari oʻzlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda
huquqbuzarliklarning mumkin bo'lgan xavfi(riski)ni minimallashtirishga, shuningdek
import yoki eksport qilinayotgan mahsulotlarni bojxona postlari orqali olib o‘tishda
amalga oshiriladigan nazorat amallarining intensivligini pasaytirilishiga ishonch hosil
qiladigan sharoitlarni yaratish zarur. Hozirgi vaqtda mahsulotlarning xalqaro
harakatini boshqaradigan eng zamonaviy tizimlarning o'ziga xos xususiyati shundaki,
ularning qo’llanilishi mahsulotlarni davlat chegaralarini kesib o'tish vaqtida nazorat
qilish bilan bir qatorda, import qiluvchi mamlakat ichida kontragentlarning
yurisdiktsiyasiga, shu jumladan chakana savdoga o'tish bo’yicha harakatlanishining
barcha bosqichlarida uzluksiz kuzatib borishni ta'minlashga qaratilgan. Bunda kichik
va o‘rta biznes, startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturlarni amalga
oshirish, innovatsion yechimlarni joriy etish nuqtai nazaridan moliyaviy vositalardan
foydalangan holda raqamli asosda texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga
doimiy e’tibor qaratish zarur (Ibragimov G. (2022)).
Bunda import qiluvchi mamlakatga mahsulot olib kirish shartlarini chuqur
o'rganish, aniqlash va tahlil qilish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlar oldindan
taqdim etilishi kerak. Savdo operatsiyasining mazmunini tavsiflovchi va hisob-
kitoblarni amalga oshirish va bojxona to'lovini to'lash uchun zarur bo'lgan batafsilroq
ma'lumotlar mahsulot erkin aylanish rejimiga chiqarilgandan keyin taqdim etiladi.
Jahon bojxona tashkiloti ushbu tartibni tashqi savdo faoliyatining qonunga so’zsiz
itoat etuvchi ishtirokchilari uchun bojxona organlari tomonidan yetarli darajada
nazorat darajasini saqlab qolgan holda qulay shart-sharoitlar yaratish imkoniyatini
beruvchi chora-tadbirlardan biri sifatida qaraydi. Janubiy Koreya, Kanada,
shuningdek, boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning bojxona organlari import
qilingan mahsulotlar to‘g‘risida tekshirilgan, ammo to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar
asosida
mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishni nazarda tutuvchi bojxona
tartiblarini qo'llaydilar. Mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlar ular "erkin muomala"
rejimida ro'yxatdan o'tkazilganligi sababli mamlakat hududiga chiqarilishi bilan
taqdim etiladi va bojxona organlari tomonidan tekshiriladi. Tekshiruv davomida ushbu
ma'lumotlar import qiluvchi korxonalarning buxgalteriya hisobidan olingan
ko'rsatkichlar bilan ham taqqoslanadi. Taqqoslashda mahsulot chiqarilgandan keyin
bojxona to‘lovlari uchun o‘tkazilgan summalarni ham hisobga olish nazarda tutilgan.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
217
Mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishga bojxona organi tomonidan, qoida
tariqasida, kelgusida to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining hisoblangan
summasidan kamroq miqdorda bo’lgan moliyaviy kafolat olinganidan keyin ruxsat
etiladi. Ta’kidlash joizki, bojxona organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning bojxona va soliq organlari bilan o‘zaro munosabatlari tarixi chuqur
o‘rganilgandan so’ng, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati faktlarini hisobga olish bo‘yicha
ishlarni tashkil etish bojxona organlari talablarini qanoatlantiradigan darajaga to'g'ri
keladigan holatda import qiluvchi korxonalarga bunday ishonch bildiriladi.
Davlat soliq inspeksiyasi soliq deklaratsiyasida yoki hisob-kitoblarda aks
ettirilmagan eksport-import operatsiyalarini aniqlash uchun soliq to‘lovchilarning
transchegaraviy operatsiyalari to‘g‘risidagi bojxona organlari ma’lumotlaridan
foydalanishi mumkin. Bu tartib xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat bojxona
xizmati ko‘rsatkichlarini solishtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘z navbatida,
bojxona organlari davlat soliq xizmati organining ma’lumotlaridan tahliliy
maqsadlarda foydalanadilar, ular orqali har bir import yoki eksport qiluvchi
korxonaning sotish va xaridlarining choraklik yoki oylik umumiy summalari asosida
noqonuniy savdo aylanmalari aniqlanadi.
O‘zaro hamkorlik tadbirlariga yana bir misol sifatida bir qator mamlakatlar
bojxona xizmatlari va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan import va
eksport deklaratsiyalari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisoblash va
to‘lash deklaratsiyalarida aks ettirilgan ma’lumotlar almashinuvi tartibini keltirish
mumkin. Asosiy farqlovchi jihati shundaki, import va eksport deklaratsiyasi bitimlar
asosida shakllantiriladi, qo‘shilgan qiymat solig‘i deklaratsiyasini to‘ldirish esa boshqa
soliq to‘lovchilarga har chorakda yetkazib berilgan jami mahsulot hajmidan kelib
chiqadi. E'tibor berish zarur bo’lgan jihati, har bir import va eksport deklaratsiyasini
qo'shilgan qiymat solig'i deklaratsiyasi bilan solishtirish qo'shilgan qiymat solig'i
bo'yicha firibgarlikning har bir holatini avtomatik ravishda aniqlash imkonini
bermaydi, lekin korxona uchun g'ayritabiiy deb hisoblash mumkin bo'lgan
tranzaksiyalarni aniqlashga yordam beradi.
Bojxona xizmati organlari va davlat soliq organlari o‘rtasida savdo va vositachilik
operatsiyalari, vositachilik tashkilotlarining har oy yoki choraklik oldi-sotdi hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda almashish tartibini taklif qilish
mumkin. O‘zbekiston Respublikasida raqamlashtirish sur’atlarini jadallashtirish uchun
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish komponentlari: keng polosali internetdan
foydalanishni yanada qulayroq qilish, onlayn-do'konlardan xarid qilinadigan tovarlarni
yetkazib berishni ta’minlovchi infrastruktura tarkibiy elementlarini takomillashtirish
va boshqa shu kabi omillardan foydalanishni kengroq taklif etish zarur (Ибрагимов,
Г. А. (2023)).
Shu bilan birga, joriy etilayotgan bojxona va soliq organlarining axborot
almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimlari elektron shaklda ro‘yxatga olingan
savdo va vositachilik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tizimli tahlilda
foydalanish uchun sharoit yaratib, soliq solinadigan baza to‘g‘risidagi ma’lumotlar
almashinuvi esa surishtiruv maqsadlari va qamrovini kamaytirishga xizmat qilishi
mumkin bo’lsada, shu bilan bir vaqtda, bojxona va soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin
tovlash holatlarini aniqlashni kafolatlash imkonini bermaydi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
218
Bojxona xizmati va davlat soliq inspektsiyasi tomonidan foydalaniladigan
ko'rsatkichlarning bir xilligini ta'minlash uchun shart-sharoit yaratishi shart bo'lgan
buxgalteriya hisobi vositasida olingan ma'lumotlardan bojxona ma’muriyatchiligi
tizimida foydalanish masalasi import va eksport qilinadigan mahsulotlarni,
shuningdek, ular bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalarni hisobga olish
tizimlarini tekshirish tartibini bojxona nazorati organlarining amaldagi chora-tadbirlar
tizimiga kiritishni talab qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, buxgalteriya hisobi tizimi
uchun undan olingan ma'lumotlardan bojxona ma'muriyatchiligida foydalanish
imkoniyatiga erishishni, shuningdek, mahsulot import qilingan paytdan boshlab uni
sotganligi yoki o'z iste'moli uchun foydalanganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni kuzatish
imkonini kafolatlashni ta’minlaydigan minimal talablarni belgilash zarur. Shuni
ta'kidlash kerakki, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qayd qilingan ko'rsatkichlarni
soliq tushumlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar bilan
taqqoslanuvchanligi mahsulotlarning miqdoriy hisobini yuritish orqali ta'minlanadi.
Bunda zarur hollarda ma'lum bir davr mobaynidagi mahsulotlarni olib kirish,
deklaratsiyalash va undan keyin mamlakat ichida foydalanishning (shu jumladan,
qayta ishlashdan keyingi foydalanish) butun tarixni tiklash imkonini beradigan
buxgalteriya hisobi shaklidan foydalanish kerak.
Agar buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan mahsulotlar va ular bilan tuzilgan
bitimlar bo'yicha boshqa ma'lumotlar o'rtasida mos kelmaslik holatlari mavjud bo'lsa,
qonun hujjatlariga fiskal organlarga ma'lum bir mahsulot guruhlari uchun maksimal
stavkalarda bojxona to'lovlarini to'lashni talab qilish huquqini beradigan o'zgartirishlar
kiritish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Yuqoridagi tartiblar amalga oshirilgandan
so‘ng import qiluvchi korxona tomonidan olingan mahsulotlarning buxgalteriya
hisobvaraqlarida aks ettirilishi, hisob-kitoblarning asosliligi tasdiqlanishi va bojxona
to‘lovlarining hisoblangan summalarini korxona tomonidan tegishli budjet
daromadlari hisobraqamlariga o‘tkazilishi bilan import qilinadigan mahsulotlarni
bojxona rasmiylashtirilishi yakunlanadi. Demak, bojxona ma’muriyatchiligi
tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar davlat bojxona organlarining mahsulotlarni
bevosita nazorat-o‘tkazish punktlarida nazorat qilish imkoniyatini saqlab qolgan holda,
mahsulotlarni olib kirishdan to buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirishgacha kuzatib
borilishini
ta’minlaydi. Nazoratni amalga oshirishning ushbu imkoniyati
xavf(risk)ning ayrim turlari aniqlanganda dolzarb bo'lib qoladi. Shu sababli, bojxona
tekshiruvi, bojxona ko‘zdan kechiruvi va (yoki) bojxona ko‘rigi bunday xavf(risk)larni
minimallashtirishning samarali choralari bo’ladi, deb aytish mumkin. Mahsulotlarni
erkin muomalaga chiqarish uchun asos sifatida xizmat qiluvchi, bojxona organlariga
taqdim etilgan moliyaviy kafolat mahsulot yoki tovarlarni import qiluvchi xoʻjalik
yurituvchi subʼyektlar tomonidan ushbu tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobi
schyotlarida hisobga olish majburiyatlarini bajarilishi, bojxona to‘lovlari to‘g‘ri
hisoblanishi hamda tegishli budjet hisobvaraqlariga o‘z vaqtida o‘tkazilishini
taʼminlash vazifalarini bajarishi kerak.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
219
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Ibragimov G. (2022).
Introduction of digital solutions to the economy of Uzbekistan:
problems and solutions
.
International Journal of Research in IT and Management (IJRIM)
, 12(9),
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRIM2Sep22-Uzb-1.pdf
2.
Ибрагимов, Г. А. (2023). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ И ВОПРОСЫ
БЕЗОПАСНОСТИ.
Gospodarka i Innowacje.
, 68-73.
3.
Ibragimov, G. A. (2021). Business Analysis In The Digital Economy. Turkish Online
Journal of Qualitative Inquiry, 12(7), 4543–4549.
4.
Ibragimov, G., & Yakubov, U. (2015). Agricultural Development in
Uzbekistan.
SCIENTIFIC ENQUIRY IN THE CONTEMPORARY WORLD: THEORETICAL
BASIСS AND INNOVATIVE APPROACH
, 74.
Retrieved from
https://bmpublgroup.com/assets/l_26_4_1.pdf#page=75
5.
Ibragimov G. (2022).
Keeping records of imported goods while improving customs
administration in Uzbekistan
.
International Journal of Research in Finance and Marketing (IJRFM)
,
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRFM3Nov22-Uzb.pdf
6.
Ibragimov G. (2023).
Problems of training financial analysts in the republic of
Uzbekistan
.
International Journal of Research in Economics and Social Sciences (IJRESS)
, 13(06),
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRESS11June23-Uzb.pdf
7.
Ibragimov G. (2022).
Digitalization of the economy of Uzbekistan: experience and
prospects
.
International Journal of Research in Economics and Social Sciences (IJRESS)
, 12(05),
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRESS10-May2022.pdf
8.
Gayratjon Ibragimov Artikovich
. (2022).
GLOBAL DIGITALIZATION AND THE
PLACE OF UZBEKISTAN
. IV ФОРУМ «ЭКОНОМИКА В МЕНЯЮЩЕМСЯ МИРЕ» 2022
май КАЗАНЬ-ТАШКЕНТ), Казань-Ташкент.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6627529
9.
Rahimov M.Yu. (2013). An analysis of the financial condition of economic entities.
Educational manual. -T .: Finance.
10.
Қличев, Б. (2021). Хўжалик юритувчи субъектларда ишбилармонлик фаоллиги
таҳлили
.
Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 1 (3)-сон, 1-9. Retrieved from
https://finance.tsue.uz/wp-content/uploads/2021/06/4.-Қличев-Б.pdf
11.
Қличев, Б. (2021, ноябрь 19). Ички аудит хизмати фаолиятида иқтисодий
таҳлилни такомиллаштириш масалалари. Рақамли иқтисодиёт шароитида солиқ
маъмуриятчилиги ва халқаро солиққа тортиш механизмини такомиллаштириш. Халқаро
конференция
материаллари
тўплами.
Тошкент,
Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531234
12.
Султанов Махмуд Ахмедович. (2023). ИНВЕСТИЦИЯ ФОНДЛАРИДА
ДИВИДЕНД СИЁСАТИ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ. World Scientific
Research Journal, 16(1), 163–169. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2714
13.
Қличев, Б. (2021). Инновацион фаолиятда асосий воситалар таҳлилини ташкил
этиш масалалари. Инновацион иқтисодиёт: муаммолар, таҳлил ва ривожланиш истиқболлари.
Қарши, Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531216
14.
Sultanov, M. (2023). Features of Dividend Allocation and Taxation in Investment
Funds of Uzbekistan.
Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR)
ISSN
,
2249
(0892).
15.
Қличев, Б. (2021, сентябрь 30). Меҳнат мотивациясида моддий
рағбатлантириш таҳлили. Молия-банк тизимида илм-фан,таълимнинг инновацион
инфратузилмасини шакллантириш ва ривожлантиришда тошкент молия институтининг ўрни.
Конференция
материаллари
тўплами,
Тошкент,
Ўзбекистон.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
220
16.
Yakubov
U.
(2021).
IMPROVEMENT
OF
ACCOUNTING
AND
METHODOLOGY IN ORGANIZATION OF JOINT VENTURES. Эконмока и бизнес: теория и
практика.. 4-2 (74). ISSN 2411 0450.
17.
Нурманов, У. А. (2022). ИҚТИСОДИЁТНИ ГЛОБАЛЛАШУ ШАРОИТИДА
ЖОРИЙ
АКТИВЛАР
ТАҲЛИЛИНИНГ
НАЗАРИЙ-УСЛУБИЙ
АСОСЛАРИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
"Экономика и туризм" международный научно-инновационной
журнал
,
4
http://interjournal.uz/index.php/journals/article/view/82
18.
Нурманов, У. А. (2022). ХЎЖАЛИК СУБЪЕКТЛАРИДА ЖОРИЙ АКТИВЛАР
ВА УЛАРНИНГ ТАҲЛИЛИЙ КЎРСАТКИЧЛАРИ.
Журнал Инновации в Экономике
,
5
(2).
https://tadqiqot.uz/index.php/economy/article/view/4757
19.
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили. Ўқув
қўлланма.-Т.;“Iqtisod-Moliya”, 2013. -390 б.
20.
Yakubov U. (2022). MODELING THE ANALYSIS OF FOREIGN ECONOMIC
ACTIVITY. Web of scientist: Inernational scientific research journal ISSN: 2776-0979, Volume 3,
Issue 2
21.
М.Ю.Рахимов. (2023). МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ ТАҲЛИЛИ: МУАММО ВА
ЕЧИМЛАР. World Scientific Research Journal, 21(1), 211–220. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2879
22.
Yakubov Ulugbek. (2023). ISSUES OF ASSESSING THE JOINT ACTIVITY OF
BUSINESS ENTITIES. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 14, 57–
61. Retrieved from
https://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/557
23.
Якубов, У. (2023). КОРХОНАНИНГ ТАШҚИ ИҚТИСОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ
КОМПЛЕКС ТАҲЛИЛИ. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(4), 132–
139. извлечено от
https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/12603
24.
Klichev,
B.
(2014).
Бошқарув
ҳисобида
баҳо
шакллантиришни
такомиллаштириш масалалари. Молия, 2014(5), 10–15.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10522860
25.
Қличев, Б. (2022). Истеъмолчи манфаатлари асосида маҳсулотга баҳо
шакллантириш масалалари таҳлили. Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar, 4 (20)-сон, 170-175.
26.
Қличев
Бахтиёр
Пардаевич.
(2023).
ОПЕРАЦИОН
ФАОЛИЯТ
НАТИЖАЛАРИНИ ИФОДАЛОВЧИ КЎРСАТКИЧЛАР ТАҲЛИЛИ. World Scientific Research
Journal, 21(1),
182–188.
Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2876
27.
Файзиев, Ф. А. (2023). ЎЗБЕКИСТОНДА ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛИШ:
РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА СОЛИҚ ТИЗИМИДАГИ ЎРНИ. Gospodarka i
Innowacje., 42, 426-434.
https://gospodarkainnowacje.pl/index.php/issue_view_32/article/view/2099
28.
Файзиев Фаррух Абдуллахожаевич. (2023). КЎЧМАС МУЛКНИ СОЛИҚҚА
ТОРТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. World Scientific Research Journal, 21(1),
232–247. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2881
29.
Курбонов, М. (2020). Зарубежный опыт эффективного использования
финансовых ресурсов государственных целевых фондов. Экономика И Образование, 1(5),
163–166. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4823
30.
Pardayevich, K. B. (2023). Analysis of the Maximum Volume of Production in
Cement Production Enterprises in Uzbekistan. International Journal on Economics, Finance and
Sustainable Development, 5(6), 1-8. Retrieved
from
https://journals.researchparks.org/index.php/IJEFSD/article/view/4460
31.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТДА
ЭКСПОРТ-ИМПОРТНИ СОЛИҚҚА ТОРТИШ ТАРТИБИ. World Scientific Research Journal,
21(1), 176–181. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2875
32.
Асаналиевна, С. З. (2022). Факторы Устойчивого Развития
Предприятий.
Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance
,
3
(4),
65-70.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
221
33.
Пардаев Файзулла Ғаффарович, & Мухиддин Абдуллаевич Қурбонов. (2023).
ИСТИҚБОЛДА ҚЎШИЛГАН ҚИЙМАТ СОЛИҒИ ХИСОБИНИ ЮРИТИШДА
АВТОМАТЛАШТИРИЛГАН ДАШБОРДЛАРДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ. World
Scientific Research Journal, 21(1), 189–196. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2877
34.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА БЮДЖЕТ НАЗОРАТИНИНГ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ. World Scientific
Research Journal, 21(1), 197–210. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2878
35.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА НАЗОРАТ ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
World Scientific Research Journal, 21(1), 221–231. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2880
36.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА ДАВЛАТ МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТИ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
ЙЎНАЛИШЛАРИ. World Scientific Research Journal, 21(1), 248–259. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2882
37.
Мухиддин Абдуллаевич Қурбонов, & Эргашев Уйғун Жабборович. (2023).
КАМЕРАЛ СОЛИҚ ТЕКШИРУВИДА ИНСОН ОМИЛИНИ КАМАЙТИРИШДА СМАРТ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ. World Scientific Research
Journal, 21(1), 260–268. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2883
38.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТНИ
КАМАЙТИРИШДА ЭКСПОРТ-ИМПОРТ ОПЕРАЦИЯЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
ЙЎЛЛАРИ. World Scientific Research Journal, 21(1), 269–275. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2884
39.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТГА
КУРАШИШ ЖАРАЁНИДА БЮДЖЕТ ИНТИЗОМИНИ МУСТАҲКАМЛАШНИНГ
ЗАРУРЛИГИ. World Scientific Research Journal, 21(1), 153–165. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2873
40.
Nargiza Samadova. (2023). INFORMATION SOURCES OF ECONOMIC
COMPETENCE
ANALYSIS
OF
ECONOMIC
SUBJECTS
AND
THEIR
CLASSIFICATION.
Academia
Repository
,
4
(12),
278–283.
Retrieved
from
https://academiarepo.org/index.php/1/article/view/290
41.
Tulaev, M. (2020). Учет корпоративных облигаций.
Архив научных
исследований
,
1
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2783
42.
Samadova
Nargiza
Rasulovna.
(2022).
ANALYSIS
OF
INDICATORS
REPRESENTING THE ECONOMIC POTENTIAL OF ECONOMIC ENTITIES AND ITS
DISTINCTIVE FEATURES.
European Journal of Research Development and Sustainability
,
3
(11),
https://www.scholarzest.com/index.php/ejrds/article/view/2960
43.
Sagdillayeva, Z. A. (2023). BUSINESS ANALYSIS IS A NEW DIRECTION OF
ANALYTICAL WORK.
Intent Research Scientific Journal
,
2
(6), 93-104.
44.
Asanalievna, S. Z. (2022). ASSESSMENT OF THE FINANCIAL STABILITY OF
THE
ENTERPRISE.
湖南大学学
报
(
自然科学版
)
,
49
(10).
Retrieved
from
https://johuns.net/index.php/publishing/454.pdf
45.
Yuldasheva Umida Asanaliyevna. (2023). TAX POTENTIAL AS AN INDICATOR
OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE REGION.
European Journal of Emerging
Technology
and
Discoveries
,
1
(8),
41–45.
Retrieved
from
https://europeanscience.org/index.php/1/article/view/305
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
222
46.
Yuldasheva Umida Asanaliyevna. (2023). THEORETICAL APPROACHES TO THE
CONCEPT OF "TAX POTENTIAL" AND METHODS OF ITS ASSESSMENT.
European Journal
of
Emerging
Technology
and
Discoveries
,
1
(8),
21–25.
Retrieved
from
https://europeanscience.org/index.php/1/article/view/302
47.
Tulaev, M. (2021). МҲХС БЎЙИЧА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ: ТАЙЁРЛАШ ВА
АВТОМАТЛАШТИРИШ.
Архив научных исследований
.
48.
Tulaev, M. (2019). Финансовая отчетность: на пути соответствия национальным
и международным стандартам.
Архив научных исследований
,
1
(1). извлечено от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/723
49.
Tulayev M., Axmedov A. (2023). Balansning tarkibiy tuzilishi va unga taʼsir etuvchi
omillar. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 8, 71-77
50.
Тулаев Мирзакул Саламович. (2023). КОРХОНАЛАРНИНГ МОЛИЯВИЙ
ФАОЛИЯТИНИ ТАШҚИ АУДИТОРЛАР ТОМОНИДАН ТЕКШИРИШ МАСАЛАЛАРИ .
World
Scientific
Research
Journal,
16(1),
252–258.
Retrieved
from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2724
51.
Tulayev M. (2023). Moliyaviy hisobotning halqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy
hisobot: tayyorlash va avtomatlashtirish. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 6, 134 -
138.