World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
202
HOMILADA TUG‘MA NUQSONLAR VA HOMILA ICHI INFEKSIYASI
Kalandarova Amina Nurullaevna
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Qoraqolpog‘iston Respublikasi filialining ona va bola skrining
masalalari bo‘yicha direktori o‘rinbosari
Qurbonboyeva Hamida Hamdamovna
«Akusherlik va ginekologiya» mutaxassisiligi 1-kurs magistr talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqola homila ichi infeksiyalarini o‘rganish va uning natijasida homilada
tug‘ma nuqsonlarning kelib chiqishi va boshqa asoratlarini yoritishga qaratilgan.
Jumladan,
toksoplazmoz,
qizilcha,
sitomegalovirus,
gerpes
va
boshqa
infeksiyalarning homilaga ta’siri bayon etilgan.Maqola homila ichi infeksiyasining
turlari, yuqish yo‘llari, asoratlarini o‘rganish maqsadida yozilgan.
Kalit so
‘
zlar:
homila ichi infeksiyasi, gematogen, neonatal, toksoplazmoz,
tug‘ma nuqson anomaliyasi.
Bugingi kunda zamonaviy akusherlik va perinalologiyaning muhim tibbiy-
ijtimoiy muammolaridan biri homila ichi infeksiyasidir. Homila ichi infeksiyasida
erta neonatal kasallanish 26,3% ga, o‘lik tug‘ilish esa 15,7% ga yetadi. Homila ichi
infeksiyasi - bu embrion, homila va chaqaloqning infeksion kasalligi bo‘lib, bunda
infeksiya bilan zararlanish ona qornida va tug‘ruq jarayonida tug‘ruq yo‘llarida
yuzaga keladi. Infeksiya bilan homilani zararlanishi natijasida homilani o‘z-o‘zidan
tushishi, tug‘ma rivojlanish nuqsonlari yoki chaqaloqlarda o‘tkir inteksion jarayonlar
rivojlanadi.
Homilada infeksion protsessni turli xil qo‘zgatuvchilar chaqirishi
mumkin.Ular bir necha guruhga bolinadi:
Viruslar chaqirgan homila infeksiyasi (qizamiq, SMV, gerpesviruslar, gepatit
B va C viruslari, adenoviruslar, enteroviruslar, suvchechak virusi va boshqalar)
Bakteriyalar chaqirgan kasalliklar (oq treponosomalar, listeriyalar, sil
tayoqchalari, esherixiyalar, klebsiyellalar, protey va boshqa spora paydo qilmaydigan
bakteriyalar. B gruhdagi streptokokklar, spora hosil qilmaydigan anaeroblar,
agemolitik streptokokklar, Haemofrius influenza va jinsiy yo‘l bilan o‘tuvchi
infeksiyalar)
Parazitar infeksiyalar (toksoplazmalar, trixomonadalar, plazmodiyalar)
Zamburugli infeksiyalar (kandidalar)
Bundan tashqari homila ichi infeksiyasini chaqiruvchilar mikoplazmalar
xlamidiyalar ham bo‘lishi mumkin.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
203
Homilada infeksion kasallik rivojlanishining og‘irligi, patologik jarayon
lokalizatsiyasi, qo‘zg‘atuvchining turi, virusning virulentligi, mikroorganizmning
onadan homilaga kirish yo‘li, onaning himoya rezervlariga bog‘liq.
Oxirgi yillarda chop etilgan maqolalarni tahlil etilganda quyidagilar aniqlandi
infeksiya manbai o‘ziga infeksiyani yuqtirib olgan ona organizmidir. Tibbiy
muolajalar vaqtida ham infeksiyani yatrogen yuqtirib olish uchraydi. Homilaga
infeksiyani kirishini quyidagi yo‘llari farqlanadi:
Ko‘tariluvchi yo‘l orqali 89% hollarda infeksiya qo‘zg‘atuvchilari homilaga
o‘tadi. Mazkur yo‘l orqali har qanday turdagi infeksiyalar homilaga o‘tadi va
homilani ona qomida infeksiyaga chalinishiga olib keladi. Ko‘tariluvchi yo‘l orqali
infeksiya homilaga kirib qog‘onoq pardasi baryer funksiyasining buzilishi, bachadon
bo‘ynining anatomo-fiziologik xususiyatining buzilishi, qog‘onoq pardasining
qisman yirtilishi, uzoq suvsizlikga olib keladi.
Platsenta orqali ( gematogen) onadan bolaga viruslar o‘tadi, chunki viruslar
gematoplatsentar baryer orqali osonlik bilan o‘tadi.
Tushuvchi yo‘l orqali homilaga infeksiyaning o‘tishi, homilador ayolning
tuxumdoni va bachadon naylarida yallig‘lanish protsesslari bo‘lganda kuzatiladi.
Homilani kontakt yo‘l orqali zararlanishi homilador ayolning tug‘ruq yo‘llarida
yallig‘lanish jarayonlari bo‘lganda kuzatiladi. Transdesidual yo‘l orqali zararlanish
bachadonda infeksion patologiya bo‘lganda kuzatiladi.
Aralash yo‘l.
Hozirda ma’lumki, viruslarning nuklein kislotasi irsiy axborotni uzatuvchi
embrion hujayra genomiga kiritilishi mumkin. Oxir-oqibat, bu embrionning o‘limiga
yoki ko‘plab tug‘ma nuqsonlarga shakllanishiga olib keladi. Homila davrida
homilada kasallik qon aylanishining buzilishi, yallig‘lanish, distrofik va nekrobiotik
jarayonlar shaklida sodir bo‘ladi.
Turli xil virusli infektsiyalar orasida qizilcha virusining teratogen ta’siri eng
katta darajada o‘rganilgan. Homila kasalligi homilador ayolda infektsiya paydo
bo‘lganda va kamdan-kam hollarda unga vaktsina virusi kiritilganda paydo bo’ladi.
Bunday holda, virus platsentaga kirib, homilaga yuqtiradi. Tug‘ma nuqsonlarning eng
yuqori darajasi homiladorlikning birinchi oyida qizilcha bilan kuzatiladi (22,0-
83,2%) Natijada, homila rivojlanishi to‘xtaydi, o‘z-o‘zidan tushish yoki tug‘ma
qizilcha sindromi deb ataladigan jiddiy rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan bolaning
tug‘ilishi kuzatiladi. N.Gregg (1941) ning tadqiqotlaridan boshlab, mualliflar homila
ichi qizilcha infektsiyasi uchun eng xos bo‘lgan fenotipik belgilarni tavsiflaydilar:
ko‘zning shikastlanishi (mikroftalmiya va tug‘ma katarakta), yurak va qon tomir
nuqsonlari (qorinchalararo to‘siq nuqsonlari, Botallo yo‘lining ochiqligi, o‘pka
arteriyasi og‘zining stenozi), gidrotsefaliya va mikrosefaliya, tishlar displaziyasi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
204
Eshitish organining shikastlanishi va yarim doira kanallarining differentsiatsiyasining
to‘xtashi tufayli eshitish a’zosi zararlanishi mumkin.
Eng keng tarqalgan homila ichi infektsiyalariga herpes virusi kiradi. Oddiy
gerpes virusi (OGV) teratogenlik darajasi bo‘yicha qizilcha virusidan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Homila uchun eng xavfli homiladorlik davrida birlamchi infektsiya
yoki gerpetik infektsiyaning qaytalanishidir. Antenatal davr erta mudatlarida spontan
abortlarning 30,0% gacha sabab bo‘ladi, homiladorlik 50,0% dan ortiq kechki homila
tushishi bilan yakunlanadi. Bunda oddiy gerpes virusi odat bo‘lib qolgan
homiladorlikni ko‘tara olmaslikka olib keladi. Ko‘pchilik og‘ir kasal bolalarda
homila ichi gerpetik virusi tug‘ilish paytida tashxis qo‘yiladi va uchta belgi bilan
tavsiflanadi. Terining zararlanishi (pufakchalar yoki chandiqlar), ko‘z kasalliklari
(to‘r parda displaziyasi, mikroftalmiya) va bosh miya patologiyasi (gidrotsefaliya,
mikrotsefaliya) haqida ma’lumotlar keltiriladi. Barmoq falangalarining qisqarishi va
arterial yo‘lning ochilishi haqida ham ma’lumotlar mavjud.
Odam organizmida yashirin holatda umrbod saqlanib qolishi mumkin
bo‘lgan eng keng tarqalgan gerpetik viruslardan biri sitomegalovirus (SMV)
hisoblanadi. Jarayonning latent kechishida homilaning infeksiyalanish ehtimoli
deyarli yo‘q, persistensiyaning qayta faollashuvida 0,5-7,0% ni, birlamchi
infeksiyalanishda esa 40,0% ni tashkil qiladi. Sitomegalovirusning transplatsentar
yo‘l bilan yuqishi uchun uzoq davom etib kelayotgan sezilarli virusemiya, platsenta
yetishmovchiligi sindromi hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Homiladorlikning
dastlabki oylarida kasallik yuqqanida patologik o‘zgarishlar har xil bo‘ladi.Markaziy
nerv sistemasining zararlanishi gidrotsefaliya, mikrogiriya bilan o‘tadigan
mikrotsefaliya, mikroftalmiya, gavhar va shishasimon tananing loyqalanishi bilan
o’tadigan uveit, orqa sinexiyalar paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Shuni ta’kidlash
kerak-ki, sitomegala virusida boshqa homila ichi infeksiyalariga nisbatan
mikrosefaliya ko‘p aniqlanadi.
O‘tkir respirator virusli infeksiyalar homiladorlik davomida homilaning bir
necha marta infeksiyalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. V. A. Sinzerling
ma’lumotlariga ko‘ra, shikastlanishlar ko‘pincha qon tomir chigallarida,
qorinchalarning ependimasi va subendimal zonasida hamda orqa miya pardalarida
paydo bo‘ladi. Bir qancha viruslar bosh miya yarim sharlarining qorinchalar atrofi
embrional matriksida yoki miyachaning tashqi donador hujayralar qatlamida
joylashishga va ko‘payishga moyil bo‘ladi. Bunda qorincha atrofi sohasi yemirilishi
ham, tuzilmalar rivojlanmay qolishi ham mumkin. Yon qorinchalar ependimasining
virusli yallig‘lanishi va keyinchalik Silviy suv yo‘lining kesilishi ko‘plab virusli
infeksiyalarda kuzatiladigan ikkilamchi gidrotsefaliya rivojlanishiga olib kelishi
mumkin.Rivojlanayotgan homilaning bosh miyasi viruslar bilan zararlanishining
oqibati vaskulitlar bo‘lib, mikroinfarktlar paydo bo‘ladi. HII respirator viruslar
keltirib chiqaradigan bosh miya shikastlanishlari sust kechuvchi surunkali
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
205
yallig‘lanish kasalliklarining shakllanishiga olib kelishi mumkin, bu esa perinatal
ensefalopatiyalar (markaziy asab tizimining gipoksik-ishemik shikastlanishlari) va
bolalar serebral falajiga olib keladi.
Umumiy statistik ma’lumotlar gepatit B virusining teratogen ta’sirining haqiqiy
xavfi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi, ayniqsa kasallik homiladorlikning
dastlabki 3 oyida paydo bo‘lgan bo‘lsa. Daun sindromi gepatit B bilan kasallangan
ayollarning bolalarida ko‘proq uchrashi qayd etilgan.
Homilador ayollarda suvchechak nisbatan kam uchraydi, u har 10 000:5 holatda
uchraydi, ammo asoratlar homilaning tug‘ma rivojlanishiga, ona zotiljamiga, homila
gipoksiyasi rivojlanishiga va uning nobud bo‘lish ehtimoliga olib keladi. Tug‘ma
suvchechakning klinik ko‘rinishlari ko‘p jihatdan homiladorlik muddatiga bog‘liq.
Homiladorlikning birinchi uch oyligidagi infeksiya homiladorlikni to‘xtatish xavfini
oshirmaydi.Biroq, homiladorlikning birinchi yarmidagi infeksion jarayon homilaning
nerv sistemasi, tana terisi va skeleti tomonidan namoyon bo‘ladigan har xil
nuqsonlarga olib kelishi mumkin (gidrotsefaliya, mikrotsefaliya, miya po‘stlog‘i
atrofiyasi, ko‘ruv nervi diski gipoplaziyasi, xorioretinit, tug‘ma katarakta, oyoq-
qo‘llar gipoplaziyasi, bir talay kontrakturalari). Ichki a’zolarning shikastlanishi
tasvirlangan: gidronefroz, ichak fibrozi va boshqa tug‘ma nuqson anomaliyalar.
Tug‘ma toksoplazmoz - homilaning infeksiyalanishi homiladorlik
davrida ayolga yuqqanida sodir bo‘ladi. Toksoplazmoz ona qornida rivojlanishning
ilk bosqichlarida nekrozga uchragan joylar paydo bo‘lishi va ichki organlarda bir
talay infiltratlar paydo bo’lishi bilan o‘tadigan tarqoq jarayon ko’rinishida bo‘ladi.
Bosh miyada nekroz o‘choqlari asosan katta yarim sharlar po‘stlog‘ida, qiz bolalar
yon tomirlarining subependimal zonasida, kulrang va oq moddada joylashgan.
Keyinchalik nekroz o‘choqlari so‘rilib ketib, skleroz o‘choqlari kistalari paydo
bo‘ladi.Homila ichi toksoplazmozi miya strukturalari diseksiyasi, mikrosefaliya,
mikroftalmiya, xorioretinit, ko‘ruv nervi atrofiyasiga olib kelishi mumkin. Kamroq
hollarda eshitish zaifligi va karlik kuzatiladi. Listerioz, xlamidiozlarning mavjudligi
brutsellyoz embriopatiyalari aniqlanmagan. Biroq, HIIni o‘rganish bilan
shug‘ullanuvchi mualliflar homiladorlikning ijobiy yakunini, yuqori perinatal o‘limni
va homiladorlik davrida kasallikni boshdan kechirgan onalardan tug‘ilgan
chaqaloqlarning kasallanishini ta’kidlaydilar.
Homila ichi infeksiyalarining, tug’ma rivojlanish nuqsonlarining oldini
olishning eng samarali usuli - bu homiladorlikdan oldingi davrda ommaviy serologik
skrining o‘tkazish va keyinchalik seronegativ ayollarni immunizatsiya qilishdir.
Boshqa tomondan, homila ichi infeksiyasi bilan tug‘gan onalarni, aniqlanmagan
genezli spontan abortlar bilan kasallangan ayollarni aniqlash va davolash uchun
retrospektiv tekshirish dolzarbligicha qolmoqda. Bu holat keyingi homiladorlikni
rejalashtirishda va tug‘ilajak bola uchun tug‘ma nuqsonlar xavfini kamaytirishda
muhim ahamiyatga ega.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
206
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Одилова, А., Сафаров, А., & Пансатова, Д. (2022). Homilaning infeksiyaga
chalinishinitashxislash va xusu- siyatlarini baholash. Журнал вестник врача, 1(3),
4–8. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/9475
2. Noyola D.E., Demmler G.J., Nelson C.T. et al. Early predictors of
neurodevelopmental outcome in symptomatic congenital cytomegalovirus infection
// J. Pediatr. 2001.-38.-3.-325-331.
3. Numazaki K., Fujikawa T., Asanuma H. Immunological evaluation and
clinical aspects of children with congenital cytomegalovirus infection // Congenit.
Anom. (Kyoto). 2002 Sep. 181-186. 42(3).
4.Нисевич Л.Л. Современные проблемы диагностики и про-филактики
врожденной краснухи // Детский доктор. 2000. №5.- С. 26-30.
5.Sirojiddinova X.N. Homila ichi infeksiyasida ultratovush tekshiruvi. Выпуск
журнала No-63Часть–6_Февраль–2025. Page 80
6. Заплатников А.Л., Коровина Н.А., Корнева М.Ю., and Чебуркин А.В..
"Внутриутробные инфекции: диагностика, лечение, профилактика" Медицина
неотложных состояний, no. 1 (48), 2013, pp. 25-33.
7. Remington J.S., Thulliez P., Montoya J.G. Recent Developments for
Diagnosis of Toxoplasmosis // Journal of Clinical Microbiology. 2004.42.-3.-941-
945.
8. Whitley R. Neonatal herpes simplex virus infection // Curr. Opin. Infect. Dis.
2004 Jun. 17(3).-243-246.