https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
268
ENSEFALAPATIYANI TASHXISLASHDA MRT TEKSHIRUVINING
AHAMIYATI
Shukurova Sevara Ilhomovna
Buxoro innovatsion ta`lim va tibbiyot
universiteti “Klinik va klinik oldi
kafedrasi ” assistenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ensefalopatiyalar tushunchasi, ularning
turlari,kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolashdagi zamonaviy
yondashuvlarmuhokama qilinadi. Ensefalopatiyalar — markaziy asab tizimining
shikastlanishinatijasida paydo bo‘ladigan patologik holatlar bo‘lib, ular inson
hayoti sifatiga jiddiyta’sir ko‘rsatadi. Maqolada erta tashxis va davolash
muhimligi, shuningdek, profilaktika choralari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ensefalopatiya, markaziy asab tizimi, tashxislash, avolash
strategiyalari, profilaktika.
E
nsefalopatiya — markaziy asab tizimidagi funksional yoki struktur
o‘zgarishlar bilan tavsiflanuvchi holatdir. Bu shikastlanish turli omillar, jumladan,
toksik, ishemik, infeksion yoki metabolik jarayonlar ta’siri natijasida yuzaga
keladi. Uning tarqalishi, xususan, zamonaviy stress va ekologiya holatlari bilan
bog‘liq ravishda oshib bormoqda. Bu patologiyani erta aniqlash va davolashning
zamonaviy strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.
Materiallar va metodlar Tadqiqot doirasi:
1.Markaziy asab tizimi patologiyasi bo‘lgan 150 nafar bemor tadqiq qilindi.
2.Diagnostika uchun MRT, KT va EEG (elektroensefalogramma) kabi
usullardan foydalanildi.
3.Qon va biokimyoviy tahlillar orqali metabolik holatlar o‘rganildi.
Analiz usullari:
1.Ensefalopatiyalarning turlari va sabablarini aniqlash uchun statistik tahlil
qo‘llanildi.
2.Davolash samaradorligini baholash uchun 6 oylik monitoring amalga
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
269
oshirildi.
Natijalar:
1. Ensefalopatiyalar tasnifi:
Mazkur tadqiqotda ensefalopatiyaning tasnifiga ko‘ra, tashhis qo‘yib
o‘rganilgan 150 nafar bemorlarni quyidagi turlarga ajratildi:
33 % bemorlarda tug‘ma ensefalopatiyalar, ya’ni genetik mutatsiyalar va
homiladorlik vaqtidagi turli patologiyalar sababli paydo bo‘ladi.
77 % bemorlarda ortiqtirilgan ensefalopatiyalar, ya’ni ishemik, toksik,
infeksion yoki travmatik jarayonlar natijasida rivojlangan.
2. Etiologik omillar:
1.Toksik ta’sirlar: alkogolizm, og‘ir metallar va kimyoviy moddalar.
2. Metabolik buzilishlar: qandli diabet, gipotireoz yoki giperglikemiya.
3. Ishemik holatlar: qon aylanishining buzilishi va gipoksiya.
4.Infeksion omillar: viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar.
5. Travmatik jarayonlar: bosh miya shikastlanishlari va postkontuziya
holatlari.
3. Diagnostika imkoniyatlari. Muhokama
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ensefalopatiyalarning diagnostikasida
integrativ yondashuv samaralidir. Zamonaviy instrumental va laboratoriya
usullarini birlashtirish orqali yuqori aniqlikka erishish mumkin.
Davolash imkoniyatlari
1.Toksik ensefalopatiya:zararli moddalarni detoksikatsiya qilish.
2. Metabolik ensefalopatiya:asosiy kasallikni davolash (masalan, insulin
terapiyasi).
3. Ishemik ensefalopatiya: antikoagulyantlar yoki vazodilatatorlarni
qo‘llash.
4. Infeksion ensefalopatiya: antibiotiklar, antivirus yoki antigribok
vositalar.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
270
Profilaktika strategiyalari
1. Zararli odatlardan qochish.
2. Bosh miya shikastlanishlari xavfini kamaytirish
3.Metabolik kasalliklarni erta aniqlash va nazorat qilish.
4.Reyningga muvofiq to‘g‘ri ovqatlanish va faol hayot tarzi
Xulosa
E
nsefalopatiyalar jiddiy nevrologik patologiyalar bo‘lib, ularning erta
aniqlanishi va davolashi bemorning hayot sifatini sezilarli darajada
yaxshilaydi.
Mazkur maqolada kasalliklarning patogenezi, tashxisi va davolash strategiyalari
yoritilgan bo‘lib, ular tibbiy amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiyalar:
Zamonaviy tibbiyotda profilaktika va erta tashxis strategiyalariga
alohida e’tibor qaratish kerak
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. Shukurova, S., & Eshonkulov, а. (2025). Buxorodа oziq-ovqаt sifаtidа
ishlаtilаdigаn bа'zi dorivor oʼsimliklаr. в central asian journal of education and
innovation (т. 4, выпуск 1, сс. 146–148). zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14792383
2.Shukurov, I. B., & shukurova, s. i. (2025). O'tkir pankreatit rivojlanishi
dinamikasida sitokin sistemasidagi o'zgarishlar va ularni sitoxrom c va sandostatin
bilan korrektsiyalash. в central asian journal of education and innovation (т. 4,
Выпуск 1, сс. 149–153). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14792401
3. Шукурова, С. (2024). Mетодология развития критического
оперативного мышления через педагогическая коммуникация при
преподавании науки медицинской радиологии в вузах медицинского
образования. в central asian journal of academic research (Т. 2, Выпуск 10, сс.
5–9). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13893029