Authors

  • Q.O. Raxmonov
  • O.Q. Kodirjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96466

Keywords:

Kalit so’zlar: PET CT va SPECT skanerlari radiofarmatsevtik radioaktiv izotoplar onkologiya radiologiya

Abstract

Annotatsiya.  PET/CT  va  SPECT  apparatlari  onkologiyada  juda  muhim diagnostik  vositalar  bo‘lib,  ular  saraton  kasalligini  erta  bosqichlarda  aniqlash, tarqalish  darajasini  baholash  va  davolash  samaradorligini  kuzatishda  ishlatiladi. Biroq,  ushbu  texnologiyalar  qo‘llanilishida  bir  qator    texnologik,  iqtisodiy, radiatsion va klinik muammolar mavjud.  


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

261

YADRO TIBBIYOTINING KELAJAGI: PET/CT VA SPECT

DIAGNOSTIKASI – MUAMMOLAR VA INNOVATSION YECHIMLAR

1

Q.O. Raxmonov,

2

O.Q. Kodirjonova,

1

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

1

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot

markazi injener-fizik.

1

quvonchbekrahmonov270798@mail.ru

2

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farmatsiya, Menejment, Biotibbiyot

muhandisligi,

Tibbiy biologiya va Oliy ma’lumotli hamshira Fakulteti 3-kurs talabasi.

2

ozodaxonkodirjonova@gmail.com

Annotatsiya.

PET/CT va SPECT apparatlari onkologiyada juda muhim

diagnostik vositalar bo‘lib, ular saraton kasalligini erta bosqichlarda aniqlash,

tarqalish darajasini baholash va davolash samaradorligini kuzatishda ishlatiladi.

Biroq, ushbu texnologiyalar qo‘llanilishida bir qator texnologik, iqtisodiy,

radiatsion va klinik muammolar mavjud.

Kalit so’zlar:

PET/CT va SPECT skanerlari, radiofarmatsevtik, radioaktiv

izotoplar, onkologiya, radiologiya

1.

Yuqori xarajatlar.

PET/CT va SPECT skanerlari qimmatbaho texnologiyalar bo‘lib, ularni xarid

qilish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish katta mablag‘ talab qiladi.

Radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish va tashish xarajatlari ham yuqori.

Yechim.

Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, tibbiyot va texnologiyalar

uchun investitsiyalar jalb qilish yoki bojxona va soliq imtiyozlari berish.

Mahalliy radiofarmatsevtik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali xarajatlarni

kamaytirish.

Klinik muassasalar uchun subsidiyalar yoki soliq imtiyozlarini joriy etish.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

262

Yadro tibbiyotida PET/CT va SPECT apparatlariga murajaat qiluvchi qo‘shni

davlatlardan keladigan bemorlar sonini oshirish va qulayliklar yaratish.

2.

Radioaktiv moddalar bilan bog‘liq xavflar.

Radiofarmatsevtik moddalarning qisqa yarim yemirilish davri, ishlab chiqarish

va yetkazb berish vaqti.

Radiatsion ta’sir xavfi bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun muammo

tug‘diradi.

Radioaktiv moddalar bilan ishlash uchun qat’iy litsenziyalar va maxsus

laboratoriyalar kerak.

Radiatsion xavfsizlikka doir qat’iy talablar apparatlarning qo‘llanilishini

cheklashi mumkin.

Yechim.

Yaqin atrofdagi tibbiyot markazlarida kichik siklotronlar o‘rnatish orqali

mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish.

Radiofarmatsevtik moddalarning muqobil variantlarini ishlab chiqarish va

transport tizimini takomillashtirish hamda maxsus yetkazib berish xizmatlarini

tashkil etish.

Radiatsiya bilan ishlash bo‘yicha zamonaviy xavfsizlik protokollarini ishlab

chiqish va qat’iy rioya qilish.

Radiologik himoya vositalaridan (qo‘rg‘oshin to‘siqlar, maxsus kiyimlar)

samarali foydalanish.

Tibbiy xodimlar uchun radiatsion xavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

3.

Kadrlar yetishmovchiligi.

PET/CT va SPECT texnologiyalari uchun yuqori malakali radiologlar, yadro

tibbiyoti shifokorlari, tibbiyot fiziklari, radioximiklar, texniklar va laborantlar

yetishmasligi.

Radiofarmatsevtika, yadro tibbiyoti va tasviriy diagnostika bo‘yicha treninglar

yetarli emas.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

263

Yechim.

Yadro tibbiyoti bo‘yicha o‘quv kurslarini kengaytirish, xorijiy markazlarda

malaka oshirish va xalqaro hamkorlik o‘rnatish.

Xalqaro konferensiyalar, seminarlar, vebinarlar, onlayn trening va tajriba

almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Chetdan mutaxassislarni jalb qilish va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash.

Tibbiyot universitetlarida yadro tibbiyoti bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini

yaratish, kengaytirish, yadro tibbiyoti laboratoriyalarini tashkil etish va PET/CT

va SPECT apparatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliyot dasturlarini yo‘lga

qo‘yish.

Umumiy xulosalar:

PET/CT va SPECT apparatlari zamonaviy yadro

tibbiyotining eng ilg‘or diagnostika usullari bo‘lib, ularning qo‘llanilishi

onkologiya, nevrologiya kardiologiya va boshqa ko‘plab sohalarda katta ahamiyat

kasb etadi. Ushbu texnologiyalar organizmdagi metabolik va funksional

o‘zgarishlarni aniqlash orqali kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash

strategiyasini tuzishda muhim rol o‘ynaydi.

Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy

tibbiyot markaziga katta miqdorda va yuqori aktivlikka ega bo‘lgan

radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqara oladigan yuqori quvvatli siklotron

(masalan, TR-30, 24/7 ishlay oladi) o‘rnatish hamda radioaktiv preparatlarni

viloyatlarga yetkazib berish orqali saraton kasaliklarini viloyatlarda ham erta

bosqichlarda aniqlash mumkin. 1 ta katta quvvatli siklotron ishlab chiqaradigan

radiofarmatsevtik preparat 24 dona PET/CT ni taminlay oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Nuclear Medicine and PET/CT Technology and techniques. Paul E. Christian,

BS FSNMTS, PET. Kristen M. Waterstram-Rich . Copyright 2012 (seven edition)

2.

Cyclotron produced

radionuclides:

guidelines for setting up

a facility. Technical

reports series no. 471. International atomic energy agency

vienna, 2009. 229 page.

3.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Saratonning erta diagnostikasi bo‘yicha

tavsiyalar”. Toshkent 2023.

References

Nuclear Medicine and PET/CT Technology and techniques. Paul E. Christian, BS FSNMTS, PET. Kristen M. Waterstram-Rich . Copyright 2012 (seven edition)

Cyclotron produced radionuclides: guidelines for setting up a facility. Technical reports series no. 471. International atomic energy agency vienna, 2009. 229 page.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Saratonning erta diagnostikasi bo‘yicha tavsiyalar”. Toshkent 2023.