https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
808
YADRO TIBBIYOTINING KELAJAGI: PET/CT VA SPECT
DIAGNOSTIKASI – MUAMMOLAR VA INNOVATSION YECHIMLAR
1
Q.O. Raxmonov,
2
O.Q. Kodirjonova,
1
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy Universiteti Fizika fakulteti.
1
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya
ilmiy-amaliy tibbiyot markazi injener-fizik.
1
quvonchbekrahmonov270798@mail.ru
2
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farmatsiya,
Menejment, Biotibbiyot muhandisligi,
Tibbiy biologiya va Oliy ma’lumotli
hamshira Fakulteti 3-kurs talabasi.
Annotatsiya:
Yadro tibbiyoti
hozirgi kunda tibbiy diagnostikaning ajralmas
qismiga aylangan bo‘lib, ayniqsa PET/CT va SPECT tizimlari orqali kasalliklarni
erta aniqlash imkoniyati oshmoqda. Ushbu ishda PET/CT va SPECT
diagnostikasining muammolari, jumladan yuqori xarajatlar, radiofarmatsevtik
moddalarning yetishmovchiligi, ionizatsiyalovchi nurlanishlarning salbiy ta’siri
hamda mutaxassislar tanqisligi kabi muammolar ko‘rib chiqilgan. Ushbu taqdiqot
yadro tibbiyotining kelajakdagi yo‘nalishlari va uning rivojlanish imkoniyatlarini
baholashga qaratilgan.
Kalit so‘zi:
Yadro tibbiyoti,
PET/CT, SPECT, Siklotron, Radiofarmatsevtik
preparat, Radiologik himoya vositalari, Yadro tibbiyoti va tasviriy diagnostika.
Kirish.
PET/CT va SPECT apparatlari zamonaviy yadro tibbiyotining eng
ilg‘or diagnostika usullari bo‘lib, ularning qo‘llanilishi onkologiya, nevrologiya
kardiologiya va boshqa ko‘plab sohalarda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu
texnologiyalar organizmdagi metabolik va funksional o‘zgarishlarni aniqlash
orqali kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash strategiyasini tuzishda
muhim rol o‘ynaydi. Biroq, ushbu texnologiyalar qo‘llanilishida bir qator
texnologik, iqtisodiy, radiatsion va klinik muammolar mavjud.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
809
1)
Yuqori xarajatlar.
PET/CT va SPECT skanerlari qimmatbaho texnologiyalar bo‘lib, ularni xarid
qilish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish katta mablag‘ talab qiladi.
Radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish va tashish xarajatlari ham yuqori.
Yechim.
1.Davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, tibbiyot va texnologiyalar
uchun investitsiyalar jalb qilish yoki bojxona va soliq imtiyozlari berish.
2.Mahalliy radiofarmatsevtik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali xarajatlarni
kamaytirish.
3.Klinik muassasalar uchun subsidiyalar yoki soliq imtiyozlarini joriy etish.
4.1 dona katta quvvatli siklotron 24 dona PET/CT ni radiofarmatsevtik preparat
bilan taminlay oladi.
5.Radiofarmatsevtik moddalarning muqobil variantlarini ishlab chiqarish va
transport tizimini takomillashtirish hamda maxsus yetkazib berish xizmatlarini
tashkil etish.
Radioaktiv moddalar bilan bog‘liq xavflar.
Radiofarmatsevtik moddalarning qisqa yarim yemirilish davri, ishlab chiqarish va
yetkazb berish vaqti.
Radiatsion ta’sir xavfi bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun muammo tug‘diradi.
Radioaktiv moddalar bilan ishlash uchun qat’iy litsenziyalar va maxsus
laboratoriyalar kerak.
Yechim.
Yaqin atrofdagi tibbiyot markazlarida kichik siklotronlar o‘rnatish orqali mahalliy
ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Radiatsiya bilan ishlash bo‘yicha zamonaviy xavfsizlik protokollarini ishlab
chiqish va qat’iy rioya qilish.
Radiologik himoya vositalaridan (qo‘rg‘oshin to‘siqlar, maxsus kiyimlar) samarali
foydalanish.
Tibbiy xodimlar uchun radiatsion xavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
810
2)
Kadrlar yetishmovchiligi.
PET/CT va SPECT texnologiyalari uchun yuqori malakali radiologlar, yadro
tibbiyoti shifokorlari, tibbiyot fiziklari, radioximiklar va boshqa mutaxassislar
yetishmasligi.
Radiofarmatsevtika, yadro tibbiyoti va tasviriy diagnostika bo‘yicha treninglar
yetarli emas.
Yechim.
Yadro tibbiyoti bo‘yicha o‘quv kurslarini kengaytirish, xalqaro
konferensiyalar, seminarlar, vebinarlar, onlayn treninglar, xorijiy markazlarda
malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Chetdan mutaxassislarni jalb qilish va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash.
Tibbiyot universitetlarida yadro tibbiyoti bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini
yaratish, kengaytirish, yadro tibbiyoti laboratoriyalarini tashkil etish va PET/CT
va SPECT apparatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Umumiy xulosalar:
Yadro tibbiyoting, xususan, PET/CT va SPECT
diagnostikasining kelajagi texnologik innovatsiyalarga bog‘liq. Diagnostikaning
aniqligini oshirish, radioaktiv izotoplarning ta’minotini yaxshilash, nurlanish
yukini kamaytirish va xarajatlarni pasaytirish ushbu sohaning ustuvor
yo‘nalishlari hisoblanadi. Yadro tibbiyoti texnologiyalarining keng qo‘llanillishi
tibbiy diagnostikani tezlashtirish, bemorlarning sog‘lig‘ini yaxshilash va tibbiyot
tizimining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Kelgusida ilmiy izlanishlarni
davom ettirish va amaliyotga yangi innovatsiyalarni tatbiq etish ushbu sohani
yanada rivojlantirish uchun ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Nuclear Medicine and PET/CT Technology and techniques. Paul E.
Christian, BS FSNMTS, PET. Kristen M. Waterstram-Rich . Copyright 2012
(seven edition)
2.Cyclotron produced
radionuclides:
guidelines for setting up
a facility.
Technical reports series no. 471. International atomic energy agency
vienna,
2009. 229 page.
3.O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Saratonning erta diagnostikasi
bo‘yicha tavsiyalar”. Toshkent 2023.