Authors

  • Kamolov Hamidjon Umidjonovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96473

Keywords:

Kalit so‘zlar: monorezistent tuberkulyoz prokalsitonin qon ivish tizimi D- dimer fibrinogen yallig‘lanish diagnostika.

Abstract

Annotatsiya:  tadqiqotda  monorezistent  tuberkulyoz  bilan  kasallangan 
bemorlarda  prokalsitonin  darajasining  o‘zgarishi  va  uning  kasallikning  og‘irligi 
bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Monorezistent tuberkulyoz guruhida prokalsitonin 
darajasi  1,9±0,4  ng/ml  bo‘lib,  nazorat  guruhiga  nisbatan  sezilarli  yuqori  ekani 
aniqlandi  (p<0,01).  Prokalsitonin  darajasi  2,0  ng/ml  dan  yuqori  bo‘lgan 
bemorlarda  infiltrativ  o‘zgarishlar,  kazeoz  nekroz  va  qon  ivish  tizimidagi 
buzilishlar (D-dimer: 0,75±0,1 mkg/ml, fibrinogen: 4,5±0,6 g/l; p<0,05) ko‘proq 
qayd etildi. Ushbu natijalar prokalsitonin monitoringining diagnostik ahamiyatini 
tasdiqlaydi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

229

MONOREZISTENT TUBERKULYOZDA PROKALSITONIN

DARAJASINING AHAMIYATI

Kamolov Hamidjon Umidjonovich

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti

klinik va klinik oldi kafedrasi assistenti

kamolovhamidjon@gmail.com

Annotatsiya:

tadqiqotda monorezistent tuberkulyoz bilan kasallangan

bemorlarda prokalsitonin darajasining o‘zgarishi va uning kasallikning og‘irligi

bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Monorezistent tuberkulyoz guruhida prokalsitonin

darajasi 1,9±0,4 ng/ml bo‘lib, nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori ekani

aniqlandi (p<0,01). Prokalsitonin darajasi 2,0 ng/ml dan yuqori bo‘lgan

bemorlarda infiltrativ o‘zgarishlar, kazeoz nekroz va qon ivish tizimidagi

buzilishlar (D-dimer: 0,75±0,1 mkg/ml, fibrinogen: 4,5±0,6 g/l; p<0,05) ko‘proq

qayd etildi. Ushbu natijalar prokalsitonin monitoringining diagnostik ahamiyatini

tasdiqlaydi.

Kalit so‘zlar:

monorezistent tuberkulyoz, prokalsitonin, qon ivish tizimi, D-

dimer, fibrinogen, yallig‘lanish, diagnostika.

Dolzarbligi:

Monorezistent tuberkulyoz – Mycobacterium tuberculosis

shtammlarining

faqat

bitta

antibakterial

doriga

rezistentligi

bilan

xarakterlanadigan shakli bo‘lib, uning tashxisi va davolashi muhim

muammolardan biri hisoblanadi. Bunday bemorlarda yallig‘lanish jarayonining

og‘ir kechishi va davolash samaradorligiga ta’sir qiluvchi faktorlarni aniqlash

muhim ahamiyat kasb etadi. Prokalsitonin yallig‘lanishning biomarkeri sifatida

kasallikning og‘ir kechishi va asoratlar xavfini baholash imkonini beradi. Shu

sababli, monorezistent tuberkulyozda prokalsitonin darajasini o‘rganish kasallik

kechishi va prognozini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi:

Monorezistent tuberkulyoz bilan og‘rigan bemorlarda

qon tarkibidagi prokalsitonin miqdoriy o‘zgarishlarini tahlil qilish va ularning

kasallikning og‘irligi bilan bog‘liqligini aniqlash.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

230

Material va uslublar:

2023 yil davomida Buxoro viloyat ftiziatriya va

pulmonologiya markazida davolangan 40 nafar bemor tahlil qilindi. Ular ikki

guruhga ajratildi:

Asosiy guruh

– monorezistent tuberkulyoz bilan og‘rigan 25 nafar bemor

Nazorat guruhi

– doriga sezgir destruktiv tuberkulyoz bilan og‘rigan 15

nafar bemor

Barcha bemorlarda prokalsitonin darajasi immunferment tahlil (IFA) usulida

o‘lchandi. Statistik tahlilda p<0,05 ahamiyatli deb qabul qilindi.

Natijalar va taxlillar:

Monorezistent tuberkulyoz bilan og‘rigan bemorlarda

qonda prokalsitonin darajasi 1,9±0,4 ng/ml ni tashkil etdi, bu esa nazorat

guruhidagi 1,2±0,3 ng/ml ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori ekanligi

aniqlandi (p<0,01).

Prokalsitonin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda KT (kompyuter

tomografiya) tekshiruvi natijalari bo‘yicha o‘pka to‘qimasida keng tarqalgan

infiltrativ o‘zgarishlar va kazeoz nekroz o‘choqlari ko‘proq qayd etildi. Bunday

bemorlarda, shuningdek, qon ivish tizimida o‘zgarishlar, jumladan, D-dimer

darajasining oshishi (0,75±0,1 mkg/ml) va fibrinogen konsentratsiyasining o‘sishi

(4,5±0,6 g/l) kuzatildi (p<0,05). Asosiy guruhdagi bemorlarning 36%ida

prokalsitonin darajasi 2,0 ng/mldan yuqori bo‘lib, bu kasallikning og‘ir kechishi

va asoratlar xavfining ortishi bilan bog‘liq ekani tasdiqlandi.

Xulosa:

Monorezistent tuberkulyozda qon tarkibidagi prokalsitonin darajasi

yuqori bo‘lishi yallig‘lanish jarayonining og‘ir kechayotganini va patologik

o‘zgarishlarning kuchayganini ko‘rsatadi. Prokalsitonin darajasi 2,0 ng/mldan

yuqori bo‘lgan bemorlarda kasallik og‘ir kechadi va asoratlar xavfi ortishi

mumkin. Shu sababli, prokalsitonin monitoringi monorezistent tuberkulyozli

bemorlarning holatini baholash va ularga individual yondashuvni ta’minlash

uchun muhim diagnostik vosita bo‘lishi mumkin.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

231

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Ulugbekovich A. M., Haydarovich U. I. The study of the prognostic value

of procalcitonin and changes in the blood coagulation system in the course of

pulmonary tuberculosis //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. –

T. 10. – №. 1S. – S. 3217-3247.

2.Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., Quantitative Changes in

Procalcitonin Levels in Pulmonary Tuberculosis, American Journal of

Medicine and Medical Sciences, Vol. 14 No. 10, 2024, pp. 2557-2559.

doi:10.5923/j.ajmms.20241410.24.

3.Abdukarimov M.U., Usmanov I.Kh. - Destruktiv o‘pka tuberkulyozi bilan

kasallangan bemorlardagi sub’ektiv tekshiruv natijalari va komorbid xolatlar

// Vestnik assotsiatsii pulmonologov sentralnoy Azii № 2 2024 – c.100-105

4.Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., (2024). Changes in the blood

coagulation system in destructive tuberculosis.

Central Asian Journal of

Medicine

, (2), 111-117.





References

Ulugbekovich A. M., Haydarovich U. I. The study of the prognostic value

of procalcitonin and changes in the blood coagulation system in the course of

pulmonary tuberculosis //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. –

T. 10. – №. 1S. – S. 3217-3247.

Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., Quantitative Changes in

Procalcitonin Levels in Pulmonary Tuberculosis, American Journal of

Medicine and Medical Sciences, Vol. 14 No. 10, 2024, pp. 2557-2559.

doi:10.5923/j.ajmms.20241410.24.

Abdukarimov M.U., Usmanov I.Kh. - Destruktiv o‘pka tuberkulyozi bilan

kasallangan bemorlardagi sub’ektiv tekshiruv natijalari va komorbid xolatlar

// Vestnik assotsiatsii pulmonologov sentralnoy Azii № 2 2024 – c.100-105

Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., (2024). Changes in the blood

coagulation system in destructive tuberculosis. Central Asian Journal of

Medicine, (2), 111-117.