https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
226
TUBERKULYOZ: ZAMONAVIY TASHXIS VA DAVOLASH
YONDASHUVLARI
Kamolov Hamidjon Umidjonovich
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot
universiteti klinik va klinik oldi kafedrasi assistenti
kamolovhamidjon@gmail.com
Annotatsiya:
tadqiqotda destruktiv va nodestruktiv tuberkulyoz bilan
kasallangan bemorlarda qon ivish tizimi va yallig‘lanish biomarkerlarining
o‘zgarishlari o‘rganildi. Destruktiv tuberkulyoz guruhida D-dimer, fibrinogen va
prokalsitonin darajasi sezilarli oshgani aniqlandi (p<0.05). PSR va IGRA-testlar
an’anaviy bakteriologik usullarga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, PSR
diagnostikasi 88.5% sezgirlik va 95.2% aniqlik ko‘rsatdi. Kompyuter
tomografiyasi yordamida 90% holatda destruktiv jarayonlar aniqlangan. Tadqiqot
natijalari kompleks tashxis usullarining ahamiyatini tasdiqlaydi.
Kalit so‘zlar:
tuberkulyoz, destruktiv tuberkulyoz, prokalsitonin, D-dimer,
qon ivish tizimi, PSR, IGRA-test, diagnostika.
Dolzarbligi:
Tuberkulyoz (TB) –
Mycobacterium tuberculosis
tomonidan
kelib chiqadigan, asosan o‘pka to‘qimalarini zararlaydigan yuqumli kasallik
bo‘lib, insoniyat tarixida eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan infeksiyali
xastaliklardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 10 millionga yaqin kishi TB bilan kasallanadi va 1,5
milliondan ortiq bemor ushbu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Har
qanday infeksiyali kasallikni samarali nazorat qilish uchun uning erta tashxisi va
maqsadli davolashi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda tuberkulyozning
zamonaviy tashxis va davolash usullari tahlil qilindi.
Materiallar va usullar:
Tadqiqotda 2022-2024 yillar davomida tuberkulyoz
tashxisi bilan davolangan 150 nafar bemor ma’lumotlari tahlil qilindi. Ularning 90
nafari destruktiv tuberkulyoz (DTB) bilan, 60 nafari esa infiltrativ tuberkulyoz
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
227
(ITB) bilan kasallangan. Barcha bemorlar quyidagi diagnostika testlaridan
o‘tkazildi:
Laboratoriya tahlillari
: Prokalsitonin (PCT), C-reaktiv oqsil (CRP), qon
ivish tizimi ko‘rsatkichlari (D-dimer, fibrinogen, FQTV, PV, HMN).
Mikrobiologik tashxis
: Bakteriologik tekshiruv (Sil-Nilsen bo‘yicha
bo‘yash, mikrobakteriyalarni identifikatsiya qilish), PSR-diagnostika va IGRA-
testlar.
Instrumental usullar
: Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, kompyuter
tomografiyasi (KT), exokardiografik (ExoKG) tekshiruvlar.
Klinik ma’lumotlar
: Bemorlarning kasallik tarixi, simptomlari va davolash
jarayoni tahlil qilindi.
Natijalar va taxlillar:
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuberkulyoz bilan
kasallangan bemorlarda qon ivish tizimi va yallig‘lanish biomarkerlarida sezilarli
o‘zgarishlar aniqlandi. Destruktiv tuberkulyoz guruhida D-dimer darajasi
0.84±0.12 mkg/ml (p<0.05) ga oshgan, fibrinogen miqdori 4.8±0.7 g/l (p<0.05) ni
tashkil etgan, hamda og‘ir kechishli bemorlarda prokalsitonin darajasi 1.2±0.3
ng/ml (p<0.01) bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlar tuberkulyozning og‘ir kechishi va qon
ivish tizimidagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Shuningdek, tashxis qo‘yishda PSR va IGRA-testlarning yuqori sezgirligi
aniqlandi: PSR-diagnostika 88.5% sezgirlik va 95.2% aniqlik, IGRA-testlar esa
an’anaviy bakteriologik usullarga nisbatan 20-30% yuqori sezgirlik namoyon
etgan. Shu bilan birga, bakteriologik tekshiruv sezgirligi 65-70% ni tashkil qilgan.
Instrumental tashxis usullari tahlil qilinganda, kompyuter tomografiyasi (KT)
orqali 90% holatda o‘pkadagi destruktiv jarayonlar aniqlangan, 35% bemorlarda
ekssudativ plevrit, 40% bemorlarda esa o‘pka gipertenziyasi kuzatilgan. Ushbu
natijalar tuberkulyoz tashxisida laboratoriya va instrumental usullarning
birgalikda qo‘llanishi aniq tashxis qo‘yish va kasallik kechishini baholashda
muhim ekanligini tasdiqlaydi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
228
Xulosa:
Tuberkulyoz tashxisida PSR va IGRA-testlar yuqori sezgirlikka ega
bo‘lib, an’anaviy bakteriologik diagnostikaga nisbatan samaraliroqdir.
Prokalsitonin, D-dimer va qon ivish tizimi ko‘rsatkichlari kasallikning og‘ir
kechishi va asoratlarini baholashda muhim biomarkerlar hisoblanadi. Kompleks
tashxis usullari esa tuberkulyozni erta aniqlash va samarali davolash
imkoniyatlarini oshiradi.Tuberkulyozga qarshi kurashda yangi diagnostik va
davolash yondashuvlarini tadbiq etish infeksiya tarqalishini kamaytirish va
bemorlar uchun samarali davolash strategiyasini ishlab chiqishda muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Ulugbekovich A. M., Haydarovich U. I. The study of the prognostic
value of procalcitonin and changes in the blood coagulation system in the course
of pulmonary tuberculosis //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – T.
10. – №. 1S. – S. 3217-3247.
2.
Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., Quantitative Changes in
Procalcitonin Levels in Pulmonary Tuberculosis, American Journal of Medicine
and Medical Sciences, Vol. 14 No. 10, 2024, pp. 2557-2559. doi:
10.5923/j.ajmms.20241410.24.
3.
Abdukarimov M.U., Usmanov I.Kh. - Destruktiv o‘pka tuberkulyozi
bilan kasallangan bemorlardagi sub’ektiv tekshiruv natijalari va komorbid xolatlar
// Vestnik assotsiatsii pulmonologov sentralnoy Azii № 2 2024 – c.100-105
4.
Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., (2024). Changes in the blood
coagulation system in destructive tuberculosis.
Central Asian Journal of
Medicine
, (2), 111-117.