Authors

  • Haydarova Mahliyo Amrillo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96557

Keywords:

Kalit so’zlar: Nutq so’zlash jamoa fikr ijodkorlik og’zaki matn rol o’ynash video.

Abstract

Annotatsiya.  Rasmlar  asosida  fikrlash,  nutq  so’zlash,  jamoada  o’zini  tuta 
bilish, o’zini erkin his qilish, topqirlik hamda zukkolik va ijodkorlik hislatlarini 
rivojlantirish.  Ushbu  tezis  orqali  bu  jarayonning  muvoffaqiyatli  bo’lishi  uchun 
Boshlang’ich  sinf  ona  tili  va  o’qish  savodxonligi  darslarida  rasmlar  asosida 
og’zaki matn ishlash metodlar va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

612

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI

DARSLARIDA OG’ZAKI MATN TUZISHNI O’RGATISH METODIKASI.

Haydarova Mahliyo Amrillo qizi

Buxoro innovatsion ta’lim

va tibbiyot universiteti

3-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Rasmlar asosida fikrlash, nutq so’zlash, jamoada o’zini tuta

bilish, o’zini erkin his qilish, topqirlik hamda zukkolik va ijodkorlik hislatlarini

rivojlantirish. Ushbu tezis orqali bu jarayonning muvoffaqiyatli bo’lishi uchun

Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida rasmlar asosida

og’zaki matn ishlash metodlar va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish.

Kalit so’zlar:

Nutq so’zlash, jamoa, fikr, ijodkorlik, og’zaki matn, rol

o’ynash, video.

Asosiy qism:

Boshlang’ich ta’lim bosqichi o’quvchining asosiy bilim,

ko’nikma va malakalarini shakllantirish bosqichidir.

Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida og’zaki matn

tuzishni bolaning tasavvur qilish qobiliyatini o’stiruvchi, dunyoqarashini

kengaytiruvchi rasmli ko’rgazmalar , didaktik vositalar ishlab chiqish va amalda

qo’llash.

Og’zaki matn tuzish – bu bolaning mustaqil ravishda muayyan mavzu

asosida mantiqli va mazmunli gaplardan iborat matn yaratishidir. Bu jarayon

O’quvchining so’z boyligi, og’zaki nutqi, tushunish va ifoda qilish qobiliyatini

rivojlantiradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan ishlaganda og’zaki matn tuzish

mashqlari quyidagi ko’nikmalarni rivojlantiradi: matnning asosiy g’oyasini

anglash, matnni reja asosida bayon qilish, bog’lovchi so’zlardan to’g’ri

foydalanish, fikrni mantiqan rivojlantirish, so’z boyligini kengaytirish.

Dars jarayonida qo’llaniladigan metodlar:


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

613

- Kuzatish asosida matn tuzish: Rasm yoki video asosida voqealarni kuzatib,

bolalardan o’z so’zlari bilan bayon qilish so’raladi.

- Savol – javob usuli: Matn mazmuni roller asosida jonlantirilib, bolalar

mavzuni yanada chuqurroq tushunadi.

- Tayanch so’zlar asosida matn tuzish: O’uvchilarga bir nechta kalit so’zlar

beriladi, ular shu so’zlar asosida og’zaki matn tuzadilar.

- Rol o’ynash: Matn mazmuni rollar asosida jonlantirilib , bolalar mavzuni

yanada chuqurroq tushunadi.

Metodik tavsiyalar

-O’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish kerak.
-Matn tuzishga doir topshiriqlar asta- sekin murakkablashib borishi kerak.
-Har bir mashqdan keyin tahlil qilish zarur.
-O’qituvchi namuna ko’rsatib, so’ngra o’quvchidan mustaqil faoliyat kutishi

kerak.

O’qituvchining roli.

O’qituvchi bolalarni erkin fikrlashga, to’g’ri talaffuz qilishga , matnni

mantiqiy va mazmunli tuzishga o’rgatadi. Uning yordamida bolalar so’z boyligini

oshirib boradi, o’z fikrini aniq va tushunarli ifoda qilishga o’rganadi. O’qituvchi

tahlil jarayonida grammatik, uslubiy xatolarga e’tibor qaratadi.

Xulosa.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga og’zaki matn tuzishni o’rgatish –

ularning nutqiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu borada to’g’ri metodika

va didaktik materillardan foydalanish bolalarning o’zlashtirish darajasini oshiradi,

ularni mustaqil fikrlashga , ijodkorlikka va muloqotga tayyorlaydi. Og’zaki matn

tuzish keyingi ta’lim bosqichlari uchun asos bo’ladi. To’g’ri tanlangan metodlar

orqali o’quvchilarda mustahkam og’zaki ifoda qilish ko’nikmalari shakllantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Qurbonova M. “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”,

Toshkent, 2021.

2.Abduqodirova M. “Nutq o’stirish asoslari”, Toshkent 2020.

3.”Ona tili va o’qish savodxonligi” fanidan darsliklar.

References

Qurbonova M. “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”,

Toshkent, 2021.

Abduqodirova M. “Nutq o’stirish asoslari”, Toshkent 2020.

”Ona tili va o’qish savodxonligi” fanidan darsliklar.