160
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
BAXSHICHILIK SAN’ATINING DUNYO XALQLARI
MADANIYATI VA SAN’ATIDAGI TUTGAN O‘RNI.
Turdiyev Abdulatif O‘ktam o‘g‘li
Guliston Davlat Universiteti
“Xalq cholg‘u ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Email:turdiyevabdulatif584@gmail.com
Ilmiy rahbar:
Xusnora Shukurjonova
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15669506
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 15-iyun 2025 yil
Baxshichilik san‘at ko‘plab davlatlar va xalqlar orasida
o‘z o‘rniga ega bo‘lib bunga misol qilib o‘rta osiyo
xalqlari va davlatlari bunga misol bo‘la oladi deyish
mumkin. Ushbu maqolada baxshichilik san’atining
dunyo xalqlari madaniyati va san’atidagi tutgan o‘rni
haqida ma’lumotlar berilgan.
KEY WORDS
Baxshi,
doston,
san‘at,
ma‘rifatchi, qo‘shiq ustoz, shogird,
an‘ana ijrochi, ijodkor, san‘atkor,
darvesh, shoir, epic, aytovchi.
Baxshichilik san‘at ko‘plab davlatlar va xalqlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bunga misol qilib
o‘rta osiyo xalqlari va davlatlari bunga misol bo‘la oladi deyish mumkin
xalq
.
Qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi sanʼatkor.
Baxshi soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi,
sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor Baxshilarga
boʻlinadi. Ijro-ch i Baxshilar, asosan, ustozidan oʻrgangan dostonlarni juzʼiy oʻzgarishlar bilan
aynan kuylasalar, ijodkor Baxshilar ogʻzaki epik anʼana asosida dostonning oʻz variantlari,
hatto ular asosida yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday Baxshilar shoir deb ham yuritiladi.
Masalan Ergash shoir, Fozil shoir, Poʻlkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoir va boshqa Baxshi
doston va qoʻshiqdarni qoʻbiz, doʻmbi-ra, dutor kabi sozlar joʻrligida kuy-laydi. Xorazm
Baxshilari dostonlarni asosan, dutor, qisman tor bilan ijro etadilar, ularga gʻijjak va
boʻlamonda sozchilar joʻr boʻladilar. Doston kuylash, shogʻird yetishtirishda qatiy tartib,
qonun-qoidalarga rioya qilingan. Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ (sarf-
xarajat) hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urut oqsoqollarini ham Baxshi deb
atashgan.
Turk "o‘z" so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, go‘zal, yaxshi, mohir kabi ma‘nolarni Baxshichilik san‘at
ko‘plab davlatlar va xalqlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bunga misol qilib o‘rta osiyo halqlari
va davlatlari bunga misol bo‘la oladi deyish mumkin. O‘rta osiyo davlaridan esa
Turkmanistoni misol qilish mumkin
Turkman baxshilarining salaflari og‘uz ozanlari edilar. Ozanlar o‘z ijrolarini gopuz cholg‘usi
jo‘rligida amalga oshirganlar. ("Qo‘rqit ota" eposidan). "Ozan" so‘zining kelib chiqishini
tadqiqotchilar turlicha talqin etadilar. Masalan, A.N.Samoylovich va F.Kopryulyuzadelarning
fikriga ko‘ra, "ozmak" so‘zidan ("oldinga o‘tib ketish", "g‘alaba qilmoq") kelib chiqqan. Ammo
bu so‘zning kelib chiqishi haqida boshqa fikrlar ham bor: "ozan" so‘zi qadimgi anglatadi. Bosh
ozan-ustod va eposdagi barcha ozanlar yo‘lboshchisi sifatida Qo‘rqit ota gavdalanadi. Ayrim
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, eposning muallifi Qo‘rqit ozanning o‘zi bo‘lib, hurmatli inson,
161
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
og‘uzlarning donishmand maslahatgo‘yi hamdir. Eposda Qo‘rqit yagona ozan emas. Bu
san’atdan boshqa qahramonlarning - Gazan, Birek, Xanturali, Egrek va Segrek (aka - ukalar),
Dersexanlarning ham xabari bor.
"Baxshi" so‘zi ("bagshi", "baxshi", "baxsi") ko‘p xalqlarning tilida uchraydi. Manbalardan
ma’lum bo‘lishicha, turli tarixiy davrlarda bu so‘zning ma‘nosi turli xalqlarda turlicha bo‘lgan.
Masalan, XIII-asrda yashagan venetsiyalik sayohatchi Marko Poloning yozishicha, mo‘g‘ul
xonining saroyida sehrgar tabiblar xizmat qilishar va ular baxshilar deb nomlanganlar.
Turkshunos olimlar V.V.Bartold va A.N.Samoylovichlarning fikriga ko‘ra, "baxshi" so‘zining
"ustoz" ma‘noda qo‘llanilishi mo‘g‘ullar davridan boshlangan va sanskritcha "bxikshu"
so‘zidan kelib chiqqan (buddaviylik dindorlari). Vaqt o‘tishi bilan baxshi so‘zi o‘zgacha
ma‘nolarda qo‘llanila boshladi. Masalan, Mo‘g‘ullar davrida saroy tabiblari, Temuriylar
davrida kanselyariya yozuvchilari va yirik arboblarini, Boburiylar davlatida esa ayrim harbiy
shaxslarni shu nom bilan ataganlar. Xalq orasida "baxshi" atamasi shomon-sehrgarlarga
nisbatan qo‘llanilardi. Islom dini kirib kelgandan so‘ng shomonchilik siqib chiqarildi va shu
davrdan boshlab "baxshi" so‘zi xalq qo‘shiqchisi, musiqachi, bayonchilarga nisbatan qo‘llanila
boshlandi.
Doston eposi baxshilarning yana bir nomi "oshiq"lar haqida ma’lumot beradi. Masalan, Oshiq
Oydin ("Go‘ro‘g‘li", "Nejep o‘glan"), Oshiq Axmet, Oshiq Xemra ("Sayatli-Xemra"), Oshiq Garip
("Shasenem-Garip"), Oshiq Kerem ("Asli-Kerem") kabilar musiqiy-poetik iste‘dod sohiblari
bo‘lib, dostonlar syujetining shakllanishida ularning xizmatlari katta. Ma’lum bo‘lishicha,
"Oshiq" ("ashig", "ashiq") so‘zi xalq shoiri, qo‘shiqchi va bayonchi kabi ma‘nolarda Ozarbayjon
va Antaliyada (Turkiya) qo‘llanilgan. Tadqiqotchilar Ozarbayjon oshiqlari, Turkiya baxshilari,
O‘rta Osiyo aqinlari ijodiyotda ko‘p umumiy qirralarni aniqlaganlar. Turkman dostonlarini
ijrochilari masalasiga qaytsak va shuni ta’kidlash mumkinki, O‘rta Osiyo turkmanlari qadimiy
"ozan" so‘zining o‘rniga "baxshi" so‘zini ishlata boshladilar
XVIII-XIX asrlarda turkman mumtoz adabiyoti rivojlanishi sirasida xalqning madaniy hayotida
baxshilarning roli yanada kuchaydi. Baxshilar o‘zlarining musiqiy-badiiy ijodiyoti bilan bir
qatorda Mahtumquli va XVIII-XIX asrlar mumtoz adabiyot namoyandalarining ijodini targ‘ib
qila boshladilar.
Dostonlar Sharq xalqlari og‘zaki ijodiyotiga molik, asrlar davomida yaratilib avloddan-avlodga
o‘tib kelayotgan so'z nutqi, she’riyat, ovoz, soz, ijrochilik va tomosha san’atini
mujassamlashtiruvchi mushtarak bebaho badiiy namunalardir. Ularning har bir qirrasi bir
butunicha kishilar ma’naviy ehtiyojlami qoniqtirib kelgan qadimiy va navqiron san’at. O’zbek
milliy dostonchiligi esa ushbu serko'lam sohadagi umumturkiy madaniyatning bir bo‘lagidir.
Haqiqatan ham dostonlar va ularning qo‘shiqlarida xalq hayotining ma’lum tarixiy taraqqiyot
davri uchun xos bo‘lgan muhim masalalar ko‘tarilib, haqqoniy yoki ertaknamo voqealar,
afsona va rivoyatlar shoir va baxshilar tomonidan to‘qib bayon etilgan, o‘zlashtirilgan, qayta
ishlangan va kuylab kelingan. Ular o‘zlarining ilhomi bilan insonlar qalb torining eng nozik
rishtalarini qo‘zg‘atgan, ta’sir qilgan va ruhiy ozuqa bergan.
Bundan ko‘rish mumkinki baxshichilik san‘ati ko‘plab mamlakatlar, xalqlar va davlatlar
orasida mashhur va o‘z o‘rniga ekanligigini bilish mumkin deb bilamiz va ayniqsa o‘rta osiyo
halqlari va mamlakatkari orasida keng tarqalgan va rivojlangan deyish mumkin
1
Sh.Ayxodjayeva O‘zbek musiqasi ( xalq ijodiyoti ) T.:2023,109-bet
2
Sh.Ayxodjayeva O‘zbek musiqasi ( xalq ijodiyoti ) T.:2023,110-bet
3
Sh.Ayxodjayeva O‘zbek musiqasi ( xalq ijodiyoti ) T.:2023,111-bet
4
Sh.Ayxodjayeva, Ch.Ergasheva, A.Zokirov O‘zbek musiqasi Tarixi T.:2021,202-bet
5
Sh.Ayxodjayeva, Ch.Ergasheva, A.Zokirov O‘zbek musiqasi Tarixi T.:2021,203-bet
162
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Xulosa
Baxshichilik san'ati, ayniqsa O'rta Osiyo xalqlari, jumladan, Turkmanistonda chuqur
ildizlarga ega bo'lgan qadimiy va mukammal bir madaniy merosdir. Bu san'at ko'plab xalqlar
orasida o'ziga xos o'rnini egallagan bo'lib, uning tarixiy rivojlanishi va shakllanishi uzoq
asrlarga borib taqaladi. Baxshilar xalq dostonlari, qo'shiqlari va og'zaki ijodiyot orqali
xalqning tarixini, madaniyatini va qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib kelganlar.
Turkman baxshilari, o'z ijodiy faoliyatlarida "ozan" an'analaridan boshlanib, vaqt o'tishi bilan
"baxshi" so'zining ma'nosi kengayib, ularni ijrochi va ijodkor sifatida ta'riflash imkoniyatini
yaratgan. "Baxshi" so'zi dastlab shamanlar va sehrgarlarga nisbatan ishlatilgan bo'lsa,
keyinchalik u musiqachi, dostonchi, shoir sifatida keng tarqaldi. Bu san'at nafaqat qo'shiqlarni
ijro etish, balki xalq hikoyalarini, afsonalarni va tarixiy voqealarni bayon etish orqali jamiyatni
ma'naviy rivojlantirishga xizmat qilgan. Baxshilar ijodida musiqiy asboblar, masalan, qoʻbiz,
doʻmbira, dutor va gʻijjak kabi sozlar asosiy o'rinni egallaydi. Ularning dostonlari va
qo'shiqlari nafaqat xalqni ko'ngilochar jihatdan o'ziga jalb etgan, balki ularda ijtimoiy va
axloqiy g'oyalar ham mujassam bo'lgan. Baxshilar o'z asarlarida ko'pincha o'z ijodiy
qobiliyatlari va ilhomi bilan insonlar qalbiga ta'sir ko'rsatgan, ruhiy ozuqa berib, jamiyatni
ma'naviy jihatdan boyitgan. Turkman dostonchiligi O'rta Osiyo xalqlari, xususan, ozanlarning
avlodlari sifatida mavjud bo'lib, bu san'at davomida shakllangan "baxshi" va "oshik"larning
ijodi, xalqning madaniyati va tarixiy an'analarini namoyon etadi. O'sha davrlarda, ayniqsa
XVIII-XIX asrlarda, Baxshilarning roli yanada kuchaygan va ular o'z ijodlarini faqat o'z
millatlarida emas, balki boshqa xalqlarda ham mashhur qila olishgan. Natijada, baxshichilik
san'ati O'rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan va rivojlangan. Bu san'at nafaqat musiqa,
balki tarix, madaniyat va xalq hayotini o'zida mujassamlashtirgan bebaho badiiy yodgorlik
bo'lib, bugungi kunda ham uning ahamiyati saqlanib qolgan.
Foydalanilgan Adabiyotlar :
1.
Sh.Ayxodjayeva O‘zbek musiqasi ( xalq ijodiyoti ) T.:2023
2.
Sh.Ayxodjayeva, Ch.Ergasheva, A.Zokirov O‘zbek musiqasi Tarixi T.:2021
3.
Matyoqubov O. Doston ijrochiligi (Xorazm baxshichiligi) T.,2024
4.
Ayxodjayeva SH. Xalq musiqa ijodiyoti.
5.
Matyoqubov B. Dostonlarning musiqiy xususiyatlarini o‘rganish
6.
Bahadirov, N., Karimov, D., & Shukurjonova, X. (2024). KOMPOZITOR REFAT
IBADLAYEV. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 1(6), 72-79.
7.
Dilshod, K. (2023). O'ZBEK KINOFILMLARIDA MILLIY MUSIQALARDAN FOYDALANISH
HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR. In Integration Conference on Integration of
Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (p. 46).
8.
Karimov, D. (2023). Muvaffaqqiyat Yo'Lim: Unda Topganlarim Va Yo'Qotganlarim.
In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological
Analyses (pp. 6-8).
9.
Marjona Bebetova, & Dilshod Karimov (2024). DUTORCHI SOZANDALAR IJODIGA BIR
NAZAR . Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1 (17),
28-30. doi: 10.5281/zenodo.14289324
10.
Наил Шарифович Бахадиро, Дилшод Каримов, & Хуснора Шукуржонова (2024).
АРТУРО ТОСКАНИНИ. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 1 (6), 65-71. doi: 10.5281/zenodo.10992571
11.
KARIMOV, D. IT PLATFORMALARNING TADBIRKORLIK RIVOJIGA TA’SIRI. FILOLOGIYA
VA PEDAGOGIKA.