153
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARINI
MODERNIZATSIYLASHTIRISH BOSQICHLARI.
Saidvaliyeva Mashhura Saidbahodir qizi
Guliston davlat universiteti
“Xalq cholg‘ularida ijrochilik”
ta’lim yo‘nalishi 1- kurs talabasi
Xusnora Shukurjonova
Guliston davlat universiteti, o‘qituvchi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15669434
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 15-iyun 2025 yil
Ushbu
maqolada
o‘zbek
xalq
cholg‘ularini
modernizatsiyalashtirish haqida ma’lumot berilgan.
O‘zbek xalq cholg‘ulari milliy madaniyatimizning
ajralmas qismi bo‘lib, asrlar davomida xalqimizning
ruhiy dunyosi, urf-odatlari va tarixini aks ettirib
kelmoqda.
KEY WORDS
Modernizatsiyalashtirish,
cholg‘ular, sozanda, musiqiy, xa
parda,
hofiz,
sozgar, ohang,
diapason, ansambl
O‘zbek xalq cholg‘ulari — milliy madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lib, asrlar davomida
xalqimizning ruhiy dunyosi, urf-odatlari va tarixini aks ettirib kelmoqda. Ushbu cholg‘ular
faqatgina san’at asbobi emas, balki xalqning ichki dunyosini ifodalovchi kuchli madaniy kod
hamdir. Hozirgi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida xalq cholg‘ularini zamonaviy
talablarga moslashtirish, ularning zamonaviy san’at shakllarida qo‘llanilishini ta’minlash
dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularining
modernizatsiyasi jarayonlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi.
O‘zbek xalq cholg‘ularini zamonaviy ijrochilik talab darajasiga moslashtirishning ilk qadamlari
o‘tgan asrning 20-yillari va 30-yillarining boshlariga to‘g‘ri keladi. Ushbo g’oya birinchi bo‘lib
toshkentlik mashhur hofiz Shorahim Shoumarov, xorazimlik ustoz sozanda Matyusuf Xarratov,
toshkentlik mashhur sozgar Usta Usmon Zufarovlar tomonidan amalga oshirildi. Ularning o‘z
oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari – musiqiy cholg‘ularning jarangdorligini oshirish va xas
pardalalar yordamida cholg‘ular diapazonini eng past tovushdan eng yuqori tovushgacha
bo‘lgan oralig‘ini kengaytirishdan iborat edi
. Sozanda, hofiz va sozgar ustalar cholg‘ular
tovushini kuchaytirish kerakligini tushunib yetadilar va o‘zlarining ilk g‘oyalarini amalga
oshiradilar. Natijada dutor, tanbur va g‘ijjaklarni bir nechta turlarini yaratishadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi taniqli hofiz va ustoz san’tkor Shorahim
Shoumarov (1876-1958) o‘zbek xalq cholg‘ularini ijrochilik talab darajasiga moslashtirish
tashabbusi bilan chiqqan ilk sozandadir. O‘sha paytda u Turkiston xalq komservatoriyasida
o‘zbek xalq cholg‘ulari bo‘yicha murabbiylik qilardi. Sozanda konservatoriyada nihoyatda
iste’dodli san’atkor ekanligini namoyish qildi. U murabbiy sifatida shogirdlaridagi mustaqil
ijodiy yo‘liga intilishni qadrladi va har tomonlama rag‘batbantirildi.
Sh. Shoumarov uzoq vaqt mobaynida mashhur xalq sozandalari R.Rajabiy, I.Akromov bilan
O‘zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg‘ulari ansamblida ishladi. Ansamnlda ishlagan davrda
u g‘ijjak, dutor, tanbur kabi cholg‘ularning tovush va tebranish sofatini yaxshilashga doir
1
Tashmatova A. “Ijrochilik san’ati tarixi”, T.:2017, 78 – b.
154
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
qizg‘in izlanishlarni boshlab yubordi. Cholg‘ularni davr talabiga moslashtirishda ko‘pgina
ijodiy taklif va tashabbuslar ko‘rsatdi.
Laboratoriyada o‘zbek xalq cholg‘ularini modernizatsiyalashtirish jarayonida u aynan
g‘ijjaklarning kosasino har xil xomashyodan, ya’ni kakos yong‘og‘I, qovoq, mis va yog‘ochdan
turlishakllarda yasadi. Jonli ijro orqali ularning ovoz taravotlari tinglab ko‘ildi hamda bir-
biriga qiyoslanishi natijasida kosasi yog‘ochdan yasalgan cholg‘u maqsadga muvofiq, deb
topildi. So‘ngra yog‘ochdan yasalgan g‘ijjak kosasining shakli bo‘yicha izlanishlar olib borildi.
Natijada Sh.Shoumarov tomonidan bir qator kosasi cho‘zinchoq va orqa qismida quyosh
tasviri tushirilgan,
8 qirrali hamda dumaloq shakldagi g‘ijjaklar yasaldi, ularning ovoz tarovati va tembr
xususiyatlari tekshirildi. So‘ngra barcha shakldagi cholg‘ular orasidan kosasi tut daraxtidan
yarim shar shaklida o‘yma ravishda yasalgan g‘ijjak tanlab olindi, chunki undan taralayotgan
ohang eng yoqimlisi bo‘lib, g‘ijjak tembriga mos edi. Matyusuf Xarratov (1889-1953) changni
takomillashtirish ustida ishkagan. O‘sha paytda mavjud chang kichik diapason va diatonic
tovushqatorga ega bo‘lib, unda professional kompozitorlar asarlarini ijro etish imkoni ancha
mushkul edi. U changni takomillashtirish, ya’ni davr talabiga moslashtirish ustida o‘ylay
boshlaydi va izlanishlar natijasida changning yuqori registrini qo‘shimcha torlar bilan boyitish
hisobiga kengaytiradi. Cholg‘udagi bunday o‘zgarishlar musiqa jamoatchiligi tomonidan
ma’qullandi.
XULOSA
Xalq cholg‘ularini modernizatsiyalash - bu ularni yo‘q qilish emas, balki yangi sharoitga
moslashtirish va kelajak avlodlar uchun jozibador qilishdir. An’anaviylik va innovatsiyaning
uyg‘unligi o‘zbek milliy musiqasini xalqaro miqyosda tanitish, yoshlar qalbida milliy iftixorni
uyg‘otish imkonini beradi. Bu borada davlat, ijodkorlar, olimlar va ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
To‘xtasinov, T. (2019).
O‘zbek xalq cholg‘ulari va ularning rivojlanish bosqichlari
.
Toshkent: San’at.
2.
Sagdullayev, A. (2015).
O‘zbek musiqasi tarixi
. Toshkent: O‘zR FA “San’at” instituti.
3.
G‘aniyeva, M. (2020). “Xalq cholg‘u asboblarining modern sahna san’atiga
moslashtirilishi”.
Musiqa va san’at
, №2, 34–40-betlar.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-sonli
qarori – “Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
5.
Xasanova, N. (2021).
Cholg‘u madaniyati: An’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligi
.
Toshkent: Madaniyat nashriyoti.
6.
Tashmatova A. “Ijrochilik san’ati tarixi” T.:2017
7.
Bahadirov, N., Karimov, D., & Shukurjonova, X. (2024). KOMPOZITOR REFAT
IBADLAYEV. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 1(6), 72-79.
8.
Dilshod, K. (2023). O'ZBEK KINOFILMLARIDA MILLIY MUSIQALARDAN
FOYDALANISH HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR. In Integration Conference on Integration
of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (p. 46).
9.
Karimov, D. (2023). Muvaffaqqiyat Yo'Lim: Unda Topganlarim Va Yo'Qotganlarim.
In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological
Analyses (pp. 6-8).
155
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
10.
Marjona Bebetova, & Dilshod Karimov (2024). DUTORCHI SOZANDALAR IJODIGA
BIR NAZAR . Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1
(17), 28-30. doi: 10.5281/zenodo.14289324
11.
Наил Шарифович Бахадиро, Дилшод Каримов, & Хуснора Шукуржонова (2024).
АРТУРО ТОСКАНИНИ. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 1 (6), 65-71. doi: 10.5281/zenodo.10992571
12.
KARIMOV,
D.
IT
PLATFORMALARNING
TADBIRKORLIK
RIVOJIGA
TA’SIRI. FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKA.
13.
Qizi, S. X. F., & Shahnoza, A. (2022). MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG ‘U IJROCHILIGINING
UZVIYLIK MASALALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies
(CARJIS), 1(Conference DSMI), 123-129.
14.
O‘G, T. A. O. K., & Shukurjonova, X. (2024). DOIRA CHOLG ‘USIDA IJROCHILIK
MAHORARTINI OSHIRISHDA QO ‘LLANILADIGAN MASHQLAR MOHIYATI. Central Asian
Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(18), 137-139.
15.
Begmatov, B., & Shukurjonova, X. (2024). QADIMIY MUSIQA MADANIYATI CHOLG
‘ULARI TASNIFI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 1(17), 31-34.
16.
Saidvaliyeva, M., & Shukurjonova, X. (2024). DUTORLAR OILASIGA
MANSUB CHOLG ‘ULAR TASNIFI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies, 1(17), 35-38.