YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
57
KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI SAQLASHNING NAZARIY
ASOSLARI
1
Xasanova Xolida Ibadullayevna
2
Baxronov Shaxzod Qobil o’g’li
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot univrsiteti.
1
“TIQXMMI” MTU PhD, dotsenti
2
“TIQXMMI” MTU talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.15600814
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlashning nazariy
asoslari yoritilgan.Taqdim etilgan yondashuv bilan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sifati
hosilning hajmi, kimyoviy tarkibi, tovarligi va saqlanishi tahlil qilingan. Uzoq muddatga
saqlashga va turli konservalash maqsadlariga mo’ljallangan,sifatli mahsulot olish muammolari
haqida ma’lumotlar birilgan.
Kalit so‘zlar
:Fitopatogen, mikroorganizmlar, fizikaviy va kimyoviy, Saqlanuvchanlik,
Yetilish, biologik, Uzoq muddatga saqlash.
THEORETICAL BASES OF Preservation of POTATOES, VEGETABLES AND
FRUITS
1
Xasanova Xolida Ibadullayevna
2
Baxronov Shaxzod Qobil o’g’li
National Research University “Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural
Mechanization Engineers”
1
“TIQXMMI” MTU PhD, dotsent
2
“TIQXMMI” MTU student
Abstract
This article covers the theoretical foundations of agricultural product storage. The
presented approach analyzes the quality of agricultural products, including yield, chemical
composition, commodity value, and storage. . Information is provided on the problems of
obtaining quality products intended for long-term storage and various conservation purposes.
Keywords:
Phytopathogenic, microorganisms, physical and chemical, Shelf life, Ripening,
biological, Long-term storage.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ КОНСЕРВИРОВАНИЯ КАРТОФЕЛЯ, ОВОЩЕЙ
И ФРУКТОВ
1
Xasanova Xolida Ibadullayevna
2
Baxronov Shaxzod Qobil o’g’li
Национальный исследовательский университет “Ташкентский институт
инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства”
1
МТУ «ТИКСММИ»PhD, доцент,
2
Студент МТУ «ТИКСММИ»
Аннотация
В статье рассматриваются теоретические основы хранения сельскохозяйственной
продукции. Представленный подход анализирует качество сельскохозяйственной
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
58
продукции, включая урожайность, химический состав, товарную ценность и хранение. .
Приведены
сведения
о
проблемах
получения
качественной
продукции,
предназначенной для длительного хранения и различных целей консервации.
Ключевые слова:
Фитопатогенный, микроорганизмы, физико-химический, Срок
годности, Созревание, биологический, Длительное хранение.
KIRISH
Meva-sabzavotlar sifati o’simlikning o’sishi va rivojlanishi hamda hosilning hajmi,
kimyoviy tarkibi, tovarligi va saqlanishi asosan yetishtiradigan sharoitga bog’liqdir. Uzoq
muddatga saqlashga va turli konservalash maqsadlariga mo’ljallangan,sifatli mahsulot olish
muammolari har bir yetishtirish mintaqasiga mos keladigan tur,navning tanlashga va shunga
yarasha agrotexnik tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib,uning biologik xususiyatlariga to’g’ri kelishi
kerak. Bizning mamlakatimizda 30 ga yaqin yetishtiriladigan mintaqalar mavjud bo’lib,
ularning ob-havo va tuproq sharoitlari bir-biridan keskin farq qiladi. Sifatli meva-sabzavotlar,
ayniqsa kartoshka va ildiz mevaliklarni yetishtirishda tuproq xususiyatlari,birinchi navbatda
uning mexanik tarkibi yengil tuproqlarda (qum va qumloq) yetarli ozuqa moddalariga va
namga ega bo'lsa, yuqori oziq-ovqat sifatlariga ega bo'lgan kartoshkaning mo'l hosili olinadi.
Mevalar yaxshi yetilib, ularda qalin po'stloq kelib, shakllansa ularda tinim davri o'z vaqtida
boshlanadi va turli fitopatogen mikroorganizmlarga nisbatan qarshiligi oshadi, mevalar yaxshi
saqlanadi.
Meva-sabzavotlarni saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy
tarkibini,ya’ni tashqi ko’rinishi rangi, ta’mi hamda oziq-ovqat qiymati va boshqa xususiyatlarni
saqlab qolishdan iborat. Meva-sabzavotlarni oz miqdorda yo'qotib saqlanish xususiyati ularni
saqlashga chidamliligini belgilaydi. Meva-sabzavotlarni mikroorganizmlar bilan ta'sirlanishiga
qarshilik ko'rsatish xususiyati immunitetligi deb yuritiladi. Mahsulotlarning saqlashga
chidamliligi ularni qulay sharoitda saqlash muddati bilan aniqlanadi. Meva-sabzavotlarni
saqlash chidamliligi ma’lum mintaqa va fasl, agrotexnik va texnologik rejimda namoyon bo’lishi
saqlanuvchanlik deb ataladi. Saqlanuvchanlik odatda saqlash davrida mahsulotlarni yo’qotish
o’g’irligini foizlarda hisoblangan miqdori bilan belgilanadi. Umuman olganda meva-
sabzavotlarning saqlashga bo'lgan chidamliligini o’zi tabiiy xususiyatdir. Meva-sabzavotlarni
saqlashga bo’lgan chidamliligi ko’p omillarga bog’liq. Mevalarning katta-kichikligi,
zichligi,po’stining qalinligi, shakli va po'stining butunligi, rangi hamda boshqa ko’rsatgichlari
ma’lum nav uchun xos bo’lsa bunday mevalar yaxshi saqlanadi. Mevalarning o'ziga xos
xususiyatlaridan cheklanishi ularning saqlanuvchanligini susaytiradi. Meva-sabzavotlar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
59
hosilini yig’ib olingandan keyingi biologik xossalariga ko’ra uch guruhga bo’linadi:kartoshka va
ikki yillik sabzavotlar; mevalar va mevali sabzavotlar, ko’katlar,rezavor mevalar va danakli
mevalarning ko’pchiligi.Kartoshka va ikki yillik sabzavotlarning saqlashga chidamliligi ularda
kechiladigan fiziologik tinim davriga bog’liq. Bu mexanizim xujayralarning o’ziga xos o’zgarishi
va moddalar almashinuviga bog’liq bo’ladi. Meva-sabzavotlarning saqlashga chidamliligini
ularni yig’ilgandan keyingi yetilish davrining davomiyligiga qarab baholanadi. Mevalar
yig’ilgandan so’ng ularda bo’ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida urug’i,
kurtagi va meva mag’zining to’la shakllanishi yig’ishtiriladigan keyingi yetilish davrining
davomiyligi bilan mevalarning saqlanish muddati ham aniqlanadi. Yetilish davri qancha davom
etsa, uni saqlash muddati ham shuncha uzoq bo’ladi. Meva-sabzavotlarni saqlash jarayonida
ularning fizik xususiyatlarini bilish,saqlashda bu xossalardan ilmiy asosda foydalanish muhim
hisoblanadi. Ularning fizik xossalari mahsulotni yig’ib-terib olishda, tashishda hamda
saqlashda katta ahamiyatga ega. Meva-sabzavotlarning fizik xossalariga ularning suv
bug’latishi, terlashi, issiqlik almashinuvi, mexanik pishiqligi, sochiluvchanligi, o’z-o’zidan
navlarga ajralishi, g’ovakligi va boshqalar kiradi. Mevalar saqlashning dastlabki kunlarida suvni
juda tez bug’latadi, ya’ni mevalar o’z tarkibidagi erkin suvdan xalos bo’ladi. Meva-sabzavotlar
idishga to’kma holda qalin qilib va ustidan havo o’tishi uchun ochiq joy qoldirmay joylanganda
ular terlay boshlaydi. Yashik yoki uyum o’rtasidagi harorat odatda ombor haroratidan yuqori
bo’ladi. Shu sababli ular tez buziladi, chunki sirtidagi namlik turli mikroorganizmlarning
rivojlanishiga qulay sharoit tug'diradi. Fizik xossalaridan yana biri sochiluvchanlik qobiliyati
ham meva-sabzavotlarni saqlashda muhim ahamiyatga egadir.Saqlash davomida mahsulotlar
orasidagi havoning almashinuvi ularning g’ovakligiga bog’liq. Meva-sabzavotlarning 1 metr
kubidagi bo'shliq hajmi ularning g'ovakligi deb yuritiladi. Odatda g'ovaklik 30-50% gacha
bo’ladi. Meva-sabzavotlarni saqlash uchun sun’iy usulda sovutgichlarda va tabiiy usulda
shamollatish tashqi havo yordamida sovutiladi.Meva-sabzavotlarni muzlashi 0.5 dan -3gacha
ro’y beradi. Mevalarning muzlash harorati ular tarkibidagi suvning miqdoriga bog’liq.Meva-
sabzavotlarni haroratga nisbatan munasabati bir-biridan tubdan farq qiladi.Ularni quyidagi
guruhlarga bo’lish mumkin: 0 dan biroz past va biroz yuqori haroratda yaxshi saqlanadigan-
piyoz, sarimsoq,karam;olma,olxo’ri va uzumning ba’zi navlari; ammo bunday harorat urug’lik
sabzavotlarga to’g’ri kelmaydi; 0 ga yaqin va undan biroz yuqori haroratda yaxshi saqlanadigan
– bu guruhga meva-sabzavotlarning ko’pchilik tur va navlari to’g’ri keladi.
2- asosiy sharoit bu sabzavot va mevalarni saqlashdagi havoning nisbiy namligi.
Ko’pchilik sabzavot va mevalar uchun havoning nisbiy namligi 90-95%, piyoz va sarimsoq
uchun esa eng past ya’ni 75% bo’ladi.Chunki ularni bundan yuqori namlikda saqlansa bo’g’in
kasalligiga duchor bo'lishi aniq. Ombordagi havoning solishtirma birligi va tarkibi saqlanadigan
mahsulotda kechadigan biokimyoviy jarayonlarga, shuningdek, tovar holatiga va isrofiga ta’sir
etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Sabzavotlar yilning ma’lum bir davrida yetishtiriladi
va insonning oziqlanishi uchun zarur bo‟lgan bir qator moddalar vitaminlar, mineral tuzlar,
uglevodlar, organik kislotalar va boshqalarning asosiy manbai hisoblanadi. Sabzavotlarni
saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy tarkibini, ya’ni tashqi ko’rinishi, rangi,
mazasi hamda oziq-ovqatlik qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Shu
sababli meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashni to’g’ri va ilmiy asosda tashkil qilish
aholini yil mobaynida ushbu mahsulotlar bilan ta„minlash muammosini hal qiladi.
Sabzavotlarni saqlashda bo'ladigan biologik va fiziologik jarayonlarni chuqur o’rganish va bu
borada aniq fikrga ega bo’lish mahsulotlarni sifatli qilib saqlashda muhim ahamiyatga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
60
ega.Sabzavotlarning sifatli saqlanishi uchun saqlash mobaynida ularda qanday jarayonlar
borishini va bu jarayonlarning borishiga tashqi muhitning qaysi omillari ta’sir qilishini bilish
zarur. Sabzavotlarni saqlashda ular vaznining tabiiy ravishda tushishini atigi bir foizga
kamaytirish mahsulotni o’n ming tonnalab ko’paytirishga olib keladi. Shuning uchun
mutaxassislar meva va sabzavotlarni saqlashga e’tiborni kuchaytirishlari va bu bilan bog’liq
bo’lgan barcha masalalarni chuqur o’rganishlari lozim.
XULOSA
Mahsulotlarning saqlashga chidamliligi ularni qulay sharoitda saqlash muddati bilan
aniqlanadi. Meva va sabzavotlarni saqlashga chidamliligini ma’lum zona va faslda hamda
agrotexnik, texnologik rejimda namoyon bo’lishi saqlanuvchanlik deb ataladi. Saqlanuvchanlik
odatda saqlash davrida mahsulotlarni yo’qotish og’irligini foizlarda hisoblangan mikroi bilan
belgilanadi. Umuman olganda sabzavotlarning saqlashga chidamliligi ularning tabiiy
xususiyatidir. Shuning uchun bir navning o’zi har xil sharoitda turlicha saqlanishi mumkin.
Sabzavotlarning saqlashga chidamliligi ko’p omillarga bog’liq. Agar bitta nav doirasidagi
mevalarning katta-kichikligi, tig’izligi po’stining qalinligi, shakli va po’stining butunligi, rangi
hamda boshqa saqlash ma’lum nav uchun xos bo’lsa, bunday mevalar yaxshi saqlanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Оstоnaqulоv T.E., Zuev V.I., Qоdirxo’jaev О. Sabzavоtchilik. T., 2009 y.
2.
Bo’riev X.Ch., Zuev V.I., Qоdirxo’jaev О. Muxamedоv M.M. “Оchiq yerda sabzavоt ekinlar
yetishtirishning prоgressiv texnоlоgiyalari” T., “O‟zMEDIN”, 2002
3.
Оstanaqulоv T.E. Meva-sabzavоt va pоliz ekinlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash
texnоlоgiyasi. Samarqand, 2006
4.
Boriev H., R.Jo’raev., О.Alimоv. “Meva-sabzavоtlarni saqlash va ularga dastlabki ishlоv
berish” Tоshkent “Mehnat” 2002