YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
108
HUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI, XOSSALARI VA HUJAYRANING
MORFOLOGIYASI
Umaraliyeva Mohlaroyim Azimjon qizi
ADPI Biologiya yo’nalishi 102-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14214440
Annotatsiya.
Mazkur tezisda hujayraning kimyoviy tarkibi, xossalari va morfologiyasi
o‘rganilgan. Hujayra tarkibidagi organik va noorganik moddalar, ularning biologik
funksiyalari tahlil qilingan.
Abstract
: This study examines the chemical composition, properties, and morphology of
the cell. The biological functions of organic and inorganic substances in the cell are analyzed.
Аннотация:
В данном исследовании изучены химический состав, свойства и
морфология клетки. Проанализированы биологические функции
Kalit so’zlar:
Hujayra, kimyoviy tarkib, morfologiya, xossalar, organik moddalar,
noorganik moddalar, metabolizm, hujayra organoidlari, hujayra membranasi.
Key words:
Cell, chemical composition, morphology, properties, organic substances,
inorganic substances, metabolism, cell organelles, cell membrane.
Ключевые слова:
Клетка, химический состав, морфология, свойства,
органические вещества, неорганические вещества, метаболизм, органоиды клетки,
клеточная мембрана.
Sitologiya bu hujayralarni ularning tuzulishi, funksiyalari, xususiyatlari, kimyoviy
tarkibini, xossalari va uning morfologik xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. U biologiyaning
muhim sohasi bo’lib, barcha tirik organizmlar uchun asos bo’lgan hujayralarni tadqiq qiladi.
Sitologiyaning asosiy yo’nalishlari: Hujayraning kimyoviy tarkibi, hujayra tarkibida turli xil
kimyoviy elementlar va birikmalar mavjud: a) Asosiy elementlar: Makroelementlar: Kislorod
(O), uglerod (C), vodorod (H), azot (N) – hujayra tarkibining 98-99% ni tashkil qiladi. Ular
oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalar kabi organik moddalarning asosiy
komponentlaridir. Mikroelementlar: Temir (Fe), rux (Zn), mis (Cu), marganes (Mn) va
boshqalar – fermentlar faoliyatida ishtirok etadi. b) Organik moddalar: Oqsillar – hujayra
tuzilishi va metabolizm jarayonlari uchun zarur. Uglevodlar – energiya manbai va hujayra
devori tarkibiy qismi. 3. Yog‘lar va lipidlar – membranalar tarkibiy qismi va energiya zaxirasi.
4. Nuklein kislotalar (DNK va RNK) – genetika materiallari va oqsillar sintezi uchun asos. c).
Noorganik moddalar: Suv – hujayra massasining 70-80% ini tashkil qiladi. Mineral tuzlar –
osmotik bosimni saqlash va metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. [1,2]
Hujayraning xossalari: Hujayra o‘ziga xos biologik va fizikaviy xususiyatlarga ega: 1).
Metabolizm – hujayraning modda almashinuvi jarayonlari. 2). O‘z-o‘zini boshqarish –
fermentativ tizimlar orqali hujayra faoliyatini muvofiqlashtirish. 3). O‘sish va bo‘linish – mitoz
va meyoz jarayonlari orqali ko‘payish. 4). Differensiatsiya – turli xil hujayralarga aylanish
qobiliyati. 5). Adaptatsiya va sezgirlik – tashqi muhitga moslashish va javob reaksiyalari.
Hujayra morfologiyasi: Hujayraning tashqi va ichki tuzilishi quyidagi qismlardan tashkil
topgan: a) Hujayra membranasi Ikki qatlamli fosfolipidlardan tashkil topgan. Transport, signal
uzatish va hujayra ichki muhitini muhofaza qiladi. b) Sitoplazma Suv, ionlar, oqsillar va
organoidlarni o‘z ichiga olgan. Metabolik jarayonlarning asosiy qismi sitoplazmada kechadi.
c) Organoidlar 1. Yadro – DNK saqlovchi va hujayra boshqaruv markazi. 2. Mitoxondriya –
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
energiya (ATP) ishlab chiqaradi. 3. Endoplazmatik to‘r (ET) – moddalar sintezi va
transportida qatnashadi. Qattiq ET – ribosomalarga ega, oqsillar sintezini amalga oshiradi.
Silliq ET – lipidlar sintezida ishtirok etadi. 4. Golji apparati – moddalarni qayta ishlash va
tashqariga chiqarish. 5. Lizosoma – hujayra chiqindilarini parchalash. 6. Ribosomalar –
oqsillar sintezida ishtirok etadi. d) Sitoskelet Hujayra shakli va harakatini ta’minlaydi.
Mikrofilamentlar, mikronaychalar va oraliq filamentlardan iborat[1,3].
Hujayra devori (o‘simliklarda) sellyulozadan tashkil topgan bo‘lib, hujayraga mexanik
mustahkamlik beradi. Yuqoridagi uch yo‘nalish birgalikda hujayraning biologik funksiyalarini
tushunishga yordam beradi. Sitologiyaning bu mavzusi hayotiy jarayonlarni chuqurroq
o‘rganish uchun muhim asos yaratadi. Hujayra barcha tirik organizmlarning asosiy struktura
va funksional birligi hisoblanadi. Uning kimyoviy tarkibi organik va noorganik moddalar
uyg‘unligidan iborat bo‘lib, organizm hayotiy jarayonlarini ta’minlaydi. Hujayra o‘ziga xos
xususiyatlarga ega: metabolizm, ko‘payish, sezgirlik va moslashuvchanlik orqali tirik
organizmning barqaror faoliyatini ta’minlaydi. Morfologik jihatdan hujayra membrana,
sitoplazma va organoidlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir qism o‘ziga xos vazifani bajaradi.
Hujayraning murakkab tuzilishi va mexanizmlari hayotning asosiy jarayonlarini boshqarishda
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu sababli, hujayra biologiyasini chuqur o‘rganish barcha biologik
fanlarning asosidir va organizmlar faoliyatini tushunish uchun fundamental ahamiyatga
ega.[2,4]
References:
1.
Badalxodjayev I, Madumarov. T “Sitologiya”. And., 2013.
2.
Mustafayev S.M. “Sitologiya” Toshkent. Idris abdurauf. 2020.
3.
Tursunov E. “Sitologiya va umumiy gistologiya”. Toshkent. Turon – iqbol 2020.
4.
Nazarova F.SH, DJumanova N.E. “Sitologiya asoslari”. Samarqand. Artex. 2024.