YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
128
YANGI O'ZBEKISTONDAGI MADANIY-MA'RIFIY ISLOHOTLAR
КУЛЬТУРНЫЕ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ РЕФОРМЫ В НОВОМ
УЗБЕКИСТАНЕ
CULTURAL AND EDUCATIONAL REFORMS IN NEW UZBEKISTAN
Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi
Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich
Email: sardorbekoqyolov779@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14440098
Annotatsiya:
Ushbu maqola Yangi O’zbekiston taraqqiyotida ma’naviy-madaniy
islohotlar masalasiga bag’ishlanib, unda mamlakatimizda ushbu sohada erishilgan yutuq va
islohotlar tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakatimizda kelgusida amalga oshirilishi
rejalashtirilayotgan madaniy-mar'rifiy islohotlar masalasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Madaniyat, Uchinchi Renessans, taraqqiyot, strategiyasi, ma’rifat,
komunikatsiya, tashabbus.
Аннотация:
Данная статья посвящена вопросу духовных и культурных реформ в
развитии Нового Узбекистана и анализирует достижения и реформы, достигнутые в
этой области в нашей стране. Также освещен вопрос культурно-образовательных
реформ, которые планируется реализовать в нашей стране в будущем.
Ключевые слова:
Культура, Третье Возрождение, развитие, стратегия,
просвещение, коммуникация, инициатива.
Abstract:
This article is devoted to the issue of spiritual and cultural reforms in the
development of New Uzbekistan, analyzing the achievements and reforms achieved in this
area in our country. It also covers the issue of cultural and educational reforms planned to be
implemented in the future in our country.
Key words:
Culture, Third Renaissance, development, strategy, enlightenment,
communication, initiative.
Kirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar
O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu
masala xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev gapirar ekanlar, quyidagilarni
ta’kidlaydilar: “Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini
rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa,
g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga
mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada
chuqur o‘rganishimiz lozim” . Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda olib
borilayotgan keng qamrovli islohotlar mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning
orzumaqsadlarni o’zida ifoda etib, butun dunyoda yuksak e’tirof etilmoqda. Shundan kelib
chiqib, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etish har bir fuqaroning burchi va
mas’uliyatiga aylanmoqda.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
129
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ /
LITERATURE REVIEW)
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviymadaniy islohotlarimiz
quyidagi masalalrni o‘z oldiga dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda:
birinchidan
, mamlakatimizda ma’naviy-madaniy islohotlarni yangi bosqichga olib
chiqish, fuqarolarning ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish va boʻsh vaqtlarining
mazmunli oʻtishini taʼminlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarni
oʻzida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;
ikkinchidan
, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik sanʼatini saqlab qolish va
rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va
ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli
ravishda boyitib borish;
uchinchidan
, bolalarni toʻgaraklarga jalb etish, xorijiy tillarni oʻrganish va “nutq
madaniyati” boʻyicha kurslarni tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yoʻnalishlari,
havaskorlik sanʼati va nomoddiy madaniy merosni keng targʻib qilish hamda ularni asl holicha
kelajak avlodga yetkazish;
to‘rtinchidan
, adabiyot hamda sanʼat arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan
maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan,
yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini oʻtkazish;
beshinchidan
, tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha sanʼatining tuman (shahar)
miqyosidagi festivallarini oʻtkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qoʻllab-
quvvatlash;
oltinchidan
, ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-
madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha ularga pulli
xizmatlar koʻrsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini imzoladi.
Ushbu farmonning qabul qilinishi xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagilarga
alohida to‘xtalib o‘tadi: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy omillar bilan birga, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar
ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega” .
NATIJALAR VA MUHOKAMA (РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ / RESULTS AND
DISCUSSION
Shundan kelib chiqqan holda, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va
sohani yangi bosqichga olib chiqish” masalasiga bag‘ishlanib, Yangi O‘zbekistonda taraqqiyoti
strategiyasida ma’naviy-madaniy islohotlar istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan [3].
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasida belgilab
berilgan ustuvor vazifalar O‘zbekistonning yangi Renessansiga – yangi Uyg‘onish davriga
mustahkam poydevor bo‘lishi nazarda tutilgan. Unda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkalash,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish,
sohada ilmiy yondashuvni keng joriy etish, ilg‘or tashabbuslarni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha
aniq choralar belgilandi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
130
Jumladan, Yangi O‘zbekistonda taraqqiyoti strategiyasida 71-maqsadida ezgulik va
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan —Taraqqiyot strategiyasi
sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni
umummilliy harakatga aylantirish masalasi belgilanib, unda quyidagi ustuvor vazifalar
belgilab olingan:
“Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish.
Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiyma’rifiy tadbirlarni
xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan
uyg‘un holda tashkil qilish.
Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion
uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng
ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash.
Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o‘z vaqtida berib
borish orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olish.
“Mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimida ijtimoiy-
ma’naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish.
Maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun
ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash.
Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va
mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini
ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirish.
“Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston —
Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.
XULOSA:
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, taraaqqiyot strategiyasining 72-maqsadida
mamlakatimiz aholisiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish,
kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga
chiqarish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy
etish belgilab olingan.Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini
yaratishdek ezgu maqsadni izchil amalga oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi hozirgi davr talabi va taqozosi, jamiyatimizning harakatlantiruvchi
kuchlari va rivojlanish omillarini belgilaydigan faoliyat dasturidir.
References:
1.
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi// “Xalq so’zi” gazetasi, 2022 yil 21 dekabr,
№272 (8334)
2.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston – strategyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2021. –B.267.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli
Farmoni//https://lex.uz/docs/-5841063
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
131
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli
Farmoni//https://lex.uz/docs/-5841063
5.
Karimov, X. (2024). HISTORY AND CULTURAL LIFE OF THE KYRGYZ NATIONS
INHABITANT THE FERGHANA VALLEY (1991-2023, ON THE EXAMPLE OF ANDIJAN,
NAMANGAN, FERGANA REGIONS).
Interpretation and researches
,
2
(5 (27)).
6.
Sobirovich T. B. National and universal principles of democracy //Asian Journal of
Research in Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 12. – №. 1. – С. 334-338
7.
http://www.ziyonet.uz
8.
http://www.wikipedia.ru
9.
http://www.guldu.ru
