QORA ANDIZ (INULA HELENIUM L.) NING DORIVOR XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada qora andiz (Inula helanium L.)  o'simligining  ko'rinishi va geografik tarqalishi hamda uning qo'llaniladigan qismi shuningdek, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi va uning o'ziga xos dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
124-127
40

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Axmadjonova , M., & Oqyo’lova , G. . (2024). QORA ANDIZ (INULA HELENIUM L.) NING DORIVOR XUSUSIYATLARI . Молодые ученые, 2(35), 124–127. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/60090
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada qora andiz (Inula helanium L.)  o'simligining  ko'rinishi va geografik tarqalishi hamda uning qo'llaniladigan qismi shuningdek, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi va uning o'ziga xos dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

124

QORA ANDIZ (INULA HELENIUM L.) NING DORIVOR XUSUSIYATLARI

ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА АНДИСА ЧЕРНОГО (INULA HELENIUM L.)

MEDICINAL PROPERTIES OF BLACK ANDIZ (INULA HELENIUM L.)

Axmadjonova Marg'uba Avazbek qizi

Biologiya yo'nalishi 1-bosqich

Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi

Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich

Email: @axmadjonova71@gmail.com

Email: sardorbekoqyolov779@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14440021

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qora andiz (Inula helanium L.) o'simligining ko'rinishi

va geografik tarqalishi hamda uning qo'llaniladigan qismi shuningdek, kimyoviy tarkibi va
ishlatilishi va uning o'ziga xos dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Efir moyi, inulin, saponinlar, allakoidlar, smola, acchiq, bo'yoq, shilliq

moddalar.

Аннотация:

В этой статье представлена информация о влении и географическом

распространении растения аниса черного (Inula helanium L.), его использовании,
химическом составе и использовании, а также его конкретных лечебных свойствах.

Ключевые слова:

Эфирное масло, инулин, сапонины, алкалоиды, деготь, горечь,

краситель, слизь.

Abstract:

This article provides information on the appearance and geographical

distribution of the black andise (Inula helanium L.) plant, its uses, chemical composition and
uses, and its specific medicinal properties.

Key words

: Essential oil, inulin, saponins, alkaloids, tar, bitter, dye, mucilage.


Kirish.

Astradoshlar (Murakkab guldoshlar) Astraseae (Compositae) oilasiga mansub

bo'yi 100-80 sm keladigan yirik ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o'sadi,
yuqori qismi, shoxlangan. Ildiz oldi barglari yirik, uzun bandli elipssimon yoki cho'ziq,
tuxumsimon o'tkir uchli bo'ladi. Poyasidagi barglari, cho'ziq tuxumsimon bo'lib bandi
yordamida (pastki qismlaridagilari) yoki bandisi ( poyasining yuqori qismidagilari)
shoxlarida ketma-ket o'rnashgan. Hamma barglari sertuk (ayniqsa pastki tomoni) va
tishsimon qirrali. Tilla sariq poyasi bilan shoxchalari qalqonsimon yoki shingilsimon to'pgul
hosil qiluvchi savatchalarga joylashgan. Mevasi- to'rt qirrali, cho'zinchoq pista.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

125

Sobiq SSSRning Yevropa qismi, Kavkaz, O'rta Osiyo, Qozog’iston va G'arbiy Sibirdagi tog'

etaklaridan tog'larning o'rta qismigacha bo'lgan to'qayzorlarda, daryo vodiylarida, butalar
orasida, o'tloqlarda, o'rmonlardagi ochiq joylarda va boshqa nam yerlarda o'sadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

126

Ildizpoyasi bilan ildizi. Ular kuzda mevasi pishib to'kilgandan so'ng yoki erta bahorda

kovlab olinadi, tuproq va suv bilan yuvib tashlanadi. Yo'g'onlarini maydalab, ochiq havoda-
quyoshda quritiladi. Yer ustki qismi tarkibida 1-3% efir moyi, 44%gacha inulin va boshqa
uglevodlar, saponinlar 0,16%alkaloidlar, smola, achchiq, bo'yoq, shilliq va boshqa moddalar
bor. Ildiz poyasi bilan ildizining qaytmasi nafas yo'llari kasalliklarida balg'am ko'chirivchi
vosita sifatida qo'llaniladi. Yer ostki organlaridan olingan allanton preparati me'da va o'n ikki
barmoq ichak yarasi kasalligini davolash uchun ishlatiladi. Qora andiz preparatlari va efir
moyi yallig'lanishga qarshi, antiseptik va gijja haydobchi ( ayniqsa efir moyi tarkibidagi
allontolakton va izoallantolakton birikmalari) ta'sirga ega. Qora andiz ildizi bilan Ildizpoyasi
yo'talga qarshi va balg'am ko'chirish uchun ishlatiladigan yig'malar-choylar hamda Zdrenko
yig'masi tarkibiga kiradi. Qora andiz qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash
uchun qo'llanib kelingan. Uni Abu Ali Ibn Sino bog'in og'riganga, radikulit kasalliklariga davo
qilgan, ildiz qaytnasmasini balg'am ko'chiruvchi, siydik havdovchi vosita sifatida ishlatgan,
ildizi bilan bargaining qaytnasmasiga dokani ho'llab et uzilgan joyga bog'lagan. Ildiz va
ildizpoyasidan tayyorlangan qaytma yoki damlama va ularning poroshogi hozirgi vaqtda ham
xalq tabobatida balg'am ko'chiruvchi, isitmani tushiruvchi, terlatuvchi, siydik va gijja
havdovchi, ishtaha ochuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Nafas yo'llari shamollashi va
yalig'lanishi, buyrak va siydik yo'llari hamda me'da kasalliklarida, grips bavosil va boshqa
kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Qaytnasmasi bilan yana qo'tir, gush ( ekzema) , turli
yaralar va terining boshqa kasalliklari davolanadi. Xalq tabobatida andizning boshqa turlari-
Sariq andiz-Devyasil krupniy-I. grandis Schrenk, Britaniya andizi ( chachal bosh )-Devyasil


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

127

Britaniskiy-I. britannicaa-L. va boshqalar yuqorida ko'rsatilgan kasaliklarini davolashda qora
andiz bilan bir qatorda ishlatiladi. Sariq andizning yer ostki organlari tarkibida 2,20-3,17%
efir moyi ( asosiy qismi allantolaktonlar), 2-20% qandlar, 12-32% inulin, 5,68-13,71%
smolalar ( 20,4-301% efir moyi tashkil etadi) va boshqa birikmalar bor. Bargida yana
favonoidlar, xromonlar, saponinlar, allkoidlar va boshqa moddalar uchraydi. Sariq andizning
hamma organlaridan Grandin, ivalin, Grandin, igalin va boshqa seskiviterpenlaktonlar
olingan. Sariq andiz ildizi ilmiy tibbiyotda qora andiz bilan bir qatorda ishlatiladi. Uning
preparatlari yana me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi va me'da yallig'lanishida
ishlatishga tavsiya etilgan.

Dori tayyorlash va foydalanish

1.

Damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga 1 staking qaynab turgan sub

quyiladi, ustiga maydalangan ildiz va ildizpoyasidan bir choy qoshiqda solib, 8 soat damlab
qo'yiladi. So'ngra dokada suzib, yuqorida aytib o'tilgan kasaliklarda kuniga 4 mahal ovqatdan
20 minut oldin chorak stakandan ichiladi.
2.

Qaynatma tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga bir stakan suv quyib, ustiga

maydalangan ildiz va ildizpoyasidan 20 gr solinadi, biroz qaynatib 4 soat damlab qo'yiladi.
So'ngra dokadan o'tkazib kuniga 3-4 mahal ovqatdan 20 minut oldin bir osh qoshiqdan
ichiladi.
3.

Teri kasalliklariga davo qilish uchun qaynatmani ko'proq qilib tayyorlanadi. Buning

uchun og'zi yopiladigan idishga 1 litr suv quyiladi, ustiga maydalangan ildiz va ildizpoyasidan
100 great solib, biroz qaynatiladi va 4 soat damlab qo'yiladi. So'ngra dokaga suzib, yara,
ekzema yoki qo'tir bo'lgan yerlar kuniga bir necha marta yuviladi va oxiri har gal dokani
ho'llab o'sha joyga bog'lanadi.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkinki, Qora andiz o'simligining tarqalishini uning

ko'rinishini va dorivorlik xususiyatlarini ushbu maqolada yoritib berdik. Qora andiz o'simligi
ko'plab kasalliklarga davo bo'ladi. Ayniqsa bog'in og'rig'i, radikulit kasalliklarini davolashda
judayam katta foydasi bor.

References:

1.

Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T.Ibn Sino nashr. 2006 y

2.

Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2005 y.

3.

Yunusxodjaev A. N. i dr. Gosudarstvennыy reestr lekarstvennыx sredstv i izdeliy

meditsinskogo naznacheniya. T. 2004.
4.

Akroximiya (Pod red B. A. Yagodina). Moskva, 1982.

5.

Xolmatov X.X., A.I., Qosimov ruscha-lotincha-o'zbekcha dorivor o'simliklar lug'ati.

Toshkent. 1992.
6.

http://www.ziyonet.uz

7.

http://www.wikipedia.ru

Bibliografik manbalar

Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T.Ibn Sino nashr. 2006 y

Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2005 y.

Yunusxodjaev A. N. i dr. Gosudarstvennыy reestr lekarstvennыx sredstv i izdeliy meditsinskogo naznacheniya. T. 2004.

Akroximiya (Pod red B. A. Yagodina). Moskva, 1982.

Xolmatov X.X., A.I., Qosimov ruscha-lotincha-o'zbekcha dorivor o'simliklar lug'ati. Toshkent. 1992.

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru