КЛЕТОЧНЫЕ ОРГАНОИДЫ – МИТОХОНДРИИ, ПЛАСТИДЫ

Annotasiya

В данной статье приведены сведения об органоидах клетки - митохондриях, пластидах, то есть об их строении, формировании и внешнем виде.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
4-8
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Axmadjonova , M., & Oqyo’lova, G. (2024). КЛЕТОЧНЫЕ ОРГАНОИДЫ – МИТОХОНДРИИ, ПЛАСТИДЫ. Молодые ученые, 2(34), 4–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/50714
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

В данной статье приведены сведения об органоидах клетки - митохондриях, пластидах, то есть об их строении, формировании и внешнем виде.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

4

HUJAYRA ORGANOIDLARI-MITOXONDRIYA, PLASTIDALAR

КЛЕТОЧНЫЕ ОРГАНОИДЫ – МИТОХОНДРИИ, ПЛАСТИДЫ

CELL ORGANOIDS - MITOCHONDRIA, PLASTIDAE

Axmadjonova Marg'uba Avazbek qizi

Biologiya yo'nalishi 1-bosqich

Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi

Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich

Email: @axmadjonova71@gmail.com

Email: sardorbekoqyolov779@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14263847

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hujayra organoidlari-mitoxondriya, plastidalar haqida

ya'ni ularning tuzilishi, hosil bolishi hamda ko'rinishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Leykoplast, xloroplast, leykoplast, fotosintez, membrana, grana, stroma,

assimilatsiya, pigment, ATF, endosperm.

Аннотация:

В данной статье приведены сведения об органоидах клетки -

митохондриях, пластидах, то есть об их строении, формировании и внешнем виде.

Ключевые слова:

Лейкопласт, хлоропласт, лейкопласт, фотосинтез, мембрана,

грана, строма, ассимиляция, пигмент, АТФ, эндосперм.

Abstract:

This article provides information about cell organelles - mitochondria and

plastids - their structure, formation, and appearance.

Key words

:Leucoplast, chloroplast, leucoplast, photosynthesis, membrane, grana,

stroma, assimilation, pigment, ATF, endosperm.

Kirish.

Plastidlar faqat yashil o‘simlik hujayralarida bo‘ladigan organoid hisoblanadi.

SHimper 1885 yili barg hujayralaridya yashil donachalardan tashqari sariq, to‘q sariq va
rangsiz tanachalarni kuzatdi va ularni plastidalar deb nom berdi. Fotosintez jarayoni amalga
oshuvchi eukariot organizmlar hujayrasida uchraydi. Yuksak o‘simliklarda plastidalarning 3
turi uchrab, bir biriga aylanib turish xossasiga egadir.Ular ham boshqa organoidlar katori
mezoplasmada joyashadi va boshqa organoidlar bilan fiziologik munosabatda bo`ladi. Ular har
bir barg hujayralarida 20-50 donagacha plastidalar bo`ladi. Yirik daraht barglarini
hujayralarida plastidlar 100 miliondan oshadi. Tuban o`simliklarda tabakalashmagan bir necha
yashil plastidlar bo`lib, ular hromotoforlar deyiladi. Yuksak o`simliklarning rangli va rangsiz
plastidlari disksimon bo`ladi. Plastidlarni sitoplazmadan kush qavat membranadan to`zilgan
pust ajratib turadi. Plastidlar bo`linish va ko`rtaklanish yo‘li bilan ko`payish hususiyatiga ega.
Shakli mitoxondriyalarga o‘xshash bo‘lib, kengligi 2-3 mkm ni uzunligi 5-10 mk ni tashkil etadi.
Yashil suvo‘tlarda uzunligi 50 mkm gacha bo‘lgan gigant xloroplast(xromatofor) uchraydi.
Hujayradagi o‘rtacha soni 10-30 tagacha.Ular qanday rangda bo`lishiga qarab, xloroplastlar,
xromoplastlar, leykoplastlarga bo`linadi.

Mitoxondriya (mitos-ip xondrion- tana). Mitoxondriya – sitoplazmatik hosilalar bo`lib,

ular asosan hujayrani energiyasini ta‘minlaydigan, nafas olish protsessi va boshqa metabolitik


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

5

jarayonlarni amalga oshiradigan organoidlar hayotiga ega bo`lib, asosan quvvat ishlab
chiqaruvchi stansiya hisoblanadi.Yorug‘lik mikroskopida ham kuzatish mumkin, donador
shaklda uchraydi. Lekin shakli o‘zgarib turadi, ko`proq ipsimon yoki tayoqchasimon
ko`rinishga ega. Ular hujayrada energiyaga muhtoj va kislorodga muhtoj yerlarda ko`proq
mavjud. Uning uzunligi 0.5-1 mkm 7-20 mkmga teng. 3 xil komponentdan tashkil topgan.
1.

2 ta zich osmofil qavatdan iborat tashqi membrana.

2.

Burmalar kristallar hosil qiladigan ichki membranalar.

3.

Zich gomogen modda matriksdan iborat.
Uning hujayradagi soni har xil. Masalan: jigar hujayralarida 2500 donaga yetsa, spermada

5-7 ta bo‘ladi. Umuman modda almashinuvi jadal hujayralarda ko‘p uchraydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ /

LITERATURE REVIEW)

Mitoxondriyani birinchi bo‘lib tekshirgan olimlar Kelliker (1850y) muskulda, keyinroq

Flemming 1883 yil, Al‘tman 1890 y, Mixoles 1898y ta‘riflaganlar. Ularning shakli o‘zgarib
turadi, spiralsimon, yumaloq, egri, tayoqcha donador va boshqa holatlarda uchrashi mumkin.
Aktivligi yuqori organlarda yirikroq bo‘lishi xarakterli. Tarkibi: 40% oqsil, 30% glikoproteinlar,
fosfolipidlar, 1% RNK va boshqa moddalardan tashkil topgan.Tashqi va ichki membrana
qalinligi 70-80 A ga teng, ichki membrana oralig‘idagi bo‘shliq 100 A ga teng. Uning orasi
strukturasiz matriks suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Ichki membrana qing‘ir – qiyshiq, egri –
bugri naychalar shaklida kristallar hosil qilgan. Uning asosiy vazifasi ichki satxni kengaytiradi.
Ichki membranani matriks suyuqligiga qaragan sathida qo‘ziqorinsimon elementar zarralar
joyslashgan. Ular oksisomalar deyiladi. Asosan ATF sintezi amalga oshadigan birlik hisoblanadi.
Bundan tashqari bu ichki membrana sathida nafas olish zanjiri deb ataladigan murakab va
ketma – ket boradigan bioenergetik jarayon amalga oshadi. Oqsil biosintezi jarayonida batafsil
aytilgan.

1676 yildada A.Van Levenguk o‘rganadi, 1882 yilda A.SHimper davom ettiradi,

ul‘trastrukturasini, A. Frey-Visling o‘rganadi.Plastidlar faqat yashil o‘simlik hujayralarida
bo‘ladigan organoid hisoblanadi. SHimper 1885 yili barg hujayralaridya yashil donachalardan
tashqari sariq, to‘q sariq va rangsiz tanachalarni kuzatdi va ularni plastidalar deb nom berdi.
Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi eukariot organizmlar hujayrasida uchraydi. Yuksak
o‘simliklarda plastidalarning 3 turi uchrab, bir biriga aylanib turish xossasiga egadir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA (РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ / RESULTS AND

DISCUSSION

Plastidalarning hosil bo‘lishi va kelib chiqishi haqida fanda ancha ma‘lumotlar yig‘ilgan.

Yashil suvo‘tlari spirogira va xlamidomonadardaxromatofori uzayib ikkiga bo‘linish orqali
ko‘payadi. Yuksak o‘simliklarda ham xloroplastlarning ko‘payishi kuzatiladi lekin bu kam
xollarda uchraydi. Xloroplastlar sonining ortishi va boshqa xildagiplastidalarning hosil bo‘lishi
asosida proplastidalar yotishi aniqlangan. Proplastida-

---leykoplast----xloroplast-----xromoplast.

Xloroplastlar

– nozik tuzilishli, juda murakkab bo‘lib mitoxondriya kabi ikki qavat

membranadan tashkil topgan, tashqi membrana qobiq vazifasini o‘taydi, ichki membrana
ichkariga o‘sib kirib, alohida takrorlanish natijasida granalar hosil qiladi. Bular qatlam – qatlam
hosil qilib joylashadi. Bu qatlamning bir qavat membranasi tillakoid deyiladi. Grana tarkibida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

6

bo‘lgani uchun grana tillakoidi deyiladi. Granalar orasidagi bo‘shliq storoma deyiladi. Granalar
o‘zaro membrana bilan tutashadi, bu tutashtiruvchi membrana lamella tilakoidi deyiladi.

1-rasm. Xloroplastning tuzilishi:

1-grana; 2-kraxmal donachalari; 3-tilakoid; 4-lamella.

Leykoplastlar

. Leykoplastlar – plastidlar orasida eng maydasi hisoblanadi, rangsiz

bo‘ladi va aniq shakliga ega bo‘lmaydi. 1854 yil Kryuger topgan. Lamellalari juda oz bo‘ladi,
lekin ular yorug‘lik ta‘sirida ichki tuzilishini rivojlantirib, yashil plastidlarga aylanishi
mumkin.Leykoplastlar (leukos-rangsiz, plastos-shakl) xloroplastlardan lamillyar sistemasining
sust rivojlanganligi bilan farq qiladi va bu jihatdan proplastidalarga o‘xshaydi. Lekin
yorug‘likda bularda ham tilakoidlar sistemasi rivojlanib yashil rangga kiradi. Xloroplastlarda
assimilyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan tranzitkraxmal to‘plansa leykoplastlarda zahira
kraxmali to‘planadi. Masalan urug‘ endospermi, tugunaklarda kraxmalning to‘planishi
amiloplastlarning rivojlanishiga olib keladi.

Xromoplastlar

. Plastidaning yana bir turi karotinoid (carota-sabzi eidosshakllanish)

pigmentlariga ega bo‘lgan xromoplastlardir. Xloroplastlardan va kam hollarda leykoplastlardan
(sabzi ildizi) hosil bo‘ladi. Xromoplastlar – o‘simliklarning vegetativ organlarida bo‘ladi, turli
rangda kuzatiladi. Hozirda 58 turi ma‘lum. Ular karatinoidlarning yetilishiga qarab globulyar,
fibrilyar, kristallik tiplarga bo‘linadi. Ahamiyati katta bo‘lib, yashil o‘simliklarning changlanish,
tarqalish va boshqalarda muxim rol‘ o‘ynaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7

Hujayradagi mitoxondriyalar yig‘indisi –xondriom deyiladi. SHakli jihatidan granulyar va

ipsimon tuzilishga ega. SHakli va o‘lchami doimiy hisoblanmaydi. O‘rtacha olganda kengligi 0.5
mkm uzunligi esa ipsimon shakllarida 7-10 mkmni tashkil etadi. Bitta hujayradagi soni bir
nechtadan bir necha yuz va mingtani tashkil etadi. Hayvon hujayralariga nisbatan o‘simlik
hujayralarida mitoxondriyalar soni kamroq bo‘ladi, chunki ular bajaradigan vazifaning bir
qismini o‘simliklarda plastidalar bajaradi.Anaerob muxitda yashovchi ichak entoamyobalarida
va ba‘zi parazit sodda hayvonlarda mitoxondriyalari bo‘lmaydi.Ba‘zi hujayralarda
mitoxondriyalar bir-biri bilan qo‘shilib gigant mtoxondriyalarni- xondriosferalarni hosil qiladi.
Masalan spermiylar hujayrasida gigant mitoxondriyalar xivchini atrofida joylashadi.Asosiy
vazifasi oziq moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘larni makroergik fosforli ATF bog‘larga
aylantirish bo‘lgani uchun hujayrada ATF sarfi bilan bog‘liq joylarda uchraydi. Masalan, skelet
mushaklarida miofibrillarda, xivchini va kiprikchalari bo‘lgan hujayralarda xivchinlarning
birikishi asosida to‘dalanib ularning harakati uchun zarur bo‘lgan energiyani hosil qiladilar.
Nerv hujayralarida nerv impul‘sinig uzatilish joyida- sinapslarda joylashadilar.Ikki qavat
membrana bilan chegerelangan bo‘lib tashqi membrana uni gialoplazmadan ajratib turib o‘z-
o‘zida birikish hosil qildi, ichki membranasi mitoxondriya ichki matriksi yoki sitoplazmasini
ajratadi membranalararo bo‘shliq 10-20 nm tashkil qiladi. Ichki membrana mitoxondriya
matriksi tomonga ichki burmalarni kristalarni(crista-lot.taroqcha) hosil qiladi.Kristalar
mitoxondriya uzunligiga ko‘ndalang yoki perpendikulyar ravishda joylashishi mumkin.
Kristalarning shoxlanish va egilish hosil qilish turiga qarab: plastinkasimon, perforatsiyali,
naysimon va to‘lqinsimon turlari farqlanadi.

2-rasm.Mitoxondriyaning tuzilishi:

1-tashqi membrana; 2-ichki membrana; 3-

kristalar; 4-matriks

XULOSA:

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki mitoxondriyada moddalarning

metobolizmi asosiy vazifasi organik substratlarning oksidlanishi va ADF ning fosforlanishi
orqali ATF sintezlash. Bu jarayonlar uchun boshlang‘ich substrat bo‘lib uglevodlar,
yog‘kislotalar va aminokislotalar xizmat qiladi. Uglevodlar oksidlanishining boshlang‘ich
etaplari gialoplazmada kislorod ishtirokisiz o‘tganligi uchun anaerob oksidlanish yoki glikoliz
deyiladi. Glikolizning asosiy substrati glyukozadir. Tirik hujayrada glyukozaning oksidlanishi
bosqichma bosqich amalga oshib bu jarayonni bir qancha oksidlanish fermentlari amalga
oshiradi va uning natijasida ATF molekulasidagi makroergik bog‘lar hosil bo‘ladi. 1 chi
bosqichda glyukoza triozagacha parchalanadi, bunda 2 molekula ATF sarflanib 4 mol ATF


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

sintezlanadi. Anaerobli parchalanish past energiya chiqishiga qaramay ko‘pgina tirik
organizmlarning asosiy energiya manbai hisoblanadi.Masalan: mikroorganizmlar, ichak
parazitlari, shish hujayralari va mitoxondriyalari bo‘lmaydigan sutemizuvchilarning
eritrotsitlarida asosiy energiya manbai bo‘lib glikoliz xizmat qiladi.

Simbioz nazariyasiga asosan eukariot hujayralar evolyutsion davrda boshqa hujayralar

bilan simbiozlashgan. Birinchi bosqichda anaerob geterotrof bakteriyalar bilan erob bakteriya
qo‘shilib mitoxondriya hosil bo‘lgan. Unda parallel ravishda genofor membrana bilan ajratilib
yadro rivojlangan va eukariot hujayra rivojlangan. Birlamchi eukariot hujayra bilan yashil
suvo‘tining qo‘shilishidan plastida rivojlangan.

References:

1.

Abdulov I.A., Xalbekova X. Hujayra biologiyasi. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2019. - 250b.

2.

Badalxo‘jayev I.B., Madumarov T. Sitologiya. // Andijon, ―Hayot‖

nashriyoti, 2019, - 252 bet.
3.

Karp G. Cell and molecular biology. USA, 2013. –P. 850.

4.

Ченцов Ю.С. Введение в клеточной биологии. М., МГУ, 2014

5.

Abdulov I.A., Qodirova N.Z. Sitologiya. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2014. -132b.

6.

Билич Г.Л. Биология, Цитология, Гистология, Анатомия человека. Санк-Петербург,

―Союз‖, 2001. - 444с.
7.

Заварзин А.А., Харвзова А.А. Основы общей цитологии. Л. ЛГУ, 1982. -210 с.

8.

Sottiboyev I., Qo‘chqorov I. O‘simlik hujayrasi. – Toshkent: ―O‘qituvchi, 1991.

9.

http://www.ziyonet.uz

10.

http://www.wikipedia.ru

Bibliografik manbalar

Abdulov I.A., Xalbekova X. Hujayra biologiyasi. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2019. - 250b.

Badalxo‘jayev I.B., Madumarov T. Sitologiya. // Andijon, ―Hayot‖ nashriyoti, 2019, - 252 bet.

Karp G. Cell and molecular biology. USA, 2013. –P. 850.

Ченцов Ю.С. Введение в клеточной биологии. М., МГУ, 2014

Abdulov I.A., Qodirova N.Z. Sitologiya. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2014. -132b.

Билич Г.Л. Биология, Цитология, Гистология, Анатомия человека. Санк-Петербург, ―Союз‖, 2001. - 444с.

Заварзин А.А., Харвзова А.А. Основы общей цитологии. Л. ЛГУ, 1982. -210 с.

Sottiboyev I., Qo‘chqorov I. O‘simlik hujayrasi. – Toshkent: ―O‘qituvchi, 1991.

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru