Авторы

  • Go‘zalxon O‘sarova
    University of Business and Science Maktabgacha-Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy tarbiya kafedrasi stajyor-o ‘qituvchisi
  • Robiyaxon Davlataliyeva
    University of Business and Science Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.82677

Ключевые слова:

Baxt burch ma’suliyat madaniyat o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy munosabatlar hayot poydevori ish faoliyatti jamiyat ruhiy sog‘lik maqsadlar oila psixalogiya axloq.

Аннотация

Ushbu maqolada baxtli hayotning poydevorini qurishning asosiy omillari, ularga  erishish  yo‘llari  va  kundalik hayotda  qanday  amaliy  choralar  ko‘rish  lozimligi  haqida  batafsil   ma’lumot beriladi. Baxtli hayot poydevorini yaratish uchun insonning ma’naviy va jismoniy holati, ijtimoiy munosabatlar va o‘z-o‘zini anglashdagi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

93

BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINING BAXTLI HAYOTGA

ERISHISHLARIDA MA’NAVIY TARBIYANING AHAMIYATI

Go‘zalxon O‘sarova Rasuljon qizi

University of Business and Science

Maktabgacha-Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy tarbiya kafedrasi

stajyor-o ‘qituvchisi

(+998 88) 3758797

Davlataliyeva Robiyaxon Baxodir qizi

University of Business and Science

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15307727

Annotatsiya:

Ushbu maqolada baxtli hayotning poydevorini qurishning asosiy omillari,

ularga erishish yo‘llari va kundalik hayotda qanday amaliy choralar ko‘rish lozimligi
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Baxtli hayot poydevorini yaratish uchun insonning
ma’naviy va jismoniy holati, ijtimoiy munosabatlar va o‘z-o‘zini anglashdagi muhim jihatlar
ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Baxt, burch, ma’suliyat, madaniyat, o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy

munosabatlar hayot poydevori, ish faoliyatti, jamiyat, ruhiy sog‘lik, maqsadlar, oila,
psixalogiya, axloq.

Аннотация:

В данной статье представлена подробная информация об основных

факторах построения основ счастливой жизни, путях их достижения и о том, какие
практические меры следует предпринимать в повседневной жизни. Считается, что
важные аспекты духовного и физического состояния человека, социальных отношений
и самосознания создают основу счастливой жизни.

Ключевые слова:

Счастье, долг, ответственность, культура, самосознание,

общественные отношения – основа жизни, трудовая деятельность, общество,
психическое здоровье, цели, семья, психология, мораль.

Abstract:

This article provides detailed information about the main factors that form

the foundation of a happy life, ways to achieve them, and what practical measures should be
taken in everyday life. To create the foundation of a happy life, important aspects of a person's
spiritual and physical condition, social relationships, and self-awareness are considered.

Keywords:

Happiness, duty, responsibility, culture, self-awareness, social relationships,

the foundation of life, work, society, mental health, goals, family, psychology, ethics.

KIRISH

Baxtli hayot har bir insonning orzusi hisoblanadi. Har bir kishi o’z hayotida baxtini

topish, uning poydevorini yaratishga intiladi. Biroq, baxtning mazmuni va unga erishish
yo‘llari har bir inson uchun turlicha bo’lish mumkin. Baxtli hayotni qurishda bir nechta
omillar muhim rol o ‘ynaydi: manaviyat, ijtimoiy munosabatlar,o‘z- o‘zini anglash va
ruhiy va jismoniy salomatlik. Ularning har biri, bir- biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
baxtni anglash va uning poydevorini yaratishda o‘zaro uyg‘unlikni talab qiladi.

Baxt –bu nafaqat tasodifiy hissiyot , balki uzoq muddat davomida shakllanadigan

hayotiy holatdir. Ko‘pchilik baxtni boylik yoki tashqi muvaffaqiyat bilan bog ‘lasa-da,
tadqiqoqtlar shuni ko‘rsatadiki, u asosan ichki omillar bilan belgilanadi.

Ma’naviyat va ijtimoiy munosabatlar..


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

94

Baxtli hayotning poydevori ma’naviyatga asoslanadi. Insonning o‘zining ichki

qadriyatlarini va hayotdagi maqsadlarini anglash, axloqiy jihatdan to‘g‘ri yo‘ldan borish
baxtni his qilishda muhimdir. Ommaviy axborot vositalari va jamiyatning ta’siridan holi
bo’lgan holda, o‘z qadriyatlari va ma’naviy prinsiplarini yaratish baxtning poydevorini
shakllantiradi.

Ijtimoiy munosabatlar ham baxtga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Insonning oila,

do‘stlar, hamkasblar bilan bo‘lgan sog‘lom aloqalari uning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy yordamingiz, boshqalar bilan o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar baxtni
kuchaytiradi va insonni o‘zini eng yaxshi tarzda his qilishiga yordam beradi.

Yana shuni aytishimiz mumkinki o‘z- o‘zini anglash va maqsadlar baxtli hayot

poydevorining shaklidir. Baxtli hayotning asosiy poydevorlarida biri o‘z o‘zini anglashdir.
Har bir inson o‘zining ichki ehtiyojlari va orzularini tushunishi, maqsadlar belgilashi va
ularga erishish yo‘lida harakat qilishi kerak. Maqsadlar –hayotning ma’nosini topishda va
unga intilishda muhim rol o‘ynaydi boshqalar tomonidan qo‘yilgan maqsadlar emas, balki
o‘zimizning ichki xohishlarimiz, orzularimizni amalag oshirish baxtning kalitidir.

O‘z-o ‘zini anglash jarayoni shaxsiy rivojlanish va baxtga olib boradigan muhim

bosqichdir. O’z maqsadlaringiz belgilab, ularga erishish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni
amalga oshirganingizda, ichki tinchlik va baxt hissini topishingiz mumkin.

Baxtli hayot kechirishda jismoniy va ruhiy sog‘lik ahamiyati. Jismoniy va ruhiy

salomatlik baxtli hayotning mustahkam poydevoridir. Sog‘lom tanani saqlash va ruhiy
barqarorlikni ta’minlash baxtni topishga yordam beradi. Jismoniy faollik , to‘g‘ri
ovqatlanish, uyqu va dam olish tartibi- bularning barchasi baxtli hayotga hissa
qo’shadi.Ruhiy salomatlik ham muhim ahamiyatga ega. Stressni boshqarish , ijobiy
fikrlash, o‘-z o‘zini anglash va hayotdagi qiyinchiliklarga sog‘lom yondashuv baxtni
mustahkamlashga yordam beradi. Meditatsiya, sport, psixologik yordami olish kabi
faoliyatlari ruhiy holatni yaxshilashda muhim rol o ‘ynaydi.

Ma’naviyat xazinasida quyidagi jumla keltirilgan edi: Go‘zal va to‘kin hayot kechirish

uchun bor imkoniyatni ishga solish, kasb va hunar o ‘rganish g‘ayrat – shijoat bilan
mehnat qilishi zarur. Bu gap insonni mehnat qilishga, kasb hunar o’rganishga undaydi.

Najmiddin Komilov ham quyida keltirilgan gapi orqali baxt poydevori haqida

shunday fikr bildirgan ”Komil inson jamiki insonlarning haqiqati, ya’ni odamiylar
odamiysidir.”

Xulosa

Baxtli hayot- bu ma’naviyat, ijtimoiy munosabatlar, o‘z- o‘zini anglash, jismoniy va

ruhiy sog‘likning uyg‘unligi bilan quriladi. Inson o‘zining ichki dunyosini va tashqi
aloqalarini muvozanatli tarzda rivojlantirib, maqsadlariga erishishi va hayotda rohat olish
uchun baxtli hayot poydevorini qurishi mumkin.Bu jarayon shaxsiy rivojlanish , salomatlik
va ijtimoiy o‘zaro aloqalarni bilan bog‘liq bo‘lib, har bir inson uchun o‘ziga xos bo‘lsa-da
baxtni topish yo ‘lida umumiy prinsiplar mavjud. Baxtni anglash va unga erishish uchun
zarur bo‘lgan barcha omillarni uyg ‘unlashtirib inson o‘z hayotini yanada mazmunli va
baxtli qilishi mumkin.

References:

Используемая литература:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

95

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G‘afur G‘ulom- “Baxt haqida fikrlar”

2.

Abdulla Avloniy - “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent. 1913

3.

Moslow A.-“Motivatsiya va shaxsiyat “ Aqsh. 1954.

4.

Fromm E.- “Baxt va inson tabiatining mohiyati”. 1976

5.

Rasulov,M. “Oila jamiyatda ma’naviy qadriyatlar” Samarqand.2020

Библиографические ссылки

G‘afur G‘ulom- “Baxt haqida fikrlar”

Abdulla Avloniy - “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent. 1913

Moslow A.-“Motivatsiya va shaxsiyat “ Aqsh. 1954.

Fromm E.- “Baxt va inson tabiatining mohiyati”. 1976

Rasulov,M. “Oila jamiyatda ma’naviy qadriyatlar” Samarqand.2020

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)