YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
90
BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINI TARBIYALASHDA VATAN
TUYG‘USINING AHAMIYATI
Go‘zalxon O‘sarova Rasuljon qizi
University of Business and Science
Maktabgacha-Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy tarbiya kafedrasi
stajyor-o ‘qituvchisi
(+998 88) 3758797
Ulug‘nazarova Maftuna Xursanali qizi
University of Business and Science Boshlang‘ich ta’lim 1-kurs talabasi
Maftunaulugnazarova1@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15307708
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Vatan yagona” mavzusi asosida milliy birlik,
vatanparvarlik, fuqarolik javobgarligi va yurtimiz mustaqilligini saqlab qolishning ahamiyati
yoritilgan. Maqolada turli ijtimoiy, madaniy va tarixiy jihatlar tahlil qilinib, birlik va
hamjihatlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ta’kidlangan. O‘zbekiston xalqining turli millat
va din vakillari hamjihatligi, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shuningdek, milliy
qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar
: Vatan, milliy birlik, mustaqillik, vatanparvarlik, fuqarolik javobgarligi,
hamjihatlik, milliy g ‘urur, tarixiy meros, tinchlik.
Аннотация:
В данной статье, посвященной теме «Единая Родина»,
подчеркивается важность национального единства, патриотизма, гражданской
ответственности и сохранения независимости нашей страны. В статье анализируются
различные социальные, культурные и исторические аспекты и подчеркивается роль
единства и солидарности в развитии общества. Будут проанализированы единство
народа Узбекистана, представителей разных национальностей и религий, достижения,
достигнутые за годы независимости, а также усилия по сохранению и развитию
национальных ценностей.
Ключевые слова:
Родина, национальное единство, независимость, патриотизм,
гражданская ответственность, солидарность, национальная гордость, историческое
наследие, мир.
Abstract:
This article, based on the theme “United Homeland”, highlights the
importance of national unity, patriotism, civic responsibility and preserving the independence
of our country. The article analyzes various social, cultural and historical aspects, emphasizing
the role of unity and solidarity in the development of society. The unity of the people of
Uzbekistan, representatives of different nationalities and religions, the achievements achieved
during the years of independence, as well as efforts to preserve and develop national values
are analyzed.
Keywords:
Homeland, national unity, independence, patriotism, civic responsibility,
solidarity, national pride, historical heritage, peace.
Kirish
:
Vatan –barchamiz uchun muqaddas makon. Vatan-bu nafaqt tuprogʻi balki tarixi,
madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlari bilan har bir insonning ruhiy dunyosini
shakllantiruvchi manba. O’zbekiston mustaqilligiga erishganidan buyon ”Vatan yagona”
gʻoyasi xalqimizning birdamligini mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Tarix shohidiki,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
91
birlashgan xalqlar g ‘alaba qozongan, parakandalik esa mamlakatlarni zaiflashtirgan.
Oʻzbekiston ham mustaqillikning dastlabki yillarida turli ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklarga
duch keldi, biroq milliy birlik tufayli bu to‘siqlarni yengib oʻtdi.
Milliy birlikning asosiy tamoyillari:
* Madaniy xilma-xillikdagi birdamlik
-Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari tinch –totuv yashaydi.
* Mustaqillik va milliy g‘urur-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
*Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik-birlashgan jamiyatda ishlab chiqarish va taraqqiyot
tezlashadi.
Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik
.
Bugungi kunda global dunyoda vatanparvarlik tushunchasi yangicha ma’nolar kasb
etmoqda. Yoshlarni milly qadriyatlar asosida tarbiyalash, xorijiy ta’sirlardan himoya qilish va
Oʻzbekistonning kelajagina yuksak darajaga olib chiqish har birimizning burchimizdir.
Vatan-bu yurak nidosi, inson ruhining manbai, qalbning ajralmas bir boʻlagi. U har bir
inson hayotida beqiyos o‘rin tutadi. Vatan- ona yurti, mehr-muhabbatning boshlanish nuqtasi,
insonning shakllanish manbai, oʻzligini anglash yoʻlidagi birinchi qadami. Vatan bu-oʻz tiling,
diling, eling, tarixiy, urf-odat va qadriyatlaringdir. Shu bois Vatan haqida qancha soʻz yuritsak ,
bari-bir bu mavzu tugamaydi. Vatan yagona boʻladi. Har bir insonda yurti birdir, yuragi bir,
tuprogʻi aziz. Har qanday holatda ham uni tashlab boʻlmayd, unga befarq boʻlish mumkin
emas. Vatansiz hayotni tasavvur qilish mushkul. Aynan shuning uchun ham ajdodlarimiz ming
yillar davomida o ‘z yurtini dushmanlarda himoya qilgan, ganim qarshisida bosh egmagan,
Vatan tinchligi uchun jonini fido qilgan. Tarix guvohlik beradi: Vatan uchun kurashgan,
vatanparvarlik ruhida yashagan buyuk shaxslar bizning gʻururimizdir. Amir Temur, Jaloliddin
Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlarimiz oʻz Vatani uchun kurash olib
borgan, yurt sha’nini baland tutgan. Ularning jasorati hozirgi avlod uchun ibrat maktabidir.
Mustaqil Oʻzbekiston bugungi kunda ana shu ajdodlar yoʻlidan borib, o‘z taraqqiyot yoʻlini
yaratmoqda. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, bunyodkorlik
ishlari, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar barchasi Vatan
tinchligi va ravnaqi yo‘lida qilinayotgan ulkan sa’y harakatlar samarasi hisoblanadi. Yurtimiz
obodligi-har bir fuqaroning mas’uliyatli munosabati bilan chambarchas bogʻliq. Yoshlar-
kelajak egasi, Vatan tayanchi. Ularga berilgan imkoniyatlar, ishonch, e’tibor ularni
vatanparvar, ma’naviy yetuk, bilimli shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Zero,
kelajakda mamlakat taqdiri, uning taraqqiyot yo‘li aynan yoshlar qoʻlida bo’ladi. Har bir
o‘quvchi, talaba, ishchi-yosh, harbiy yoki ziyoli-o‘z faoliyati orqali Vatan taraqqiyotiga hissa
qoʻshishi mumkin.
Vatanparvarlik bu- yurak amri. Vatanparvarlik faqat tantanali so‘zlarda emas, balki
kundalik hayotdagi harakatda, halollikda, fidoyilikda, mehr-oqibatda, o‘z kasbiga sadoqatda
namoyon bo’ladi.Har bir kishi oʻz joyida Vatan uchun ishlasa, bu Vatanimiz kelajagiga
qoʻyilgan mustahkam poydevor boʻladi.
Xulosa:
“Vatan yagona” gʻoyasi nafaqat shior, balki har bir fuqaroning hayotiy falsafasi boʻlishi
kerak. Birlik va birdamlik-bu nafaqat mustaqillikni saqlab qolish, balki mamlakatimizni yangi
intilishlar sari olib chiqishning asosiy kalitidir. Kelajakda ham O‘zbekistonning obod va
farovon bo‘lishi uchun biz barchamiz vatanimiz uchun birdam ishlashimiz kerak.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
92
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov,I.Ab “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent: Ma’naviyat, 2008
2.
Mirziyoyev SH.M. "Yangi O’zbekiston strategiyasi” nutq va ma’ruzalar.
3.
Mamajonov, A, “Vatan va vatanparvarlik tushunchalari. Toshkent Oʻzbekiston 2022.
4.
Alimov, M “Milliy gʻoya va ma’naviyat asoslar” Toshkent: Akademnashr, 2020.