Авторы

  • Go‘zalxon O‘sarova
    University of Business and Science Maktabgacha-Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy tarbiya kafedrasi stajyor-o ‘qituvchisi
  • Farida Madaminova
    University of Business and Science Boshlang‘ich ta’lim 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.82679

Ключевые слова:

burch mas’uliyat shaxs jamiyat axloq huquq majburiyat javobgarlik psixologiya ijtimoiy munosabatlar ish faoliyati oila.

Аннотация

Ushbu  maqolada  burch  va  mas’uliyat  tushunchalarining  jamiyat  va  shaxsiyatdagi  o‘rni,  ularning  huquqiy  va  axloqiy  jihatlari  ko‘rib  chiqiladi.  Burch,  shaxsning  boshqa  shaxslar  yoki  jamiyatga  nisbatan  o‘zining  majburiyatlarini  bajarishi  zarurati  sifatida  ta’riflanadi.  Mas’uliyat esa,  o‘z  xatti-harakatlari  uchun  shaxsning  javobgarligini  anglatadi.  Maqolada  burchning  o‘rni,  turli  hayotiy  vaziyatlarda  mas’uliyatni  bajarishning  ahamiyati,  shuningdek,  bu  tushunchalarning  bir-biriga  bo‘lgan  aloqasi  tahlil  qilinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

87

BURCH VA MAS’ULIYAT – INSON KAMOLOTI VA JAMIYAT

TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONI

Go‘zalxon O‘sarova Rasuljon qizi

University of Business and Science

Maktabgacha-Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy tarbiya kafedrasi

stajyor-o ‘qituvchisi

(+998 88) 3758797

Madaminova Farida Anvarjon qizi

University of Business and Science Boshlang‘ich ta’lim 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15307691

Annotatsiya:

Ushbu maqolada burch va mas’uliyat tushunchalarining jamiyat va

shaxsiyatdagi o‘rni, ularning huquqiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Burch,
shaxsning boshqa shaxslar yoki jamiyatga nisbatan o‘zining majburiyatlarini bajarishi
zarurati sifatida ta’riflanadi. Mas’uliyat esa, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsning
javobgarligini anglatadi. Maqolada burchning o‘rni, turli hayotiy vaziyatlarda mas’uliyatni
bajarishning ahamiyati, shuningdek, bu tushunchalarning bir-biriga bo‘lgan aloqasi tahlil
qilinadi.

Kalit so’zlar:

burch, mas’uliyat, shaxs, jamiyat, axloq, huquq, majburiyat,

javobgarlik, psixologiya, ijtimoiy munosabatlar, ish faoliyati, oila.


Burch va mas’uliyat insoniyat tarixida har doim muhim ijtimoiy va axloqiy

kategoriya bo‘lib kelgan. Ular nafaqat shaxsiy hayotda, balki jamiyatning o‘zaro
aloqalarida ham markaziy o‘rin tutadi. Burch shaxsning o‘zining majburiyatlarini
bajarmoqda bo‘lishi kerakligini anglatadi, mas’uliyat esa, o‘zining har bir xatti-harakatlari
uchun javobgarlikni tushunish va qabul qilish jarayonidir. Burch va mas’uliyat - bu har
bir inson hayotida muhim o‘rin tutuvchi tushuncha hisoblanadi. Burch - bu biror narsani
qilish yoki qilmaslik haqidagi shaxsiy yoki ijtimoiy talab, mas’uliyat esa, talablarga amal
qilish va ular uchun javobgarlikni his qilishdir. Har bir inson oilasiga, ish joyiga,
jamiyatga va o‘ziga qarashli turli burch va mas’uliyatlarga egadir. Ushbu maqolada
burch va mas’uliyat tushunchalarining tahlili orqali jamiyatdagi ahamiyati, huquqiy va
axloqiy jihatlari, shuningdek, insonning bu tushunchalarga bo’lgan yondashuvlari ko’rib
chiqiladi va ularning hayotimizga ta’siri va ularni to‘g‘ri bajarishning ahamiyati
yoritiladi.

Burch va mas’uliyatning kelib chiqishi:
Burch va mas’uliyat tushunchalari qadim zamonlardan beri insoniyat uchun muhim

bo‘lib kelgan. Falsafada bu tushunchalar Aristotel, Kant, Nietzsche kabi mutafakkirlar
tomoidan o‘rganilgan. Diniy nuqtai nazardan ham har bir din insonlarga burch va
mas’uliyatlrni yuklaydi. Masalan, Islom dinida ham Allohga, oilaga va jamiyatga qarashli
burchlar mavjud.

Burchning axloqiy va huquqiy asoslari:
Burchning axloqiy asoslari shaxsning jamiyatdagi o‘rni va boshqa insonlar bilan

o‘zaro aloqalarini tartibga solishga yordam beradi. Burch, shaxsning boshqa shaxslar
yoki jamiyatga nisbatan o‘zining majburiyatlarini bajarishi zarurati sifatida tushuniladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

Huquqiy jihatdan burch, davlat va qonunlar tomonidan belgilangan majburiyatlar bilan
bog‘liq bo‘lib, bu majburiyatlar jamiyatning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Burch va Mas’uliyat o’rtasidagi aloqa:
Burch va mas’uliyat o‘rtasida bevosita aloqalar mavjud. Burch, shaxsni

majburiyatlarinibajarishga undaydi, mas’uliyat esa, ularni bajarish jarayonida yuzaga
keladigan javobgarlikni anglatadi. Ushbu ikki tushuncha jamiyatda odamlar o‘rtasidagi
ijtimoiy tartibni saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mas’uliyat va javobgarlik:

Mas’uliyat – bu shaxsning o‘z harakatlari va qarorlari uchun javobgarligini qabul

qilishdir. Mas’uliyat har bir insonning axloqiy qoidalariga asoslanib, o‘zining yuksak
me’yorlarga erishishiga intilishidir. Bu nafaqt huquqiy, balki axloqiy nuqtai nazardan
ham muhimdir. Mas’uliyat, o‘z navbatida, jamiyatda ahamiyatli qarorlar qabul qilish va
ularga javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni talab etadi.

Oiladagi burch va mas’uliyat.

Oila – bu burch va mas’uliyatning eng muhim maydoni hisoblanadi. Ota – onalar

farzandlarini tarbiyalash, ularga g‘amxo‘rlik qilish burchiga egadir. Farzandlar esa ota –
onalariga hurmat bilan qarash va ularga yordam berish mas’uliyatini oladi. Oiladagi
burch va mas’uliyatni to‘g‘ri bajarish oila baxtini mustahkamlaydi deb hisoblayman.
Farzandning ota – onalari oldidagi burch va mas’uliyatlarini Kaykovus o‘zining
Qobusnoma asarida ham keltirib o‘tgan: Ey farzand, bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandg‘a
ota – onani izzat va hurmat qilish vojibdir, nedinkim, uning asli ota – onadur. Ota –onani
nima uchun hurmat qilurman, deb ko‘nglingg‘a kelturmag’il, bilg‘ilki, ular sening uchun
o‘limg;a ham tayyor turaturlar. Har bir farzand, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota –
onaning mehr haqqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidur. Ey farzand, shul vajdin ota –
onangni ozgina ham ranjitmag‘il. Bu misralar oiladagi burch va mas’uliyatga misol bo‘la
oladi.

Ish joyidagi mas’uliyat

.

Ish faoliyatida mas’uliyat – bu ishning muvaffaqiyatli bajarishning asosiy shartidir.

Har bir xodim o’z vazifasini samarali bajarishi, jamoa ishiga hissa qo‘shishi xodimning
burchi hisoblanadi. Har bir inson o‘z ish joyida o‘z ishiga mas’uliyat bilan qarashi kerak.
Mas’uliyatli xodim ish joyida ishonch va obro‘ qozonadi, bu esa ularning martaba
ko‘tarilishiga olib keladi.

Burch va Mas’uliyatning jamiyatdagi ahamiyati

:

Burch va mas’uliyat jamiyatda o‘zaro hurmat va adolatni ta’minlashda muhim rol

o‘ynaydi. Burch va mas’uliyatni his qilgan shaxslar o‘zining harakatlari bilan boshqalarni
zarar ko‘rishdan saqlaydi, shuningdek, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashga
yordam beradi.

Xulosa

Burch va mas’uliyat tushunchalari insonning ijtimoiy hayotidagi asosiy

yo‘nalishlardir. Ular shaxsiy va jamoaviy hayotda o‘zaro hurmat va adolatni ta’minlashga
yordam beradi. Burch va mas’uliyatni to‘g‘ri tushunish va amalga oshirish nafaqat
jamiyatning barqarorligini, balki har bir shaxsning axloqiy rivojlanishini ham
ta’minlaydi.Shu sababli, har bir inson burchini bajarish va mas’uliyatini his qilishda o’zining
yuksak axloqiy me’yorlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishga intilishi lozim.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Immanuel Kant.Mas’uliyat va axloq falsafasi.

2.

Karimov.I (2013).Inson huquqlari va axloqiy majburiyatlar.

3.

Ibragimov. B (2018).Burch va mas’uliyat:Falsafaviy va huquqiy tahlil.

4.

Mirzaev.S(2015). Jamiyatda burch va mas’uliyatning o‘rni.

Библиографические ссылки

Immanuel Kant.Mas’uliyat va axloq falsafasi.

Karimov.I (2013).Inson huquqlari va axloqiy majburiyatlar.

Ibragimov. B (2018).Burch va mas’uliyat:Falsafaviy va huquqiy tahlil.

Mirzaev.S(2015). Jamiyatda burch va mas’uliyatning o‘rni.