YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
94
QUSHLARNING EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI
Sattorova Xurshida Nurmatova
Termiz davlat-muzey qo’riqxonasida ilmiy xodim
https://doi.org/10.5281/zenodo.14272429
Annotatsiya:
Mazkur maqolada, qushlarning ahamiyati, mavsumga qarab moslashishi,
inson xo'jaligidagi faoliyati hamda qishloq va o'rmon xo'jaligida ahamiyati muhim
xususiyatlari, afzalliklari haqida to'liq bayon etilgan.
Kalit so'zlar:
Qirg'ovul, kaklik, musicha, mayna, qizilishton, chittak, so'fito'rg'ay go'ng
qarg'alar, zag'cha, olaqarg'a, qorayaloqlar, dehqonchumchuqlar zarg'aldoq, kakku, ola
qizilishtonlar, ko'kqarg'a, miqqiy, sor, baliqchi.
Kirish
. Qushlar tuzilishi jihatdan sudralib yuruvchilarga yaqin bo'lib, ularning gavda
haroratini doimiy saqlashga o'tgan va uchishga moslashgan ajdodi hisoblanadi. Morfologik
tuzilishiga ko'ra qushlar oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, keyingi oyoqlarida ilikning
hosil bo'lishi, tanasining pat bilan qoplanganligi, yuragining to'liq 4 kamerali bo'lganligi, bosh
skeletida yagona ensa bo'rtmasi va chanoq buyragining rivojlanganligi bilan xarakterlanadi
Tanasining suyii shakldaligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, tanasining pat
bilan qoplanganligi, suyaklarining yengil bo’lishi, naysimon suyaklarining havo bilan
to'lganligi, havo xaltachalarining rivojlanganligi, jag'larida tish bo'lmasligi va to'g'ri ichakning
qisqarishi qushlarning uchishga moslashgan asosiy belgilari hisoblanadi.
Asosiy qism:
Qushlar mavsumga moslashishiga qarab uchta ekologik guruhga bo'linadi:
O'troq qushlar yil davomida ma'lum bir joyda yashaydi. Bularga qirg'ovul, kaklik, musicha,
mayna, qizilishton, chittak, so'fito'rg'ay va boshqalami kiritish mumkin.
Ko'chmanchi qushlar ko'payish mavsumidan keyin noaniq yo'nalishlarga qarab bir
necha kilometr masofaga ko'chib boradi, lekin o'zining ko'paygan zonasini tashlab ketmaydi.
Bu guruhga snegirlar, go'ng qarg'alar, zag'cha, olaqarg'a, qorayaloqlar, dehqonchumchuqlar
va boshqalar misol bo‘la oladi.
Kelib ketuvchi qushlar qishlash uchun ko'paygan joylarini tashlab, minglab kilometr
uzoqlikka, ya’ni yangi tabiiy—geografik zonalarga uchib ketadi.
Bunday qushlar migratsiyadan oldin juda intensiv ovqatlanadi va tanasida anchagina
yog' to'playdi. Yog' parchalanganida ko'p miqdorda energiya ajratadi. Qaldirg'och, bulbul,
zarg'aldoq va laylaklar doimiy yashash joyni hali issiq va ozuqasi etarli bo'lsada, ancha
barvaqt, ya’ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda uchib ketadi. Boshqa qushlar esa, masalan,
o'rdak, g'oz, oqqush va boshqalari kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, ozuqa
topolmay qolganidan keyin uchib keta boshlaydi.
Kelib ketuvchi qushlarda migratsiya uchun kerakli umumiy yo'nalishni aniqlaydigan
tug'ma migratsion instinkt bo'ladi. Tekshirishlar va dala kuzatishlardan ma'lumki, migratsiya
qiluvchi qushlar astronavigatsiyaga qobiliyatlidir, ya’ni migratsiya vaqtida qush, oy va
yulduzlaming holatiga qarab kerakli yo'nalishni tanlaydi.
MDH ning Shimoliy Yevropa qismida yashaydigan qushlar — Afrikaning g'arbiy
tomonida, markaziy qismida yashaydigan qushlar — Sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya
quruvchi qushlar esa Hindiston va Janubi — Sharqiy Osiyoda qishlaydi. Qushlarning
migratsiasini o'rganishda asosan halqalash usulidan keng foydalaniladi, ya’ni qushni uyadagi
jo'jasining yoki ushlangan qushning oyog'iga yengil metalldan yasalgan halqa taqiladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
95
Halqaga raqam va halqalagan tashkilotning shartli belgisi yoziladi. Har yili dunyo miqyosida
mln ga yaqin qushlar halqalanadi. Qushlarni ommaviy ravishda halqalash natijasida ularning
yo'nalishi va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o'limi, jinslari juftligining doimiyligi kabi
masalalar aniqlanadi.
Qushlarning inson xo'jaligidagi faoliyati, ahamiyati juda katta va nihoyatda xilma—
xildir. Ko'pgina turlari qadimdan to hozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakilashtirilgan
va ulardan go'sht, tuxum, par kabi mahsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo'jaligi,
baliqchilik va ovchilik xo'jaligida hamda sog'liqni saqlash va aviatsiada katta rol o'ynaydi.
Dehqonchilik va o;rmonchilik xo'jaliklarida ko'pchilik qushlar zararli hasharotlar va
kemiruvchilami qirib, qishloq va o'rmon xo'jaligida juda katta foyda keltiradi. Bularga
chittaklar, moyqutlar, dumparastlar, shaq— shaqlar, zarg'aldoq, kakku, ola qizilishtonlar,
ko'kqarg'a, miqqiy, sor, baliqchi va ko'pgina boshqa qushlar misol bo'la oladi.
Ola chug'urchiqlaming bitta koloniyasi Markaziy Osiyoda bir oy mobaynida ko'payishi
vaqtida 100 ming dona chigirtkani qiradi. Shu bilan birga ola chug'urchiq bolalarini ochib
chiqqandan keyin gilos, olxo'ri va uzumlarga hujum qilib, ancha zarar yetqazadi. M.D.
Zverevning hisoblariga ko'ra, Novosibirsk shahri atrofida qora chug'urchiqlaming bitta oilasi
bir faslda 7800 dona may qo'ng'izi va ularning lichinkalari bilan oziqlangan . Yoki miqqiy har
kuni uyasiga 10 dona kemiruvchi(yumronqoziq va sichqon) keltiradi, bir oy davomida esa
bolalarini boqish davrida bir juft miqqiy 270 ta kemiruvchini qiradi.
Keltirilgan misollarning o'zi qushlarni qo'riqlash va ularning sonini oshirish qanchalik
zarur ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, ko'payishch vaqtida qushlarni bog', poliz va don
maysalariga jalb qilishch nihoyatda zarur. Chunki bu davrda ularning foydali faoliyati keskin
oshadi. Buning uchun sun'iy uyalar yasab, erta bahorda kerakli joylarga osib qo'yiladi. Mayda
qushlar uchun uychalar 5 — 8 m balanlikka osib qo'yiladi.
Qushlar qishloq va o'rmon xo'jaligida juda katta foyda keltirishi bilan birga, don
xo'jaliklariga sezilarli darajada zarar ham keltiradi. Masalan, dala ispan chumchuqlari
Qozog'istonda katta koloniyalar hosil qilib, uya quradi va dehqonchilikka zarar yetkazadi.
Aerodromda oziqlanayotgan va uning atrofida uya qurgan qushlar ba'zi hollarda
qo'nayotgan va yerdan ko'tarilayotgan samolyotlar bilan to'qnashadi. Samolyotlar uchun
baliqchilar, kaptarlar, uchib o'tayotgan o'rdaklar, kunduzgi yirtqichlar, chug'urchiq va
maynalarning katta galalari nihoyatda xavfli hisoblanadi. Bunday noxush voqealaming oldini
olish uchun odatda aerodromlarning ornitologik holati o'rganiladi. Yirtqich qushlarning
sikeleti o'rnatiladi, optik sharlar osib qo'yiladi. Kunduz kunlari ham samolyotlar faralari
yoqilgan holatda qo'nishi va yerdan ko'tarilishi yaxshi samara beradi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, aksariyat ko'pchilik qushlar inson hayoti
uchun nihoyatda foydali, shu sababli ulami har tomonlama muhofaza qilish kerak. YUNESKO
ning tashabbusi bilan 1948—yil 5 — oktabrda tabiatni va tabiiy boyliklami himoya qilish
Xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 49 mamlakat kiradi. Uyushmaning
shartnomalariga ko'ra davlatlar o'rtasida soni kamayib borayotgan, hayoti xavf ostida qolgan
qushlar va ulaming qishlash hamda uya qo'yish joylari qo'riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi
bilan 1966—yilda Xalqaro "Qizil kitob” chiqarildi, 1983—yilda esa O'zbekiston “Qizil kitobi”
chiqarildi. 2003 —yilda O'zbekiston "Qizil kitobi”ning 2 jildi chop etildi, 2006 yilda qayta chop
etildi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
96
O'zbekiston “Qizil kitobi"da respublikamizda yashayotgan qushlardan saqoqushning 2
turi, turkiston oq laylagi, qora laylak, qizil g’oz, vishildoq oqqushi, qiyqirdoq oqqushi, marmar
churrak, olaqanot, oqbosh o'rdak, qiziltomoq g’oz, suvqiyg’ir, uzun dumli suvburgut, oq dumli
suvburgut, boltayutar, cho'l burguti, qumay, ilonxo'r burgut, yo'rg'a tuvaloq, oqbovur, Osiyo
loyxo'raksimon veretennigi, cho'l chumchug'i va boshqalar hammasi bo'lib 51 tur kiritilgan.
Uy parrandalari — xo'jalik maqsadlari (go'sht, tuxum, pativapari), aloqa bog'lash
(kaptar orqali havo pochtasi) yoki estetik talablami qondirish (dekorativ qushlar, ishqibozlik
uchun asraladigan qushlar) uchun qo'lga o'rgatib, ko'paytiriladigan qushlar. Qushlami ma'lum
maqsadlar uchun xonakilashtirish odamlar tomonidan qadimgi zamonda boshlangan.
Hamma xonaki tovuq zotlarining ajdodlari Hindiston, Birma va Malay orollari
o'rmonlarida tarqalgan bankiv tovug'i hisoblanadi. Bu tovuqni xonakilashtirish eramizdan bir
necha ming yil aw al Hindistonda, keyin Yevropada boshlangan. Odamlar parvarish qilish va
tanlash natijasida juda ko'p xonaki tovuq zotlarini yaratgan. MDH da yetishtirilgan tovuq
zotlaridan Ukraina ushankasi, yurlov, Moskva tovuqlari, ras oq tovug'i, legom, langshan,
viandot va boshqa tovuq zotlarini olishimiz mumkin.
Kurkalar ham eramizdan ancha oldin meksikalik hindlar tomonidan Shimoliy
Amerikada tarqalgan yow oyi kurkdan xonakilashtirilgan. Bir necha yuz yil muqaddam
Yaponiyada bedana xonakilashtirlgan. Hozirgi vaqtda bedananing har biridan Yevropa va
Amerikada yiliga 300 ta tuxum olinmoqda. Bedananing go'shti va tuxumi parhez ovqat
sifatida ishlatiladi. Xonaki o'rdak zotlari yow oyi o'rdaklardan yetishtirilgan.
G'ozlami xonakilashtirish 2 ta ildizdan boshlangan. G'arbiy Yevropa zotlari G'arbiy
Yevropa va Osiyoning shimoliy hamda o'rta mintaqalarida tarqalgan yowoyi ko'k g'ozdan
yetishtirilgan. Oyoqlari va tumshug'i qora hamda tumshug'ining ostida bo'rtmasi bo'lgan xitoy
g'ozlari Sharqiy Sibir, Kichik Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan yowoyi Xitoy g'ozidan kelib
chiqqan.
Xonaki kaptarlarning juda ko'pchilik zotlari yovvoyi ko'k kaptarlardan kelib chiqqan.
Kaptar zotlari dekorativ, pochta va go'sht beruvchi zotlar guruhlariga bo'linadi. Xulosa qilib
aytganda qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil boʻlib, oʻsimliklarni
changlantirish, ular urugʻlarini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish
(ular sonini boshqarish)dan iborat. Ayrim qushlar ovlanadi; bir qancha turlari
xonakilashtirilgan. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta: ularning sayrashi
bogʻ va xiyobonlarni jonlantiradi; insonda zavqlanish hissini uygʻotadi.
References:
1.
Dadayev, O. Mavlonov Zoologiya Toshkent «Iqtisod-Moliya» 2008-yil
2.
Mavlonov О., Usmonova О., Norboyev Z., Rasulov Н. Zoologiya — Т.: O’qituvchi, 1992. —
136 b. 11.
3.
Mavlonov O., Dadayev S. Umurtqasizlar zoologiyasi. Ma'ruzalar matni. — Т.: Nizomiy
nomidagi TDPU nashriyoti, 2001. — 109 b.
4.
Internet ma’lumotlari
