MATN KO’RINISHIDAGI AXBOROTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA MANNI TANISH DASTURLARI

Abstract

Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari salmog‘ining keskin oshishiga, ularning imkoniyatlari kegayishiga olib keldi. Bugungi kunda kutubxonalar ham internet markazi, ham ilmiy-uslubiy markaz, ham masofadan xizmat ko‘rsatish markazi, ham o‘quv majmuasi, ham axborotlarni raqamlashtirish markazi vazifalarini bajarmoqda. Ushbu maqolada axborotlarni raqamlashtirish va matnni tanish dasturlari haqida yoritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
65-67
34

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mahkamova, M. (2024). MATN KO’RINISHIDAGI AXBOROTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA MANNI TANISH DASTURLARI. Young Scientists, 2(36), 65–67. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/62231
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari salmog‘ining keskin oshishiga, ularning imkoniyatlari kegayishiga olib keldi. Bugungi kunda kutubxonalar ham internet markazi, ham ilmiy-uslubiy markaz, ham masofadan xizmat ko‘rsatish markazi, ham o‘quv majmuasi, ham axborotlarni raqamlashtirish markazi vazifalarini bajarmoqda. Ushbu maqolada axborotlarni raqamlashtirish va matnni tanish dasturlari haqida yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

65

MATN KO’RINISHIDAGI AXBOROTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA MANNI

TANISH DASTURLARI

Mahkamova Maftuna Odiljon qizi

Andijon viloyati Baliqchi tuman 1-son kasb-hunar maktabi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14500056

Annotatsiya:

Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti jamiyatda axborot-kutubxona

muassasalari salmog‘ining keskin oshishiga, ularning imkoniyatlari kegayishiga olib keldi.
Bugungi kunda kutubxonalar ham internet markazi, ham ilmiy-uslubiy markaz, ham
masofadan xizmat ko‘rsatish markazi, ham o‘quv majmuasi, ham axborotlarni raqamlashtirish
markazi vazifalarini bajarmoqda. Ushbu maqolada axborotlarni raqamlashtirish va matnni
tanish dasturlari haqida yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Axborotlar, raqamli kutubxona, axborot-resurs, axborot-kutubxona,

multimedia loyiha.


2014-yil 27-avgust kuni Respublika axborot-kutubxona markazi(RAKM)da axborot-

kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlaridirektorlari va yetakchi mutaxassislari
uchun videokonferensiya (o‘quv seminari) o‘tkazildi.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015 yillarda

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs
xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatdan yanada rivojlantirishni chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori respublika axborot-kutubxona muassasasalarini isloh qilishning moliyaviy va strategik
mexanizmlarini belgilab olishga imkon yaratdi.

Endilikda aholiga yanada sifatli axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari

ko‘rsatish sohasidagi asosiy vazifalar aniqlab olindi. Xususan, 2011-2015 yillarda respublika
axborot-kutubxonalar integratsiyalashgan tarmog‘ini yaratish, axborot-kutubxona resurslari
elektron fondini tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, axborot-kutubxona
muassasalarini yangi texnikalar bilan ta’minlash, ularning me’yoriy-huquqiy bazasini
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Oxirgi o‘n yillikda axborot-kutubxona muassasalari bajaradigan vazifalar

murakkablashdi, ular ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxati esa bir necha marta ortdi. Bugungi
kunda yolg‘iz axborot-kutubxona muassasasining chegaralangan xizmatlari haqida gapirib
bo‘lmaydi, internet va korporativ tarmoqlar, telekommunikatsiyalar rivojlanishi natijasida
foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlash imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sdi. Yetakchi
mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bir soha, bir mamlakat, hatto xalqaro miqyosda
o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgandagina eng yuqori samaraga erishish mumkin.

Axborot-kutubxona muassasalarining o‘zaro hamkorligi ular o‘rtasidagi kooperatsiyani

amalga oshirishning xilma-xil jihatlarini qamrab oladi. Bular, birinchi navbatda, axborotni
uzatishning texnik standartlari hamda dasturiy ta’minot darajasidagi texnologik moslik
masalalarini qamrab oladigan texnologik hamkorlikdir. Shuningdek, axborot-kutubxona
muassasalari qo‘llaydigan kommunikativ formatlar va boshqa omillar ham axborot
hamkorligini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim hisoblanadi.

Respublika axborot-kutubxona markazida o‘tkaziladigan mazkur videokonferensiya

o‘zaro hamkorlikning ana shunday dolzarb masalalariga hamda Prezidentimizning sohani
isloh qilishga yo‘naltirilgan qator Qaror va Farmonlarining, shuningdek, “Axborot-kutubxona


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

66

faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun talablarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Seminarni
o‘tkazishdan maqsad: Axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari
derektorlari va yetakchi mutaxassislarini axborot hamkorligining ilg‘or texnologiyalari bilan
tanishtirish va “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuni
ijrosi doirasida axborot hamkorligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Seminarda
sohaning yetakchi mutaxassislari axborot-kutubxona faoliyatiga axborot texnologiyalarini
tatbiq qilish bo‘yicha ma’ruza qildilar.

Professor M.Raxmatullayev “Axborot-kutubxona muassasalari hamkorligining xalqaro

tendensiyalari” yuzasidan qilgan ma’ruzasida, jumladan, quyidagilarni ta’kidladi:
avtomatlashtirilgan va elektron kutubxonalar yaratish bu juda ko‘p mehnat va mablag‘ talab
qiladigan jarayon. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki,
axborot-kutubxona muassasalari elektron resurslarini o‘z holicha, boshqalardan ajralgan
vaziyatda yaratmoqchi bo‘lsa, juda ko‘p resurslarni sarflashiga to‘g‘ri keladi, buning ustiga
xodimlar malakasining pastligi va yozuvlarning qaytariqligi oqibatida bajariladigan ishlar
darajasi ham yuqori bo‘lmaydi.

Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimedia loyihasini yaratish. Bu yerda har kim

o‘zining bor ijodiy o‘ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi
mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma'lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega
bo‘lmasdan multimediali loyiha tayyorlab bo‘lmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy
vositalar borki, ularning ishlash texnologiyasini o‘rganib, ko‘pfunksiyali ishlash vositalariga
ega bo‘lish mumkin. Biz sizga namunali dasturiy vositalar yordamida amalda shunday qilishni
o‘rgatamiz.

Vositalarni

qanday

o‘zlashtirishingiz

emas,

balki

multitimedia

mahsulotini yaratish texnologiyasining o‘zi muhim hisoblanadi. Multimedia mahsuloti o‘zi
nima? Bu hujjatli filmga juda o‘xshash, faqat kompyuterda mavjud mahsulot. Bu yerda musiqa,
rang effektlari, harakat (animatsiya), ovoz bor. Multimedia mahsulotida asosiy narsa nima?
Har bir filmda bo‘lgani kabi bu – ssenariy. Siz bir vaqtning o‘zida ham ssenarist, ham rejissyor,
ham rassom, ham operator bo‘lishingiz kerak. Faqatgina o‘z mavzusini o‘ylab topish emas,
balki uni kompyuter ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga bo‘lib taqdim etishni ham
o‘rganish kerak. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir kadr bezagi va ularning o‘zaro
aloqasini o‘ylab topishingiz kerak. Alohida slaydlar, fragmentlar, ma'lumotlar bazalari
yaratish bo‘yicha oldindan ko‘p ishlash talab qilinadi. Faqat shundan keyingina avvaldan
tayyorlangan barcha fragmentlarni irlashtirishga kirishish mumkin. Kompyuterdagi
ensiklopediyalar, elektron darsliklar, dam olish va bilim olish uchun zarur dasturlar va
boshqalar haqida gap ketganda hozirgi vaqtda asosan multimedia mahsuloti yaratishga katta
e'tibor qaratilmoqda. Multimedia mahsuloti o‘zi nima? Birinchidan – foydalanuvchiga albatta
interfaollikni taqdim etadigan, ya'ni inson va kompyuter o‘rtasida komandalar va javoblar
almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.

Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o‘zicha u

yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofilmni juda eslatadi. Multimedia mahsuloti
– tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar, animatsiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli
ma'lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan
mahsulot.
Multimedia mahsulotlarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:

- ensiklopediyalar;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

67

- o‘rgatuvchi dasturlar;
- ongni rivojlantiruvchi dasturlar;
- bolalar uchun dasturlar;
- o‘yinlar.
So‘nggi yillarda multimedia mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin bo‘lgan darajaga

keldi. Ularning ishlatilishi har doim ham bir xil emas. Turli multimedia jihozlarini sotib
olishda quyidagi ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish kerak:

- berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi;
- berilayotgan grafik materialning sifati;
- ovoz jo‘rligi (matn, musiqiy bezak va b.);
- videomaterial mavjudligi va ularning sifati;
- interfaollik imkoniyatlari (turli yo‘nalishlarda ko‘rish, materialni chuqur o‘rganish,

chop etish imkoniyati va boshqalar);

- do‘stona interfeys.

References:

1.

"Raqamli signal tahlilining matematik modeli va algoritmlari" - A. Avezov, A. Ibragimov

2.

"Fure transformatalar va spektral tahlil" - T. Rustamov

3.

"Raqamli signal ishlash asoslari" - B. Ismoilov, M. Kamalov

4.

угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного

порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.
5.

АМАНБАЕВ,

Ж.

(2022).

НАРКУЛОВА

ИРК

Технология

организации

самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики
Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".–
2022, 23, 136-139.
6.

"Raqamli axborotlar tahlilida spektral tahlil usullari" - N. Mirzayev, N. Abdukarimov.

References

"Raqamli signal tahlilining matematik modeli va algoritmlari" - A. Avezov, A. Ibragimov

"Fure transformatalar va spektral tahlil" - T. Rustamov

"Raqamli signal ishlash asoslari" - B. Ismoilov, M. Kamalov

угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.

АМАНБАЕВ, Ж. (2022). НАРКУЛОВА ИРК Технология организации самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".–2022, 23, 136-139.

"Raqamli axborotlar tahlilida spektral tahlil usullari" - N. Mirzayev, N. Abdukarimov.