YOZUVCHI GʻOYASI VA FOLKLORIZM

Аннотация

Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi. Erkin A’zam asarlarida folklorizm tushunchasining mutanosibligi,yozuvchi folklor  namunalarini qo‘llashdagi hayotiylik uslubi, ortiqcha soxtalik va jimjimadorlikdan holi holda xalqimiz merosini badiiy sindirish mahorati bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shdi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lib, ularning jozibadorligi, bebaho tasviri adib asarlarida alohida yoritib berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
46-48
14

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Botirova, F. (2025). YOZUVCHI GʻOYASI VA FOLKLORIZM. Молодые ученые, 3(19), 46–48. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/101780
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi. Erkin A’zam asarlarida folklorizm tushunchasining mutanosibligi,yozuvchi folklor  namunalarini qo‘llashdagi hayotiylik uslubi, ortiqcha soxtalik va jimjimadorlikdan holi holda xalqimiz merosini badiiy sindirish mahorati bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shdi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lib, ularning jozibadorligi, bebaho tasviri adib asarlarida alohida yoritib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

46

YOZUVCHI GʻOYASI VA FOLKLORIZM

Botirova Feruza

Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15573398

Annotatsiya.

Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va

folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi. Erkin A’zam
asarlarida folklorizm tushunchasining mutanosibligi,yozuvchi folklor namunalarini
qo‘llashdagi hayotiylik uslubi, ortiqcha soxtalik va jimjimadorlikdan holi holda xalqimiz
merosini badiiy sindirish mahorati bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz timsoli
bo‘lib, ularning jozibadorligi, bebaho tasviri adib asarlarida alohida yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar va soʻz birikmalari:

folklorizm, folklor, sintezlashgan, badiiy-tasvir

vositalari, obrazlar, sujet, personaj, sarkazm, kinoya, maqol, matal;

Kirish.

Folklor sanʼati voqelikni mukammal aks ettirish xususiyati bilan chinakam

ijodkorga katta imkoniyatlar yaratib beradi.Shu sababli oʻzbek adabiyotining barcha
taraqqiyot bosqichlarida folklorizmdan keng foydalanilgan. Xalq ogʻzaki ijod-sanʼati makon va
zamon tanlamaydi,u xalqimizning tomirlarida ildiz otgan madaniyati, urf-odatlarini oʻzida
mujassamlashtiradi.Bu janrda yaratilgan asarlar oʻqimishli va xalqona ruhga ega boʻlganligi
sababli kitobxon ong osti( shuur) ga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Asosiy qism.

Erkin Aʼzam sarkazm ustasi hisoblanadi,u oʻz asarlarida alohida soʻz

oʻyinlariga toʻxtalib, kinoya uslubidan foydalangan.Bu oʻrinda yozuvchiga maqol,matal va turli
aforizmlardan foydalanish mahorati katta ustunlik bergan.Erkin Aʼzam asarlaridagi folklor
naʼmunalari shunchallik asar tarkibiga singib birlik hosil qilganki,natijada adib kitoblarida
sunʼiylik va yasamalik taʼsiri umuman sezilmaydi.Bunga misol qilib “Guli-Guli” qissasini
olishimiz mumkin.Asar boshdan oyoq sodda va tushunarli tilda yozilgan,Asarda boʻlgan
voqealar ancha oldin sodir boʻlgan boʻlsada,undagi illatlar hali hanuz jamiyatda oʻz yechimini
toʻliq topmagan insoniyat muammosidir.Yozuvchi asarda har bir qahramonga alohida taʼrif
bilan toʻxatilib oddiy va murakkab folklorizmlardan foydalangan.Qissada sujetlar markazida
salbiy qahramon “Maymun” obrazi turgan.Aynan uning tilidan aytilgan “guli-guli” hayvonga
xos gʻuldirash asar sarlavhasi sifatida tanlangan.Maymunga xos taʼrif berilganda uni yozuvchi
axloqan buzuq ekanligini “suyagi buzuq” iborasi bilan beradi.Yana bu asrda bu iboraga
sinonim ibora sifatida “suvda yotgan” aforizmi qoʻllangan.”Damigayoq uchib
ketadi”,”Birovning olmasiga shox tashlamoq” kabi sifatlashlar bilan yozuvchi maymunni
kitobxonga jonli tarzda tanishtirgan.Bu uslub sintezlashgan folklorizmlarning salbiy turiga
misol boʻlaoladi.Qissada Jiydali istiqbolsiz,davlat hisobiga kun koʻruvchi tuman deb
topilib,Qoʻshdaryo tumaniga qoʻshib yuboriladi.Bu holatni yozuvchi shunday tasvirlaydi:-

Magʻlub kelgan tarafning tarixiyu tabiati,unda tirikchilik qiladigan odamlar kim-
istiqbollimi,istiqbolsizmi,ularning fel-atvori qanday-bunisi bilan birovning ishi yoʻq edi.”Taka
boʻlsin sut bersin”-bizga suti kerak,suti,vassalom.

Asar qahramonlariga ularning tashqi

sifatlariga qarab toʻqilgan nomlar ham yozuvchi tomonidan yuksak mahorat bilan
tanlangan.Masalan,”Soli baqiroq”,”Ismoil telpakdoʻz”, ”Rajab qora”,”Oʻrmon kalta”,”Qodir
kalamush”,”Momin kal”,”Olma kelin”.Asirlar davomida ota bobolarimiz odamlarning kasbi
yoki ularning yaxshi-yu yomon sifatiga qarab laqab toʻqishlari odat tusiga kirgan va yozuvchi
yana bir oʻrinda bizga adabiy merosimizni eslatgan. Qissada kinoyaviy badiiy shartlilik


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

47

vostasi- sarkazmdan ham keng foydalanilgan.Bunga misol asar personaji Soli baqiroq -”Biz
ham siz kiygan etikni kiyganmiz” iborasi orqali oʻzini hamma narsani bilishiga ishora qiladi.
”Uzumning yaxshisi itning nasibasi”,”Erkakka oʻxshab” iboralari esa asardagi
qahramonlarning teskari hislatlarini sifatlash uchun keltirilgan.Asarda insonlarning
beparvoligi,savodining

yoʻqligi,soddaligi,ulardagi

buzuq

illatlar,maxtanchoqlik

kabi

xususiyatlari tufayli oʻz hayotlarini gʻaflatda oʻtkazganligi tasvirlangan.Masalan “maymun”
personaji umuman inson qiyofasiga ega emasligi,ham tashqi koʻrinish jihatdan ham ichki
dunyosi orqali,bunga sabab qilib uning otasining qotil ekanligi koʻrsatilgan.Shu oʻrinda ham
adib kitobxonni yana bir mulohazaga chorlagan-”Qush uyasida korganini qiladi”-xalqimiz
maʼqoli birdan har bir asar oʻquvchisining yodiga tushadi,haqiqiy folklor ustasi shunday
boʻlmaydimi aslida. Lekin sodda qishloq odamlari maymunning shuncha qilgan
yomonliklariga parvo ham qilmaydi,oʻgʻrini topish oʻrniga bir-birlariga boʻlgan shaxsiy adovati
sababli xursand boʻlishadi.Ularning or-nomusi bolgan qizlari,kelinlarining shani toptalgan
vaqtida ularga parvo qilmay kimning loteriyaga yutganiyu,kimning boyligini muhokama qilib
oʻtiraverishadi.Hattoki oʻgʻrining odamlarning uyiga kirishi ular uchun obru,maqtanish uchun
vosita boʻladi.Ibo hayosi yoʻq juvonlar esa oʻsha “oʻgʻri” bilan bemaolol koʻngil xushlashib bu
voqeani bir umr hech kimga aytmaydilar.Bu sujetga yozuvchi “suvga tushganlar” deya tarif
bergan.Erkin Aʼzam sohtalikdan yiroq,oʻtkir soʻzli shaxs.Bu uning asarlarida ham oʻz isbotini
topgan.Xususan,shu asarda yozuvchi asar qahramonlarini ayovsiz tanqid qilgan,ularning bor
xulq-atvorlarini toʻliq ochib bergan,bunga misol qilib Jiydalining Qoʻshdaryo tumaniga qoʻshib
yuborilishiga qarshi boʻlgan ishsiz qolgan jurnalist Oʻrmon kalta obrazini olishimiz
mumkin.Yolgʻizgina shu jurnalist hukumatga tinmay xat yozishni boshlaydi,tumanni qaytadan
ajratib berishlarini sorab.Bazi qishloqdoshlari uni -“Joni bori bitta shu”- deyishsa,bazilar
bizdan odam chiqmasligini ular ham bilgan,Oʻrmon kalta oʻzi ishsiz qolganligi tufayli shunday
qilyapti deydi.”Bekorchining amali maʼlum”-xalq maqolini tinmay aytadigan Oʻrmonboy esa
bu gap-soʻzlarga qaramasdan tinmay xat yozishda davom etadi.Jiydali tumani nihoyat
ajratiladi,lekin yozuvchi shu nuqtaga kitobxonni yana fikrlashga chorlaydi.Shu yozilgan xatlar
tufayli tuman qaytarildimi yoki oʻzimi?Yozuvchi bir maqol orqali bir necha xil burilish bergan
qissaga.Xalqimizda “Qingʻir ishning qiyigʻi qirq yilda ham chiqadi”-degan maqol bor.Shu
iboradan ijodkor juda chiroyli tarzda badiiy gʻoya yasagan.Masalan:

-Har qanday sir-asror qirq

yil oʻtsa hamki,bir kun kelib baribr ochiladi,deydilarku”-

jumlasi orqali folklor naʼmunasini

sintezlashgan folklorizmga aylantirgan.Bu qishloq odamlarining maymunni qilgan
buzuqliklariga etbor qilmasliklarini sababini ijodkor yana bir ajoyib jumla bilan keltirgan:-
”Maymundan boshqa ham ordona shudgorni oralaganlar ham bor”.Yozuvchining bunday
mahoratihga tan bermaslikni aslo iloji yoʻq.

Xulosa.

Folklor soʻz sanʼati,milliy boyligimiz,madaniyatimizni oʻzida aks ettirgan,ota-

bobolarimizdan bizga meʼros boʻlib kelayotgan oʻgitlar va nasihatlar toʻplamidir.Folklorizm
xalq ogʻzaki ijodini kelajak avlod uchun yozuvchi,adiblarimiz mahorati orqali asarlarda
qoʻllanilib,sintezlashib,yanada sayqallanib borayotgan naʼmunasidir.Zamonaviy adabiyotda
bu janr ijodkorlarga yanada katta masʼuliyatlar yuklaydi.Chunki ijodkor folklorizmdan
foydalanganda oʻz ijro mahoratini folklor soyasida qoldirmasligi yoki bu janr qoʻllanganda
uning taʼsiri sezilmasdan asarni quruq jilosiz qilib qoʻymasligi kerak.Serqirra ijodkor Erkin
Aʼzam bu yoʻnalishda oʻzi koʻzlagan maqsadiga ortigʻi bilan erishaoldi.Uning asarlari har
qanaday davrda kitobxon uchun mos va xosdir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

48

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xazankovich Yu.G.Folklorno-epicheskiye traditsii v proze malochislennыx narodov

Rossii (na materiale mansiyskoy,neneskoy,nivxskoy,xantыyskoy,chukotskoy i zvenkiyskoy
literatur):Avtoref.dis…dokt.filol.nauk. – Moskva,2009;
2.

Xazov V.K. Mifologemы rossiyskoy kulturы postsovetskogo perioda (1990-ye godы):

filosofskiy analiz. Avtoref. Kand filosof. Nauk. Astraxan, 2009. S.
3.

Xoʻjayev T.XV asr birinchi yarmi oʻzbek adabiyoti va folklor.Filol.fan.nom.dis.avtoref. -

Toshkent,1996;
4.

Xalilov M. Prozamiz taraqqiyotida folklorning ahamiyati //Oʻzbek tili va adabiyoti. -

1978. - №2
5.

Erkin Aʼzam.Guli-Guli qissasi.-2009.

6.

Xoliqova

D.

Hozirgi

oʻzbek

sheʼriyatida

folklor

anʼanalari

va

badiiy

mahorat.Filol.fan.nom.dis.avtoref. - Toshkent.2011.
7.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Akademnashr, 2018.

8.

Sharipova L. XX asrning 70-80-yillari oʻzbek sheʼriyatida folklorizmlar.filol fan. Nomzodi

diss. Toshkent, 2008.

Библиографические ссылки

Xazankovich Yu.G.Folklorno-epicheskiye traditsii v proze malochislennыx narodov Rossii (na materiale mansiyskoy,neneskoy,nivxskoy,xantыyskoy,chukotskoy i zvenkiyskoy literatur):Avtoref.dis…dokt.filol.nauk. – Moskva,2009;

Xazov V.K. Mifologemы rossiyskoy kulturы postsovetskogo perioda (1990-ye godы): filosofskiy analiz. Avtoref. Kand filosof. Nauk. Astraxan, 2009. S.

Xoʻjayev T.XV asr birinchi yarmi oʻzbek adabiyoti va folklor.Filol.fan.nom.dis.avtoref. - Toshkent,1996;

Xalilov M. Prozamiz taraqqiyotida folklorning ahamiyati //Oʻzbek tili va adabiyoti. - 1978. - №2

Erkin Aʼzam.Guli-Guli qissasi.-2009.

Xoliqova D. Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida folklor anʼanalari va badiiy mahorat.Filol.fan.nom.dis.avtoref. - Toshkent.2011.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Akademnashr, 2018.

Sharipova L. XX asrning 70-80-yillari oʻzbek sheʼriyatida folklorizmlar.filol fan. Nomzodi diss. Toshkent, 2008.