TARBIYASI OG'IR BO'LGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLAR OLIB BORISH

Аннотация

Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Masalan oilasi, do’stlari, ichki va tashqi sotsiumda rivojlanishi. Maqolada shu fikrlarga to’xtalib o’tamiz

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
108-109
19

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Haydarova , G. (2025). TARBIYASI OG’IR BO’LGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLAR OLIB BORISH. Молодые ученые, 3(15), 108–109. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/88167
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Masalan oilasi, do’stlari, ichki va tashqi sotsiumda rivojlanishi. Maqolada shu fikrlarga to’xtalib o’tamiz


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

108

TARBIYASI OG'IR BO'LGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLAR OLIB

BORISH

Haydarova Gulmira Qo'chqarovna

Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumani 7-umumiy

o'rta ta'lim maktabining Amaliyotchi psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15401488

Annotatsiya.

Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda

avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Masalan oilasi, do’stlari, ichki va tashqi
sotsiumda rivojlanishi. Maqolada shu fikrlarga to’xtalib o’tamiz

Kalit so'zlar:

Korreksiya, diagnostika, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og'ir

o’smirlar.


Bir qancha psixalogik-korreksion ishlar olib borilmoqda masalan ular bilan individual

suhbat, kuzatish, diagnostika qilish kabi. Kuzatishlarimizdan bilamizki, oilaning to'liq yoki
noto'liqligi ham bolalar va o'smirlar nazoratsizligining kelib chiqishiga u yoki bu ko'rinishda
ta'sir qiladi. Shu boisdan oilada ota-onalarning birgalikda ahil, inoq yashashligi bolalar va
o'smirlar xulqidagi og'ishlarning oldini olishda muhim hisoblanadi. Oilada nizoli vaziyatlar
ko'plab uchrab turadigan nosog'lom oilada o'sayotgan o'smir uchun ham ota-ona mehri turli
xil oilaviy urush janjallardan, muammolardan ustun turadi. Demak, bolalar xulq-atvoriga
kuchli ta'sir ko'rsatuvchi omil bu ota-ona, oila a'zolari va maktab jamoasi ta'siridir. Ta'lim
tizimida tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar: maktab ichki
nazoratiga olish va ular bilan davra suhbatlari tashkil etish; o'quvchilarni qiziqishlariga qarab
to'garaklarga jalb etish:

• O’quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganish;
• ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
• maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o'quvchilar bilan tushuntirish ishlarini

olib borish;

• o'quvchilarning ushbu ro'yhatga olingaligini o'ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan

holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish;

Muhim masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish

lozim:

O'smir shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga

munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o'smirda muayyan narsalarga nisbatan munosabat
shakllangan bo'ladi. O'smir xulq atvorini baholashda (rag'batlantirish yoki jazolashda)
kattalarning qat'iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o'quvchi tomonidan tahlil qilinadi. Shuning
uchun rag'batlantirish va jazolash usullari oqilona, o'z vaqtida qo'llanilishi kerak. Psixologik
adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o'smir psixologiyasida keskin o'zgarish yasashi
ifodalangan. Ma'lumki, hamma o'quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi
uqtirib, kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta'sir
ko'rsatadi. Bola tarbiyasida birinchi galda oilaviy tarbiyani, ya'ni oiladagi sog'lom
munosabatni qaror toptirish "oila-maktab" hamkorligini to'g'ri yo'lga qo'yish, bolani balog'at
yoshiga xos xususiyatlarini to'g'ri anglagan holda, tarbiya jarayoniga maqsadli yondashish,
ko'plab salbiy omillarni kelib chiqishining oldini oladi. Ma'lumki, oilaning ijtimoiy-psixologik
sog'lomligi iqtisodiy omillar bilan ham bog'liq. Oilada ota-onaning egallagan kasbhunari,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

jamiyat hayotining rivojiga qo'shayotgan hissalari, ularning kasbiy faol harakat qilishlari
kabilar oila byudjetiga o'z ta'sirini ko'rsatishi barobarida, farzandlar tarbiyasida ham o'z
aksini topadi. Oiladagi o'zaro hurmat, hissiy bir-biriga intilib yashash, oilaviy yakdillik, oilani
barqaror bo' lish omilidir. O'zicha bir olam bo'lgan bola ham o'z navbatida ota-onasi, o'ziga
yaqinlari hamda ustozlarini anglashda o'z- o'zini tarbiyalash orqali tegishli xulosalar chiqarib
oladi. O'z-o'zini tarbiyalash orqali bolada nojo'ya qiliqlar qilish o'rniga o'ylab fikr yuritadigan,
kirishimli, lozim paytda boshqalarga yordam qo'lini cho'zadigan, kelgusida biron kasb-hunar
egasi bo'lib, jamiyat nojo'ya harakatlar qiluvchi bolalar o'rtasida farq bo'ladi. Sho'x
bolalarning xatti-harakatlari ko'proq zararsiz, ba'zan kutilmaganda yuzaga chiquvchi, ba'zan
biron tashabbusni ko'zlab uni bajarishga kirishish bilan bog'lanib ketadi. Maktablarimizda
qiyin bolalar muammosi bor, avval ham bo'lgan va doim ham bo'ladi. Pedagoglar tomonidan
tez-tez qo'llaniladigan ba'zi belgilarnigina qayd etamiz: o'quvchi maktab kun tartibiga
bo'ysunmaydi, o'qishga yomon munosabatda, qo'pollik qiladi, mushtlashadi, darslarda
e'tiborsiz, tengdoshlarini xafa qiladi, hech narsa o'qimaydi, ko'p kuladi, dangasa, so'kinadi,
qizlarga tegajoglik qiladi va xokazo. Pedagoglarning tan olishiga qaraganda bemavrid
ovqatlanish, uxlash, bekorchilik, sayr qilish, ko'chada sandiroqlab yurish, shiyponchada
o'tirish, urishish, kishining g'ashini keltiradigan kiyimlar kiyish, qiliqlar qilish, pardoz-andoz
qilish ularning sevimli faoliyat turlaridandir. Bu chetga chiqishlarning paydo bo'lishiga asos
bor. Oilada ota yoki onaning yo'qligi, bolaning yolg'iz ota yoki yolg'iz onaning tarbiyalashi,
tashqi o'quv tarbiya muasassalari ta'siri yo'qligi (bola bo'sh vaqtida biron bir faoliyat bilan
shug'ullanmaydi) bunday sabablardan hisoblanadi. O'quvchi- yoshlar o'rtasida axloqiy
me'yorlarga mos xulq-atvorni shakllantirishda ta'lim muassasasi, oila va mahalla o'rtasida
hamkorlikni yo'lga qo'yish lozim. Insonning birinchi ustozi onasidir. Islomda "mening yaxshi
muomala qilmog'imga kim haqlidir, degan savolga uch marotaba "Onang" deyilgandan
keyingina to'rtinchi marta "Otang" deb javob berilgan. Oiladagi tarbiya muhiti bolaning
individualligi uning o'qishidan tashqaridagi faoliyatlarida kitobxonlik, tabiatga, dinga va
boshqalarda aniq ko'rinadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological

Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной
психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.
2.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA

International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November
2021 75-76
3.

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-

enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol
5 2017

Библиографические ссылки

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law- enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 2017