ZAMONAVIY STEAM YONDASHUVI BUGUNGI KUN TALABI

Annotasiya

Ushbu maqolada STEAM  dasturini qo’lanilishi, samaradorligi va afzaliklari haqida so’z boradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
95-97
26

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abduxalilova, M. ., & Xolmatova, I. (2024). ZAMONAVIY STEAM YONDASHUVI BUGUNGI KUN TALABI. Молодые ученые, 2(31), 95–97. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/50617
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada STEAM  dasturini qo’lanilishi, samaradorligi va afzaliklari haqida so’z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

95

ZAMONAVIY STEAM YONDASHUVI BUGUNGI KUN TALABI

Abduxalilova Madinaxon Abdurayim qizi

1

Xolmatova Irodaxon Nurmuhammad qizi

2

Andijon davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar fakulteti,

biologiya yo’nalishi to’rtinchi bosqich talabasi

1,2

https://doi.org/10.5281/zenodo.14065299

Abstract.

This article discusses the application, effectiveness and benefits of STEAM.

Keywords.

STEM, STEAM, natural sciences, technology, engineering.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada STEAM dasturini qo’lanilishi, samaradorligi va afzaliklari

haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar.

STEM,

STEAM, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoniga ko‘ra, innovatsion ta’lim jarayoniga o‘tish, zamonaviy
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olish, AKT va ta’lim berishning yangi metodlarini joriy
etish, dars jarayonini STEAM ta’lim texnologiyasi talablari asosida tashkil etish, STEAM (tabiiy
fanlar, texnologiya, muhandislik, dizayn va matematika) fanlarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv
kurslaridan o‘tgan pedagoglar 2023-yilda 10%, 2030-yilga kelib 50%ga yetishi, yangi kasbiy
kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi vazifalar
belgilangan.[2].

Bugungi kunda biz texnologik inqilob davrida yashayotgan ekanmiz, kundan kunga

yangi texnologiyalar, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda. Pedagog, tarbiyachi sifatida o‘ylash
kerakki, biz bolalarga mana shunday yangi texnologiyalar orqali bilim beryapmizmi, biz
berayotgan bilimlar hayotda bolaga foydali bo‘ladimi, ta’lim mazmuni va texnologiyalari
bugungi kundagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun qanday
moslashtirilishi kerak? 3-7 yosh maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishning muhim
bosqichidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilar maktabgacha
yoshdagi bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni turli manbalardan idrok etishga va
ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, atrofdagi voqelikka qiziqqan savollarga mustaqil
ravishda javob topish qanchalik muhimligini tushunadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
mustaqil ravishda tengdoshlar va kattalar bilan hamkorlikda harakat qilish qobiliyatini
rivojlantirish muhimdir. Shunday qilib, pedagoglar, tarbiyachilarda savol tug‘iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanib, qanday
texnologiyalarni qo‘llash kerak? Ta’limda STEM texnologiyasi Amerikada ishlab chiqilgan.
Amerikalik tadqiqotchilar tajriba uyushtirib, ba’zi maktablar bitiruvchilarning qobiliyatlarini
e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga
qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va
matematika).[3].

Mamlakat taraqqiyotini rivojlantiradigan yagona yo’l bu ta’limdir. Ta’lim,

ilm,fan,madaniyat,ma’rifat ustuvor bo’lgan mamlakat yuksalaveradi.Shuning uchun hozirgi
kunda ta’limni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan bo’lib kelmoqda.Ta’lim tizimi isloh
qilinmoqda.Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida
2023-yilga ,,Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili’’ deb nom berganlari ham ta’lim tizimining
rivojlanishiga ,ta’lim sohasida boshlangan ulkan ishlarni izchil davom ettirishga qaratilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

96

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 sentyabrdagi “2018–2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarorida ta’lim sifatini yaxshilash va
innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish vazifasi belgilangan. Unga ko‘ra ilg‘or jahon
tajribasiga tayanib, yangi davlat ta’lim standartlari va umumiy o‘rta ta’lim oʻquv dasturlarini
bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirish ko‘zda tutilgan.[1].

STEAM deganda biz, tanqidiy fikrlash, tadqiqot qobiliyatlari va guruhda ishlash

ko’nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir nechta fan yo’nalishlarini birlashtirgan yangi
ta’lim texnologiyasini tushunamiz.

STEM deganda biz real hayot talablaridan kelib chiqqan holda akademik ilmiy-

texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda oʻqitishni tushunamiz.

S –Science – tabiiy fanlar;
T – technology-texnologiya;
E – engineering-muhandislik;
A – art -sanʼat;
M – math- matematika.
STEAM o’quv dasturi o’quvchilarni fanlararo va amaliy yondashuv yordamida oʻqitish

g’oyasiga asoslangan. STEAM beshta fanning har birini alohida-alohida oʻrganish o’rniga,
ularni bitta ta’lim yo’liga birlashtiradi, yaʼni integratsiyalashgan holda oʻqitishni
tushunishimiz mumkin. Ushbu dasturda atrofdagi dunyo bola tomonidan jonli va jonsiz tabiat
obyektlari bilan oʻynash va tajriba oʻtkazish orqalioʻrganiladi. Oʻquv materiallari tirik
mavjudotlar va robotlar oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi, bolani oʻyin va bolalar tajribasidan
dizayn va qiziqarli texnik va badiiy ijod orqali tirik dunyo obyektlariga oʻxshash robot
modellarini loyihalash va yaratishga undaydi. Shunday qilib, har bir yosh bosqichida
intellektual qobiliyatlarning rivojlanishi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Maktabgacha
yoshda intellectual qobiliyatlarning rivojlanishi ushbu davrning ustuvor faoliyati asosida
amalga oshiriladi: oʻyin, kognitiv tadqiqotlar, dizayn, badiiy yoʻnalishning turli xil samarali
faoliyati. Boshlangʻich maktab Yoshi bolalarning yetarlicha yaxshi mshakllangan umumiy va
maxsus qobiliyatlari bilan ajralib turadi. Dasturni oʻzlashtirgan bola rivojlangan tasavvurga
ega boʻlib, u turli faoliyat turlarida, loyihalashda, oʻz namunalarini yaratishda, ijodiy
fantaziyalarda va hokazolarda amalga oshiriladi. Dasturni oʻzlashtirish natijasida bola unga
ijobiy munosabat tajribasini oladi. Tengdoshlar va kattalar bilan faol munosabatda boʻlgan
maktabgacha yoshdagi bola muzokaralar olib borish, boshqalarning qiziqishlari va his-
tuygʻularini hisobga olish, muvaffaqiyatsizliklarga hamdardlik va boshqalarning
muvaffaqiyatlaridan quvonish qobiliyatini egallaydi.[4].

STEAM dasturi yoshlarning hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini

yuksaltirishga qaratilgan kichik tadqiqotlar va amaliy tajribalar tizimi bo’lib, STEAM
yondashuvi o`quvchilarni turli xil tajribalar o’tkazishga, turli xil narsalarning modellarini
kafsh etishga, mustaqil ravishda turli xil mavzularda STEAM bu-musiqa va filmlar yaratishga,
o’z mustaqil fikri va g’oyalarini haqiqatga aylantirishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi
o`quvchilarga nazariy va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga va uzluksiz
ta’lim tizimining barcha bosqichlarini oson va tez zabt etishga yordam beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

97

References:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 sentyabrdagi “2018–2021-yillarda

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarori
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni
3.

Chorshanbiyeva Umida Choriyevna. STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA

TA’LIMDA QO‘LLASH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR. Universite de montreal. B 1-5.
4.

Meliboyeva Sojida, Kenjayeva Munira Nabijon qizi, ZAMONAVIY STEAM YONDASHUVI

ZAMON TALABI. International journal of recently scientific researcher’s theory. B 25-27.
5.

Toʻxtayeva Eʼzozaxon.

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA STEAM TA’LIM

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. EURASIAN JOURNAL OF
ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center. B 43-45.

www.in-

academy.uz

Bibliografik manbalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 sentyabrdagi “2018–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni

Chorshanbiyeva Umida Choriyevna. STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR. Universite de montreal. B 1-5.

Meliboyeva Sojida, Kenjayeva Munira Nabijon qizi, ZAMONAVIY STEAM YONDASHUVI ZAMON TALABI. International journal of recently scientific researcher’s theory. B 25-27.

Toʻxtayeva Eʼzozaxon. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center. B 43-45.www.in-academy.uz