9-SINF BIOLOGIYA DARSLIGIDAGI MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH VA XILMA-XILLIK MARKAZI MAVZUSNI MATBUOT KONFIRENSIYA METODI ORQALI O’TISH

Annotasiya

Ushbu maqolada “Madaniy o’simliklarning kelib chiqish va xilma-xillik markazi” mavzusi matbuot konferensiyasi usulida, didaktik o‘yin shaklida tashkil etilishi yoritib berilgan. Metodik yondashuv o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishda qiziqishlarini oshirish va faol ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu usul orqali mavzuga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish hamda o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
79-81
23

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Temirova , M., & Mamasodiqova, M. (2024). 9-SINF BIOLOGIYA DARSLIGIDAGI MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH VA XILMA-XILLIK MARKAZI MAVZUSNI MATBUOT KONFIRENSIYA METODI ORQALI O’TISH. Молодые ученые, 2(34), 79–81. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/50734
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada “Madaniy o’simliklarning kelib chiqish va xilma-xillik markazi” mavzusi matbuot konferensiyasi usulida, didaktik o‘yin shaklida tashkil etilishi yoritib berilgan. Metodik yondashuv o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishda qiziqishlarini oshirish va faol ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu usul orqali mavzuga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish hamda o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

9-SINF BIOLOGIYA DARSLIGIDAGI MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB

CHIQISH VA XILMA-XILLIK MARKAZI MAVZUSNI MATBUOT KONFIRENSIYA

METODI ORQALI O’TISH

Temirova M.U.

temirovamavluda023.@gmail.com

Mamasodiqova M.M.

mokhigulmuzaffarovna@gmail.com

Andijon Davlat Pedagogika insituti talabalari 402-guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14271970

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Madaniy o’simliklarning kelib chiqish va xilma-xillik

markazi” mavzusi matbuot konferensiyasi usulida, didaktik o‘yin shaklida tashkil etilishi
yoritib berilgan. Metodik yondashuv o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishda qiziqishlarini
oshirish va faol ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu usul orqali mavzuga
bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish hamda o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash
imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Annotation:

The article highlights the use of the press conference method to teach the

topic "Centers of Origin and Diversity of Cultivated Plants" in the form of a didactic game. This
methodological approach aims to increase students' interest and active participation in
mastering the topic. The method focuses on enhancing attention to the subject and exploring
opportunities for implementing innovative approaches in the educational process.

Kalit so’zlar:

Madaniy o’simlik, o’quvchi, guruh, o’qitish, metod, texnalogiya.


О’qitish metodlari о‘quvchilarni о‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida

qо’llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning
undovchi, rag’batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
О’qitish metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita subyekti bо’lgan о’qituvchining pedagogik
va о’quvchilarning о’quv-bilish faoliyatini uyg’unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi
faoliyat usulidir. О’qitish metodlari о’qitishning moddiy vositalari bо’lgan darslik, kо’rgazmali,
didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog’langandir. О’qitish metodlari aniq о’qitish
usullaridan tarkib topadi va pedagogik jarayonga qо’llaniladi. О’qitish metodlari о’zaro
bog’langan faoliyat usullari sifatida darsning barcha bosqichlari, tashkiliy qism,
о’quvchilarning bilish motivlarini faollashtirish, yangi mavzuni о’rganish, о’quvchilarning
bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, о’quvchilarning о’zlashtirgan bilimlarini nazorat
qilish va baholash, olingan natijalarni tahlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi.
Biologiyani о’qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga о’qitishning muammoli-
izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, о’quvchilar faoliyatini
rag’batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va о’z-о’zini nazorat qilish metodlari kiradi.
Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, о’quvchilarning kichik guruhlarida
hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida
alohida obyekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish kо’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga
asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli, biologiyani о’qitishda о’qitishning
reproduktiv metodlari bо’lgan og’zaki bayon, kо’rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda
muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning
uchun о’qituvchi mazkur metodlarning о’ziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

metodik uslublarni tо’g’ri anglashi va о’z о’rnida samarali foydalanish kо’nikmalarini
egallagan bо’lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars davomida izchil va maqsadga
yо’naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni о‘quvchilar avval о’zlashtirgan
bilim va kо‘nikmalarini yangi vaziyatlarda qо’llashi orqali о’quv materialini faol
о’zlashtirishiga 83% xizmat qiladi. Bu metodlar guruhi о’quvchilarning aqliy rivojlanishi,
ijodiy va mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil
qilish va undan chiqishning eng maqbul yо’lini topishi, mо’ljalni tо’g’ri olishiga zamin
tayyorlaydi.

Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash texnalogiyalaridan didaktik o’yinlar yaxshi

samara beradi. Inson hayotida o’yin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi. Yani o’yin har
doim qaysidir faoliyatga nisbatan qiziqishni ortiradi, o’yin davomida muloqot madaniyatini
shakillantirishga yordam beradi, shaxslarni o’z fikrini, iqdidorini, qiziqishini namoyon etishga
yordam beradi. O’yin faoliyatida ishtirokchilar rollarni vazifa topshiriqlarni erkin o’zlari
tanlanlashadi.

Didaktik o’yinli darslar orqali quyidagi fuksiyani amalga oshiradi.

1.

Ta’lim- tarbiya berish;

2.

Shaxsni rivojlantirish

3.

O’quvchilarni ijodiy faoliyatga yo’naltirish ;

4.

Bilimlarni nazorat qilish va tahlil qilish;

5.

Kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo’naltirish;

6.

O’quvchilarni muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish.
Matbuot konfirensiya usulida o’quvchilarga mavzu oldindan berib qo’yiladi. O’quvchilar

o’zlari mustaqil tarzda tayyorgarlik ko’rishadi. Matbuot konfirensiya usulida o’quvchilar 2
guruhga bo’linib olishadi. Birinchi guruh ishtirokchilari olimlar va shu sohada ish olib
borayotgan mutaxassislari bo’lim ular mavzuni yangiliklar bilan o’zlashtiradi. Ikkinchi guruh
o’quvchilari matbuotchilar bo’lib ular mavzu yuzasidan olimlar uchun savollar tayyorlashadi.
Bunda ko’proq o’qituvchi olimlar va mutaxassislar bilan ko’proq ish olib boradi. Ularga
adabiyotlar va yangi mavzu bo’yicha tushunmagan joylari bo’yicha tushunchalar berib o’tadi.

Madaniy o’simliklarning kelib chiqish va xilma-xillik markazi.
Madaniy o’simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqalishini o’rganish maqsadida

rossiyalik genetik va seleksioner olim N.I.Vavilov 1920-1940 yillarda Rossiya va chet ellarga
bir qator ekspeditsiya uyushtirgan. Vavilov madaniy o’simliklarni kelib chiqishni 7 ta
markazga bo’lgan. Bu markazlar butun dunyo bo’ylab tarqalgan.
1.

Janubiy Osiyo tropik markazi (50%) sholi, shakarqamish va sabzi vatani.

2.

Sharqiy Osiyo markazi (20%) soya va tariqni vatani hisoblanadi.

3.

Janubiy-g’arbiy Osiyo markazi (14%) bug’doy, suli, dukkaklilar, zig’ir va sabzi vatani.

4.

O’rta yer dengizi markazi (11%) karam, qand lavlagi, bed ava zaytun vatani.

5.

Abissiya (Efiopiya) markazi oq jo’xori, arpa, yovvoyi no’xat, kofe, banan vatani.

6.

Markaziy Amerika markazi oshqavoq, loviya, makkajo’xori, qalampir, go’za va kakao.

7.

Janubiy Amerika markazi kartoshka, ananas va tamaki vatani.
Ushban darslikda berilgan va boshqa ma’lumotlardan o’quvchilar foydalanadi. Ikkinchi

guruh ularga turli hil shu mavzulardan kelib chiqib savollar beradi. Bunda ikkala guruh ham
darsga birdek tayyorgarlik ko’rishi talab etiladi. O’qituvchi bu darsda kuzatuvchi sifatida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

ikkala guruhni ham nazorat qilib turadi. Bu darsda ko’proq o’quvchilar o’zlari ishtirok etadi.
O’qituvchi o’quvchilarni hatolarini to’g’rilab turadi.

References:

1.

Sulliyeva Suluv Xurramovna, Zokirov Qurbonalijon G‘aybullo о‘g‘li “Biologiya o’qitish

metodikasi” Toshkent – 2020
2.

J.O.Tolipova “ Biologiyani o’qitishda pedagogik texnalogiyalar” Toshkent-2011

3.

A.Zikiryayev, A,To’xtayev, I.Azimov, N. Sonin 9-sinf biologiya darsligi Toshkent-2019

Bibliografik manbalar

Sulliyeva Suluv Xurramovna, Zokirov Qurbonalijon G‘aybullo о‘g‘li “Biologiya o’qitish metodikasi” Toshkent – 2020

J.O.Tolipova “ Biologiyani o’qitishda pedagogik texnalogiyalar” Toshkent-2011

A.Zikiryayev, A,To’xtayev, I.Azimov, N. Sonin 9-sinf biologiya darsligi Toshkent-2019