PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRILGAN SXEMASINI YARATISh

Annotasiya

Ushbu tadqiqotda takomillashtirilgan mayda iflosliklarni tozalash qurilmasi bo’yicha nazariy ishlar amalga oshirilgan. Izlanishlar paxtani mayda iflosliklardan tozalash bo’yicha yaratilgan yangi konstruksiya sxemasini ishlab chiqishga qaratilgan

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
68-70
26

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Obidov, A., & Xudayberdiyeva , D. (2025). PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRILGAN SXEMASINI YARATISh. Молодые ученые, 3(6), 68–70. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/71582
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tadqiqotda takomillashtirilgan mayda iflosliklarni tozalash qurilmasi bo’yicha nazariy ishlar amalga oshirilgan. Izlanishlar paxtani mayda iflosliklardan tozalash bo’yicha yaratilgan yangi konstruksiya sxemasini ishlab chiqishga qaratilgan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

68

PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH QURILMASINI

TAKOMILLASHTIRILGAN SXEMASINI YARATISh

A.A.Obidov

D.Xudayberdiyeva (Axmadaliyeva)

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15000178

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqotda takomillashtirilgan mayda iflosliklarni tozalash

qurilmasi bo’yicha nazariy ishlar amalga oshirilgan. Izlanishlar paxtani mayda iflosliklardan
tozalash bo’yicha yaratilgan yangi konstruksiya sxemasini ishlab chiqishga qaratilgan

Kalit so’zlar.

Paxta, iflosliklar, mayda iflosliklar, tozalash, qoziqlar, to’rli yuza, arrali

baraban, agregat, ishchi zona, tola.

РАЗРАБОТКА УСОВЕРШЕННОЙ СХЕМЫ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ОЧИСТКИ

ХЛОПКА ОТ МЕЛКИХ СОРНЫХ ПРИМЕСЕЙ

А.А.Обидов

Д.Худайбердиева (Ахмадалиева)

Наманганский инженерно-технологический институт

Аннотация

В данном исследовании были проведены теоретические работы по

усовершенствованному устройству для очистки мелких сорных примесей.
Исследования направлены на разработку новой конструктивной схемы очистки хлопка
от мелких примесей.

Ключевые слова.

Хлопок, примеси, мелкие сорные примеси, очистка, колки,

сетчатая поверхность, пильный барабан, агрегат, рабочая зона, волокно.

DEVELOPMENT OF AN IMPROVED DEVICE SCHEME FOR CLEANING COTTON

FROM FINE IMPURITIES

A.A.Obidov

D.Khudaiberdieva (Akhmadalieva)

Namangan Institute of Engineering and Technology

Annotation

In this study, theoretical work was carried out on an improved device for the purification

of small contaminants. Research is aimed at developing a new design scheme for cleaning
cotton from small impurities.

Keywords.

Cotton, impurities, small debris, cleaning, pegs, mesh surface, saw drum, unit,

work area, fiber.


Xozirgi kungacha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, jumladan Namangan

muhandislik-texnologiya instituti va “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ tadqiqotchilari paxta
xomashyosi tarkibidagi mayda iflosliklarni tozalash hamda tozalash jarayonida unga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlash kabilarni misol qilish mumkin. Masalan, tebranuvchan yuzada
hamda turli shakldagi va geometrik parametrlari har xil bo‘lgan yuzalarda mayda iflosliklardan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

69

tozalash, to’rli yuza va qoziqchali-plankali baraban orasidagi masofa, to’rli yuza ishchi zonalari
va boshqa ko’rsatkichlarini tadqiq qilish amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari sezilarli
darajada samara keltirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi [1].

Mazkur tadqiqotlarda tadqiqotchilar tomonidan mayda iflosliklarni tozalash uskunasi va

ishchi qismlarini pasional o‘lchamlari taklif etilgan, masalan, T.Pxengsavan [2] ilmiy tadqiqot
ishida paxtani jinlash jarayoniga berishda paxta titilishini, hamda mayda iflosliklarni tozalashni
qisman amalga oshirish maqsadida jin uskunasiga uch qoziqchali barabanli ta’minlagich
o’rnatishni taklif etgan. Tajriba natijalari shuni ko’rsatadiki, paxtani jinlash jarayoniga berishda
va mayda iflosliklarni tozalashda to’rli yuzani qamrov burchagi 2,1 barobarga oshirilgan. Bu
esa paxtani jinlash jarayonida jin ish unumdorligini pasayishiga olib kelgan.

Bugungi kunda paxta tozalash jarayonini bir me’yorda borishi, har bir uskunaga

qo‘yiladigan talablarni maksimal darajada bajarilishi, hamda tozalash jarayonida kelib
chiqadigan ayrim sabablar esa paxtadan mayda iflosliklarni tozalash uskunalari tozalash
jarayonida samarasi kam ekanligi kuzatilgan, buning sababi esa qoziqchali-plankali baraban
kontakt burchagi va to’rli yuzaning ishchi zonasi yo‘nalishi 1000 dan oshmaganligi, tozalash
jarayonida ko‘p sonli qoziqchali barabanlarni ishtiroki paxta tolasini sifat ko’rsatkichlari salbiy
ta’sir etishi va energiya sarfining oshishiga olib keladi.

Taklif etilayotgan uzluksiz tozalash tirqishiga ega bo‘lgan va bir biriga parallel joylashgan

simlar tashkil etgan yuzada paxtani bir maromda harakatlantiruvchi takomillashtirilgan
tozalash uskunasini to’rli yuza ishchi zonasining oshishi hisobiga yuqorida keltirilgan
kamchiliklarni barataraf etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda qoziqli baraban bilan to’rli
yuzani salbiy ta’sirlashuvi maksimal kamaytirilgan va bu to’rli yuza foydali ishchi maydonini
ko‘payishiga va o‘z navbatida tozalash samaradorligini oshishiga erishiladi. Keltirilgan
ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda nazariy va tajribaviy izlanishlar olib borildi.

Oldingi bobda ta’kidlanganidek, paxtani tozalashda maxsus ketma-ketlikdagi texnologik

jarayonda ish olib boriladi. Yirik iflosliklardan tozalash ishlari anchagina murakkab bo‘lib,
bunda paxta ta’minlagichi katta o‘rin tutadi. Jumladan, ikkita arrali barabanlardan materialni
yechib olish bitta plankali baraban orqali amalga oshiriladi, u paxta xomashyosini chiqish
quvuri yonidagi ta’minlagichga qaytaradi. Ajratib olingan chiqindilar shnek orqali tashqariga
chiqariladi. Yirik iflosliklardan ajratilgan paxta xomashyosi tozalash seksiyasidan chiqarilib,
ta’minlagichning ikkinchi baraban bilan qayta mayda iflosliklardan tozalash maqsadida qoziqli
blokka yuboriladi. Tozalash agregatlarining (2.1-rasm) ta’minlash qismi detallar, tozalash
uzellari va elektr uskunalari doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. texnologik va birinchi
seksiyasining kinematik sxemasi tasvirlangan. UXK agregatining afzalligi bir nechta
takrorlanishli paxtani kombinatsiyalashgan tozalash imkoniyatining mavjudligidadir [3-4].

Mayda iflosliklardan tozalash mashinalarining konstruksiyalarini tahlil qilish shuni

ko'rsatadiki, ular konstruksiyasidagi ba'zi farqlarga ega bo'lsa-da, odatda bir xil turdagi va bir
xil tarkibiy qismlarga ega, masalan, tozalovchi to'r yuzalari. Tozalash samarasini oshirish uchun
tadqiqotchilar mayda iflosliklarni tozalash vositalarida ishlatiladigan to'rli yuzalar va
qurilmalarning turli konstruksiyalarini ishlab chiqdilar va tavsiya qildilar.

Paxta tarkibidan iflos aralashmalarni samarali ajratib olish uchun uning elastiklik

xususiyatlarini oshirish ya`ni uni yaxshi quritish, tarkibidagi ortiqcha namlikni ajratib chiqarish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

70

yoki qoziqli baraban konstruktsiyalarida qo’shimcha majburiy tebranishlar hosil qilish kerak
bo’ladi.

Takomillashtirilgan mayda iflosliklarni tozalash qurilmasi ishchi zonasi – qayishqoq

elementli qoziqli baraban [5] ish natijasi asosida ishlab chiqilgan baraban prototir qilib
olingan), hamda paxta harakati yo‘nalishi bo‘ylab uzluksiz tirqish hosil qilgan to‘rli yuzadan
iborat. Ushbu qurilmaning asosiy afzalligi yuqori ish unumdorligida, paxtaga mexanik
ta’sirlarni kamaytirish orqali tozalash samaradorligini oshirishdan iborat (1-rasm).

a)

b)

1-rasm. Qayishqoq elementli qoziqli baraban (

a

) va uzluksiz tirqishli to‘rli yuzali

(

b

) mayda iflosliklarni tozalash zonasining sxemasi

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Tillaev M.T., Babadjanov M.A., Gappapova M.A.“Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va

jihozlapi”fanidan uslubiy qoʼllanma. Toshkent. “TTESI”. 2011 y.
2.

Пхeнгсaвaн Т. Пoвышeниe эффeктивнoсти питaтeля пильнoгo джинa. Дисс., к.т.н.,

ТИТЛП, Тaшкeнт, 1991 г. 174 стp.
3.

Obidov А.А., Xudayberdiev N.B., Аxmadalieva D.А. Paxtani iflosliklardan tozalash

jarayonidagi olib borilgan yangi ilmiy texnologik tadqiqotlar tahlili. NamMQI ilmiy-texnik
konferentsiyasi, 2023 y., 245-251 b.
4.

Xudayberdiev N.B., Аxmadalieva D. Paxtani turli iflosliklardan tozalash jarayonidagi olib

borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili. NamTSI Ilmiy texnika jurnali 2023 y. T.1., №1, 57-61 b.
5.

Росулов

Р.Х.

Рыхлительный

барабан

очиситителя

волокнистого

материала. №FAP 01318, 30.08.2018г., Бюлл., №8.

Bibliografik manbalar

Tillaev M.T., Babadjanov M.A., Gappapova M.A.“Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlapi”fanidan uslubiy qoʼllanma. Toshkent. “TTESI”. 2011 y.

Пхeнгсaвaн Т. Пoвышeниe эффeктивнoсти питaтeля пильнoгo джинa. Дисс., к.т.н., ТИТЛП, Тaшкeнт, 1991 г. 174 стp.

Obidov А.А., Xudayberdiev N.B., Аxmadalieva D.А. Paxtani iflosliklardan tozalash jarayonidagi olib borilgan yangi ilmiy texnologik tadqiqotlar tahlili. NamMQI ilmiy-texnik konferentsiyasi, 2023 y., 245-251 b.

Xudayberdiev N.B., Аxmadalieva D. Paxtani turli iflosliklardan tozalash jarayonidagi olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili. NamTSI Ilmiy texnika jurnali 2023 y. T.1., №1, 57-61 b.

Росулов Р.Х. Рыхлительный барабан очиситителя волокнистого

материала. №FAP 01318, 30.08.2018г., Бюлл., №8.