IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MATNLARNI KONSTRUKTIV TUSUHUNISHNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Annotasiya

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarni konstruktiv tushunishning psixologik o‘ziga xosligi va foydalanuvchilar tomonidan matnlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayoniga ta'siri o’rganilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi destruktiv axborotlarning asosiy turlari, ularning salbiy oqibatlari va ta'sirini kamaytirish usullari yoritib berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
83-85
24

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jabbor , A. . (2025). IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MATNLARNI KONSTRUKTIV TUSUHUNISHNING PSIXOLOGIK TAHLILI. Молодые ученые, 3(6), 83–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/72164
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarni konstruktiv tushunishning psixologik o‘ziga xosligi va foydalanuvchilar tomonidan matnlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayoniga ta'siri o’rganilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi destruktiv axborotlarning asosiy turlari, ularning salbiy oqibatlari va ta'sirini kamaytirish usullari yoritib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MATNLARNI KONSTRUKTIV

TUSUHUNISHNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Jabbor Alisher Musirmon o’g’li

TMC instituti dotsenti, psi.f.b.f.d (PhD)

QarDU tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15023827

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarni konstruktiv

tushunishning psixologik o‘ziga xosligi va foydalanuvchilar tomonidan matnlarni qabul qilish
va qayta ishlash jarayoniga ta'siri o’rganilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi destruktiv
axborotlarning asosiy turlari, ularning salbiy oqibatlari va ta'sirini kamaytirish usullari yoritib
berilgan.

Kalit so’zlar.

Ijtimoiy tarmoqlar, matn, konstruktiv tushunish, axborot savodxonligi,

psixologik ta’sir.


Matn idroki murakkab psixologik jarayon sifatida turli xil holatlarda o’rganilgan. Bu

kabilarning asosiylari jihatida kvantitativ, kognitiv, psixologik va psixolingvistik
yo’nalishlarda aks etishi mumkin. Matnni idrok etishda kvantitativ yondashuv xabarlarning
kvantitativ nazariyasiga asoslanadi. Matn harflar, so’zlar elementlaridan tashkil topgan kodli
zanjir sifatida olinadi. Matnning bir butun qabul qilinishini formallashtirish nuqtayi nazaridan
o’rgangan S. Gumenyuk matnlarni idrok etishga shunday ta’rif beradi: berilgan matnning
yaxlit idroki so’z va uning matndagi holati bilan shunday aloqani o’rnatadiki, bu matnning
to’g’ri tushunilgan shaklini yaratishga yordam beradi

1

.

Psixologik yondashuvda birlamchi obyekt inson bo’lib, matnning qabul qilinishida uning

individual ruhiy holati, xususiyatlari ko’proq tahlil qilinadi. T.A. Drozdova matnni tushunishni
psixologik tajribalar asosida tadqiq etib, uning darajalarini belgilaydi. Ammo bu darajalar har
doim ham tushunish jarayonida yuzaga chiqavermasligini ta’kidlab o’tadi, ya’ni tajriba
sinaluvchilarining 36% da tushunish jarayonining bosqichma-bosqich kechishi kuzatilgan
bo’lsa, sinaluvchilarning qolganlarida tushunish aralash, betartib holatda amalga oshgan.
Yuqorida keltirilgan bosqichlarning ayrimlari tushirib qoldirilgan, qisqartirilgan holatlar ham
kuzatilgan. Kommunikativ vazifaning o’zgarishi tushunish va idrok etishning borishiga ta’sir
qiladi.

Drozdova

tushunishning

borishi

sinaluvchilarning

individual-psixologik

xususiyatlariga bog’liqligini aytadi

2

.

Matnlarni o’rganish va idrok etishda psixolingvistikada quyidagi yo’nalishlarni ajratish

mumkin. Dastlabki yo’nalishda oliy asab tizimi faoliyati buzilgan insonlarda matnning qabul
qilinishi tekshirilgan. Keyingi yo’nalishda maxsus matnlar yordamida tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Uchinchi yo’nalishda tilning turli uslublarida yaratilgan oddiy matnlardan
foydalanilgan. Har uch yo’nalishda ham ikki xil tadqiqot usuli mavjud. Birinchi usulga ko’ra,
jarayonning o’zini uning yakuniy natijasiga qarab tahlil qilinadi. Bunda matn qabul
qilinayotganda miyaning ishlashini bevosita kuzatib bo’lmaydi, qabul qilib bo’lingach, inson
ongida matn proyeksiyasi hosil bo’ladi, aynan shu proyeksiyani asl matn bilan solishtirilgan
holda jarayon haqida xulosalar chiqariladi. Ikkinchi usul esa bevosita jarayonning o’zini

1

Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4.

2

Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса.М., 1985. – С.106-120.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

84

neyrometodlar vositasida kuzatishga harakat qilinayotgan ishlar. Bu usul asosan AQSH,
Gollandiya kabi psixolingvistika rivojlangan mamlakatlarga tegishlidir. Tadqiqotchilar
sinaluvchilar miyasidagi qo’zg’alishlarni maxsus asboblar yordamida qayd etib boradi

3

.

A.R. Luriya bosh miya chap yarimsharlari po’stlog’ining turli qismlari zararlanishida

ya’ni afaziyaning turli ko’rinishlarida dekodlash jarayonining qanday buzilishini tahlil etgan.
Luriya afaziyaning yetti ko’rinishini ajratadi: sensor afaziya, vizual-mnestik afaziya, audial-
mnestik afaziya, semantik afaziya, afferent-motor afaziya, efferent-motor afaziya va dinamik
afaziyalar. Sensor afaziyada fonematik eshitishning izdan chiqishini, audial-mnestik afaziyada
nutqiy operativ xotiraning izzdan chiqishi natijasida gapning sintaktik strukturasi
persepsiyada saqlana olmasligi, semantik afaziyada turli murakkab birikmalarning
tushunilishi qiyinlashishi kabi holatlar qator tajribalar yordamida ochib berilgan. Luriya o’z
tadqiqoqtlarida matnni o’qitib, mazmunini so’zlatish, matnga oid savollar berib javoblar olish,
matn mazmuniga oid gaplarni variantlar ichidan tanlab olish kabi tajriba usullaridan
foydalangan

4

.

M. Vassenar, P. Xagurt va K. Braunlar brok afaziyasida (efferent motorli afaziya) gapning

tushunilishini neyrometod yordamida tadqiq etadi. Ular sintaktik pozitiv o’zgarish
komponentini kuzatadilar. Bu komponent pozitiv aqliy potensial bo’lib, turli sintaktik
xatolarga javob sifatida stimul berilgandan 500 millisekund o’tgach, sinaluvchilarning
miyasida qo’zg’alish sifatida yuzaga chiqqan. Masalani tadqiq etish uchun sintaktik xato gaplar
bemorlarga berilgan. Gapni tushuna olganlarda sintaktik pozitiv o’zgarish komponenti ba’zi
tutilishlar bilan yuzaga chiqqan. Bu tutilishlar gapning sintaktik xato qismlariga kelganda ro’y
bergan. Ba’zi yaxshi tushunmaganlarda ham sintaktik pozitiv o’zgarish komponenti
kuzatilgan, biroq ulardagi tutilishlar uzoqroq davom etgan. Yaxshi tushunmaganlarning
qolganlarida qo’zg’atilgan sintaktik imkoniyatlar pasaygan. Maxsus tuzilgan matnlar bilan
amalga oshirilgan tadqiqotlar nutqiy faoliyatning ayrim aspektlarini alohida-alohida tahlil
qiladi. Bunda ko’proq inson miyasining qanday ishlashiga e’tibor qaratiladi. Oddiy
matnlarning qabul qilinishini o’rganish esa umumiy holatda idrok etish jarayoni qanday
kyechishini aniqlashga yordam beradi. Psixolingvistikada ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik, diniy,
badiiy va publisistik matnlar idrok etish nuqtayi nazaridan o’rganilgan

5

.

So’ngi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda ham matn birliklari masalasiga katta

e’tibor qaratilgan. Belorus olimi N. Evchik o’zining ilmiy ishlarida tilning idrok etish bazasini
nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi. U o’zidan oldingi tadqiqotlarga tayangan holda nutqni
tushunish quyidagi birliklar asosida amalga oshadi deb aytadi: 1)nutq mazmuniy
birliklarining tipik bo’lgan ritmik-metodik strukturalari; 2)ritmik-metodik strukturalarga
kiruvchi bo’g’inlar; 3)bu bo’g’inlarni tashkil etuvchi fonemalar.

Xulosa qilib aytganda, matnni idrok etishda kognitiv yondashuv matnni diskursning

tashkiliy qismi sifatida ta’riflaydi. Inson biror matnni o’qir ekan, shu matn mavzusiga aloqador
bo’lgan bilimlari faollashadi va shu asosida matnni tushuna olishi osonlashadi. Kognitiv
yo’nalish vakillari matnning mazmuniy strukturasiga ko’proq e’tibor qaratadilar. Tahlil

3

Сахарный Л.В. Контекстное и ннеконтекстное в восприятии лексико-семантияческой стороны слова. М., 1986.

– С.107.

4

Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. М. – С.183-230.

5

Wassenar M. Hagoort C. Brown C. Syntactic ERP Effects in Broca’s aphasics with agrammatic comprehension.-

Aphazia.,1997. – P.61-64.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

85

matniy baza, vaziyat modeli, dunyo va voqelik haqidagi bilim kabi tushunchalar asosida
amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4.

2.

Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса.М.,

1985. – С.106-120.
3.

Сахарный Л.В. Контекстное и ннеконтекстное в восприятии лексико-

семантияческой стороны слова. М., 1986. – С.107.
4.

Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. М. – С.183-230.

5.

Wassenar M. Hagoort C. Brown C. Syntactic ERP Effects in Broca’s aphasics with

agrammatic comprehension.-Aphazia.,1997. – P.61-64.

Bibliografik manbalar

Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4.

Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса.М., 1985. – С.106-120.

Сахарный Л.В. Контекстное и ннеконтекстное в восприятии лексико-семантияческой стороны слова. М., 1986. – С.107.

Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. М. – С.183-230.

Wassenar M. Hagoort C. Brown C. Syntactic ERP Effects in Broca’s aphasics with agrammatic comprehension.-Aphazia.,1997. – P.61-64.