Авторы

  • Sarvinoz Sobirjonova
    OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “ Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti Estrada Orkestr Dirijyorligi yoְ‘nalishi 2 - kurs talabasi
  • Guliniso Toxtaoxunova
    Ilmiy rahbar: OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127201

Ключевые слова:

estrada san’ati milliylik Botir Zokirov professional qo‘shiqchilik milliy estrada.

Аннотация

Mazkur maqolada Estrada san’atining o’zbekistonga kirib kelish tarixi, uning shakllanish bosqichlari va Milliy madaniyat bilan uyg’unlashuvi haqida fikr yuritiladi


background image

46

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

O‘ZBEKISTONGA ESTRADA SAN’ATINING KIRIB KELISHI

VA RIVOJLANISHI

Sobirjonova Sarvinoz

OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti

“ Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti Estrada Orkestr Dirijyorligi

yo

ְ

‘nalishi

2 - kurs talabasi

Ilmiy rahbar:

Toxtaoxunova Guliniso Shavkatbek qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15697047

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17-Iyun 2025 yil

Mazkur maqolada Estrada san’atining o’zbekistonga
kirib kelish tarixi, uning shakllanish bosqichlari va Milliy
madaniyat bilan uyg’unlashuvi haqida fikr yuritiladi.

KEY WORDS

estrada san’ati, milliylik, Botir
Zokirov, professional qo‘shiqchilik,
milliy estrada.

Musiqa har qanday xalq madaniyatining ajralmas qismidir. O‘zbek xalqining musiqiy

merosi juda boy. Shu boy meros ichida so‘nggi asrlarda estrada san’ati ham o‘ziga xos o‘rin
egallay boshladi. XX asr san’ati inson hayotining barcha sohalariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ayniqsa, musiqa san’ati jamiyatda muhim o‘rin egallab, o‘zbek madaniyatining ajralmas
qismiga aylandi. Estrada san’ati- bu ommaviy sahna san’ati bo‘lib unda qo‘shiq, raqs, aktyorlik
mahorati va boshqa sahnaviy ko‘rinishlar uyg‘unlashadi. Estrada san’atining o‘ziga xos jihati
zamonaviylik, yengillik va dolzarblikdir.

Estrada san’ati kundan knga rivojlanib, o‘z muxlislari sonini ko‘paytirib bormoqda.

O‘zbek san’atiga estrada va milliy estradaning kirib kelish jarayoni katta boy tarixga ega. Har
bir san’atning o‘z asosi bo‘lganidek, o‘zbek estradasining ham asosi professional
qo‘shiqchilikka asoslangan. XIX asrning ikkinchi yarmida boshlab xalq orasida “Estrada”,
“Estrada konserti”,”estrada san’ati” kabi atamalar kirib kela boshladi. Estrada san’ati
shakllanishidagi ilk jarayon, bu san’at yo‘nalishini ifoda etuvchi va amaliyotda keng qo‘llanila
boshlangan atamalar bilan bog‘liqligini e’tirof etish lozimdir. Bugungi yoshlarimizning
aksariyati milliy Estrada janrdagi qo‘shiqlarni sevib tinglashmoqda. “Estrada”(fransuzcha
Estrada, lotincha Stratum)atamasi aslida taxtadan pol qurish ma’nosini anglatadi. Estrada
san’ati –1) keng ma’noda –ko‘ngilochar, ommabop badiiy (adabiy,musiqiy, raqs va boshqalar)
janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor ma’noda- sahnaviy professional san’at turi.
Rossiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda estrada, Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete,
kafeshantan, kabare, AQSHda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi.

Estrada san’atining kelib chiqishi xalq og’zaki ijodi bilan bog’liq bo’lsada, u muayyan

(tijoratommabop) san’at turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarning demokratik


background image

47

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

ijtimoiy-madaniy muhitida yuzaga kelgan. Estradaning asosiy shakli- maxsus joylarda,
muntazam ravishda o‘tkaziladigan Estrada konsertidir. Estrada san’ati XX asrning ikkinchi
yarmida dunyo miqyosida keng tarqalgan musiqa janrlaridan biri sifatida shakllandi.

O‘zbekiston xalq artisti Tamaraxonim, Usta Olim Komilov kabi san’atkorlar milliy

estradaning poydevoriga asos solgan. O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov professional
Estrada san’ati maktabini yaratgan. Mashhur “Yalla” guruhi, Mansur Toshmatov, Nasiba
Abdullayeva, Kumush Razzaqova, Kozim Qayumov kabi ijodkorlar bevosita Botir Zokirov
yaratgan milliy Estrada maktabi davomchilari bo‘lib, uning rivojiga munosib hissa
qo‘shishgan. Bu jarayon o‘ziga xos tajriba maydoni, Estrada san’atining milliyligini vujudga
keltirib, o‘z o‘rnida o‘rganilishi va tadqiq etilishi, hamda yosh avlodga o‘rgatilishi lozim bolgan
san’at turiga aylandi. Ushbu holat milliy Estrada san’ati sohasida yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, professional estrada ta’limini joriy etishga sabab bo‘ldi.

Estrada san’ati O‘zbekistonda 1950 –yillardan boshlab rivojlandi. Uning birinchi

asoschilari Botir Zokirov va Enmark Saloxovlardir. Shuningdek, o‘zbek estrada ijrochiligini
shakllanishida o‘zining ulkan hissani qo‘shgan qo‘shiqchi, aktyor

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov to‘gr‘isida alohida to‘xtalib o‘tish joizdir. Botir

Zokirov 1936-yil 26 aprelda tavallud topgan. Turli janrlarda qo‘shiqlar kuylagan: o‘zbek xalq
qo‘shiqlari, o‘zi bastalagan qoshiqlar, o‘zbek va rus bastakorlarining qo‘shiqlari, asosan asl
ko‘rinishida kuylagan. B.Zokirov Toshkent Davlat konservatoriyasining vokal fakulteti hamda
A.N.Ostrovskiy nomidagi ‘Toshkent teatr va rassomlik san’ati rejissyorlik fakultetida tahsil
olgan. 1956 yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etgan. Xonandani ovozini bir eshtgan
odam, albatta uning ovozini eslab qolar, qo‘shiqlariga mehr qo‘yar edi. Xonandaning boy
repertuari hammani hayratga solar edi. Ushbu repertuardan mohirona ijrodagi o’zbekcha
qo’shiqlarigina o’rin olmagan hozirgi paytgacha hech kim uning go‘zal ijrosi bilan
raqobatlasha olmaydi. Shu kungacha bu san’at yo‘nalishida juda katta yutuqlarga erishildi.
O‘zteleradio qoshida 1958 yili Estrada orkestri tashkil qilindi. Kompozitorlar I.Akbarov,
E.Salixov, M.Burxonov, M.Leviyev va boshqalar avval xalq folklor qo’shiqlarni Estrada
yo’nalishiga moslashtirib, keyinchalik esa o‘zlari shu yo‘nalishda ijod qila boshladilar.
Kompozitorlarning yozgan qo’shiqalarini Botir Zokirov, Luiza Zokirova, Yunus To‘rayev,
Muhabbat Shamayeva va boshqa xonandalar kuylab ijod etganlar.

O‘zbek Estrada musiqasi shakllanish jarayonida an’anaviy xalq musiqa namunalari

muhim zamin bo’lgan. Bunda asosan, raqsbopligi, ohang usullarida ijro etilgani qo’l kelgan.
Hozirgi paytda ushbu holat o‘zbek Estrada musiqasining milliylik asosini ta’minlovchi muhim
vositalardan biri bo‘lib desak, to‘g‘ri bo‘ladi. 1970-1980 yillarda estrada san’ati yanada
rivojlandi. Yangi guruhlar, yangi sahna ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Musiqa va texnologiyalar
uyg’unlashgani sari estrada san’ati ham zamonaviylashdi.

O‘zbekiston mustaqilikka erishgan davrdan boshlab yaratilayotgan qo‘shiqlar Vatan,

istiqlol, do‘stlik va muhabbat mavzularida yozilgan. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov
raisligida Milliy Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi. Ushbu
Kengash badiiy-musiqiy jamoalar oldiga bir qancha asosiy vazifalar va talablar qo‘ydi.
Mamlakatimizda zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish yo‘lida muayyan
ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib yangi-yangi ijodiy guruhlar va
xonandalar maydonga chiqmoqda


background image

48

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

O‘zbekiston yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni

qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini barchamiz guvohimiz. O‘zbekistonda ko‘plab tanlovlar,
festivallar tashkil etilmoqda. Yoshlar festivallarda faol ishtirok etib, mamlakatimiz nomini
munosib himoya qilmoqdalar. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor nafaqat ular iste’dodining
namoyon bo’lishiga, balki ma’naviy yetuk, zamonaviy fikrlovchi avlodni tarbiyalashga xizmat
qilmoqda. Bu boradagi islohotlar va tashabbuslar mamlakatimiz kelajagi mustahkam
poydevorga tayanayotganidan dalolat beradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi
bilan so’nggi yillarda “Ijod maktablari”, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa ijodiy
to‘garaklar faoliyati kengaytirildi. Bu maskanlarda yoshlar rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa,
teatr, raqs san’ati kabi yo’nalishlarda o‘z qiziqish va qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar.

Xulosa qilib aytganda: Estrada san’ati O‘zbekiston musiqa sahnasiga yangicha uslub,

sahna madaniyati va texnik imkoniyatlarni olib keldi. Estrada qo‘shiqchilari orqali xalq
orasida keng ommalasib, sekin asta professional sahnaga chiqdi. Shunday qilib, Estrada san’ati
O‘zbekistonda nafaqat musiqiy janr sifatida, balki milliy madaniyatimizning ajralmas qismi
sifatida shakllandi va rivojlanishda davom etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development

Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-
56.
2.

Umarov M - Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. -T., 2009

3.

Ibragimov O. O'zbek musiqa ijodi. T., 1990.

4.

Vaxidov S. “Estradnaya pesnya// Uzbekskaya muzika na sovremennom etape.T.;GILI

im.G.Gulyama.1977.-123-139s.
5.

Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF

COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal, 9(12), 863-867..

Библиографические ссылки

Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

Umarov M - Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. -T., 2009

Ibragimov O. O'zbek musiqa ijodi. T., 1990.

Vaxidov S. “Estradnaya pesnya// Uzbekskaya muzika na sovremennom etape.T.;GILI im.G.Gulyama.1977.-123-139s.

Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867..