43
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON YO’TA
DIRIJYORLIK SAN’ATI TARIXI
Sobirjonova Sarvinoz
OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti
“ Estrada cholg‘u ijrochiligi” fakulteti Estrada Orkestr Dirijyorligi
yo
ְ
‘nalishi 2 - kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
Toxtaoxunova Guliniso Shavkatbek qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15696898
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 19-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada dirijyorlik san’atining kelib chiqishi,
tarixiy shakllanish bosqichlari va zamonaviy rivojlanish
jarayoni yoritilgan. Musiqa asarlarini ijro etishda
dirijyorning tutgan o‘rni, orkestrni boshqarish uslublari,
O‘zbekiston musiqa san’atida mashhur dirijyorlarning
ijodiy faoliyati, ularning musiqiy merosga qo‘shgan
hissasi tahlil qilinadi.
KEY WORDS
dirijyorlik, musiqa san’ati, ijro,
orkestr,
texnik
ko‘nikmalar,
mashhur dirijyor.
Barkamol avlodni ma’naviy ongini shakllantirishda musiqaning alohida o‘rni bor.
Hozirgi kunda ma’naviyatimizning bir bo‘lagiga aylangan musiqa san’ati kundan –kunga
rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda Respublika miqyosida musiqa san’atining barcha
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistoning bir qancha oliy ta’lim
muassasalarida musiqa sohasi bo‘yicha bakalavr hamda magistrlarni tayyorlash yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, shu ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish uchun xujjat topshirayotgan yoshlar soni
yildan yilga ortib bormoqda.
Musiqa sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining cholg‘u
ijrochiligi yo‘nalishlari dirijyorlik fani ixtisoslik fanlari qatoriga kiritilgan. Talaba dirijyorlik
fanini o‘rganish doirasida dirijyorlik san’ati tarixi, dirijyorlik harakati, dirijyorlikda qo‘llarning
vazifalari, orkestr turlari va ularning tuzilishi shu bilan birga partitura ustida ishlash
ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari shu ta’lim muassasiga
o‘qishga qabul qilingunga qadar o‘rta- maxsus musiqiy ta’lim muassasalari –ixtisoslashtirilgan
musiqa maktablarida tahsil olib kelishadi. Bo‘lajak talaba u yerda umumiy musiqiy bilim
dirijyorlik fanidan saboq oladi. Ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga dirijyorlik holati va
dirijyorlik qilish o‘rgatiladi. Konservatoriyaga o‘qishga qabul qilingach dirijyorlik fanini
chuqurroq o‘rganish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning dastlabki bosqichida yuzaga
keladigan eng birinchi muammo – bu dirijyorlik apparatining noto‘g‘ri qo‘yilganligidir.
Dirijyorlik apparatining to‘g‘ri qo‘yilishi, qo‘llarning erkinligi, gavda hamda bosh
holatining to‘g‘riligi –bu dirijyorlikni asosi hisoblanadi. Dirijyorlik qilish paytida tana tik va
shu bilan birga harakatga tayyor holatda ko‘krak qafasi sal ko‘tarilgan, yelka tik holda bo‘lishi
muhim hisoblanadi. Dirijorlik san’ati musiqa ijrochiligida muhim o‘rin tutadi. Dirijyorlik - bu
musiqiy jamoani ya’ni orkestr, xor , ansambl yoki boshqa ijrochilar guruhini boshqarish
44
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON YO’TA
san’atidir. Dirijyorlik san’ati asli Yevropada shakllanib, bir qancha dirijyorlar mutaxassis
sifatida namoyon bo‘ldi. Ulardan IX asr oxiri XX asr boshlarida X.Rixter, G.Maler,A.Nikish,
K.Muk, K.Zanderling kabi birinchilardan bo’lib dirijyor sifatida tanilib chiqqan. Shuning uchun
bo‘lsa kerakki Yevropada har xil davlatlarda dirijyor so‘zi o‘z ma’nosiga ega. Masalan,
italyanlar “Diridente”, inglizlar “Konduktor”, nemislar “Dirident” deydilar. Har qaysi tilde ham
bu so‘z rahbar, boshliq ma’nosini anglatadi. Dirijyor sahnadagi barcha musiqachilarning
harakatlarini bir tizimga solib, ularni bir maqsad sari yo‘naltiradi. Bu kasb chuqur bilim,
kuchli musiqiy tafakkur va badiiy tasavvur talab qiladi
Dirijyor nafaqat jamoani boshqaruvchi inson, balki musiqaning ma’no mazmunini
chuqur his qilgan holda, uni tinglovchilarga yetkazuvchidir. Dirijyor yuzdan ortiq
musiqachilar faoliyatini asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Masalan musiqiy asarning
mazmunini, muallif g‘oyasini, noyob tomonlarini ochib berish yoki buzib ko‘rsatish dirijorga
bog‘liq. U notalarni ovozga aylantirishda rahbarlik qiladi, musiqa asarining tuzilmasi,
dinamikasi va tempini boshqaradi. Dirijyorlik asosan qo‘l harakatlari mimikalar va dirijyorlik
tayoqchasi yordamida boshqaruvni amalga oshiradi. Qo‘l harakati orqali tempni belgilaydi,
kuchli yoki kuchsiz ovozlarni ko‘rsatadi, pauzalarni bildiradi. Musiqa san’ati asosan
ijrochilikdan iborat bo‘lsada, dirijyor asar ijrosining qanday bo‘lishini belgilaydigan va har bir
musiqachini umumiy maqsadga yo‘naltiradigan asosiy shaxs hisoblanadi. Dirijyorlik
xorshunoslik, yakkaxonandalik mashg‘ulotlari, solfedjio, musiqa nazariyasi va garmoniya,
aranjorovka, musiqa adabiyoti, musiqa asarlar tahlili va boshqa shu kabi fanlar bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shu fanlarni o‘zlashtirish, xor asarlarning mukammal ijrosini
mustaqil ravishda teran ifodalash uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalarni shakllantiradi.
18 asr va klassik davr dirijyorlik san’ati rivojlanishida muhim bosqichlardan biri
hisoblangan. Ushbu davrda musiqaning umumiy tuzilishi hamda ijrochilik amaliyoti o‘zgardi,
ayniqsa, simfonik orkestrlar rivojlandi.
Dirijyorlik san’ati mustaqil san’at turi bo‘lib, tasdiqlanguncha uzoq va murakkab tarixiy
jarayonni bosib o‘tdi. XVII asr Italiyada dirijyorlikning nazariy asosi, takt chizmasi paydo bo‘la
boshladi. Dirijyolar ijodiy izlanib, o‘lcham birbirligiga rioya qilgan holda, har bir hissani aniq
qilib ko‘rsatishni boshlagan. XVIII asr ikkinchi yarmida esa konsertmeystr-jo‘rnavoz orkestrni
boshqardi.
Dirijorlik san’ati O‘zbekistonga XX asrning boshlarida kirib kelgan. Unda damli
cholg‘ular, simfonik orkestrlar va xor bilan xalq cholg’ulari orkestrning o‘rni beqiyosdir. Doni
Zokirov, Muxtor Ashrafiy, To’xtasin Jalilov, Ergash Toshmatov, Zohid Xaqnazarov va boshqa
ustoz dirijorlar mohirlik bilan shu san’atni o‘zlariga kasb qilib o‘zlashtirib, ijrochilik
maktablarini yarata olishgan. Ushbu dirijorlik maktablarini yaratishda bevosita ular asosan
dirijorning vazifalariga ahamiyat berishgan. Mustaqillik yillaridan buyon dirijyorlik san’ati
o‘zbek musiqa san’atini rivojlantirishda katta o‘rin tutib kelmoqda. O‘zbekistonda mashhur
dirijorlar va orkestrlar o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bulardan, 1991 –yili Toshkentda
“Sugdiyona” nomli xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashkil etilgan va bu orkestr hozirgacha o‘z
faoliyatini olib bormoqda. Ushbu orkestr repertuaridan o‘zbek xalq kuylari, xorijiy xalq
kuylari va qo‘shiqlari, jahon kompozitorlari asarlari o‘rin olgan.
O‘zbekistonda yana bir orkestr turlaridan biri bu O‘zbekiston milliy simfonik orkestri.
Bu orkestr respublikada yetakchi simfonik orkestr hisoblanadi hamda 1938-yilda O‘zbek
davlat filarmoniyasi tarkibida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri nomi bilan tashkil topgan.
45
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON YO’TA
Ushbu orkestrdi birinchi dirijyori G.Shpitalniy bo‘lgan. O‘z repertuarlarida orkestr chet el
bastakorlari Motsart, Betxoven, Brams, List, Glinka va boshqalarning, XX asr
kompazitorlaridan R.Shtraus, Britten, Onegger va boshqalarning barcha asarlarini ijro
etganlar.
Dirijyor juda ham nozik eshitish qobiliyati, kuchli musiqiy xotira va didga ega bo‘lgan
musiqachidir.
Xulosa qilib aytganda: Dirijyorlik san’ati murakkab va nozik dunyosini boshqarishda
muhim o‘rin egallaydi. U musiqani faqat ijro emas, balki musiqiy asarning ruhini to‘g‘ri
ifodalash san’atidir. Dirijyorlik san’ati rivojlanib professional va ijodiy kasbga aylandi va
hozirgi kunda musiqa olamida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ержемский.Г.Л Психология дирижирования Музыка 1988
2.
Э. Кан Элементқ дирижирования Музыка 1980
3.
Akmaljanova M.. “Fan ziyosi”, 2022
4.
K.T.Azimov “ O‘zbekiston dirijyorlari”. T.Kebleg-Osiyo, 2001 y.
5.
F.Abduraximova “ Orkestr sinfi”. G.Gulom. Yeo‘qrlute-2012.
6.
M.Qurbonova “Дирижёры Узбекистана” Проблемы современной науки и
образованияб Россияю 2020 y