Mualliflar

  • Qushaqova Orastaxon Nodirjon qizi
  • Abduraxmonova Nigoraxon Akramali qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123202

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: muloqot kompetensiya komunikativ kompetensiya komunikativ mashqlar.

Annotasiya

Annotatsiya: ushbu maqolada komunikativ kompetentlik tushunchasi, uni mazmun mohiyati, lug‘atlarda ta’riflanishi o‘rganilgan. Shu bilan birga kommunikativ kompetensiyaning nazariy asoslari tahlil qilinib, olimlarning pedagogik qarashlari  bayon qilingan. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish, kommunikativ kompetensiya tushunchasi o‘zi nima va uni darslarda qanday qo‘llanishi haqida bayon qilingan. Shuningdek, kommunikativ kompetensiyani boshlang‘ich sinflarda rivojlantirish uchun turli metodlar va takliflar keltirilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

209

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOMUNIKATIV

KOMPETENSIYALARINING RIVOJLANTIRISH METODIKASI

(4-sinf misolida)

Qo‘qon Universiteti

Boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi

4-bosqich talabasi

Qushaqova Orastaxon Nodirjon qizi

Ilmiy rahbar

: Abduraxmonova Nigoraxon Akramali qizi

Ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya

: ushbu maqolada komunikativ kompetentlik tushunchasi, uni

mazmun mohiyati, lug‘atlarda ta’riflanishi o‘rganilgan.

Shu bilan birga

kommunikativ kompetensiyaning nazariy asoslari tahlil qilinib, olimlarning

pedagogik qarashlari bayon qilingan.

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish, kommunikativ kompetensiya

tushunchasi o‘zi nima va uni darslarda qanday qo‘llanishi haqida bayon qilingan.

Shuningdek, kommunikativ kompetensiyani boshlang‘ich sinflarda rivojlantirish

uchun turli metodlar va takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

muloqot, kompetensiya, komunikativ kompetensiya,

komunikativ mashqlar.

Ta’

lim-tarbiya jarayoni nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi. Bu

jarayonlarni amalga oshirish uchun esa nutqiy muloqot eng zarur vosita

hisoblanadi. Muloqot insonning ijtimoiy va ongli mavjudot, ong tashuvchi

sifatidagi ehtiyojidir. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta

riflari mavjud.

Muloqot

ikki yoki undan ortiq odamlar o‘

rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash

xususiyatiga ega bo‘

lgan a

xborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi

sifatida ta’

riflanadi.

Ta’

lim sohasini tubdan isloh qilish bugungi kunda barcha

sohani qamrab olgan, shu boisi bizning kelajagimiz va ertangi kunimiz

davomchilari har tomonlama yetuk va

raqobatbardosh kadr bo‘

lib yetishishlari

barchaning diqqat markazidadir.

Bu albatta Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

Miromonivichning say-harakatlari natijasidir deya olamiz. Boisi, davlatimiz


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

210

rahbari tomonidan chiqarilayo

tgan farmon va qarorlarda bu o‘z aksini topmoqda.

“O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-

fevraldagi Xalq ta’limi

tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risidagi

F-22-sonli

far

moyishlari va bu farmoyishga ko‘

ra tuzil

gan Milliy kengash ham o‘

z faoliyatini

boshlagan, kengash raisi esa bevosita Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

Miromonovichning

o‘zlari hamda kengash a’

zolari barcha vazirlar va markaz

rahbarlarini tashkil etadi

”.

1

Kuni k

echa esa yurtboshimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘

ilishda yil boshida

belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi hamda yil yakuniga qadar

bajarilishi lozim bo‘lgan

Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘

yicha ustuvor

vazifalar belgilandi. Bu

larning barchasi kelajagimiz bo‘

lgan farzandlarimiz

uchundir.

Mamlakatimiz tayanchi bo‘

lgan yosh avlodni har tomonlama bilimli va

intellektual salohiyatga ega, o‘zining g‘

oyalari bilan dadil harakat qilishga

undaydigan kadrlarni yetishtirish uchun xozirda asosiy e’tiborni boshlang’ich

talimga qaratish kerakligi va uni yana qaytadan isloh qilish haqida yurtboshimiz

shu selektrda

takidlab o‘tdilar.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

matematik kompetensiyasini rivojlantirish

bu ta’lim sifatini yanada oshirishga hizmat qiladi.

Kompetensiya

fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va

malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni

yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir

2

.

Boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarida kommunikativ

kompetensiyasini rivojla

ntirish bu ta’lim sifatini

yanada oshirishga hizmat qiladi.

Kompetentlilik

lotincha: competens

layoqatli, qobiliyati bor degan

ma’noni ifodalaydi. Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va

malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati,

kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash

1

https://lex.uz/uz/docs/-5848414

2

Eraliyeva D.O. Ta’limda til kompetentligini shakllantirish rivojlantirish.

Magistrlik dissertatsiyasi.

Namangan:

2019. -97 b. 5


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

211

va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.

Muloqotning umumiy falsafiy nazariyasining masalalarini G.S.

Batishcheva, L.P. Buyeva, M.S.Kogan, V.M. Sokovnina asarlarida ko

rish

mumkin. Muloqot toifasining ahamiyati va uning muvaffaqiyati uchun zarur

bo'lgan barcha shaxsiy xususiyatlarni A.A. Brudniy qadimgi davrlarda qayd etilgan

deya izohlaydi.. Miloddan avvalgi V asrda sofistlar kommunikativ masalalarga

e'tibor qaratib, uning uchta muhim jihatini aniqlab berdilar:

1. boshqa odamlar bilan muloqotni anashu odamlarga ta'sir qilish deb

hisoblash;

2. shaxsning boshqa shaxslar bilan kommunikativ aloqasi tasodifiy emas;

3. shaxsning kommunikativ aloqasi ham xavfli hodisa bo'lishi mumkinligini

aytib o„tadi.

Sokrat muloqotda shaxsning o'zini-o'zi bilishning kuchli vositasini ko'ra oldi

va Platon o'zaro aloqa g'oyasini ilgari surdi. Ko'p o'tmay Kant o„z fikrlarini ishlab

chiqdi va unga ko„ra o'ylash o'z

-o'zidan gapirish demakdir, deb hisobladi.

Ekzistensialistlar (Ekzistensialistlar fikricha, olam ma'nosiz va uni bilib bo'lmasligi

abadiy, inson umri o'tkinchi bo'lganligi uchun ham dahshatlidir) esa allaqachon

o'zaro tushunishni muloqotning mohiyati deb hisoblashgan. Keyinchalik Alberto

Moravia o'zining "O'zaro munosabat" qissasida shunday degan edi: "Asosiy bo'lish

- umumiylik xususiyatiga ega bo'lish demakdir".

Xorijiy psixologlar ko'pincha "kommunikativ kompetentsiya" atamasini

ishlatadilar. Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish va takomillashtirish

muammosiga zamonaviy yondashuv shundan iboratki, o'rganishlar o'z

harakatlariga asoslangan o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini takomillashtirish

sifatida qarab kelindi. Bundan tashqari, kommunikativ kompetentsiya boshqa

odamlar bilan zarur aloqalarni o'rnatish, qo'llab-quvvatlash qobiliyatini ham

anglatadi. Kompetentsiya tushunchasi kommunikativ jarayonning samarali

oqimini ta'minlaydigan ma'lum bilim va ko'nikmalar majmuasini o'z ichiga oladi.

Kompetensiya so‘zining mazmun

-

mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu so‘z


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

212

inglizcha “competence” so‘zi “ to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,

“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq”, “ samaradorlik”,

“moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “ muvaffaqiyatlilik”, “tushunuvchanlik”,

“natijalilik”, “uquvlilik”, “xossa”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” degan ma’noni

bildiradi. So‘zma

-

so‘z tarjima qilinsa “musbaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida

keladi.

Bizning eng muhum vazifalarimizdan biri ham o‘quvchilarimizda

kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish hisoblanadi. Kommunikativ

kompetensiya barcha fanlar uchun muhimdir. Nafaqat

ta’lim va tarbiya jarayonida

ayniqsa, inson hayotda o‘z o‘rnini va yashashdan maqsadini topa olishi uchun juda

kerakli ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ta’kidlash joizki, kommunikativ

kompetensiya uchun eng avvalo shaxs mustaqil fikriga ega bo‘lishi, t

urli

vaziyatlarda tez muloqotga kirishishi talab etiladi. Ta’lim va tarbiya farzand

dunyoga kelmasin avval boshlanishini va jarayon umrining oxiriga qadar davom

etishi haqida juda ko‘p fikrlar mavjud.

Boshlang‘ich ta’lim, ta’lim jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri

hisoblanadi. Bu bosqichda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish barchaga

birdek mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga va shu

bilan birga o‘quvchilarning

ota-onalariga. Kommunikativ kompetensiyani

rivojlantirishning quyidagi usullari mavjud: O‘quvchilar fikrini hamisha hurmat

qilish; O‘quvchilar tomonidan berilayotgan savollarga to‘liq javob berish;

Qiziqishlarini hamisha qo‘llab

-quvvatlash; Muammoli vaziyatlar orqali mustaqil

firk yuritishga undash; Bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish; Tasavvuri va ijodiy

faoliyatiga erkinlik berish; Sport mashg‘ulotlariga jalb etish; Mantiqiy savollar

berish;

Bugungi kundagi har bir yangilik, shubhasiz, o‘qituvchilarni qiziqtiradi va

ularni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga, o‘z fanini puxta o‘rganishga undaydi.

Avvalgi o‘quv dasturlari mazmuni 90 foiz nazariyadan iborat bo‘lib, o‘qitish

metodikasi yodlatishg

a yo‘naltirilgan bo‘lsa, yangi Milliy o‘quv dasturining


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

213

mazmuni esa 50 foiz nazariya, 50 foiz amaliyotdan iborat bo‘lib, o‘quvchining

mustaqil faoliyatini qo‘llab

-quvvatlashga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi

shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga

mos ravishda komunikativ kompetensiyalarni shakllantiriladi. Kommunikativ

kompetensiya

ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda oʻzaro

muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni,

ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish

layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida

shakllantirish juda muhimdir. Kommunikativ kompetensiyada boshlang’ich sinf

o’quvchisining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda

jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini sh

akllantirish ham o’z o’rniga ega.

Ijtimoiy va iqtisodiy hayot, fan va texnikaning ilgarilab ketishi natijasida deyarli

barcha mamlakatda bolalar turli xil gadjetlar va internet ta’sirida ulgʻaymoqdalar.

Bu bir tomondan ularning aqliy rivojlanishi, tafakkur

ining oʻsishiga ijobiy ta’sir

koʻrsatadi. Ikkinchi tomondan esa ularni atrofdagilar, tengdoshlari bilan muloqot

jarayoniga koʻrinmas toʻsiq qoʻyadi. Negaki, hozirda muloqotning yangi koʻrinishi

“onlayn muloqot” vujudga kelgan. “Onlayn muloqtot”da esa turli

xil tasvir va

simvollardan keng foydalanishi natijasida jonli muloqotda muhim ahamiyatga ega

boʻlgan hissiyot, mimika, pantomimika, ta’sirchanlik kabilar yuzaga chiqmaydi.

Natijada esa bolalarda muloqotchanlik koʻnikmasi juda sekin rivojlanishiga olib

kelishi mumkin. Shuning uchun ham bolalarni erkin va kreativ fikrlaydigan,

atrofdagilar bilan qiynalmay muloqot qila oladigan, oʻz ona tilini sevadigan,

oʻzligini anglaydigan, ma’naviy yetuk, oʻtkir zehn egalari qilib tarbiyalash juda

muhim. Koʻzlangan maqsadga erishish uchun milliy oʻzligimiz timsoli,

ma’naviyatimiz asosi boʻlgan ona tilimizga boʻlgan e’tiborni yanada kuchaytirish,

uni rivojlantirish, boyitish uchun aniq vazifalarni belgilab olish lozim.

Bugungi kunga qadar “kommunikativ kompetesiya” tushunchasiga bir


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

214

qanqa chet el va mahalliy pedagog olim

lar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan.

Pus pedagogigi S.A.Gilmanova oʻzining ilmiy faoliyatida nolingvistik fakulteti

talabalarining chet tilidan kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning

pedagogik shartlarini tahlil qilgan va

koʻplab ta’riflarni keltirgan.

Pedagogika

fanlari nomzodi E.I.Litnevskaya “kommunikativ kompetensiya” atamasiga “nutq

faoliyatining barcha turlarini hamda ogʻzaki va yozma nutq madaniyati

elementlarini, ma’lum bir yosh uchun hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan muloqot

sohalari va vaziyatlarida tildan foydalanishning asosiy koʻnikmalari va

malakalarin

i egallash" deb ta’rif beradi. M.R.Lvovning ta’kidlashicha,

“Kommunikativ kompetensiya –

til (ona tili va ona tili boʻlmagan), uning fonetik

xususiyatlari, leksik va grammatik birliklari, stilistikasi, nutq madaniyati, ushbu til

vositalariga ega boʻlish va nutq faoliyati turlarini –

nutqni bilishni bildiruvchi

tushunchadir. U kommunikativ kompetensiyaga tabiiy nutq faoliyati natijasida va

maxsus tayyorgarlik natijasida erishiladi

deb ta’kidlaydi

3

.

Kommunikativ kompetesiya

bu oʻquvchilarning oʻzgalar

ning nutqini

tushunishi, oʻzining ogʻzaki va yozma, ichki va tashqi nutqiga ega boʻlishi, nutq

vaziyatiga mos boʻlgan fikrlarni ayta olishi, turli xil nutqiy vaziyatlardan chiqib

keta olish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmaga ega boʻlish demakdir.

Bundan

tashqari, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini fikrlashga, oʻzgalar fikrini tushunishga,

anglaganlarini ogʻzaki hamda yozma shaklda qayta bayon qila olishga,

boshqalarga aniq va tushunarli

qilib yetkazib bera olishga oʻrgatish, ya’ni ularda

kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, mantiqiy, tanqidiy, kreativ va tizimli

fikrlash, mustaqil qaror qabul qila olish, oʻquvchilarning oʻz intellektual

qobiliyatlarini namoyon eta olishilari va ma’naviy jihatdan yetuk shaxs sifatida

oʻsib ulgʻayishlari uchun zarur shart

-sharoit yaratish ona tili fanini yanada

rivojlantirish maqsadlaridan biridir.

Boshlang‘ich ta’lim

jarayonining eng muhim

bosqichlaridan. Bu bosqichda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish

barchaga birdek ma’s

uli

yat yuklaydi. Ayniqsa, boshlang‘

ich

sinf o‘

qituvchilariga

3

Гильманова

С

.

А

.

–Челябинск

, 2019. 147

с

.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

215

va shu bilan birga o‘

quvchilarning otaonalariga. Kommunikativ kompetensiyani

rivojlantirishning quyidagi usullari mavjud:

O‘

quvchilar fikrini hamisha hurmat qilish;

O‘

quvchilar tomon

idan berilayotgan savollarga to‘liq javob berish;

Qi

ziqishlarini hamisha qo‘llab

-quvvatlash;

Muammoli vaziyatlar orqali mustaqil firk yuritishga undash;

Bo‘

sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

Tasavvuri va ijodiy faoliyatiga erkinlik berish;

Sport mashg‘ulotlariga jalb etish;

Mantiqiy savollar berish va b

oshqalarni sanab o‘

tishimiz mumkin. Bizning bosh

maqsadimiz farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashdir. Har birimiz

yuqorida keltirilgan usulla

rdan foydalansak ayni muddao bo‘lar edi. Bu o‘z

navbatida ta’lim sifatiga ham o‘z ta’sirini ko‘

rsatadi. Bi

z o‘quvchilarni

boshlang‘

ich sinfdanoq har qanday vaziyatlarga tez moslashuvchan, mustaqil

fikriga ega va adabiy til normalariga amal qilgan holda erkin muloqotga kirisha

oladigan qilib tarbiyalab borsak orzu qil

gan kelajagimizni yoshlarmiz qo‘

li bilan

yarata olamiz.

Boshlangʻich

sinf

oʻquvchilarida

komminikativ

kompetensiyani

shakllantirishda bir qancha muammolar mavjud boʻlib, ularni hal qilmay turib

natijaga erishish qiyin. Ular quyidagilar:

-

oʻquvchilardagi qoʻrquv hissi. Qoʻrquv hissi oʻquvchilarning oʻz imkoniyatlarini

koʻrsatishga

fikrlarnii bayon etishga

halaqit beradi. Ichki qoʻrquvga ega boʻlgan

oʻquvchilarni doimo “xato qilib qoʻysamchi?”, “balki bu javobim to‘g‘ri emasdir?”

, “hozir gapirsam hamma meni ustimdan kuladi” , kabi savollar qiynaydi.

-

oʻquvchining tortinchoqligi.

Odatda,

tortinchoq oʻquvchilar muloqot jarayonida

juda passiv boʻladilar. Ularda tortinchoqlik bolalikda paydo boʻladi. Agar bunday

oʻquvchilarda muloqotchanlik koʻnikmasi toʻgʻri shakllantirilmasa, ularda

tortinchoqlik uzoq muddat saqlanib qolishi mimkin.

-

oʻquvchining darsdagi nofaolligi;


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

216

-

oʻquvchilarning oʻz shevasida gapirishi

.

4

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish

ulani oʻqish, yozish, gapirish va tinglashga oʻrgatish orqali amalga oshiriladi.

Savod oʻrgatish davridan boshlab toʻrtala yoʻnalish ham parallel ravishda olib

boriladi. Bu turli xil mashqlar bilan tizimli ravishda ishlash orqali amalga

oshiriladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida muloqotchanlikni shakllantirishda

kommunikativ mashqlar yetakchilik qiladi. Kommunikativ mashqlar nutq

malakalarini shakllantirish va til boʻyicha amaliy

bilimlarning eng yuqori

darajasini ta’minlaydig

an ijodiy mashq turi.

Ogʻzaki va yozma nutq koʻnikmalarini

rivojlantirish uchun foydali boʻlgan yagona mashqlar kommunikativ mashqlar va

xususan, ijodiy xarakterdagi kommunikativ mashqlardir .

Kommunikativ mashqlar ba’zi talablarga javob berishi kerak.

-

mashqlar aniq nutq vaziyatini, tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlarni ifodalashi

kerak;

b) mashq sharti tushunarli, topshiriq aniq

boʻlishi kerak;

-

mashqlar oʻquvchilarni tezda charchatmasligi va davomiyligi 3

-5 daqiqadan

oshmasligi kerak.

5

Kommunikativ mashqlarni bir nechta

turlarga boʻlish mumkin.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, til ta’limi jarayonida boshlangʻich sinf

oʻquvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish eng muhim

vazifalardan biridir. Bunda ona tili darslari “muloqot darslarga” aylanmogʻi lozim.

Buning uchun esa har bir darsning eng katta qismi kommunikativ mashqlarga

ajratilishi kerak. Kommunikativ mashqlar qanchalik xilma-xil va mazmunli, aniq

maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlsa, oʻquvchilar shunchalik muloqotchanligi ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.N.A. Abduraxmonova (2025). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF

4

file:///C:/Users/KU/Desktop/12712_1_5A5108347FB2B39BEC42BA4C29DA1F20F5A89A8D.pdf

5

file:///C:/Users/KU/Desktop/Jo‘rayeva+Turg‘unoy+Umarjonovna.pdf


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

217

O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA

PEDAGOGIK

KO‘NIKMALARNING ROLI. Inter education & global study, (1 (1)), 15

-21.

N.A.

Abduraxmonova.

"BO‘LAJAK

BOSHLANG‘ICH

SINF

O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK

KO‘NIKMALARNING ROLI" Inter education & global study, no. 1 (1), 2025, pp.

15-21.

2. Madinabonu Shuxratjon qizi, & Esonaliyeva Guluzra Komiljonova. (2023).

INSON QADRI VA BARKAMOL AVLOD SHAKLLANISHIDA

PEDAGOGIKANING OʻRNI.

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

,

1

(1),

788

789.

https://doi.org/10.54613/ku.v1i1.717

3. Komiljonova, G. N. qizi. (2023). FANLARARO BOG‘LANISH ASOSIDA

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(12), 198

201. Retrieved from

http://erus.uz/index.php/er/article/view/5505

4.Abduraxmonova, N. (2022). BOʼLAJAK BOSHLANGʼICH SINF

OʼQITUVCHILARINI

METODIK

TAYYORGARLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH

MUAMMOSINING

PEDAGOGIK

ZARURIYATI.

Science and innovation

,

1

(B8), 2114-2121.

Abduraxmonova,

N.

"BOʼLAJAK

BOSHLANGʼICH

SINF

OʼQITUVCHILARINI

METODIK

TAYYORGARLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH

MUAMMOSINING

PEDAGOGIK

ZARURIYATI."

Science and innovation

1.B8 (2022): 2114-2121.

5.Diyoraxon, S., & Komiljonova, G. (2023). BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA

CHET EL O ‘QUVCHILARINI BAHOLASH MEZONI VA SAMARALI

TAQDIRLASH.

QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

, 783-785.

6.Abduraxmonova, N. A. qizi.(2023). Bo ‘lajak boshlang ‘ich sinf o

‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish pedagogik muammo

sifatida.

Educational Research in Universal Sciences

,

2

(12), 208-211.

Abduraxmonova, N. A. "qizi.(2023). Bo ‘lajak boshlang ‘ich sinf o


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

218

‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish pedagogik muammo

sifatida."

Educational Research in Universal Sciences

2.12: 208-211.

7.Nigoraxon, A., & Mohlaroy, A. (2024). boshlangʻich taʻlimda oʻquvchilar ijodiy

foaliyatini tashkil etish texnologiyasi.

Yosh Tadqiqotchi Jurnali

,

3

(1), 83-87.

Nigoraxon, Abduraxmonova, and Alijonova Mohlaroy. "boshlangʻich taʻlimda

oʻquvchilar ijodiy foaliyatini tashkil etish texnologiyasi."

Yosh Tadqiqotchi

Jurnali

3.1 (2024): 83-87.

8.

Абдурахмонова

Нигораксон

. (2024).

ИДЖОДИЙ

ФАОЛИЯТИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА

БО

'

ЛАДЖАК

БОШЛАНГИЧ

СИНФ

О

'

КИТУВЧИЛАРИНИНГ

ИНДИВИДУАЛЬНО

-

ШАКСИЙ

СИФАТЛАРИ

.

Университетская

исследовательская

база

, 55

58.

9. Kalendarova, Z. K. (2022). Innovative model of shaping students’ creative

thinking skills in primary education in the process of creating problem situations

and its content.

INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE

, 11-137.

10. KALENDAROVA, Z. K. (2021). PRIMARY EDUCATION-THE

FOUNDATION OF GENERAL SECONDARY AND HIGHER

EDUCATION.

THEORETICAL & APPLIED SCIENCE

Учредители

:

Теоретическая

и

прикладная

наука

, (6), 350-332.