Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
84
PUL-KREDIT SIYOSATINING ASOSIY INSTRUMENTLARI VA
ULARNING TA’SIR MEXANIZMLARI
Ismoilov Muhammadqodir Ulug‘bek o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti,
4-bosqich kursanti
Annotatsiya: Mazkur maqolada pul-kredit siyosatining asosiy
instrumentlari, ularning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari hamda
Markaziy bankning bu boradagi roli keng yoritilgan. Xususan, majburiy zahiralar
normasi, qayta moliyalashtirish stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari, deposit
siyosati va valyuta siyosati vositalarining iqtisodiy o‘sish, inlyatsiya darajasiga
qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilingan. Maloqa O‘zbekiston iqtisodiyoti
misolida pul-kredit siyosatining amaliy jihatlarini ham ko‘rsatib beradi.
Kalit so‘zlar: Markaziy bank, pul-kredit siyosati, monetar siyosat,
inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish, pul bozori, majburiy zahiralar, qayta moliyalashtirish
stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari, depozit siyosati, valyuta siyosati.
ОСНОВНЫЕ ИНСТРУМЕНТЫ ДЕНЕЖНО-КРЕДИТНОЙ
ПОЛИТИКИ И МЕХАНИЗМЫ ИХ ВОЗДЕЙСТВИЯ
Аннотация: В данной статье подробно освещены основные
инструменты денежно-кредитной политики, механизмы их влияния на
экономику, а также роль Центрального банка в этом процессе. В
частности, проанализировано воздействие таких инструментов, как норма
обязательных резервов, ставка рефинансирования, операции на открытом
рынке, депозитная политика и валютная политика на экономический рост
и уровень инфляции. Также рассматриваются практические аспекты
реализации денежно-кредитной политики на примере экономики
Узбекистана.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
85
Ключевые слова: Центральный банк, денежно-кредитная политика,
монетарная политика, инфляция, экономический рост, денежный рынок,
обязательные резервы, ставка рефинансирования, операции на отрытом
рынке, депозитная политика, валютная политика.
THE MAIN INSTRUMENTS OF MONETARY POLICY AND THEIR
MECHANISMS OF INFLUENCE
Abstract: This article provides a comprehensive overview of the main
instruments of monetary policy, the mechanisms through which they influence the
economy, and the role of the Central bank in this context. In particular , it analyzes
the impact of tools such as the reserve requirement ratio, refinancing rate, open
market operations, deposit policy and foreign exchange policy on economic growth
and inflation levels. The article also highlights the practical aspects of monetary
policy implementation using the example of Uzbekistan’s economy.
Keywords: Central bank, monetary policy, inflation, economic growth,
money market, reserve requirements, refinancing rate, open market operations,
deposit policy, foreign exchange policy.
Kirish
Jahon amaliyotida deyarli barcha Markaziy banklar faoliyatining asosiy
maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash va narxlar barqarorligiga erishish
hisoblanadi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati nafaqat pul taklifi va foiz
stavkalariga,
balki
iqtisodiy
rivojlanishning
umumiy
darajasi,
ya’ni
mamlaktimizdagi har bir fuqaroning turmush farovonligiga ta’sir koʻrsatadi.
Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni-bu narxlar barqarorligi,
inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Hozirda koʻpchilik tomonidan
umumiy qabul qilingan nuqtai nazar: narxlar barqarorligi, iqtisodiy oʻsish va
bandlikni ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlashdir. Mamlakatda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
86
yuqori inflyatsiya uzoq muddat davr davom etishi – iqtisodiyot uchun salbiy
oqibatlarga olib keladi.
Pul-kredit siyosatning asosiy maqsadi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini
pasaytirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va pul bozorida barqarorlikni
ta’minlashdir. Bu siyosatning samaradorligi asosan Markaziy bankning amaliyotda
qo‘llayotgan instrumentlariga bog‘liq. Har bir instrumentning o‘ziga xos ta’sir
mexanizmi mavjud bo‘lib, ular iqtisodiy o‘zgarishlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini
tushunish, samarali siyosat olib boorish uchun zarur.
Adabiyotlar sharhi
Pul-kredit siyosati markaziy banklar tomonidan iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash, inflyatsiyani nazorat qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish
maqsadida olib boriladigan siyosatdir. Ilmiy adabiyotlarda bu siyosatning asosan
ikki shakli ko‘rsatiladi: ekspansion(yumshoq) va restriktiv(qattiq) siyosat.
Mashhur iqtisodchi olimlar Mishkin F., Taylor J. pul-kredit siyosatining nazariy
asoslari, uning instrumentlarini chuqur o‘rganib o‘z tajribalarni keltirgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy
instrumentlari va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta’siri o‘rganildi.
Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, deskriptiv, empirik usullaridan
foydalanildi.
Tahlil va natijalar
Pul-kredit (monetar) siyosati – bu narxlar barqarorligi, aholining toʻla
bandligi va ishlab chiqarishning real hajmi oʻsishini ta’minlash maqsadida
muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etuvchi davlatning iqtisodiy siyosatidir. Pul-
kredit siyosatining iqtisodiy va tashkiliy asoslarini oʻziga xosligi uning obyektlari
va subyektlarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Pul-kredit siyosatining
obyektlari
pul bozoridagi talab va taklifdir. Pul-kredit siyosatining
subyektlari
deganda, eng avvalo Markaziy bank va u bilan oʻzaro harakat qiluvchi, moliyaviy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
87
tizimning ishlashida qatnashuvchi banklar va boshqa pul-kredit boshqaruvi
organlari tushuniladi.
Pul-kredit siyosatining prinsiplari, ya’ni markaziy bank siyosatining
majburiy bo‘lgan asosiy normalari va qoidalariga quyidagilar kiradi
➢
pul-kredit siyosatining aniq nominal langarini tanlash;
➢
markaziy bankning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi;
➢
markaziy bankning jamiyat oldidagi javobgarligi va hisobdorligi;
➢
pul-kredit siyosatining axborot ochiqligi (shaffofligi).
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida pul taklifi bank tizimi tomonidan
ta’minlanadi. Markaziy bank muomalaga turli qiymatdagi qogʻoz pullar va
tangalar chiqaradi. Tijorat banklari esa pul mablagʻlari oqimini jamgʻarma
egalaridan qarz oluvchilarga yetkazuvchi moliyaviy vositachilardir. Agar tijorat
banklar oʻz mijozlariga qarz bersa pul massasi koʻpayadi va aksincha mijozlar
tijorat banklardan olgan qarzlarini qaytarishsa kamayadi. Pul taklifi deganda
mamlakat iqtisodiyotida muomalada boʻlgan pul miqdori tushuniladi. Pul taklifi
hajmini bilish (oʻlchash) uchun quyidagi agregatlardan foydalaniladi:
•
M0 – Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar;
•
M1 – M0 + banklardagi talab qilib olinadgan depozitlar + chekli omonatlar
+ yo‘l cheklari;
•
M2 – M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlari ;
•
M3 – M2 + depozit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikatlari + davlatning
qimmatli qog‘ozlari.
Pul miqdorini oʻlchashda muammo shundan iboratki, zamonaviy
iqtisodiyotda turli xil aktivlar bir vaqtning oʻzida u yoki bu darajada pulning barcha
uchta funktsiyasini (muomala vositasi, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish vositasi)
bajarishidadir. M1 toʻlov vositasi sifatidagi pulining an’anaviy tarifiga eng yuqori
darajada mos keluvchi aktiv hisoblanadi. M2 va M3 belgilangan muddatda
1
Моисеев С. Денежно-кредитная политика: теория и практика. — М.: Московская финансово-
промышленная академия.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
88
qaytariladigan oʻrta va uzoq muddatli omonatlarni ham oʻz ichiga olganligi
sababli, ulardan istalgan paytda foydalanish imkoni, faqatgina foiz koʻrinishdagi
jarimalar toʻlash hisobidan boʻlishi mumkin.
1-rasm. Monetar siyosatning iqtisodiyotga ta’sir mexanizmlari
Monetar siyosatning asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini
ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona oʻrnatish asosida inflyatsiya
sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va
iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta’minlashdan iborat.
Iqtisodiy siyosatni muhokama qilishda savol yuzaga keladi - hokimiyatlar
oldindan belgilangan qoidalarga muvofiq harakat qilishlari kerakmi yoki vaziyatga
qarab qaror qabul qilishlari kerakmi. Iqtisodiyot nazariyasida "qoidalarga
asoslangan" siyosat va hokimiyat qarorlar qabul qilish erkinligiga ega bo‘lgan
ixtiyoriy siyosat o‘rtasida farqlanadi. Pul-kredit siyosatida markaziy bankning
oldindan belgilangan statsionar qarorlar qabul qilish tartibi bo‘yicha xatti-
harakatlari "pul-kredit siyosati qoidasi" deb ataladi. Pul-kredit siyosati qoidasi
markaziy bankning javob funksiyasi bo‘lib, unga ko‘ra pul-kredit siyosati
vositasini qo‘llash asosiy iqtisodiy o‘zgaruvchilarning o‘zgarishiga javoban
amalga oshiriladi.
Pul-kredit siyosatini olib borishda Markaziy bank oʻzining muayyan
maqsadlariga ega boʻladi. Bu maqsadlarga erishish uchun u pul-kredit
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
89
siyosatining instrumentlaridan foydalanadi. Muammo shundaki, markaziy bank
oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishish uchun oʻzi bevosita nazorat qiladigan
instrumenlardan qanday foydalanish kerakligida. Chunki eng soʻnggi maqsadlar
bilan instrumentlar orasida aniq prognoz qilib boʻlmaydigan bir qancha bosqichlar
bor. Shuning uchun Markaziy bank bevosita oʻzi nazorat qilolmaydigan, ammo
oʻzi intiladigan maqsadlarga eng yaqin makroiqtisodiy oʻzgaruvchilar – oraliq
moʻljallarni belgilaydi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatining
asosiy instrumentlari
Shu narsa xarakterliki, hozirgacha pul-kredit vositalarining turkumlanishi
borasida yagona bir yoʻnalish mavjud emas. Lekin, shu bilan birga koʻpchilik
iqtisodchi olimlar quyida keltirilgan vositalarni asosiy pul-kredit siyosati
instrumentlari sifatida qayd etadilar:
1.
Markaziy bankning majburiy zahira siyosati;
2.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati;
3.
Ochiq bozor siyosati.
4.
Markaziy bankning depozit siyosati.
5.
Valyuta siyosati.
Mazkur usullar jahon banklari amaliyotida tan olingan asosiy usullar
hisoblanib, ularning qoʻllanishi har bir davlatda turlicha boʻlishi mumkin. Masalan,
AQSH da koʻproq ochiq bozordagi usullar qoʻllanilsa, Germaniyada koʻproq
majburiy zaxiralar qoʻllaniladi.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Markaziy bankining muomaladagi pul massasini
tartibga solishda asosan
majburiy zaxiralar
instrumentidan foydalanilmoqda.
Majburiy zaxiralar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan
hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga o‘tkaziladigan pul mablag‘laridir.
Markaziy bank boshqaruvi tijorat banklarining milliy va chet el valyutalaridagi
majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira talablarini belgilaydi. Majburiy zaxiralar
tijorat banklarining majburiyatlari valyuta turidan qat’iy nazar, faqat milliy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
90
valyutada shakllantiriladi.
1-jadval.
Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralash
me’yorlari
Majburiy zaxiralash me’yorlari (2025 yil 1 apreldan)
Majburiyat turi
Majburiy zaxiralash me’yorlari
Yuridik va jismoniy shaxslarning
milliy valyutadagi depozitlari
4 foiz
Yuridik va jismoniy shaxslarning chet
el valyutasidagi depozitlari
10,5 foiz
Majburiy zaxiralash me’yorlarini o‘zgartirish orqali Markaziy bank tijorat
banklarining kredit faoliyatiga va foiz stavkalariga ta’sir qiladi.
Pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida majburiy zaxiralar quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
•
bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish funksiyasi;
•
tijorat banklarining kredit emissiyasini cheklash funksiyasi;
•
tijorat banki bankrot boʻlganda, uning majburiyatlari boʻyicha hisoblashish
funksiyasi.
Markaziy bank majburiy zaxiralar miqdorini oʻzgartirish yoʻli bilan bank
tizimining likvidliligiga ta’sir qila oladi. Majburiy zaxira miqdorlarining tez-tez
oʻzgarib turishi bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan davlatlar uchun xarakterli hol
hisoblanadi. Buning asosiy sababi, inflyatsiya jarayonlarining nisbatan yuqoriligi
va xalq xoʻjaligini strukturaviy qayta qurish bilan bogʻliq tadbirlarning amalga
oshirilishi natijasida muomaladagi pul massasining koʻpayib ketishidir.
Shunday qilib, majburiy zaxiralar me’yorining miqdori qanchalik kichik
boʻlsa, muomaladagi pul massasining oʻsishi shunchalik sezilarli boʻladi. Bu esa,
2
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/standards-required-reserves
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
91
Markaziy bank tomonidan pul massasining oʻsishini nazorat qilishning
zaiflashayotganligini bildiradi.
Markaziy bankning
qayta moliyalashtirish siyosati
deganda, Markaziy
bank tomonidan kredit institutlarining veksellarni sotib olish shakli va qimmatli
qogʻozlarni garovga olish yoʻli bilan kreditlash tushuniladi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosatini quyidagi koʻrinishlari
mavjud:
1.
Qayta moliyalashtirish stavkasi Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga
ularning ixtiyoridagi trattalarni qayta hisobga olish yoʻli bilan beriladigan
kreditlarning foiz stavkasidir.
2.
Tijorat banklari Markaziy bankdan oʻzlarining portfelidan qimmatli
qogʻozlarni garovga qoʻyish orqali kredit olishi - bu lombard krediti hisoblanadi.
Lombard kredit foiz stavkasi - lombard stavkasi hisoblanadi. Lombard stavkasi har
doim hisob stavkasidan ikki-uch punkt yuqori yuradi.
Markaziy bank boshqaruvi Qarori bilan 2020 yilning 1 yanvar sanasidan pul
bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida Markaziy bankning asosiy
stavkasi joriy etilgan va pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha asosiy mo‘ljal
ko‘rsatkich sifatida qayta moliyalashtirish stavkasi o‘rniga foydalanish
belgilangan. Qayta moliyalashtirish stavkasi amaliyotda o‘z kuchini saqlab qolgan
va asosiy stavka darajasiga tenglashtirilgan.
Аsosiy stavka pul-kredit siyosatining asosiy instrumenti boʼlib,
inflyatsiyaning barqaror 5 foizlik targeti doirasida shakllanishini taʼminlash uchun
zarur boʼlgan pul-kredit sharoitlarini belgilab beradi.
Markaziy bank asosiy stavkasining oshirilishi iqtisodiyotdagi foiz
stavkalarini oshiradi. Yuqori foiz stavkalari jamgʼarish vositalarining
jozibadorligini oshiradi hamda qarz vositalariga talabni kamaytiradi. Bunday
sharoitda bozor ishtirokchilari koʼproq jamgʼarib, kamroq sarflashda davom etadi.
Tovar va xizmatlar taklifi oʼzgarmagan holda ularga boʼlgan talabning pasayishi
iqtisodiyotdagi narxlarning barqarorlashuviga va natijada inflyatsiya darajasining
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
92
pasayishiga xizmat qiladi. Аksincha, inflyatsiya prognoz davrida targetidan
pasayib ketishi ehtimoli yuqori boʼlgan taqdirda asosiy stavka pasaytiriladi.
2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi
dinamikasi
Qayta moliyalashtirish siyosatidan koʻzlangan asosiy maqsad - tijorat
banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan kreditlarning berilish shartlarini
oʻzgartirish yoʻli bilan pul bozori va kapital bozorining holatiga ta’sir qilishdir.
Shunisi diqqatga sazovorki, qayta moliyalashtirish qimmatli qogʻozlarni garovga
olmasdan turib ham amalga oshirilishi mumkin.
Qayta moliyalashtirish siyosatining an’anaviy vositalaridan keng koʻlamda
foydalanish yuzaga kelgunga qadar, ma’muriy mazmundagi ayrim pul-kredit
siyosatining vositalaridan foydalanishga zaruriyat seziladi. Kreditlash limitlarini
joriy qilish yoʻli bilan pul massasi va foiz stavkalarining keskin oʻsishiga barham
berish mumkin.
Markaziy bankning monetar siyosatini asosiy instrumentlaridan yana biri
bu – Markaziy bankning
ochiq bozordagi operatsiyalaridir
. Markaziy bankning
ochiq bozor siyosati shundan iboratki, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan talab va
taklifni tartibga solib, bunda tijorat banklarining qiziqishlarini uygʻotishdir.
3
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/refenancimg-rate
4
.Butikov “Qimmatli qog‘ozlar bozori”. T.: Konsauditinform 2001 y.
15
14
17
16
15
14
13,5
14
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
93
bozordagi operatsiyalar deganda Markaziy bankning oʻz mablagʻlari hisobidan
ochiq bozordan qimmatli qogʻozlarni sotib olishi va sotishi tushuniladi. Ochiq
bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli
qogʻozlar ishtirok etadi. Ulardan eng asosiylari sifatida Davlat xazina
majburiyatlari, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO), sanoat
obligatsiyalari hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa qimmatli
qogʻozlarlarni koʻrsatish mumkin.
Ochiq bozor siyosatini amalga oshirishning keng tarqalgan vositasi Davlat
qimmatli qogʻozlari bilan ikkilamchi bozorda amalga oshiriladigan
operatsiyalardir.
Markaziy bank ochiq bozorda operatsiyalar amalga oshirish yoʻli bilan bank
tizimining zaxiralariga ikki usul bilan ta’sir qilishi mumkin:
1.
Agar Markaziy bank kredit institutlarining ixtiyoridagi pul massasini
koʻpaytirishni maqsad qilib qoʻygan boʻlsa, unda u, ochiq bozorda qimmatli
qogʻozlarni sotib oluvchi boʻlib qatnashadi. Bunda u qimmatli qogʻozlarga qat’i
belgilangan kurs oʻrnatishi va kurs oʻsha darajaga yetishi bilan taklif qilingan
barcha qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoʻlidan foydalanishi mumkin. Yoki taklif
qilingan paytdagi kursidan qat’i nazar, ma’lum turdagi qimmatli qogʻozlarni sotib
olish miqdorini belgilashi mumkin.
2.
Agar Markaziy bank bank tizimining zaxiralarini kamaytirishni maqsad
qilib qoʻygan boʻlsa, unda bozorda sotuvchi boʻlib ishtirok etadi. Bunday holatda
ham Markaziy bank quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
Markaziy bank ma’lum kursni e’lon qilishi va qimmatli qogʻozlarning kursi
oʻsha darajaga yetishi bilan istalgan miqdordagi qimmatli qogʻozni sotish
majburiyatini olishi mumkin;
Markaziy bank qoʻshimcha tarzda ma’lum miqdordagi qimmatli qogʻozlarni
taklif qilishi mumkin. Ochiq bozor siyosati bunday yoʻsinda amalga oshirilganda
davlatning qimmatli qogʻozlaridan keladigan daromadi koʻpayadi. Buning
natijasida kredit institutlarining Davlat qimmatli qogʻozlariga boʻlgan qiziqishi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
94
ortadi, oqibatda tijorat banklarining kredit resurslari imkoniyati kamayadi va bank
kreditining foiz stavkalari oshadi. Foiz stavkalarining shu yoʻsinda oʻsishi
Markaziy bankni qoniqtirmasa, u yana qimmatli qogʻozlarni sotib olishi mumkin.
Markaziy bankning
depozit siyosati
- bu Markaziy bankning tijorat
banklaridan yoki boshqa moliyaviy institutlardan qabul qilgan qisqa muddatli
mablag‘lari bo‘yicha amalga oshiriladigan siyosatni anglatadi. Bu siyosat, asosan,
pul massasi va inflyatsiyani boshqarish maqsadida qo‘llaniladi. Depozit siyosati
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining bir qismi bo‘lib, banklar o‘rtasida
likvidlikni boshqarish va bozor stavkalariga ta’sir qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Markaziy bankning depozit siyosatining asosiy vazifalari va tamoyillari
quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
1.
Depozit operatsiyalari
. Markaziy bank tijorat banklariga qisqa muddatli
depozitlarni taklif qiladi, ya’ni tijorat banklari o‘z ortiqcha likvidliklarini Markaziy
bankda saqlashlari mumkin. Bu operatsiyalar yordamida Markaziy bank pul-kredit
sharoitlarini nazorat qiladi.
2.
Foiz stavkalarini belgilash.
Markaziy bank depozit stavkalarini belgilab,
bozorda pul narxini (foiz stavkasini) boshqaradi. Bu orqali u inflyatsiya va
iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3.
Likvidlikni boshqarish
. Markaziy bank depozit siyosatini amalga oshirish
orqali tijorat banklarining likvidlik holatini boshqaradi. Bu operatsiyalar banklarga
kerakli miqdordagi pul mablag‘larini taqdim etib, ularning kundalik faoliyatini
to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
4.
Pul massasi va inflyatsiya nazorati
. Depozit siyosati orqali Markaziy bank
pul massasi va inflyatsiyani boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar inflyatsiya
yuqori bo‘lsa, Markaziy bank depozit stavkalarini oshirishi, shu bilan birga
banklarga likvidlikni saqlashni taklif qilishi mumkin.
5.
Qisqa muddatli operatsiyalar
. Markaziy bank depozitlarni qisqa muddatli
operatsiyalar sifatida taklif qiladi. Bu tijorat banklariga faqat qisqa muddatda o‘z
ortiqcha pul mablag‘larini saqlash imkoniyatini beradi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
95
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda yanada erkinlashtirish sharoitida
shuningdek, bozor iqtisodiyoti bilan bogʻliq jarayonlarni boshqarishda, milliy
valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda
kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida
valyuta siyosati
muhim ahamiyat
kasb etadi.
Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi boʻlib
hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro
iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi.
Mamlakatda samarali toʻlov tizimini ta’minlashda hisob-kitoblar tizimini
tashkil etish va ta’minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan
biridir. Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz
hisob-kitoblar koʻrinishida amalga oshiriladi.
Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi boʻlib, valyuta
munosabatlarining yigʻindisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu
munosabatlarning faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi.
2-jadval.
Milliy valyutadagi bank depozitlari va kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2019 2020 2021 2022 2023 2024
2025 (I
chorak)
Jismoniy
shaxslarning
muddatli depozitlari
o‘rtacha
18,3
18,6
19,4
20,6
21,0
21,8
22,1
Yuridik
shaxslarning
muddatli depozitlari
o‘rtacha
15,9
15,8
15,7
16,7
17,2
17,2
16,7
5
https://cbu.uz/uz/statistics/rates
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
96
Jismoniy shaxslarga
ajratilgan kreditlar
o‘rtacha
26,9
23,6
21,8
22,6
23,6
24,5
24,0
Yuridik shaxslarga
ajratilgan kreditlar
o‘rtacha
23,1
21,6
21,0
21,8
22,2
22,7
22,6
Markaziy bankning valyuta siyosati uning Valyuta siyosatining shakli va
oʻrni mamlakatning valyutaviy-iqtisodiy holati, jahon xoʻjaligidagi evolyutsiyasi
hamda oʻrni bilan aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan olib borilayotgan valyuta siyosati inflyatsiyaga qarshi siyosat olib
borish yoʻli bilan milliy valyutaning toʻlov qobiliyatini mustahkamlashga,
toʻlovlar va hisob-kitob tizimini takomillashtirishga yoʻnaltiriladi.
Milliy valyutaning barqarorligiga xorijiy valyutalarga boʻlgan talabning
oʻzgarishi bevosita kuchli ta’sir koʻrsatadi. Xorijiy valyutalarga boʻlgan talabning
keskin oshishi, xorijiy valyutalar taklifi kamaymagan sharoitda ham, milliy
valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli bosimni yuzaga keltiradi.
Shu sababli, xorijiy valyutalarga boʻlgan talabning keskin oshib ketishiga yoʻl
qoʻymaslik milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash jihatidan amaliy ahamiyat
kasb etadi.
Xulosa
Pul-kredit siyosati iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, inflyatsiysani
boshqarish, va o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy vositalarni
taqdim etadi. Har bir instrumentning o‘ziga xos mexanizmi bor bo‘lib, ular
iqtisodiy tizimda muayyan ta’sirlarni yuzaga keltiradi.
Markaziy bankning o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlar va global
muammolarga moslashishi, o‘zining iqtisodiy o‘sish strategiyasini qo‘llab-
quvvatlash va inflyatsiyani boshqarishdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
97
bilan birga, monetar siyosatning samaradorligini ta’minlash uchun barcha
instrumentlarning uyg‘un ishlashi kerak, chunki har bir vosita bir-biriga ta’sir
ko‘rsatib, umumiy iqtisodiy muhitga ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Shunday qilib, pul-kredit siyosati nafaqat iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash, balki inflyatsiya darajasini boshqarish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlash va milliy iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini oshirish uchun
zarur vosita bo‘lib xizmat qiladi. Markaziy bankning ushbu instrumentlardan
foydalanishdagi muvaffaqiyati iqtisodiyotning umumiy holatiga bevosita ta’sir
qiladi va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun ,uhim omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O.Yu. Rashidov, I.I. Alimov, I.R. Toymuhamedov, R.R. Tojiyev
“Pul, kredit va banklar” darslik. Toshkent-2011;
2.
М. С. Марамыгин, Е. Н. Прокофьева, . М. П. Логинов, А. Е.
Заборовская, Н. Н. Мокеева, В. А. Татьянников “ДЕНЬГИ, КРЕДИТ,
БАНКИ” учебник. Издательство Уральского университета 2019 г.
3.
Raximov X. Sh. “Oʻzbekiston iqtisodiyotida monetar siyosat va uni amalga
oshirish yoʻllarini takomillashtirish” dissertatsiya, Toshkent-2015.
4.
htpp: //www.stat.uz;
5.
htpp://www.imv.uz;
6.
http://www.cbu.uz;